uzbloggerlar_1_bosqich_xushnudbek_uz

Save this PDF as:
 WORD  PNG  TXT  JPG

Size: px
Start display at page:

Download "uzbloggerlar_1_bosqich_xushnudbek_uz"

Transcription

1

2 ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛК МАРТА ЎТКАЗИЛАЁТГАН БЛОГГЕРЛАР ЧЕМПИОНАТИНИНГ 1-БОСҚИЧИДА ИШТИРОК ЭТГАН БАРЧА БЛОГПОСТЛАР ТЎПЛАМИ (Матн имлоси оригиналида қолдирилган) Расмий нашр ( йилгача бўлган ўзгартиришлари билан) Масъул муҳаррир: Хушнудбек Худайбердиев Xushnudbek.uz нашриёти, 2014 йил.

3 МУНДАРИЖА: 1. Абдулатиф Атхамов. Oddiy insondan oddiy fikrlar. 2. Аброр Қодиров. Imi-jimidagi imijimiz 3. Азамат Муродов. Muhit ikki xil gapirtiradi 4. Азиз Қаршиев. Uydirma va haqiqat 5. Азизбек Икрамов. Tuproq 6. Азизбек Хусанов. Шеър. 7. Алишер Абдумаликхон. Одамлар тўқ, аммо кўзи оч! 8. Алишер Қултоев. Огоҳ бўлинг: интeрнeтда нохолис ахборотлар оқими 9. Алишер Назар. Ўзингиздан уяласизми? 10. Амир Салямов. Жўлқинбойни эвараси блогер?! 11. Асадбек Бобожонов. Аждодларимизнинг буюк мероси! 12. Барлос Бек. Кўнгил ойнаси 13. Бегзод Рашидов. "Yurtdoshlarim uchun" 14. Бекзод Хўжаназаров yil. 9-sinf qizning hikoyasi 15. Бекзод Ҳидоятов. Вақт билан суҳбат 16. Беҳзод Мамадиев. «Буюрганники эмас, югурганники» 17. Бобур Мирзо Миразизов Дўстимга хат 18. Гугуси Р. Раҳматиллаева. Сирли суз SERENDIPITI 19. Гўзал Нажмиддинова. Ҳаёт гўзал 20. Гулбаҳор Сатторова. Колбаса маҳсулотлари: ишлаб чиқарувчи, истеъмолчи ва ишонч 21. Гули Нигор. Англаш 22. Гулноза Одилова. Кўзларини юмиб югуриб кетаётган одам ёҳуд Гулрух Шодиева. Telba 24. Гулрухсора Худайбердиева. Оила ёки касб? 25. Гулҳаё Норинова. Ишонч 26. Диёр Имомходжаев. Менинг исмим Хон. Мен террорчи эмасман! 27. Дилафзо- Умида Каримова. "Chal mug anniy, alam kuyin chal " 28. Дилнавоз Бердиева. Saboqlarim 29. Дилором Абдуллаева. Oiladagi zo ravonlik: Unga chek qo yish imkoni bormi?

4 30. Дилрабо Турсунова. Sog indim Sizni 31. Дилшод Абдуазизов. Чумчуқни энди ким сўяди?! 32. Дилшодбек Зокиров. Бобур баҳона пайдо бўлган оила 33. Дилшодбек Нурматов. Кемтиклик 34. Дильмурад Ибрагимович. Бугундан эътиборан дипломли юрист бўлдик, десамам бўлўвради 35. Динара Дултаева. Professorning Tushuntirish Hati 36. Дониёр Юлчиев. Milliarderlarning vorislari 37. Жавлон Жураев. O'zbekning muammolari ham o'ziniki 38. Жамшид Холиқулов. Орол денгизининг қуриши секинлашмоқда (инфографика) 39. Жасур Норметов. Твиттердаги фикрлар. 40. Зафар Арслонов. Когнитив тилшунослик ҳақида қисқача 41. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Ўзим танимайдиган синфдошим 42. Зокирбек Уринов. Йўқотганларимиз ва топганларимиз 43. Зоҳид Акрамов. Трансфер ойнаси очилиши олдидан тарқалаётган миш-мишлар 44. Зухра Халилова. Ахборот хуружи ёхуд Билайн ва Вацап уруши 45. Ибрагим Кадиров. Siz uddalayman desangiz, siz haqsiz. Agar uddalay olmayman desangiz, baribir siz haqsiz! 46. Иқбол Ғоипов. Табриклар 47. Иноят Ҳон. 10 сония 48. Ихтиёр Абдурахманов. Amadna Bayns ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishni davom ettiradi 49. Кама Ноир. Кўрмаганлар, очкўзлар?! 50. Камила Ибрагим. Baxtimning siri 51. Камолиддин Маннонов. Mehrobingdan chiqayotgan chayonlaring haliyam bor Қахрамон Мўминов. Hayot savollari 53. Лазизбек Ҳамидов. Мадомики гап менинг ичишим хақида кетаётган экан Лейла Юнусова. Сен аёлсан!!! 55. Жўраев Маҳаммад. Достоевискийнинг 5 дақиқаси 56. Мийригуль Турымбаева. Романтика 57. Миракмал Ниязматов. Davlat tili to g'risidagi qonun tahrirga muhtojmi? 58. Музаффар Қосимов. Сайт очиш фикри тарихи ва мақсад

5 59. Мухаммад Мадрахимов. Озгина фойдали блог Мухаммад Сохиб Нажмиддинов. Дамасда 61. Мухаммаджон Саидмуродов. Paranoya. Media-degradatsiya! 62. Муҳрим Аъзамхўжаев. Танлов учун 63. Нодир Юсупов. Ўзбегим футбол шарҳловчилари атрофидаги гаплар ёҳуд шарҳловчиларга ўқиш тавсия этилади 64. Нуъмонхон. Oxiratni unutganlar 65. Одилбек Ҳакимов. Keling koreys tilini o'rganamiz! 66. Отабек Ўринбосаров. Aqlli aqlsiz 67. Равшан Матмусаев. Hale-e ho'p Рустам Ядгаров. Vatan men uchun nimani anglatadi? 69. Саид Аъзам Хабибуллаев. O'qib ko'rishga arziydi degan umiddaman 70. Санжар Жалолов. "Ustoz"lar 71. Санжар Нуманзада. Marslik tarixchi 72. Санжар Саид. Прописка ҳақида баллада 73. Сарвар Жалолов. Яшин хабар: Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентда йиғин ўттказмоқда!!! 74. Сарварбек Жалилов. Футболнинг биз билган ва билмаган тарихи 75. Сардор Душамов. Windows 7 operatsion tizimiga kirish oynasidagi orqa fonni o'zgartirish 76. Сардор Рузметов. Sog inch 77. Сирожиддин Сотволдиев. Абадият қонуни 78. Сохиба Хайитбоева. Ўн олти йил ухлаган аёл 79. Соҳиб Эгамов. Do stlar, yaxshilarni avaylab-asrang! 80. Теъмур Азам. Мана ёздим, танлов учун! Ҳай ёрай! 81. Темучин Курагон. Отасиман отамнинг Тилланисо Эшбоева. Ўзни амалга оширмоқ даражаси 83. Тошпўлат Раҳматуллаев. Тўйми ёки дискотека? 84. Тухтасин Эргашев. Ит вафо хотин жафо 85. Ўктам Ўринтоев. Omad yoki iqtidor 86. Улуғбек Норматов. Zamonaviy xalq og'zaki ijodi 87. Улуғбек Яхёев. Hayot va men

6 88. Фарҳод Норбўтаев. Ялонғочлашиб бораётган санъат 89. Фируз Аллаев. Bir piyola ko'k choy Фозил Фарҳод. Кутилган мактуб 91. Фурқат Юсупов. To ylar muborak! 92. Ғайратбек Мамадинов. O'zbekistonda O'zbek tili davlat tilimi yoki Хайриддин Баҳромхўжаев. Boy va Kambag`al 94. Хайрулло Хасанов. Хонанда 95. Хуршидбей Муҳаммадрозиқов. Professor va Billiard Toshlari 96. Хуршидбек Туйчибеков. Hayotimdan bir lavha Ҳамза Фозилжонов. Nima uchun Uznetda yangi Afisha Media lar paydo bo lmayapti? 98. Ҳамидбек Юсупов. Тиланчи 99. Ҳикматилло Аҳатов. Internetda bir kun 100. Ҳумоюн Анваров. "Qolip"dagi domlalar va "stress"dagi talaba Ҳумоюн Мирзо Мадаминов. Londondagi yana bir "SABOQ" 102. Шавкат Ҳомиджонов. Kim bo'lsam ekan? Dasturchi! 103. Шахзод Раҳмонов. Umid bilan yashang 104. Шерзод Ғайбуллаев. Men Jinniman! 105. Шермуҳаммад Абдуғофуров. Navbat 106. Шоҳжаҳон Нумонжонов. Toshkent Davla Yurdik Universiteti 107. Шоҳруҳ-Мирзо Раҳмонов. O rganishni o rganish 108. Шукуржон Исломов. Таппи тайёрлаш технологияси 109. Шухрат Дилов. Ўзни англаш зарарли одатлардан халос бўлишга ёрдам беради 110. Шуҳратбек Искандаров. Baklashka Lampochka-Bepul Yorug lik Manbai 111. Элдорбек Хушвақтов. Tinchlik isi 112. Элёрбек Ҳатамов. «Мўдалар» намойиши 113. Эркин Курганов. Nimaga? 114. Эркинжон Каримов. Таълим тизими муаммолари Нажмиддин Хасанов. Тинчликка нима етсин 116. Баҳриддин Абдиев. Бир кун минг кунми?

7 1. Abdulatif Atxamov. Oddiy insondan oddiy fikrlar. Jurnalist qanday bõladi? Qanday bõlishini aniq bilmayman lekin mening nazlimda asl jurnalist xalqning xaqiqiy axvolini va dardini olib maqola qilish va jamoatchilikning e'tiborini shunga qaratish qobilyatiga ega bõlgan odamni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman. Lekin hozirgi jurnalistlarning katta qismi judda ham qõrqoq va laganbardor (Ulardan biri maddohlikning chegarasidan ham õtib ketti maqolasida keltirishicha UFF prezidentini Halifa Horun ar Rashidga tenglashtirib axmoqlikga qõl urdi. Chunki laganbardor bu jurnalist faqat mansab, amal uchun yozgani kõpchilikga sharmanda bõldi). Juda kõp sayit va gazetalarni kõzataman lekin hech bir muhbir yoki jurnalist xalqning katta qismini tashvishga solib turgan energiya taqchiligi haqida birontayam maqola yozmadi!!! Qishloqlar u yoqda tursin katta Shaxarlarda svet uchishi juda kõp kuzatilyabdi lekin jamoatchilik faollari va jurnalistlar chuqur sukutda ( boshqa joylarni bilmadim u dekabr va 1-2 yanvar kunlari Qõqon shaxrida va atrofdagi qishloqlarda ummuman svet õchmadi. Demak bu muammoning yechimi bor. Qachonki jamoatchilik faollari va jurnalistlar asl ahvolni yoritib tanqidiy maqolalarni kõpaytirsalar tez orada xonadonlarimiz elektir nurlari ila charoğonlashardi) Men Uzbek jurnalistlaridan faqat ikki kishini xurmat qilaman biri Asror Mahmud (taxalusi) ikkinchisi Avaz Berdiqulov lekin ular bugungi kunda bu sohadan uzoqliklari achinarli va tashvishli holat. Bir payitlar mushtariylar orasida chinakam shov-shuvga aylanga, ularning tashabusida tashkil etilgan "Odamlar orasida" "Chempion" kabi gazetalarning tõxtaganligi uzbek matbuoti uchun jiddiy zarba bõldi. Jonkuyar õz kasbining yetuk usta jurnalistlaridan shunga õxshash gazetalar tashkil etilishini õtinib sõraymiz. Bu qiyin ish bõlsa ham! P.S: Ehtimol yozganlarimga etibor bermasizlar. Lekin qachonki tanqid bõlmasa rivojlanish bõlmaydi! Fikirlaringizni kutib qolaman

8 2. Abror Qodirov. Imi-jimidagi imijimiz Xorijdagi har bir o zbek uchraydigan mashxur dialog: - Where are you from? - Uzbekistan. - Pakistan?! Men deyarli bir yil yashaganim Indoneziya mamlakati aholisining aksariyat qismi o zining inttellektual salohiyati bilan hech ham ajralib turmasdi. Geografiya, mamlakatshunoslikka oid bilimlari ham hamindaqar edi. Ilm kishilari bo lmagan, ko cha ko yda duch keladiganim kirakash, sotuvchi yoki oddiy yo lovchilar xorijliklar bilan muomalaga kirishishni juda yaxshi ko rishardi. Hey, Mister, deb kulib chaqirib, ikki og iz suhbatlashishsa boshlari osmonga yetardi. Tabiiyki, birinchi navbatda ularni bizning qayerdan ekanimiz qiziqtirar va ko pincha dialog yuqorida keltirilgani kabi ko rinish olardi. Pakistan o rnida ba zan Afganistan so zi kelishi ham uchrab turar va bu asabni battarroq buzardi xolos. Хafa bo lib ketardim. Alam qilardi. Jakarta ko chalarini ko pincha o zbekistonlik to rt yigit aylanib yurardik. Vaqt bemalolroq bo lgan paytlarda suhbatdoshimiz xoh taksist, xoh sotuvchi, xoh talaba bo lsin, erinmasdan har biriga O zbekiston qayerda joylashgani-yu, qanday mamlakat ekanligi haqida gapirib berar edik. Buni o zimiz istab, katta ishtiyoq bilan qilardik. Musulmonlar aholining katta qismini tashkil qilganidan, ularga O zbekistonni Imom al-buxoriy orqali tanishtirish osonroq kechardi. Juda ko pchilik Buxoriyni tanir, lekin uni o zbekistonlik emas, arab mutaffakkiri, arab hadisshunosi, deb bilishardi. Aslida O zbikistonda Buxoro nomli shahar bor ekani, o sha yerda tavvalud topganiga nisbat berib, shunday ism bilan mashhur bo lgani haqida so zlardik. Ammo, al- Buxoriyni tanimasa, O zbekiston haqida eshitmagan bo lsa, unda qiynalardik. Esimda, bir taksi haydovchisiga qayerdan ekanimizni tushuntirish davomida Buxoriyni bilasizmi?, deb so radik. U esa: Ha, bilaman, Buxoriy futbolchi! Zo r futbolchi, deb qolgandi. Biz ham futboldan begona bo lmagan insonlar sifatida, u Gollandiya chempionatida to p surgan Buxoriyni nazarda tutganini yaxshi tushunib turgan holda, na kulishimizni va na yig lashimizni bilardik.

9 Hammasidan ham alamlisi, boshqa mamlakatdan kelgan kursdoshlarimiz bu borada qiyinchiliklarga deyarli duch kelishmasdi. Masalan, Priyan Hindistondan ekanligini eshitganlar darhol O, India! Shahrukh Khan!, deya go yoki ushbu mamlakat haqida yaxshi bilishini namoyish qilgandek bo lishardi. Bollivud hindlarning yuzi. Xorijda hindlarning imijini yaratib berishda katta o rin tutadi hind kino sanoati. Hatto senegallik Fatu ham mamlakati haqida aytishi bilan I know, Papiss Cissé, Demba Ba, Diuf, deya bir necha futbolchilarni sanab berishardi. Futbol katta kuch. Ayniqsa, mamlakatni dunyoga tanitishda. Mamlakat imijini yaratishda. Hozircha bizning kino san at/sanoatimiz bollivudga havasmand bo lib, uning yo lidan yurishga urinayotgan bo lsa-da, o sha bollivudning mashhurligigacha hali ancha qovun pishig i bor. Mundialga chiqmas ekanmiz, futbolda erishilayotgan boshqa yutuqlar, mamlakatni tanitish darajasidagi omil bo la olmaydi. Hech bo lmasa Yevropaning kuchli beshlik doirasiga kiruvchi chempionatlardan birida biror futbolchimiz to p tepsa ham u orqali mamlaktni tanishtirish mumkin bo ladi. Ammo hozircha Odil Arsenal ga o tarmish, Haydarovga APL klublari qiziqish bildirganmish, kabi mish-mishlardan uyog iga o tganimizcha yo q. Demak, futbol hali xorijda bizning imijimizni belgilab berish darjasida rivojlanmadi bizda. Sportning boshqa turlari, aniqsa yakkakurashlarda natijalarimiz yaxshi bo lishi mumkin, lekin o sha sport turlari hali futbol yoki kino darajasidagi mashxurlikni olib keladigan mavqeda emas. Kunda, kun ora matbuotimizda O zbekistonni butun jahonga tanitayotgan yoshlar haqida gapiriladi. Mamlakat nufuzini xalqaro arenalarda himoya qilayotgan hamyurtlarimiz ko klarga ko tariladi. Lekin nomini tilga olib, mamlakatni xorijlikka tanishtirishga ehtiyoj tug ilganida aniq bir ismni ayta olamizmi? MDH doirasida emas, kengroq miqyosda. Bugungi kun qahramonlarimiz ichida dunyo taniydiganini topa olmaganimizdan, biz tarixga murojat etaverardik. Tariximiz buyuk. Shukr! Lekin boshqa, juda bir qiziq holat ham bor ediki, bu haqida aytib bermasam bo lmas. Turli yoshlardagi erkaklar bilan gaplashganimizda, O zbekistondan ekanligimizni bilishlari bilan O, Uzbek! Beautiful girls! yoki Oh, Uzbek wanita-wanita paling cantik (Ya ni o zbekistonlik ayollar juda go zal ) deb qo yadiganlar ham ko p uchrardi. Hayron bo lib qolardim! Ham faxrlanardim. O zbekistonlik ayollar, qizlarning go zalligini hatto shu yerda

10 Indoneziyada ham bilisharkan-da! Lekin qanday qilib? Nimga aynan o zbek qizlari? Juda qiziqardim. Keyinroq, germaniyalik kursdoshim Ananing indoneziyalik yigiti Trias bu masalaga oydinlik kiritib bergandi. Ha, o zbek qizlari haqiqatdan ham bu yerda juda mashxur. Buning o z sababi bor, albatta. Bilasanmi, Indoneziyaning birinchi prezidendi Sukarnoning uchinchi xotinidan bo lgan eng kenja farzandi Guru (Muhammad Guruh Irianto Sukarnoputra) 2001-yilda asli o zbekistonlik bo lgan Sabina Guseynovaga uylandi. U indonez ayollaridan butkul farq qilar, oppoq, bo y va qaddi-qomatlari joyida, nazokatli ayol edi. Juda ko pchilik o sha vaqtdan boshlab Sabinani Indoneziyadagi eng chiroyli ayollardan biri sifatida e tirof etib, o zbek ayollari eng chiroyli ekanligini ta kidlay boshlashdi. Shu joyigacha uning so zlari kaminaga juda yoqib tushayotgandi. Lekin Trias hali gapini tugatmagandi. Shundan keyin o zbek qizlari bizning seriallarda, modellik biznesida paydo bo lishdi. Hozirgi vaqtda Indoneziyada faqat boy insonlargina o ziga ravo ko ra oladigan, eng qimmat fohishalar ham o zbeklardir. Biz ularni oq tulporlar deb ataymiz. (Darvoqe, Jakartada taksi xizmatini amalga oshiradigan firmalar ichida elit darajadagisi, eng qimmati white hourse ya ni oq tulpor deb nomlanadi. Taksilarning hammasi Mersedes-benz firmasining eng zo r avtomobillari edi mual.) O zbek foxishalari xizmat ko rsatadigan bir necha mehmonxona, ishratgohlarni bilaman. Ko pchilik biladi u yerlarni. Lekin hammaning ham qurbi yetmaydi u yerda dam olishga. Keyinroq boshqa do stlarimizning aytishicha, Guruh Sabina bilan ajrashgan, lekin Guseynova qaytib ketganmi yo qmi, bilishmas ekan. Paradoks! Jahonning eng ko p musulmonlar yashaydigan mamlakatida, islom rivoji va ommalashishida ulkan hissasi singan mamlakatni foxishalar orqali tanishsa! Xullas, Guseynova orqali Indoneziyada mashhur bo lgan qizlarimiz imi-jimida, o sha yerdagi imijimizni yaratib yurishgan ekan.

11 3. Азамат Муродов. Muhit ikki xil gapirtiradi Muhrim A zamxo jayevning «Muhrim ikki xil gapiradi» postini o qib Yaqinda O zbek bloggerlar sahifasida Muhrim A zamxo jayevning «Muhrim ikki xil gapiradi» nomi ostida posti chiqdi. Men ham ushbu postni o qib chiqdim. Unda ko tarilgan mavzu bugungi intermet, aniqrog i ijtimoiy tarmoqlarning bugungi holati haqida gap borgan. Maqolaning ko p joylariga qo shilish mumkin. Lekin shaxsan men Muhrim ko targan ijtimoiy tarmoqning o zini ayblashdan ko ra uning ichidagi foydalanuvchilari, muhit sabab shu holatga tushgan deb hisoblayman. Ya ni menga Muhrim yozgan post tarmoqlarning o zidagi noqulayliklar sabab «yaroqsiz» ta rifini olgandek tuyuldi. Shu boisdan ham Muhrim yozgan postda baribir nisbiylik bor, deb hisoblayman. Tushuntirishga harakat qilaman... Har qanday joy har qanday muhitni insonlarning o zi yaratadi, yoki o zgartiradi. Amerika o zidan-o zi bu darajada rivojlanib ketmagan. Yevropaning o ta ziyoli qatlami ko chib borishi (Afrika qullari faqat qora mehnatga ishlatilganini sizga eslatish shartmas, fahmimcha) natijasida ilm-fan rivojlangan. Keyin boshqa sohalar. Natijada 500 yil muqaddam dunyo xaritasida bo lmagan bugungi kunda dunyoning birinchi raqamli davlat sanaldi (qanchalik yoqimsiz bu so zlarni yozish men uchun). Ya ni odamalar, yangi muhit sabab bu evolyutsion o zgarishlar kuzatilgan Agar ertaga o sha odnoklassnikidagilar ommaviy ravishda Facebook toki Twitterdan foydalanishni boshashsa, facebookda «yaxshi bola» bo lib qolishmasa, tarmoqning «odob»ini hurmat qilib o tirmasa kerak. O shanda bu tarmoqlarning texnik tomonlama, dizayn tomonlama qulayligi qolishi mumkin, faqat... LIRIK CHEKINISH Mavzu doirasida hikoya: Bir oilaning farzandi, o g li ayolsifat bo lib tug ilgan ekan, ha o sha siz tushungandek, xullas... Uyida ayollarga xos ishlarni ayollarga xos harakatlarni qilarkan. Mahalladagi «dugona»lari ham faqat qizlar bo larkan. Buni ko rgan er-xotin maslahat so rab keksa bir kishini oldiga borishibdi. O g lim ayolmijoz, tikish bichish qilib o tiradi, umuman hamma ishi ayollarga xos degan ekan. Bunga balki atrofidagilar sabab bo lgandir. O g il bolalar bilan aloqasi kamdir. Ma lum vaqt, badjahl juda qo pol erkaklar yotgan zindonga qamab qo yish kerak, debdi, nuroniy.

12 Shunday ham qilishibdi. Bolani eng og ir jinoyatlar bilan qamalgan erkaklar orasiga tashlashibdi. Oradan ma lum vaqt (Qirq kun edi adashmasam, mayli bu muhimmas) o tgach o sha qirqtacha qahri qattiq kallakesar erkaklar yotgan zindonni ochib boyagi bolani ko rishmoqchi bo lishibdi. Zindonni ochib qarashsa o sha kallakesar bo lib tanilgan zindonbandlarning hammasi tikish-bichish qilib o tirgan ekan... Bu bir hikoya albatta lekin bunday hikoyalar, butun boshli podani bitta shirriq ho kiz buzushi haqidagi maqollar, bejizga yaratilmagan, og izdan og izga ko chmagan. Xullas Odnoklassniki yoki Facebookning qaysi biri bugungi kun uchun idealligi, undagi foydalanuvchilarga ham ko p tarafdan bog liq. Yillar (1-2 balki 3) o tgach kimdir Facebook bir paytlari ancha madaniyatli sayt edi, deyishi, musafforoq, yangiroq, chiroyliroq bo lardi demasligiga kafolat berib bo maydi. Har bir yangilikning yetib borishi birinchi navbatda unga chanqoqlarda ko zga tashlanadi. Aynan ular targ botida keraksiz deb qaraladiganlar uchun ham «yeyiladi». Ya ni facebook bizda kam (kech) tarqalgan. Odnoklassniki esa ko proq (ertaroq). Bunga birinchi sabab esa saytning geografiyasi. Odnoklassniki bizga yaqin hududlarni o z ichiga olgan asosan. Ya ni odnoni izlab topish uchun oddiy ishchi rossiyaga (masalan) borib kelsa kifoya qilgan. Facebookni targ ib qilgan, birinchi bo lib eshitgan birinchi o zbek esa ziyoli bo lgan tabiiyki. U ham o zining «krugiga» tarqatgan. Oddiy ishchi o zining «krugi»ga. Xuddiki bu, Rossiyada prezident saylovi bo lishini oddiy o zbekistonlik bilishi mumkin, lekin AQSHning Erondan «xavfsirab» qilayotgan ishlarini bilishga u qodir emasligidek gap. Ko ryapsizmi aslida muammoning asl sababi butunlay boshqa joyda. Umuman Facebookda ham shunaqa odob qoidalarini buzishi mumkin bo lgan musaffoligini titadigan chiroyini buzadigan auditoriya kruglar bo lishi katta ehtimol. Biroq foydalanuvchining juda ko pligi evaziga sifatni ajratib olish imkoniyati bor. Ya ni AQSHdagi auditoriyaning hammasini ham bilavermaymiz. Hindiston juda kambag al davlatdek ko rinadi. Aslida foiz hisobiga olganda ularning 10% aholisi qashshoq sanalar ekan. Bu 114 mln odam degani. O zbekiston aholisidan deyarli 4 (!) marta ko proq degani. O sha sababdan ham bu ko rsatkich ko p bo lib ko rinadi. 1 mlrd aholining boy yashayotgani ko rinmay qoladi, chetdan kuzatuvchiga... P. S. Albatta bu mening shaxsiy fiklarim. Shaxsan menga ham Odnoklassniki ijtimoiy tarmog ining bugungi ko rinishi yoqmaydi shuning uchun ham u yerni «Selena Gomez va Po lat Alemdar (Kimdir Krishtianu Ronaldu, yoki qaysidir modelyerni shu o rinda ishlatar) fotogalereyasi» deb atayman, o zimcha. Ko proq Facebookka kiraman. Ko proq Twitterda yozaman. Lekin bunda Odnoklassniki ijtimoiy tarmog ini emas ko proq muhit, undagi odamlarni ayblayman.

13 4. Азиз Қаршиев. Uydirma va haqiqat Илҳом қидириб ҳар жойда бўлдим. Қор ёққан кечаларда, тор тушган кўчаларда пиёда кездим оёқларимни сиққан поябзалимда, автобусларнинг кўча чироқлари тушиб ўйнаган деразаларига бошимни қўйиб, шаҳарни томоша қилиб келдим шапкамни бостириб (ҳечким таниб қолмасин учун), вагонлар ва бекатларда бир оч назар билан чиройли юзларни изладим қишки кийимларга ўранган одамлар орасида (ҳолбуки мен рассом ҳам эмасдим). Ҳолбуки, иссиқ хонада ўтирволиб, нимадир ковшаниб, аҳён-аҳёнда тwиттер ва фейсбукка кўз ташлаб туриб ҳам ёзиш мумкин экан блогпостни. UYDIRMA va HAQIQAT Сандироқлаб юриб, бекатлардан бирида, ичидаги буюм ноаниқ тарзда қорайиб кўриниб турган, оғзи яхшилаб зарқоғоз билан боғланган оқиш тусли салафанга кўзим тушди. Декабрнинг охирги кунлари эмасми, яқин атрофда ҳеч зоғ йўқ, буни бехижолат очиб кўришим мумкин эди. Менинг бу топилмам канцелярия дўконларида сотиладиган оддий лекин ноодатий кўринишга келтирилган қалин дафтар чарм жилдли блокнот бўлиб чиқди. Пуштиранг. Сиртига ҚАЙНОҚ СЕВГИ БИЛАН дея йирик ҳарфларда ёзилган эслатма. Саёҳатдан орттирган ўлжам ни қўйнимга урдим-у, ошиёнимга шошилдим. Ҳойнаҳой, дафтар ичи тўлдириб навбатдаги ишқ қиссаси битилган деган хаёлга келгандурсиз? Мен ҳам йўлдаёқ очиб кўрмоқчи бўлдим-у, дарҳол фикримдан қайтдим. Кейин!.. Хонамга келдим ҳамки, дафтарни ҳали очай демасдим. Ўзику бир қарасанг, кунда кўрадиган дафтарлардан, лекин бунда жонли одам тафти ҳам бор эди-да! Бу кимга аталган экан? Ким кимга нима деб ёзган экан? Бу қачон ёзилган экан? У ҳозир тирикми, йўқ? Буни очиб, тақдирни ўзгартириб юбормасмиканман? Лекин унда нега менга дуч келди бу? Шундай иккиланишлар ва эҳтиётликлар аро яна кутишга қарор бердим. Дафтар столим устида ёпиқлигича қолди. Ўзим эса бу албатта қиз киши бўлиши керак ва устига-устак жуда чиройлигина ҳамдур деган хаёл оғушида ўрнимга чўзилдим. Шу кунларда замбарак отилса ҳам қилт этмасдан ухлаш режимига ўтганман. Аммо ўша тун қоқ яримида бехос уйғондим. Столим устидан сарғиш нур таралаётгандек, қулоғимга мистикона товушлар чалинаётгандек бўлаверди. Хаёлимга илкис Балъзакнинг Сағри тери тилсими келдимией, ёки бир зумга японча новеллаларни эслабкетдимми.. Лекин тезда ҳушимга келдим-у, бориб дафтарни стол тортмасига бекитиб қўйдим. Кейин бамайлихотир ётиб, кун оғгунча уйқуни бердим Лекин уйғоқлигимнинг ҳар дақиқасида кечаги саволлар яна бошимда чаппор айланаберар, қадамимни таъқиб қилар, беҳаловат бўлардим. Унинг исми не бўлса экан-а деб ичим қизирди. Бир қарорга келмоқ даркор эди! Ва мен рутубатли тутунлар аро узоқ ўйладим ўтириб танҳо ўтган барча йилларни, кунларни.. Юз-қўлларим, оёқларимнинг

14 учларигача музлаётганини сезмасдим. Телефон кескин, чўзиқ-чўзиқ жиринглагандагина, қўлимни чўзаётиб сездим буларни ва бугунги ҳаётга қайтдим. Қўнғироқ одатдагидек ишхонадан экан. Шу бўйи ишларим билан андармон бўлдим. Кунлар ўтди. Ҳар куни уни ўйлар, хаёлан гаплашар эдим у билан. Лекин дафтарни очишга журъатим етмас эди. Ва ниҳоят бир куни, хавотирланиб кутганимдек, топганимни жойига қайтариб олиб бориб қўйиш фикрида тўхталдим. Шу пайтгача, шунча вақт яшадим, бундан кейинда ҳечкимга халал бермасдан, тинчгина яшайвераманда шу ёлғизлигимда. Ўша бекат. Одамлар гавжумлашиб қолибди. Сокин-сокин юриб бордимда, дафтарга охирги марта тўйиб қараб, ўша салафанига ўрадим-у олинган жойида қолдириб, шитоб билан жўнаб кетдим. Йўл-йўлакай ўзимни овутиб борардим: Ҳаммаси ўтиб кетади. Минг битта оламнинг энг яхшиси бўлган бу оламда бари нарса алалоқибат яхшиликка элтади. Ҳаммасими? Албатта ҳаммаси! Йўқ. Ҳаммаси эмас. Сен қўрқоқлик қилиб, мушуксичқон ўйнадинг Шу фикрдан кейин ортимга чопдим. Бир марта қарай. Акс ҳолда шу бир марта қарамаганим учун ундан, менинг бу номаълум соҳибжамолимдан бир умрга жудо бўлганман, деб бутун умр ўзимни саннаб юраман дердим яна ўзимга ўзим. Бекатга ҳаллослаб етиб келдим. Кейин кўрган манзарамдан бадтар нафасим бўғзимга тиқилди. Чунки, эндигина жойидан силжиган автобус ичида, қалин кийимли одамлар орасида бир навжувон, пуштирангга беланган қомат ўша дафтарни тутганча кетарини кўриб қолгандим.. Ларзага тушдим. У ҳар куни йўлимни пойлаган, шунча кун қароримни кутган эканда?.. Автобус ортидан боришинг керак эди дейсизми? Ахир, авж нуқтадан пастга энилган дамларда-я?! Энди яна ички чеклов устун кела бошлаган эдику? Кечикдим, жуда кечикдим. Шу жойга чўк тушдимда, қишнинг рутубатли ҳавосида яна узоқ ўтирдим. Бир ўткинчининг ҳадиксираб ўрнимдан тургизишидан кейин, унга миннатдорчилик билдиришни-да хаёлга келтирмай, яқиндаги метро тешигидан ер остига кириб кетдим. Тиқилинч вагонда ўтирарканман, оғир ва қаҳрли бир нима қаддимни букаётганини сезардим. Назаримда мени ҳамиша эзиб, интилганларимдан қайтарадиган, маҳрум қиладиган бу кўринмас қўл тақдирнинг йўқчилик кучи эди. Икки киши учун курашувдан қўрқиш ҳисси эди. Ҳаммаси ўтиб кетдими? Йўқ, ҳаммаси эмас. У ҳозир ҳам мен билан, менинг ҳаётимга шу қадар мустаҳкам ўрнашиб олганки, уни сира ташлаб кета олмайман. Метрода китоб ўқиб кетаётаганимда ҳам, қозон бошида овқат тайёрлаётганимда ҳам, навбатдаги саёҳатларимда кезганимда ҳам, ўрнимда ётиб мусиқа тинглаётганимда ҳам хаёлан у билан гаплашаётганимизни сезиб тураман. Ёки ҳозир қаерда экан, шаҳзодасини топдимикан, бахтлимикан деб ўйлаб юраман. Тунлари узоқ бедорликлардан кейин бир амаллаб ухлаволганимда кўрадиган даҳшатли тушларимда ҳам у пайдо бўлади. Шунингдек, унинг қўлидан судраётган, совуқ нигоҳи очкўзликка тўла бир Чол ҳам бўлади бу манзарада.. Бирдан чўчиб уйғонаман-да, қоронғу ва ёлғизлик ичида кўчадан ўтаётган автобусларнинг хунук овозларини тинглаб ётаман

15 5. Азизбек Икрамов. Tuproq Tuproqdan yaraldim tuproq bag'rida, Tuproqqa belanib voyaga yetdim. Tuproqdan qurilgan uy ichra yashab, So'nggi dam jonajon tuproqqa ketgum...

16 6. Азизбек Хусанов. Шеър. Мухаббат боғида очилди бир гул, Шу гулга етмоққа талпинди кўнгил, Кўнглик талпинса-ю талпинмаса гул, Вайрона булур вайрона кўнгил. *** Қадақ сўзи... Мана 2013 йил хам ўтиб бормоқда, 2013 йилдан биз розимиз йил хам биздан розимикан...

17 7. Алишер Абдумаликхон. Одамлар тўқ, аммо кўзи оч! ОДАМЛАР ОЧ янги йилга Америка очилмаган эски гап Ака, мандарин неча пул? Йигирма минг килоси. Ия, намунча қиммат? Кундузи бозорда айтганингизнинг ярми ҳам эмас-ку?! Келиштиринг, инсоф борми? Инсоф? киши чўнтагига қўлини тиқиб, Қўл телефони бор, чексанг сигарет бор лекин инсоф йўқ, ука! деди у ўз хаёлида чиройли қочирим қилганидан яйраганча хунук ишшайиб. Истасанг ол, истамасанг йўқ. Тунги соатларда фақат ўзи савдо қилаётган растага зарурат юзасидан бош суқиб, ана шу қисқа суҳбат иштрокчисига айландим. "Нима одамларнинг шу даражада юзи қаттиқ бўлиб кетганми ё савдо қоидасими бу ўйладим растадан у айтган нархга оғринибгина савдо қилиб, узоқлашар эканман. Мени қадрим камситилгани эмас, сотувчининг носоз андишаси ортида яширинган ғазабнок-қўрс хис ташвишга солди. Кўп айтилганидек энг катта муаллим ҳаётнинг ўзи. Кўча-кўйда юрар экансиз, бу каби ҳодисалар афсуски кўп учрайди. "Ҳаёт учун кураш деб изоҳлаймиз одатда биз буни. Йўқ! Аслида ҳаёт учун кураш ҳайвонот дунёсига хос эмасми? Одамзод ҳаёт учун тираш, бир-бирига яхши амал жилла қуриса яхши сўз билан тиргак бўлиши керак эмасми? "Ўлиб кетадиган дунёда яшаб қол, ундан энг яхшиларини тортиб ол. Инсон ҳаётга бир марта келади дейиладиган европача ақида ҳам қулоғимизга чалинади. Нима бу ўлимдан кейинги КУНга ишонмасликми ёки ҲАҚ КУН аломатларидан бирими бу?.. Чуқур ўйга толасан, киши... Тобора маданийлашиб бормоқдамиз: инсонларнинг яшаш шароити кун сайин гўзаллашиб бормоқда. Кўнгли эса... Ўйлаб қоламан, аслида тобора нисбиатга айланиб бораётган том маънодаги кўнгил айрим ижодкорлар ва баъзи шоиртабиат инсонларда қолди холос, назаримда. Одамларнинг ўзи керагидан ортиқ тўқ аммо кўзи оч, қалби оч. Бўлган сари янада кўпроқ бўлгиси келади. Айниқса бугунда ҳолат янада кўримли тус оляпти, назаримда. "Қор ергамас мани ичимга ёғвотти. Учаскамни томини ёполмай қолдим куйинади шаҳар четида уч қаватли дала ҳовли қураётган танишим. "Икки қизимни чиқардиму, шу кенжатойимни уйлашга камҳарж бўлиб, ҳаловатим йўқ. Тўйини кўрмай ўлиб кетмасам гўргайди нолигани қулоғимга чалинади автобусда нотаниш аёлнинг ўз ҳамроҳига. "Ўн йилдан бери шу лаънати эски аравамда юраман. Қачон одамларга ўхшаб янги машина ҳайдарканман нолийди "Матиз и бор қўшним. "Одамларга ўхшаб эмуш?! Аввало "лар га эмас Одамга ўхшайлик! Дарҳақиқат, айрим ўринларда инсонийлик чегарасини топтаб ташладик. Атрофимиз нолаларга тўлиб кетган. "Худога шукр! Ҳаммаси яхши. Ҳаётдан мамнунман дея чин юракдан айтиладиган гаплар ўтмишдан садо беряпди холос. Яна ўйлайман: аввалги одамлар қандай яшаган экан?.. Мендан ёшлари деярли бир аср катта бўлган дадабувим уриш даврида нина билан қудуқ қазиб(тўн тикиб) сотиш учун

18 30 километр узоқдаги бозорга бориб-келиб, додамларни катта қилган эканлар. Бир хонадонда қозон қайнаса бутун маҳаллага етгани, очарчилик замонида ҳам биров очдан ўлибди деган гап чиқмагани, эшикларда қулф бўлмасада ўғри ораламагани ҳақидаги болалик хотираларимни эслаб, эртак айтганмиканлар ўшанда бувижоним, дейман гоҳо. Яқинда қўшни маҳаллада раисликка сайлов, аниқроғи "жанг бўлди. Ўрта ёшлардаги фермер киши билан соқолига оқ оралаган "ҳожи ака шу кичик мартаба учун очиқдан очиқ бир бирининг "қонини ичди. Бири ўзининг ёши улуғлигию Муқаддас сафарга бориб келганини пеш қилса, иккинчиси маҳаллага "ўтқазиб қўйган саҳоватларини миннатга айлантирди. Жуда ҳам уятли ҳолат а ташқаридан қараганда?!. Ҳа, лекин аксаримиз ўз юриш туришимизга ички оламимиз пойдеворидан назар солсак, юраклар уятдан алвон рангда. Кўчада, жамоада ҳар қанча муаммога дуч келмайлик вазиятдан чиқиш учун манфаат юзасидан чиройли сўзларни аямаймизу, оиладаги арзимас камчиликларда сиркамиз сув кўтармайди. Ишхонадаги бошлиғимиз шамоллаб қолган бўлса, қўнқўнжимизни тўлдириб кўргани борамизу, ота-онамиздан оддий ширин каломимизни аяймиз, ватанпарварлик ҳақида кўкрак керамизу уйдан чиққан чиқиндиларни тунда ё ўзимиз ё бошқаларга буюриб, ариққа оқизамиз. Катта чиқим қилиб кунда кун ора ҳудабеҳуда зиёфатлар ташкил қиламизу турли баҳоналар билан газ, электр-энергия, иссиқ ва совуқ сувга йиллаб тўлов қилмаймиз. Бу рўйҳатни яна давом эттириш мумкин. Аслида санасак атрофимиздаги неъматларнинг саноғи йўқ: иймонга бўйин эгадиган, шукр айтиб чарчамайдиган, қўлимиздан келганича дунёни эзгу амалларга тўлдириб ташлайдиган ҳолат. Аммо... аммо... аммо.. Юлдуз хоним Ибрагимовна бир қўшиғида айтганидек: "Туя тўйди, фил тўйди, сен тўймадинг одамзод... Шу ўринда Навоий бобомизнинг абадиятга даҳлдор жумлаларини ҳам яна бир бор ёдга олиш ўринли: "Футувват барча бермакдир, емак йўқ, Мурувват барча қилмакдир, демак йўқ. Қадимда икки қавм одамийлик ва сабрда баҳслашиб қолишибди. Биринчи қавм иккинчисига: "Бизлар меҳнатдан қидириб топганимизни беҳад шукрона билан еймиз, топмаган кунларимиз сабр қиламиз дейишса, Иккинчи қавм: "Бизда итлар шундай қилишади. Биз эса топганимизни ўзимиздан шароити қуйироқларга инфоқ-эҳсон қиламиз, ортса еймиз, деган эканлар. Юқоридаги мисолларни қайта-қайта ўқинг, хулоса ўзингиздан. Ўз сўзларимда реал воқейликда бўлган, ҳикматли китобларда ёзиб қолдирилган ҳодисаларни ёзиб, журналистнинг холислик принцпидан келиб чиққан ҳолда қисқа иқтибослар келтирдим холос. Аслида гапирса гап кўп. Янги даврий тақвим остонасида ҳеч кимнинг кайфиятини бузмоқчи эмасман. Шунчаки кўпчилигимизга маълум гапларни эслатган ҳолда умр саҳифамизнинг янги вароғини пок ният, кенг кўнгил, эртанги кунга ишонч, сўнмас шижоат билан очишингизни истардим.

19 8. Алишер Қултоев. Огоҳ бўлинг: интeрнeтда нохолис ахборотлар оқими Салкам ўттиз ёш ни қаршилаб қолган интернет тизими бугунги кунга келиб бутун дунё аҳлини ўз ўргимчак тўри домига тортиб олиб бўлди десак муболаг а бўлмайди. Бир сўз билан айтганда интернет тармоғи инсонларнинг энг яқин ҳамроҳига, таъбир жоиз бўлса чексиз имкониятлар манбаига айланиб улгурди. Қуйида беминнат ахборот манбаи бўлмиш ушбу тизимнинг айрим салбий ва ижобий жиҳатларига тўхталиб ўтсак. Зеро ҳавола этилажак маълумотлар интернет истеъмолчилари учун фойдадан холи бўлмаслиги шубҳасиз. ИНТEРНEТ ИМКОНИЙАТЛАРНИНГ ЧEКИ ЙЎҚ, БИРОҚ Бугунги глобаллашув асрида ахборотга бўлган талаб ҳар қачонгидан кўра, кучайиб бормоқда. Шундай экан, холис ва ҳаққоний ахборотларни тарқатиш, омманинг бу маҳсулотга бўлган эҳтиёжини қондириш ҳар қачонгидан кўра бугунги кунда долзарб аҳамият касб этади. Маълумки, демократик жамиятда оммавий ахборот воситалари, телерадио каналлар одамларни холис ва ҳаққоний ахборот етказадиган, гуманистик қарашлар, илғор ғояларни ифода қиладиган эркин минбар сифатида эътибор бериладиган воситадир. Аслида ҳам шундай. Бугун жаҳон миқёсида бўлаётган оламшумул ўзгаришлар, иқтисодий тараққиёт, илм-фандаги инсон ақлини лол қолдирадиган янгиликлару ихтиролар барчабарчаси оммавий ахборот воситалари орқали маълум бўлмоқда. Демак, ОАВ, матбуот яхшиликка, эзгуликка хизмат қилмоқда хусусан интернет тармоғи ҳам. Ҳозирги вақтга келиб интернет орқали янги адабиётлар тўғрисида маълумот олиш, мусиқа эшитиш, турли соҳалардаги расмларни кўздан кечириш, видео роликлар томоша қилиш, кундалик газета ўқиб бориш, об-ҳаво тўғисида маълумот олиш, компютер ўйинлари ўйнаш, яқин кишилар билан суҳбатлар уюштириш, янги иш жой топиш, магазиндан харид қилиш, масофадан туриб ўқитиш технологиясини амалга ошириш ва, ҳатто, кенг кўламдаги бизнес ишларини амалга ошириш мумкин. Аммо, халқимизда гуруч курмаксиз бўлмайди, деган нақл бор. Шу маънода бугунги кунда интернет тармоғида салбий иллатлар ҳам талайгина. Мисол учун, портловчи моддаларни ясаш йўриқномалари, осонликча ўзига қасд қилиш йўллари, антисемитизм ва ҳатто ҳар хил миллатларни ва динларни қораловчи сайтлар мавжуддир. Демоқчимизки,

20 айниқса ёшларнинг, жумладан ўсмир ёшдагиларнинг ўргимчак тўри дан қандай ва қай мақсадда фойдаланаётганларини мунтазам кузатиб бориш лозим. Аск ҳолда ундаги баъзи маълумотлардан руҳий таъсирланиш салбий натижаларга олиб келиши мумкин. Тажрибадан маълумки, энди вояга етаётган ўсмирларда фақат ўз ҳиссиётларини биринчи ўринга қўйиш ҳоллари кузатилади. Бу ҳолатдаги ёшлар учун ҳам энг қулай жой виртуал тизим бўлиши мумкин. Яъни, бу давр улар учун таъсирланиш эҳтимоли энг юқори бўлган вақтдир ва айтиш керакки, баъзибир сайтлар уларнинг руҳияти учун жуда хавфли. Интернетдан фойдаланувчиларнинг 1/3 қисмини 24 ёшгача бўлган ёшлар ташкил этади. Бу эса, ёшларга мурожаат ва таъсир учун интернет энг қулай восита, деган хулосага олиб келади. ХОЛИСМИ, НОХОЛИС? Айни вақтда бутун дунёни ташвишга солаётган яна бир салбий иллат, бу интернетдаги порнографик сайтланинг ёшлар онгига кўрсатаётган таъсиридир. Диний ташкилотлар интернет тизимини ушбу жиҳати туфайли унчалик ҳам қўллабқувватламайдилар. Исломий давлатларда эса порнографик сайтларга ташуриф буюриш қонунан таъқиқланган. Статистик маълумотларга кўра порнографик сайтлар фойдаланувчилар томонидан энг кўп ташриф буюриладиган сайтлардир. Бунга сабаб, бундай беҳаё маҳсулотларнинг ананавий усул билан тарқатилишининг таъқиқланиши ва виртуал усулда олишнинг эркинлигидадир. Албатта, бундай сайтлар ёшларимиз онгига салбий таъсир етказмай қолмайди. Демак, ҳозирда интернет тизими мукаммал экан, ундан фойдаланишни тартибга солиш мақсадга мувофиқдир. Виртуал тизим айни вақтда эзгу мақсадларга хизмат қилиши даркор, яъни, ёшлар учун у фақат билим ва холис ахборотлар манбаи бўлиши зарур. Собиқ иттифоқ даврида четдан кириб келаётган ахборот оқими қаттиқ назорат қилинган. Мустақилликка эришганимиздан сўнг, ахборот оқимига кенг йўл очилди. Табиийки, ҳали ахборотга "оч бўлган" аҳоли кириб келаётган ахборотни сараламай туриб, "истеъмол" қила бошлайди. Улар ҳали яхши ва ёмон, керакли ва кераксиз ахборотнинг фарқига бормасдилар, бир сўз билан айтганда, аҳолида холис ахборот оқимидан нохолисини ажратиб олиш учун идрок шаклланиб улгурмаган эди. Шунинг асорати ҳозирги кунда, айниқса, сезилмоқда. Бу баъзи ёшларимизда интернет сайтларидаги ҳар қандай ахборотни мутлоқ ҳақиқат сифатида қабул қилинишини келтириб чиқармоқда. Мақолага чуқурроқ ёндашиш мақсадида аҳолининг интернетдан нисбатан кўп фойдаланадиган қатлами талабалар ўртасида интернетдаги маълумотларга қанчалик

21 ишонасиз? мавзусида сўровнома ўтказилди. Сўровнома натижаларига кўра қатнашчиларнинг 21 фоизи умуман интернетдан маълумотлар олмаслигини, 1 фоизи интернетдаги маълумотларга умуман ишонмаслигини, 30 фоизи интернет маълумотларига тўла қонли ишонишини ва 48 фоизи қисман ишонишини билдирди. ХХИ аср ахборот асри, деб бот-бот такидланиб турилган бир вақтда интернет муштарийларининг энг кўп қисми яъни, 48 фоизи интернет маълумотларига қисман ишонишини билдириши қайсидир маънода фожеадир. Нима сабабдан ахборот ва коммуникатсион технологияларга ҳукуматимиз томонидан катта эътибор берилаётган бир вақтда ҳар 100 та одамдан 48 таси интернет маълумотларига қисмангина ишониши керак? Нега мутлақо ишонмасликлари керак? Бунга асосий сабаблар нима? Қуйида шу каби бир қанча саволларга келтирган маълумотларимиз асосида ечим топишга ҳаракат қилиб кўрамиз. GOOGLE: МАЪНА СEНГА ОЛАМ-ОЛАМ МАЪЛУМОТ, ЭТАГИНГГА СИҚҚАНИЧА ОЛ АҚШлик дастурчилар Лерри Пейдж ва Сергей Бринлар 1998 йилнинг 7-январида илк маротаба Калифорниядаги офис эшикларини очишди. Улар интернетдаги қидирув тизимларининг лидер и ва бугунги кунда интернет бозорининг 70 фоизини эгаллаб турган Гоогле га асос солган эдилар. Ҳозирги кунда бу лидер га хар куни 50 млн.га яқин маълумот қидириш учун талаб тушади. У бир неча сонияда 8 миллиард веб-сахифани фойдаланувчига тавсия этади. Шундай экан у фойдаланувчига нафақат зарурий балки нокерак ва нохолис маълумотларни ҳам биргаликда тақдим этиши сир эмас. Бу фойдаланувчиларда маълумотларга нисбатан ишончсизлик туғилишига олиб келади. Гоогле дан ташқари Wикипедиа деб номланувчи интенет маълумотларини қидирув тизими ҳам мавжуд. Бу тизим маълумотларни тўлдириш ёки янги маълумот ёритиш учун хеч қандай рўйхатдан ўтишсиз маълумотларни ўзгартиришни жореъ қилган, бу эса маълумотлар аниқлигида шубҳа туғдириши табиий ҳол. Интернетда маълумотларнинг ишончсизлигини келтириб чиқарадиган яна бир омил бу интернетда ўзбек тилидаги маълумотларнинг камлигидир. Қачонки манбалар кўп бўлса, сизнинг ҳам қиёслаш имконингиз ортади. Шу боис, фойдаланувчи интернет тармоғидаги бўлган-бўлмаган маълумотлардан фойдаланишига тўғри келмоқда.яъни айб фақатгина истеъмолчи да эмас. Абу Райхон Беруний бундан минг йил аввал шундай деганди: "Хабар берувчилар сабабли ростлик- ёлғонлик тусини олади. Чунки, одамларнинг мақсадлари хилма-хил,

22 халқлар ўртасида тортишиш ва талашиш кўп. Шундай кишилар ҳам бўладики, уларнинг табиатига ёлғон хабар тарқатиш ўрнашиб қолиб, гўёки унга шу вазифа юклангандек бўлади ва хабар тарқатмасдан тинчий олмайди. Бу ёмон ундаги хоҳишлардан ва табиатига бузуқ фикрларнинг жойлашганлигидан келиб чиқади". Демак, нохолислик кўпгина инсонларнинг қизиқувчанлиги ёки қўпол қилиб айтганда бузғунчилигидан келиб чиқади. Дунёда ким ахборот бозорини эгалласа, ўша ҳукмронлик тизгинини тутади, дейишади. Чунки айни пайтда дунёни инсон эмас, айнан ахборот бошқармоқда. СНН билан ББС нинг овози етмаётган жойда "Ал-жазира"нинг маҳсулотлари сотилаётган экан, бу ахборот бозорида янгича қарашнинг пайдо бўлишига имкон беради. Президентимиз айтганларидек, ахборот омили ядровий полигонлардан ҳам даҳшатли омилга айланиб бораётир. Агар мазкур омилга алоҳида эътибор берилмас экан, у борган сари кучайиб боради. Натижада, айрим кучлар қўлида асосий "қурол"га айланади. Бу эса нафақат давлатлар ёки минтақаларда кескин вазият вужудга келишига сабаб бўлади, балки халқаро миқёсда ҳам ўз таъсирини кўрсатади. Мутахассисларнинг хулосаларига қараганда, раҳбарлар, бошқарув ходимлари ахборотлар билан ишлашга ўз вақтларининг 30 фоиздан фоизгачасини сарфлашар экан. Бу табиий ҳолат. Чунки ўз вақтида ва ишончли ахборотларга эга бўлиш ҳамда уларни ўз вақтида етказиш ва амалиётда унумли фойдаланиш самарали бошқаришни таъминлашнинг шарти ҳисобланади. Шундан келиб чиқиб, айтиш мумкинки, эндиликда ахборот давлат фаолиятида бошқарувчилик кучини сезиларли даражада намоён қилади. Демак уни ҳимоялаш ёки хавфсизлигини таъминлаш керак. ЎЗИНГГА ЭҲТИЙОТ БЎЛ Ахборотни ҳимоялаш масалаларига ривожланган мамлакатлар катта аҳамият беради. Ҳозирги пайтга келиб халқаро муносабатлар янги ахборот технологиялари асосида шаклланаётгани боис, ахборотни ҳимоялаш ва компютер тизимлари хавфсизлигини таъминлаш жамият олдидаги энг муҳим вазифалардан бирига айланмоқда. Америка Қўшма Штатларида "ахборот қуроли"га қарши махсус давлат дастурини амалга ошириш учун йилига 137 млн. доллар сарф қилинади. Бугунги кунда бизнинг Республикада ҳам бир қатор ишлар олиб борилмоқда. Хусусан, зиёнет интернет портали ташкил қилинган бўлиб унда бир қатор электрон ресурслар жамланган. Ўтган йили бир қанча таълим муассасалари ходимлари, педагоглари ва илмий ходимлари мазкур сайт учун маҳсус маъруза матнлари, мақолалар, илмий-услубий қўлланмалар, китоблар ва бошқа бир қанча

23 ресурсларнинг электрон шаклларини тақдим этишди. Муассасаларга бу ҳақда қўйилган талабни амалга ошириш эса тезкорликни талаб қилганлиги сабабли хужжатлар тақдим этувчилар шошилинчда тўлиқ текширилмаган, сараланмаган, тасдиқдан ўтмаган маълумотларни ҳам айримларини бериб юбордилар. Бу эса маълумотларга нисбатан ишончсизлик ва мавҳумликни келтириб чиқармасмикин? Бу ҳақда бирор фикр айтишни ва бирор чора кўришни порталнинг ходимларига қўйиб бера қолайликда, интернетнинг айрим таъсирлари ҳақида маълумот берайлик. Интернетнинг таъсири: Ёт, бузғунчи ғояларнинг кириб келиши (диний экстремизм, миллатчилик, ирқчилик, садизм мисолида); Ғарбона яшаш тарзига хос, лекин ўзбек менталитетига зид ғоялар, қарашларнинг ёшларга таъсири (кийиниш, чекиш, пирсинг, татуировкалар ва ҳоказо); Порнографик ахборотларнинг ёшлар тарбиясига таъсири; Текширилмаган ахборотлар (бўхтонлар). Ижобий томонлари эса қуйидагилар бўлиши мумкин: Дунёқарашнинг кенгайиши; Обектив ва негатив ахборотларни қабул қилиб, уларни таҳлил қилиш имконияти (бунда фойдаланувчининг ахборотга "тўқ бўлиши" ва уларни саралай олиш қобилияти муҳим аҳамият касб этади. Агар унда ахборотга бўлган "дид" бўлмаса, у ахборот оқимида "чўкиб" кетиши мумкин яъни, таъсирига берилиб кетиши); Масофавий ўқишларда иштирок этиш имконияти; Ахборотларни танлаш имконияти борлиги. Ҳолислик билан ёндашилганда ҳар нарсанинг ҳам ҳам ижобий ҳамда салбий жиҳатларини кўра билиш мумкин. Эшитганингга эмас, кўрганингга, билганингга эмас, англаб етганингга ишон деб бежиз айтилмаганидек, чексиз аҳборотлар манбаи бўлмиш интернет тизимига ҳам юз фоиз ишонч йўқ. Хулоса қилиб айтганда, нохолислар орасидан холисларини, нокераклар орасидан кераклиларини саралай билинг. Зеро тўғри танлов тўғри хулоса демакдир. Омон бўлинг!

24 9. Алишер Назар. Ўзингиздан уяласизми? Уят ҳисси... Бу ғоятда ноёб туйғу, тўғрими? Агар у бу қадар камёб бўлмаганида нима бўларди? Олам гулистон бўларди! Мисол учун, Ватан ҳақида шеър ясаб ўтирган шоир қоғоздаги тизмаларига қараб қизариб кетарди. Сохта сатрлари қошида хижолат бўларди. Ватан ҳақида шунчаки ёзиб бўлмаслигини, бу сўзнинг залворини ҳар қандай елка ҳам кўтаролмаслигини ҳис қиларди. Бу муборак калом қаршисидаги масъулиятдан қўрқиб, ёзув столидаги нимарсаларини ғижимларди-да, бурчакка улоқтирарди. Эртаси куни эса Танланма тўпламингизда Ватан ҳақида шеър йўқ экан, ёзиб келинг, деган ноширдан қўлёзмасини қайтариб оларди. Анча йиллар бурун бир ижодкор аканинг номи унвон олувчилар руйхатига тиркалди. Шўрликнинг илинжи умидга, умиди ишончга айланиб унвон шарпасини бедор бўлиб кутди. Не ҳасратки, рўйхат катта идоралар эшигидан қайтиб чиққач, инфаркт бўлди-қолди. Чунки унинг номи олувчилар руйхатидан тушиб қолган экан. Бир оз кўнгилчан ҳамкасблари бечорага ачинишди. Аммо бу соддалар билмасдики, унга унвон берсалар ҳам шу дардга гирифтор бўларди. Чунки бу дард ўлгур ҳаддан ташқари қувончда ҳам зоҳир бўлади-да. Аслида у жуда яхши одам эди. Эшитяпсизми, бор-йўғи яхши одам эди, холос! Лекин ҳар бир яхши одамга мукофот бериб бўлмайди-ку! У буни тушунмасди. Чунки у кишимда ҳам ўзидан, ўз ижодидан уялиш ҳисси андак камёб эди. У ўзини сал кам даҳо ижодкорлар қаторига қўярди. Тўғрироғи, унда шундай оламшумул даъволар пайдо бўлишига баъзи бир уятсиз...шунослар сабабчи эди. Қуюққина зиёфат устида ёзилган тақриз лар, сўзбоши лар уни шу куйга солиб қўйганди. Ўзидан уялиш ҳисси шунинг учун ҳам лозимки, инсонда бирор нарсани меники дейишдан аввал бунга маънавий ҳақим борми деган андиша юзага чиқади. Уялиш туйғуси инсонни бедор қилиб қўяди. Бу кечинманинг қудрати шундаки, агар у зоҳир бўлса, юмшоққина курсида йўқ ни бор қилиб имзо чекаётган амалдорнинг ҳам қўллари қалтираб кетади. Ўл-е, дейди унга ички бир овоз, қачонгача халқнинг нонини туя қиласан? Бир куни ҳамма нарсанинг жавоби борлигини билмайсанми? Аввалига у буни эшитмасликка олади. Қўлига қоғоз-қаламни олиб нималарнингдир режасини тузгиси келади. Даҳолар мисол бир нуқтага тикилиб чуқур-чуқур ўйга ботмоқчи бўлади. Аммо начора, юксалмаган одам теранлашолмайди. У энди ўзини чалғитмоқ илинжида атайин трубкани олиб кимларгадир дағдаға қилади. Кимларнидир топшириқни бажармагани учун койиб беради. Шу билан виждонига сув сепмоқчи бўлади. Лекин кошки бу сув ичкаридаги ўт ни ўчирса. Вақт ўтган сари ички овоз баланд пардаларда жаранглай

25 бошлайди. Натижада бу амалдор нима қилади, биласизми? Менинг бу лавозимда ўтиришга маънавий ҳақим йўқ дейди. Қўлига кишан солиб олиб чиқиб кетмасдан бурун тинчгина ўзи чиқиб кетади. Ўзидан уялиш ҳисси инсонни ўз-ўзига ҳисобот беришга мажбур қилади. Кечқурун кўк чойни ичиб, мия бир оз ором олгач, чеккароққа ўтиб колхознинг бухгалтеридай ўзингизни ҳисоб-китоб қилишга тушасиз. Қирқ йиллик қадрдон эди-я, Билиб қолса нима бўлади?, Бу ҳам майли, манави арзимас пул учун шунча ёлғон ишлатиш шартмиди? Буниси-чи? Кўрпани жаҳл билан ғижимлаб, бошингизга буркаб оласиз. Қани энди бу бош кўрпанинг ичида тинчий қолса. Қийналасиз. Эрталабгача бурга талаб чиқади. Бироқ начора, бошни ташлаб кетиб бўлмаса! Лекин сиз англадингизми, йўқми, барибир бахтлисиз. Сизга бу изтироблар муборак бўлсин! Ахир қийналмай ўтиб кетсангиз нима бўларди? Бир нотаниш йигит билан узоқ сафарга чиққандик. Қайсидир манзилда у-бу олиш учун муҳташам бир магазинга кирдик. Қайтиб чиққач, ҳамроҳим қўлидаги қимматбаҳо конфетни кўрсатиб: Қанча туришини биласизми? деди. Биламан, бу жуда қиммат дедим. Кассирнинг ёнига борсам, пул олиш ўрнига қайтимини олинг деб яна шунча пул бериб юборди. Ўзиям Худо берди-да, ака, деди оғзи қулоғида. Ўзини-ўзи ҳисоб-китоб қилаётган одам, сиз менинг ўша нотаниш ҳамроҳим ўрнида бўлиб қолсангизу, сизга ҳам шунақа қилиб Худо бериб турса нима бўларди? Шунисига шукур қилмайсизми? Шукур қиласиз, чунки ўзидан уялиш ҳисси инсонга шукр қилиш неъматини беради. Ўзидан уялиш ҳисси, инсоннинг сўзи билан амалини уйғунлаштиради. Ўзидан уяладиган одам, сўзидан ҳам уялади. Ўзи амал қилмаган сўзларни айтишдан қўрқади. Чунки бундай сўзлар унинг юзига бир неча марта тарсаки тортиб юборган. У шундан қўрқади. Бир пайтлар Пайғамбар алайҳиссалом ҳам умматларига шундай панд этган эканлар: Одамлар орасида аввалги пайғамбарлардан сақланиб қолган бир гап шуки: агар уялмасанг, хоҳлаган ишингни қил! Аслида Муҳаммад алайҳиссаломгача ўтган пайғамбарларнинг деярли барча кўрсатмалари маънодан узилган эди. Лекин инсондаги уят, ҳаё мангу ўчириб бўлмайдиган мерослар ичида қолди. Бизнинг миллий фожиаларимиз ҳам айнан СЎЗ билан АМАЛ икки қутбга ажралиб қолган замонлардан бошланган. Агар тарихга диққат қилинса, бугунги илм-фан тараққиётининг

26 пойдевори ер юзига Ислом таълимоти келганидан кейин беш аср ичида барқарор бўлди. Не саодатки, бу тараққиётнинг илк ғиштларини қўйганлар бизнинг буюк боболаримиз эди. Шу заминдан чиққан улуғ зотлар дунё аҳлига муаллим бўлдилар. Аммо вақт ўтган сари жамиятда сўз билан амал ўртасида тафовут пайдо бўла бошлади. Одамлар дину диёнатдан узоқлашиб, эзгулик ҳақидаги даъватлар уларнинг бўғизларидан нарига ўтмай қолди. Амал йўқолди, ҳалоллик сўзда қолди, холос. Ҳазрат Бобур Бобурнома да йиллар кечмиши ҳақида ёзар экан, Самарқанддек мўътабар шаҳарнинг маънавий аҳволини тасвирлайди ва лаънатлар айтади. Бу даврга келиб одамлар ўспирин болаларини ҳатто кўчага чиқаришга ҳам қўрқиб қоладилар. Чунки беклар ва бекзодалар иймонли инсон тилга олишга ҳам ҳазар қиладиган ахлоқсизликларга шўнғиб кетган эдилар. Элюрт, дин ва мамлакат тақдири ҳеч кимни қизиқтирмай қўйганди. Сабаби, жамиятда сўз билан амал бирлиги йўқолиб қолган эди. Натижада жаҳолат бошланди. Ўзидан уялиш ҳисси инсон кўнглида қарор топса, у аста-секин ижтимоийлашиб боради. У бир куни шундай улканлашадики, энди бу одам ўзини Миллат ва Ватан олдида ҳам масъулиятлиман деб билади. Мана шу масъулият миллатнинг саодати, Ватаннинг шаъни-шавкатидир. Қайсики миллат хор бўлган бўлса, мана шу масъулият эсдан чиққан замонларда бўлган. Бизнинг ўтган асрлардаги фожиаларимиздан яна бири мана шу масъулиятсизлик эди. Қўқон хони Худоёрхон Хўжанд орқали Тошкентга қочиб кетаётганда олтин, кумуш, лаъл, жавоҳирлар тўла сандиқлари бир карвон бўлди. Хон ўзи билан халқнинг ор-номуси, эрки ва эртанги кунини ҳам сандиққа жойлаб кетаётганди. Бухоро амири тахтдан кетаётганда хазинасида 34 номдаги минглаб қимматбаҳо буюмлар рўйхатга олинган. Уларнинг умумий қиймати миллион-миллонларни ташкил этарди. Рўйхатга олинмаган бойликлар ҳам сонсиз-саноқсиз эди. Афсуски, улар вақтида чор тарафда бўридек пайт пойлаётган душманни кўролмадилар. Халқнинг пешона терини сандиққа жойлаб, хазинанинг устида илондек кулча бўлиб ётиб олдилар. Натижада, жафокаш халқ бу масъулиятсизлик аламини асрлар бўйи чекиб яшади. Бугун дунёнинг мана ман деган муҳташам музейларини бизнинг маданий бойликларимиз безаб турибди. Агар биз уларнинг бари талаб кетилган деб хулоса қилсак, адашамиз. Бу бебаҳо бойликларнинг кўпчилиги XIX-асрнинг иккинчи ярми, XX-аср бошларида Бухоро амирзодалари, беклари томонидан қиморга тикиб юборилган. Ажнабий саводагарлар уларни алдаб қиморда ютиб олишган. Юзлаб нодир қўлёзмалар, қимматбаҳо китоблар ва бошқа осори-атиқалар ким ошди савдосига чиқарилган. Миллатнинг қалби ҳисобланган бу бойликлар олдида бирор кимса зиғирча масъулият туймаган.

27 Бу тарздаги маънавий тушкунликдан қайғуга тушган Фитрат ёзади: "Эй улуғ Турон, арслонлар ўлкаси! Сенга не бўлди? Нечук кунларга қолдинг? Ер юзининг бир неча полвонлари бўлган ботир туркларинг қани? Нечун чекиндилар? Нечун кетдилар? Кураш майдонларин ўзгаларга нечун қўйдилар? Нечун..." Аммо Фитрат ҳазратлари бу саволларнинг жавобини ўзлари жуда яхши биларди. Фитрат билан ҳаммаслак бўлган Вадуд Маҳмуд "Туркистон" газетасининг 1923 йил 24 декабр сонида юртнинг маънавиймаърифий қиёфасига назар ташлар экан: Бўза, май ва умуман кайф берадурғон ичкиликларининг зарарли бўлиши тўғрисида сўзлаб ўлтириш ортиқчадир... Бу нарса Туркистоннинг бутун шаҳар ва қишлоқлариға ёйилғон. Ҳатто баъзи бир зиёлилар ва хотинлариға ҳуррият тарафдори бўлғон кимсалар ўз оилалари билан ҳам "расман" ичишмакка бошлағонлар, деб ёзади. Дарвоқе, тарих бизга ибратлари билан қадрли. Шунинг учун ҳам мулоҳазаларимизда кечмиш кунларимизга бирров назар ташладик. Бу билан бировга маломат қилмоқчи эмасмиз. Зеро, ҳазратим айтганларидек: Ҳар кимки жафо қилса, жазо топқусидир. Қозилик қилмоқ бизга тан эмас. Бизнинг таъмаимиз ХУЛОСА чиқармоқдир. Ва ниҳоят, ўз-ўзидан уялиш шунинг учун ҳам лозимки, киши бу ҳиссиёт қаршисида ўз аксини кўриб туради. Бу кўзгу шафқатсиздир...

28 10. Амир Салямов. Жўлқинбойни эвараси блогер?! Ҳозирги замон глобализация шароитида ахборот ва янгиликлар оқимини бошқариб бўлмай қолди.( Узр, доимий шаблон нарсаларни ўқиш натижасида, ўзим ҳам шаблон жумла билан бошладим). Ва буни натижасида интернет оламида блог ва блогер тушунчаси пайдо бўлди. Бу тушунча ҳақида таъриф бериш ножоиз деб ўйлайман, чунки сиз бу мақолани ўқияпсизми демак сиз блог ва блогер нималигини биласиз. Хуллас бирдан мақсадга ўтаман. Бизда ҳам ҳозир блогерлар бор. Блогерлик ҳақида бирон бир қоида-қонун бўлмаганлиги сабабли, хоҳлаган одам блогер бўлиши мумкин ва бўлаяпти. Ёзишни биладими, инетни яхши тушунадими, тамом у блогер. Нима ёзишини қизиғи йўқ, муҳими ёзаяпти. Қизиғи шундаки ёзмайдиган, ёки ҳаётида бир марта бирон бир воқеа ҳақида ёзиб, ўзини блогер дейдиганлар ҳам йўқ эмас. Лекин бу билан мен ҳеч кимни танқид ёки ёмонлаш ниятим йўқ, ҳар кимни ўз хоҳиши истаги бор. Гап шундаки, бизнинг ҳар бир ҳаракатимиз хоҳлаймизми йўқми бирон бир мақсадни кўзлаган бўлади. Ачинарлиси бизнинг блогерларнинг аксариятида мана шу мақсадни кўрмаяпман. Ёзишдан мақсади нима, нимани кўзламоқда ва ҳоказо. Мақсадсиз яшаш ва ҳаракат қилиш эса инсонга хос эмас. Блогда хоҳлаган нарса ҳақида ёзиш мумкин, фақат у ёзган нарсангиз биринчи навбатда ҳеч бўлмаганда бир кишига қизиқарли бўлиши ШАРТ. Акс ҳолда ёзган нарсангизни ўзингиз бемалол ўқиб ўтиришингиз мумкин. Блогер кузатувдан ҳам, фантазиясидан ҳам ёзиши мумкин. Мисол, ўша 90% бошимиздан ўтган жамоат транспортидаги минутлик севги. Ё у бекати келиб тушиб кетади, ё сен, бўлди шу билан севги қиссаси тугади. Шу жараёнини икки оғиз гап балан ўқувчига етказиш ҳам маҳорат. Хулоса шуки,,блогерга бирон қоралама ёзиши учун воқеа жараённи ўзи шароит яратиб беради. Р.S Бу пост июн-июль ойларида ёзилган.

29 11. Асадбек Бобожонов. Аждодларимизнинг буюк мероси! Х.О.И бундай жумлани барчамиз кўплаб манбаларда учратганмиз, аммо унинг тўлиқ мазмуни ҳақида хеч ўйлаб кўрганмисиз? Афсуски орамизда кўпчилик буни тўлиқ англаб етмаган. Тўғри атаманинг номини билиши мумкин, аммо ҳамма гап, унинг мазмуни, моҳияти ва қай даражада эътиборга лойиқ эканлигини англашдадир. Ушбу қисқартмани ўқир экансиз, уни икки хил нигоҳ билан ўқиш мумкин: Унинг моҳиятини тушуна олмаган инсон шунчаки ХОИ деб ўқийди. Аммо унинг моҳиятини тўлақонли англаган инсон эса унга беихтиёр хурмат билан юзланган холда Халқ Оғзаки Ижоди дея фахр туйғуси билан шунчаки ўқимайди балки ижро этади! Ўқиш давомида эса кўз остида Алпомишнинг Жасорати, Рустамхоннинг тезкорлигию Кайқубод чалаётган чайқовус жонланади. Биласизми Халқ Оғзаки Ижоди туфайли бугунгача ишлатиладиган ажиб бир хазина бор! қоғозга ўзи икки ёки тўрт қаторгина ёзиладию аммо барча даврлар ва замонлар давомида инсонни комиллик ва эзгуликга ундовчи мисралар мавжуд. Бундай мисралар номи Мақол дея номланади! Мақолга эса қуйидагича таъриф беилган: Халқнинг ўз ижтимоий-тарихий, ҳаётий-маиший тажрибасидан келиб чиқиб яратган ҳикматли сўзлар. Мақоллар бир неча асрлар давомида оғздан оғзга ўтиб мана бугунги кунимизда ҳам ўзига хос хурмат билан тилга олинади! Мисоллар келтирамиз: Киши юртида шоҳ бўлгунча, ўз юртингда гадо бўл! Ушбу мақолнинг мазмунини бугунги кунда четда ишлаётган ёки яшаётган бирон бир инсондан сўраш кифоя, сўровингизга у кўзларига ёш олган ҳолда жавоб берса ажаб эмас. Илм бахт келтирар, билм тахт Билмаган айб эмас, Билишга тиришмаган айб. Давлат тугар, илм тугамас. Ёлғон айтиб фойда кўрсанг, Охири зарар топарсан. Ваъда-олтиндан қиммат Дарахтни томири сақлар, одамни-дўсти Дўст йиғлатар душман кулдирар Ёмонга бош бўлгунча, яхшига ёълдош бўл, Ёмонга сир айтма, юртга ёяр

30 Ўзингиз гувохи бўлганингиздек юқорида келтирилган мақоллар шунчаки мисол қилиб келтирдик агар барча мақолларни ёзганимизда у албатта кўплаб китобларни ташкил қилган бўларди. Ва бу мақоллар бир неча асрлар аввал қўлланилганидек бугунги кунимизда хам ўз мазмунига кўра турли хил муаммоларни ечимини ўз ичига олади. Афсуски бугун кун ёшларининг кўпчилиги мақолларга паст назар билан қарамоқда. Ёшларимизнинг эътибори қай даражада деган савол билан кўплаб ёшларни кузатдим ва уларга мақолларга оид савол берганимда аксарияти унга жиддий муносабат билдиршмади, жиддий қараганларнинг аксарияти ҳам мақоллар ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмас! Ва шу ўринда бир савол туғилади: Хўш муаммонинг ечими нимада? мен муаммонинг ягона ечимини кўраяпман Халқимизда Қуш инида кўрганини қилади деганларидек муаммонинг ечимини оиладан бошлаш керак. Агарда инсонга болалигидан Халқ Оғзаки Ижодидаги мақолларга эътибор беришни ва унга амал қилишни сингдира олинса менимча ўша бола келажакда маънавий жихатдан жудаям кучли ва мукаммал инсон бўлиб етишишига шубха йўқ. Таркибига 300 дан ортиқ мақол киритилган Муҳаммад Шариф Гулханийнинг Зарбулмасал асарининг ўзиёқ Гулханийдек Комил инсоннинг мақолларга бўлган муносабатини билдиради. Мақолларни ўқиб уни маъносини чақар экансиз Халқимизнинг нақадар доно бўлганлигини беихтиёр англаб етасиз Ва буни англаб етиш эса бизни улардан қолган буюк меросни асраб авайлашга ундайди зеро бу биз учун муқаддас бурчдир.

31 12. Барлос Бек. Кўнгил ойнаси Бир оила шаҳар марказидаги кўп қаватли уйларнинг бирига кўчиб келди. Янги хонадон бекаси эрталаб азонда уйғониб, ташқарига боқди. Қараса, қўшни аёл ювилган кирларини дорга ёйиш билан банд. - Ё тавба, анави аёлнинг кирлари ҳечам очилмабди, чала ювганми, дейман, - деди киноя оҳангида. Унинг бу гапларини эшитган эри лом-мим демади. - Қўшнимнинг совуни сифатли эмасдир. Эҳтимол, кир ювишни билмас. Унга кир ювиш қанақа бўлишини бир ўргатиб қўйсам бўларкан. Шу тариқа ҳар сафар ҳалиги қўшни аёл дорга кир ёйганда, шу суҳбат такрорланаверди, эр эса бепарво. Ажиб ва мунаввар кунлардан бирида аёл дераза оша ташқарига боқди-ю, беихтиёр қичқириб юборди: - Вой, мана қаранг! Бугун у кирларини топ-тоза қилиб ювибди-ку. Бирорта ғубор кўринмайди-я! Ва ниҳоят қўшним кир ювишни ўрганиб олибди, қойил! - Йўғе, - дея сокинлик билан жавоб берибди эри, - мен шунчаки барвақтроқ туриб, дераза ойнасини ювиб-тозалаб қўйдим, холос... Ҳаётда ҳам худди шундай! Ҳаммаси атрофимиздаги воқеа-ҳодисаларни кўрсатиб турган ўша дераза ойнасига боғлиқ. Аввало, бировларни таҳқирлаш ёки улардан бирор айб топишдан олдин ўзимизнинг кўнгил ойнамизга боқайлик. Дилимизни ҳар қандай чанг ва ғуборлардан тозалайлик. Қачонки, қалб ойнамиз покиза экан, дунё бизлар учун шунчалик ҳикматли кўринаверади. Зеро, иллат излаганга иллатдур дунё, ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё.

32 13. Begzod Rashidov. "Yurtdoshlarim uchun" A.salom bu blog hozirda O'zbekistondan Rossiyaga borayotgan yurtdoshlarimizg asqotadi deb imid qilaman. O'zbekistondan chiqishdan oldin Rossiyaning Federalni Migratsionni Slujba (F.M.S) ning services.fms.gov saytiga kirib bu davlatga kirishiga to'siq qo'yilgan, qo'yilmaganini bilib olishlari mumkin. Ortiqcha harajat kimga kerak? Hech kimga! Unda tekshirib oling.

33 14. Бекзод Хўжаназаров yil. 9-sinf qizning hikoyasi Oyi, nima qilyapsiz? Kech bo ldi-ku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan o tibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, o zingizni qiynamang, ertaga kun yorug ida birgalashib tugatib qo yamiz. Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan buxanka non olib kelasan, ho p qizim. Singling och uxlab qoldi-da. Yo q, oyi nega, kechqurun hammamiz yaxshi ovqatlandik-ku! Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa sho rva nima ham bo lardi. O qishingiz kerak, hali yaxshi inson bo lasizlar, katta odam bo lsanglar dasturxonimiz yana to kin bo ladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yaxshi bo lmadi-da, uxlaganinglardan so ng ikki, uch marta uyg onib oyi non bormi, ozgina non bering deb so radi. Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. Singlim maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydi-da hali, oyimdan ko p narsa so raydi, bilmaydi-da biz hamma kabi emasmiz. Dadamning o zga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan to n qavib chiqishlarini, bizni o ylab siqilishlarini bilmaydi-da Bo g zimga o t qadaldi, oyim oxirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham totmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qo limdan kelsa yordam bera olsam O tgan kuni yig lab o tirgan ekanlar, qo llariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emas edi. Qo llari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni o ylab siqiladilar, shu uchun yig laydilar. Garchi, dadang kelsalar hammasi yaxshi bo lib ketadi deb bizni ovutsalarda, o zlarini o zlari aldayotganliklarini biladilar. Biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar. O tgan 5 yil ichida u yerlarda yangi oilali bo lib ketibdilar. Men ham tezroq ulg ayib oyimning og irini yengil qilsam edi Singling yosh hali, uni hafa qilma, u senga eng mehribon inson bo ladi, sizlar ham anchadan beri yaxshi ovqat yemadinglar, ertalab yaxshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim

34 Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim o sha o tirgan joylarida qo llarida nina, tizzalari ustida to nning yeng qismi, bir bo lakkina o chay deb qolgan sham yorug ida ko zlari ochiq bir nuqtaga tikilib o tirgandilar, yugurib bordim, qo llari muzdek, etim jimirlab ketdi Oxirgi ayta olgan so zim shu bo ldi: Oyi, oyijon, ko zizni oching. Men tez katta qiz bo laman, faqat iltimos, bizni tashlab ketmang 2004-yil. 28-noyabr. Maktab yoshidagi qizi onasiga og irlik qilmasin uchun pul so rashdan tortinib, eski daftarlaridagi bo sh varoqlardan daftar yasayotganida, daftar simchasi jajji barmoqlariga kirib ketib, qanchalik azob berganini oilasidan uzoqda o z rohatini ko rib yurgan ota his etarmikan!? O sha ota hayotdan quvnab, uch-to rt kunlik yor-u birodarlari orasida ko krak kerib yurganida, uyidagi naslining davomchisi, qariganda boqguvchisi, qazosi yetsa ko mguvchisi, jigarbandi o g li ko cha-ko yda otasining qilmishi uchun yelka qisib yurganini bilarmikan!?

35 15. Bekzod Hidoyatov. Вақт билан суҳбат Ҳой. Ҳ-о-о-й Ҳа сени чақиряман... Шавқатсизларча ҳеч кимни аяб ўтирмай нега бунча тез одимлайсан? Эҳтимол, ҳақдирсан. Бироқ, мен бу борада бошқачароқ фикрдаман Қаердадир вақтни ўз измига оғдира олган киши бахтли бўлади мазмунидаги сўзни ўқиб қолгандим. Ўша ондан бери сен ҳақингда бош қотираман. Мулоҳазаю иқрорларимни ён дафтаримга ёзиб бораман. Бугун ҳам шундай қилмоқчиман. Аввалларими? Ҳа ёзардиам. Қарайчи... Ааа мана... Шом... Қор аралаш ёмғир ёғяпти... Осмон йиғлаяпти... Атрофдаги юпун кийинган одамлар баданига нина каби санчилаётган совуқдан қутулиш илинжида уйга шошяпти. Шоҳона плаш ёки чарм куртка кийганлар эса қўлларига соябон тутганча сигаретасини тутатиб изғиб юришибди... Нега биз қор ёки ёмғирдан пана қиламиз асли-да у бизникичалик аламли эмас-ку Айни дамда кўксимда нимадир дупирлаётганини, юрагим уришини эшитяпман. Фалакнинг дарди меникичалик қайғули эмаслиги ҳис қиляпман. Демак, мен инсонлар орасидаман ва улардек яшаяпман... Мен... Осмонни булут қоплаганида инсонларга соя солиб, ёмғир ёғаётганида юзларини ювиб, қорда товонлари остида тепкиланиб, саратонда кўзларида чақнаб, сабо каби сочларини майин силаб, дунёнинг бор ташвишларини унутиб ором олаётганларида эса ширин тушларида яшаяпман... Кўпчилик ўз уйларида, мен бўлсам, ҳамон йўлдаман. Қачон манзилга отланганимни билмайман хатто. Манзилим эса олис... Ҳамма ухлаяпти... Ёмғир тиниб, қор тезлашяпти... Узоқни кўриш қийинлашяпти... Совуқ... ҳа совуқ едим. Бутун вужудим тарашадай қотди. Юришга эса мадорим қолмади. Йўқ... мен совуқ еганим, толиққаним йўқ... Бу... бу йиллар давомида тортган азобларимнинг нишонаси холос... Бўлмайди... Сабаби, ҳосланган. Маълум қатлам вакилларидан бўлак ҳеч ким тушунммайди. Шошма, мана бу ерда ҳам бор экан... Умрим тўрт девор ичида паёнига етмоқда... Ташқаридаги болалрнинг беғубор кулгуси мени болишдан бош кўтаришга ундади. Уларнинг олдига чиққим, борлиқни унутгим келди... Минг уринганим билан ўрнимдан қўзғалолмадим. Бундайин оғир дарддан, аламдан дод дегим ва хўнграб йиғлагим келди. Аммо бунга ҳам қувватим етмади. Енгишни сира илолжи бўлмаган азоб ичида тўлғанаётганимни кўрган навбатчи ҳамшира ёнимга чопиб келди...

36 Ундан бу ерга қандай келиб қолганим ҳусусида батафсил айтишини ёлвордим. У аввалига миқ этмади. Сўнг мени тинчлантириб бу ҳақида ўйламаслигимни буюрди... Кейин у... кейин у менга шундай тикилдики, гўё... Ҳа у менга ҳозиргина яқин кишиси қўлида жон бергандек, балки, ўлаётгандек қаради. Дийдаси намланди. Лабимга тушган ёши шу даражада аччиқ эдики... Ҳамшира менга борини тўкиб солди... Бу ерга мени гўзал қиз ташлаб кетгани ва ундан бўлак ҳеч кимим йўқлигини айтди... Автохалокатга учраганимни, қиз мени кўргани кирганида уни танимаганлигимни, хотирамни бутунлай йўқотганимни айтди... Текширишлар натижасида менда мия саратони аниқланганини, бу кассалик билан сал кам беш ой оғриганимни айтди... Шифокорлар муҳаббатимга бу борада клиникага келтирилганимдан икки ой ўтиб маълум қилишгач у қиз қайтиб қорасини кўрсатмаганини айтди... Демак, беш... икки... буларни қўшсак етти... етти ой бўлди... етти ой... наҳотки... наҳотки энди бор йўғи икки ёки уч ой яшасам... наҳотки, умримнинг қолган вақти мана шу тўрт девор ичида тугаса... Йў-ў-ғеей. Мен буни ресбулика шошилинч тиббий хизмат кўрсатиш марказидаги палаталарнинг биридан топиб олганман... Яна бўлиши керак... бўлиши керааак... ҳа мана... 4-Сентябр 2012-йил соат 23:58. Мени вақтим бўйича икки дақиқадан сўнг янги кун бошланади. Ёшим эса 22га тўлди. Ўйласам шундан 20 дақиқасинигина яшабман холос... Э-э-э йўқ буям бўлмайди... Чунки бу ўзим ҳақимда Негаки, 21 ва 22 оралиқдаги вақтда у билан эдим. Бунда у билан боғлиқ ҳотираларим жамланганлиги боис шундай сарлавҳа қўйганман... тан олишим керак мен ўшанда сенда ширин ҳаёллар, орзулар, ва тушлар билан яшагандим... лекин туш барибир тушда... Йўқ шунчаки ёзишни истамадим. Бунга хожат йўқ. Чунки авваллари сен мени бошқарардинг. Сени йўлингдан боришимга, сендан қўрқишимга мажбур қилардинг... Хуллас, мени бутамом маҳв этгандинг. Шу боис, атрофда бўлаётган воқеаларга андармон эдим. Кимнидир ўзимданда кўпроқ ўйлардим... севардим. Эсингдами, ўшанда маълум вақт сенга кўринмадим. Чунки мен мен билан эдим. Қувонарлиси уни ўзимга қайтардим. Ўша дамда сен ҳақингдаги ўйларим бари сароблиги, аниқроғи сен сароблигининг, бизни шоширишинг ва хато қилишга, ҳамда, қисматимиздан куйиб йиғлашимизга мажбур қилишинг аён бўлди. Шундан кейин, мен сенга қайтмадим... Ҳаммаси ўзгарди... Мен бахтлиман... Сен эса мени измимдасан...

37 16. Беҳзод Мамадиев. «Буюрганники эмас, югурганники» Одам зоти ҳурматталаб бўлади. Зотан, у шунга арзийди. Чунки у ҳайвон эмас; ақлидроки, фаросати билан бошқа махлуқлардан нафақат ажралиб туради, балки анча юқори поғонада туради. Шаън, қадр-қиммат ҳар бир инсон ўзлигига хос бир белги, энг кўп ардоқланадиган бойлик. Шаъннинг топталиши эр киши кўтара олмайдиган мусибат экани шундан. Бежизга инсон ҳуқуқларининг бузилиши энг катта муаммо сифатида дунёга жар солинмайди. Давлатлар одамларни назорат қилиш учун эмас, ҳимоя қилиш учун бунёд этилган. Қонунларга ҳам барча фуқароларнинг тенг ҳуқуқлилигини таъминловчи механизм сифатида қараш керак. Қонундан қўрқиш керак эмас, у билан қуролланиш керак. Шунда сиз ҳуқуқингиз топталганда, қонун асосида уни ҳимоя қилишни ўрганасиз Мустақил журналист Тошпўлат Раҳматуллаевнинг яқинда ўз шахсий блогида эълон қилган бир мақоласи ўзбек интернет ўқувчилари орасида ўзига хос овоза бўлди. Муаллифнинг ёзишича, у коллежда ўқийдиган набирасини мажбурий пахта теримига чиқишдан сақлаб қолган. Пул бериш орқали эмас, балки 15 яшар боланинг пахтага олиб чиқилиши ноқонуний экани ҳақидаги қонунни кўрсатгани учун Пахта Ўзбекистоннинг миллий бойлиги. Давлат ялпи ички маҳсулотининг чорак қисмини эгалловчи қишлоқ хўжалигида пахта етиштириш салмоқли ўрин тутади. Уни нест-нобуд қилмасдан ўз вақтида йиғиштириб олиш терим мавсумида давлат эътиборидаги муҳим вазифага айланади. Ҳар йили олий ўқув юртлари талабаларидан тортиб, давлат идоралари ходимларигача пахта даласига олиб чиқилиши боиси шунда. Тошпўлат ака амалга оширган ишни бу ерда бежиз тилга олмадик. Арзимасдек кўринадиган, лекин ўз ўрнида жасоратли бўлган бу ҳаракат Ўзбекистонда қонунлар борлигини ва ҳақ-ҳуқуқини таниган одам улардан самарали фойдаланаётганини кўрсатади. Ҳатто халқаро ҳамжамиятнинг энг кўп танқидига дучор бўлган масала фуқароларнинг пахта далаларида мажбурий меҳнатга жалб этилиши мавзусида ҳам қонуний меъёрлар бор экан ва уларнинг амалга татбиқ этилаётганини Тошпўлат ака мисолида кўриб қувондик.

38 Бу иш ҳаммамизга ибрат бўлиши керак. Барча фуқаролар ўз ҳақ-ҳуқуқларига доир қонун нормаларини ўрганиб, ҳуқуқбузарлик содир этилган жойда тегишли чоралар кўрилишини талаб эта олиши керак. Бундан ҳукумат ҳам манфаатдор. Чунки фуқаролар ўз ҳақ-ҳуқуқини қанчалик яхши билса, жамиятда коррупция, порахўрлик каби иллатлар шунчалик камаяди. Натижада ҳукуматнинг иши ҳам осонлашади, халқ ҳаёти янада фаровонлашади. Ҳуқуқий саводхонликни оширишда фуқароларга кўмак беришни ўз олдига мақсад қилиб қўйган хайрли ташкилотлар бор. Масалан, Ташаббус гуруҳи бу борада пешқадамлардан. Гуруҳ Ўзбекистонда кучли фуқаролик жамияти қурилиши жараёнида фуқароларнинг фаол иштирокини қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантириш мақсадида ташкил этилган. Ташкилот бепул ҳуқуқий маслаҳатлар тақдим этиш билан бирга, фуқароларнинг ҳуқуқий саводхонлигини оширишга қаратилган хайрли лойиҳаларни амалга оширади. Масалан, Долзарб мавзу рукни остида чоп этилган мақолаларда пахта терими ва мажбурий меҳнатга оид Ўзбекистон қонунчилиги кенг таҳлил этилган ва мажбурий меҳнат қурбони бўлган фуқароларга бузилган ҳуқуқларини тиклашнинг қонуний йўлйўриқлари тушунтирилган. Сайтнинг Савол-жавоблар бўлимидан эса фуқаролардан келган ҳуқуқий саволларга берилган жавоблар ўрин олган. Ташкилотнинг мақсади ҳар бир фуқарони ўз шаъни, қадр-қимматини қонун йўли билан ҳимоя қилишга ўргатиш. Шунга биз оддий фуқаролар эриша олсак, давлат ҳам, халқ ҳам миннатдор бўлади. Аммо бунинг учун ҳар биримиздан икки ҳаракат талаб этилади: Биринчидан, Ўзбекистон Республикаси Конституциясидан бошлаб, барча қонуний ҳақ-ҳуқуқларимизни ва мажбуриятларимизни ўрганишимиз керак. Иккинчидан эса, фурсати келганда, Тошпўлат Раҳматуллаевдек ўз ҳуқуқларимизни талаб қила олишимиз керак. Чунки ҳақни таниш буюрганники эмас, югурганники бўлади.

39 17. Бобур Мирзо Миразизов Дўстимга хат Дўстим, саломатмисиз? Хайрли ишларга бош қўшиб чарчамаяпсизми? Худо қувват берсин. Майлими, сизга блогпост хусусида бир гап айтсам? Раҳмат. Бошқаларни билмадим-у, менда кўпинча бир ҳолат бўлади. Нимадир ёзаман. Хаёлда борини, ўйлаганларимни, кечинмаларимни. Арзимас қораламаларим ярмига келгач, дафъатан матннинг имлоси, услуби, савҳу навҳи ва бошқа нозик жойларини тўғрилаш учун тўхтайман. Шунда бошланади. Тўғриланган вариант бирдан кўнглимга ёқмай қолади. Устига устак ярмига келган фикр чалғиб, бори ҳам гумдон бўлади. Кейин умуман воз кечаман ёзганларимдан. Ўчириб ташлайман. Охиригача ёзиб, кейин текширишни режалаштираман баъзан. Лекин якунга етганимда қайта текширгим келмай қолади. Гўё ҳаммаси тўғридек ёки аксинча ҳаммаси хатодек туюлади. Кўнгилда яна хижиллик. Яна ўчириб ташлайман. Авваллари текшириб, ўйлаб, ўйланиб, довдираб, тентираб ўтирмасдан ёзиб ташлардим сиз билган-билмаган баъзи сайтларда. Ёзганларимга нисбатан билдирилган фикрлардаги даккидан, масхарадан кўпини кўргач, бемаъни эҳтиёткорлик туғилган. Хуллас, кеча твиттерга ёзганимдек, бугунга келиб 140 та белгидан кўпроқ бир нарса ёза олмайдиган бўлиб қолдим, шекилли. Ўзимдан бошқа яна кимдир ўқиб таъсирланадиган нимадир ёзиш қўлимдан келишига ўзим ишонган кунимоқ блог очаман. Ёзаман. Ўчирмайман. И-е, гап билан бўлиб, "мен нега блогпост ёзмайман", мавзусида блогпост ёзиб қўйибман мана. Ўқидингизми? Таъсирланмадингиз-а? Унда ўчириб ташланг.

40 18. Гугуси Р. Раҳматиллаева. Сирли суз SERENDIPITI Ажабтовур, шу билан бирга ўта жозибадор бу сўзни аксарият инсонлар эшитмаган бўлса керак: СЕРЕНДИПИТИ. Дарвоқе, луғатдан ҳам излаб тополмайсиз, инглизчадан ташқари, негаки айнан ўшанисида бу сўзни кўп учратиш мумкин. Хўш, қулоққа деярли чалинмаган бу сирли ва ноёб сўзнинг мазмун-моҳияти нима экан, қизиқаяпсизми? Ҳа-я, сўзнинг ноёблиги яна шундаки, унинг таваллуд айёми бор! Айнан, 1754 йилнинг 28 январида инглиз ёзувчиси Horace Walpole мактубида Аввалдан режалаштирилмаган ҳаракатлар интихосида қилинган кашфиёт деган таъриф учрайди. Соддалаштириш ниятида ушбу сўзнинг таърифини хазиломуз твит орқали Это как если бы вы искали в стоге сена иголку, а нашли хорошенькую... Ваниллочку!)) (Мисоли игна билан қудуқ қазилса-ю, натижада... кўхликкина Игнахоним топилса)) ) Бу сўзга яна бир таърифни яраштирдим Бахтли Воқеа. Очиғини айтадиган бўлсам, шахсан мени фикримча, ҳаётимиздаги барча воқейликлар ана ўша Серендипити деганлари туфайли содир бўлади! Шунга қарамай, асосан ушбу сўзни тасодифий илмий кашфиётларга нисбатан қўллашади. Билсангиз керак, деярли барча буюк кашфиётлар бирон фаннинг ривожланиб кетишига сабаб бўлган тасодифлар туфайли дунёга келган. Ана шу тасодиф серендипити нинг ўзгинаси. Серендипити бу кашфиёт қилишга мойиллик, оддий назар билан қараганда илғаб бўлмайдиган ғаройиботларни кўра била олишдир. Ньютоннинг олмасини эслайсизми? Ишончим комил, ундан аввал неча мингта одам ерга тушаётган олмани кузатган, лекин фақатгина Исаак Ньютон жойида қотиб қолганча, ерга тушган олмани қўлига олиб: Нега у ерга тушди? деган савол ташлади. Ваҳоланки, бу оддий олма эди, хаттоки саволнинг ўзи ҳам уч яшар болакайнинг қизиқиб бериши мумкин бўлган савол эди. Оҳир оқибатда эса Бутун олам тортиш кучи Қонунининг кашф этилишига асос бўлолди. Менимча, яна бир мисол жуда қизиқарли, у ҳам бўлса телескопнинг кашф қилиниши. Барчамиз мунажжимлар башоратига қизиқамиз, унга ишониш ёки ишонмаслик бу бошқа масала. Биласизми, ана шу мунажжимлар башоратининг дунёга келиши ҳам қизиқ бўлган.

41 Дарвоқе, уни мунажжим олимлар ёки телескопни ўйлаб топган Галилей эмас, балки кузнинг бир кунида Галилейнинг ёнига шогирдлик илинжида келган бир номаълум йигитча кашф қилган. Галилей билан суҳбатлашаётган чоғи ёш йигитча Голландияда сотувга чиққан узоқни кўра оладиган дурбинлар ҳақида қизиқиб гапиради. Оптика ва нурлар синилиши қонунини яхши билган Галилей дурбинни қандай ясалишини ва ҳаттоки бундан қандай даромад олиш мумкинлигини дархол тушунган. Ва, шу захоти у бир неча линзани сотиб олиб, хажми голландиянинг оддий дурбинидан 20 баробар ошадиган улкан дурбинни яратади. Аммо, ўйламанг, бу хали Серендипити эмасди! Серендипитининг ҳақиқий мўъжизаси биласизми қачон бошланди? Қачонки у ўз дурбинини оддий қизиқиши туфайли самога қаратганда. Бирин кетин кашфиётлар дунёга кела бошлади: Ойдаги тоғлар, Сатурндаги халқалар, Венерадаги ўзгаришлар, Юпитернинг йўлдоши. Табиийки, Галилей ўзи яратган телескопни бежиз самога қаратмаган, аҳир у ерда чексиз қизиқарли нарсаларни топиш мумкин. Шунга қарамай, сабаб тасодифий бўлган. Ким билади дейсиз, агар 1609 йилнинг кеч кузида Галилейнинг олдига ўша йигитча ташриф буюрмаганда, илм-фан қай бир йўналишда ривожланарди?... Кейинги серендипитилик воқеа дангаса, такасалтанг ва ишёқмасларга хўп ёқиши мумкин. Гап шундаки, британиялик бактериолог Александр Флемингнинг озодаликни хуш кўрмайдиган ёрдамчиси бўлган ва ўша инсон туфайли бир нечта оламшумул кашфиётлар дунё юзини кўрди. Кунлардан бир кун шамоллаган Флеминг ёрдамчисининг юқсиз Петри идишига тасодифан акса уради. Буни қарангки, олимнинг туфуги теккан бу идиш бир неча кун юқсизлигича қолиб кетади, аммо вақт ўтгач ўша туфук сабабли бактерия йўқ бўлганини билишади. Шу алфозда лизоцимлар (инсон организми ишлаб чиқарадиган антибактериал ферментлар) кашф этилади. Вақт ўтгач, 1928 йили, худди ўша олим Флемингни стафилококк бактерияси жойлашган Петри идишида моғор босган замбуруғларни кўриб қолади. Замбуруғ атрофидаги бактерия тўқималари бузилгани туфайли рангсиз бўлиб қолганди. Флеминг бу актив моддани, бактерия тўқималарини ажрата олди. Бу модда пенициллин эди. Ишёқмас ёрдамчи туфайли лабораториядаги тартибсизлик дунёдаги илк антибиотик пенициллиннинг кашф этилишида серендипити бўлишини ким ҳам билибди, дейсиз?! Бунақа мисолларни кўпини эслаш ва хаттоки бахтли тасодиф туфайли севимли инсон билан бўлган илк учрашувни ҳам серендипити, дея таърифлаш мумкин! Серендипити бу наинки бахтли тасодиф ёки муҳим кашфиёт, балки керакли вақтда керакли ерда бўлиб қолиш, дегани. Керакли жойга бир неча дақиқага кечикиб бориш, ёки чап эмас, ўнгга кетганимизда ҳаётимиз қай алфозда кечишини билмаймиз, нималар содир бўлиши мумкинлиги биз учун мавхум. Бу ҳақида ўзининг Сирли нотаниш асарида

42 Марк Твен маҳорат билан ёзганди. Дарвоқе, аёлларнинг диққатига, агарда оддий лағмон сотувчисининг ўғли Микимото Япония Самурайининг гўзал қизини севиб қолмаганида, сунъий марварид кашф этилмаган бўларди! Навқирон Микимото қизга уйланиш учун хурматга сазовор бирон иш фаолиятини танлаши лозимлигини тушунарли, айнан шу сабабли марварид сотувчиси бўлган! Йиллар оша у сунъий марваридни парвариш этиш йўлини кашф қилди. Бу кашфиёт наинки севимли ёрига етишишни, балки мислсиз бойлик соҳиби бўлиш имконини ҳам берди! Хуллас, азизларим, оддийликда ноодатийликни кўришга ўрганинг! Зеро, SERENDIPITI бу нафақат кўра олиш қобилияти, бу бор йўғи кўз нуримиз билан илғай олишликдан да улканроқ холат. Бу кўрганларимизни тахлил қилиш, ўзи ва ўзгалар фойдаси учун ҳаётга тадбиқ этиш. Шундан сўнггина мисли кўрилмаган имкониятларни қўлга киритамиз. Яна бир гап билан ҳурсанд қилишим мумкин. Айрим вақт бизлар бахтсизлик, дея ҳисоблаганимиз, кейинчалик, бахтли тасодифнинг ўзгинаси бўлиб чиқади! Сўзимнинг сўнггида севимли фолловерларимдан бири, Bon ёзган твитни келтираман. Қуйидаги ёзув серендипитининг Обычно ездил на нём. Такой длинный и добрый. Однажды утром он опоздал и тем самым спас меня от взорвавшегося автобуса #30 (Одатда ундан йўловчи сифатида фойдаланардим. У узунгина ва ёқимли. Бир кун у жуда кечикиб келди ва шу туфайли ҳаётимни портлаб кетган 30-автобусдан қутқарди) Мана шу ижобий твит билан чексиз мўъжизаларни дунёга келтира оладиган сирли СЕРЕНДИПИТИ ҳақидаги ҳикоямни ниҳоялайман! Кизикарли фактлар: Камбоджиянинг Сиануквил шахрида жуда чиройли Серенидипити номли сохил жойлашган.

43 Таиланднинг Koh Lipe оролида Серенидипити Мехмонхонаси хам бор: "Догма" киносида МУЗАларнинг бирини исми Серенидипити эди.

44 "В Контакте" ижтимоий тармогида Серенидипити номли клан бор экан.

45 Амриконинг кинематографида 2001 йилда "СЕРЕНИДИПИТИ" номли ажойиб кино олинган. Ва ажойиб эмас ки Серенидипити номли ургатувчи тренинг хам бор экан.

46 19. Гўзал Нажмиддинова. Ҳаёт гўзал Ota-onangiz tirikmi? Sog ligingiz joyidami? Nur sochayotgan quyoshning chiqishi va botishini ko ra olyapsizmi? Jamiyatda o z o rningiz bormi? Oilangiz omonmi? Farzandingiz bilan birga kulyapsizmi? Agar hamma savollarga Ha! deya javob bergan bo lsangiz, unda shunday deyishga haqlisiz: hayot go zal *** Ko ngil uchgil falaklarga *** Samimiyatni unutyapmiz... Qadrlamayapmiz... Afsus... *** Bitta tabassum, bir og'iz shirin so'z... Shu birginada qanchalar savob... *** Qushlar sayrashi.. Musaffo havo.. Quyoshning ilk nurlari.. Muborak Jum'a tongi.. Xayrli bo'lsin, azizlarim! *** Sog'inchga sadoqatlilar DIYDOR bilan mukofotlanadi!(c) *** Nafsiga xush yoqqan bir xato ish(gunoh)ni xumori tutib, shu ishga duch kelganda 1 marta teskari burilib keta olgan odam nafsiga hokim bo'libdi. (c) *** Alhamdulillah! Ramazon kelishi qanchalik sururli bo'lsa, uning oxirgi kunlari shunchalik hayajonga, quvonchga boydir... Intiq kutadigan ayyom ostonamizda... Ramazonni berganiga shukr! Hayitlarida ko'ngillarni zavqqa to'ldirganiga hamd! MUBORAK BO'LSIN... *** Xayrli kun azizlarim! Tabassum kun davomida hamrohingiz bo lsin *** Nikoh Valiyma Mustahkam oila Baxtli oila Mustahkam rishta Baxtli rishta Baxtli farzandlar Alhamdulillah! Go zal xotima InshaAlloh! *** vaqt suvdan ham tez o tib bormoqda

47 20. Гулбаҳор Сатторова. Колбаса маҳсулотлари: ишлаб чиқарувчи, истеъмолчи ва ишонч Бугунги кунда дастурхонимизда колбаса маҳсулотларининг ўзига хос ўрни бор. Мамлакатимизда колбаса маҳсулотларини ишлаб чиқариш асосан ХХ асрнинг 70-йиллари ўрталарида авж олган бўлиб, 1996 йилга қадар у фақат мол, қўй ва чўчқа гўштидан тайёрланган. Кейинчалик замонавий технологияларнинг кириб келиши натижасида товуқ гўшти ва терисидан ҳам фойдаланиш урф бўлди. Давлат санитария-эпидемиология маркази мутахассисларининг таъкидлашларича, ҳар бир маҳсулот учун давлат томонидан тегишли стандарт ишлаб чиқилган. Мазкур меъёрларга жавоб бермайдиган озиқ-овқат маҳсулотлари истеъмолга яроқсиз, аниқроғи, инсон саломатлигига жиддий хавф туғдиради. Ўзбекистон Республикасининг Озиқ-овқат маҳсулотларининг сифати ва хавфсизлиги тўғрисида ги Қонунига асосан, республикамизда ишлаб чиқарилиб, савдога қўйилаётган қадоқланган ва ўрамли озиқ-овқат маҳсулотлари қонун ҳужжатларига мувофиқ ёрлиқланган бўлиши шарт. Колбаса маҳсулоти гўштга қараганда кўп муддат айнимай туриши унинг технологик ишлаб чиқариш услуби ва таркибидаги масаллиқларнинг олий навлиги, устидаги салафаннинг (оболочка) сифатига ҳам боғлик. Яна колбаса тайёр бўлишидан то харидорнинг харидига қадар музлаткичларда сақланади. Шу ўринда айтиб ўтиш керакки, уни сотиб олаётганда биринчи ўринда, дўконларда қандай сақланаётганига ҳам эътибор бериш керак. Ишлаб чиқарилаётган колбаса маҳсулотлари ҳажмига ва турига қараб, савдо тармоқларида 0 С дан 6 С гача ҳароратда ва ҳавонинг нисбий намлиги фоиз бўлган шароитда сақланиши лозим. Қайнатилган колбаса маҳсулотларининг яроқлилик муддати олий нав учун 72 соат, биринчи ва иккинчи нав учун 48 соатдан ортиқ бўлиши мумкин эмас. Полиамид (плёнка) қобиғидаги сосиска ва сарделкаларнинг яроқлилик муддати 10 кундан ошмаслиги керак... Гўшт ва гўшт маҳсулотларини ветеринария-санитария экспертизасидан ўтказиш Ўзбекистон Республикасининг Ветеринария тўғрисида, Давлат санитария назорати тўғрисида ва Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида ги Қонунларига биноан ишлаб чиқилган махсус Қоида асосида амалга оширилади. Мазкур маҳсулотларни ишлаб чиқарувчиларнинг маълумотларига қараганда, Давлат техник шартлари (ТУ) га асосан дудланган ва ярим дудланган (копченая, полукопченая) колбаса маҳсулотларининг тайёр ҳолда чиқиши фоизни, яъни 100 кг хом ашёдан тайёр бўладиган маҳсулот кг, пиширилган (варёная) колбаса маҳсулотларининг тайёр ҳолда чиқиши кгни ташкил этади. Бунда, 100 кг колбаса маҳсулотлари учун турига қараб кг гўшт қўшилади.

48 Ҳозирги кунда, тўлиқ техник шартларга амал қилган ҳолда ишлаб чиқарилган ярим дудланган (полукопченая) колбаса маҳсулотининг 1 кг нархи 14 минг сўмдан кам бўлмайди. Шунингдек, пиширилган (вареная) колбасалари 12 минг сўмдан кам ҳолда тайёр булмайди. Яна бунга дўкондаги устамалар қўшилади. ИСТЕЪМОЛЧИГА ЭҲТИЁТКОРЛИК ЗАРУР! Аммо, кейинги пайтларда ушбу егуликнинг сифати ва таркиби, унинг инсон соғлиғига таъсири турли мунозараларга сабаб бўлаётганлиги ҳам ҳеч кимга сир эмас. Чунки, саломатликка тегишли бўлган муаммолар бугунги кунда нафақат ирсий ёки бирор-бир касалликка оид бўлишдадир, балки атроф-муҳит омилларининг организмга бўлган таъсирига ҳам боғлиқдир. Аниқроқ айтадиган бўлсак, таомларга қўшилаётган қўшимчалар нинг, айниқса энг кенг тарқалган Е белгиси остидаги моддаларнинг таркиби мавзумиз жиҳатидан жуда муҳим. Қадоқланган озиқ-овқат маҳсулотларнинг айримларида, шунингдек, колбаса маҳсулотларида ҳам унинг таркибини билдирувчи турли Е кодли рақамларни учратиш мумкин. Маҳсулотлар ёрлиқларидаги Е ҳарфи ушбу озиқ-овқатнинг Европа стандартига мос эканлигини билдирса, унинг ёнидаги рақамлар модданинг қайси гуруҳга тегишлилигини кўрсатади. Масалан: Е100 дан Е199 гача озиқ-овқатларга ранг (краситель) бериш учун; Е200 дан Е299 гача маҳсулотни яроқлилик муддатини узайтириш учун; Е300 дан Е399 гачаси тез айниб қолишдан сақлаш учун; Е400 дан Е599 гачаси маҳсулот консистенциясини сақлаш учун; Е600 дан Е699 гача маҳсулот мазасини кучайтириш учун; Е900 дан Е999 гача шакар ўрнини босувчилар (сахарин), кўпиксизлантирувчи (пеногасител) ва бошқа қўшимчалар. Мазкур кимёвий моддалар маҳсулотнинг асосини ташкил қилмайди, балки у ишлаб чиқарувчининг ҳаражатларини камайтириш мақсадида табиий маҳсулотлар ўрнини қоплаш, яроқлилик муддатини узайтириш ва одатдагидан кўра мазалироқ таъм бериш учун ишлатилади. Илгари ушбу кимёвий моддаларнинг номлари тўлиғича келтирилар эди. Аммо кейинчалик номлари кўп жойни эгаллаганлиги учун у ҳажми кичрайтирилган ҳолда мана шундай ҳарфли-сонли кодларга ўзгартирилган. ДИҚҚАТ! ДИҚҚАТ!! Америкалик нейрофизиолог Жон Олни 1970 йилда ўзи ўтказган оламшумул тадқиқот натижасини оммага тақдим этади: озиқ-овқатлар маҳсулотларига қўшиладиган Е кодли таъм кучайтиргич қўшимчалардан энг машҳури глутамат натрий Е621 сичқонларда мия зарарланишига сабаб бўлган. Кўп ўтмай, Япониялик олим Хироши Огуро ҳам бу қўшимчанинг кўз ҳужайраларига салбий таъсир қилишини исботлади.

49 Россия соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан эса Е102, Е104, Е110, Е , E , E , E142, E151, E , E , E180, E , E219, E , E , E233, E , E , E296, E , E , E627, E631, E635, E924a-b, E926, E , E954, E957 индексли қўшимчалар инсон саломатлиги учун ўта хавфли деб топилган ва 2005 йилдан буён уни озиқ-овқат саноатида ишлатиш таъқиқланган. Хусусан, энг хавфли ҳисобланадиган Е951 (аспертам), Е952 (цикламат), Е953 (изомальт), Е954 (сахарин) моддалари шакар ўрнини босувчилар бўлиб, кўп истеъмол қилиниши натижасида мияда ўсма пайдо бўлиши, кўзнинг кўриш қобилияти бузилиши ва бошқа оғир оқибатларга олиб келиши мумкин. Газланган ширин ичимликлар (фанта, кола ва шунга ўхшаш), сўрғич қандлар (чупачупс) ва рангли музқаймоқлар таркибида учрайдиган Е121 (қизил цитрус ранг берувчи), Е123 (амарант ранг берувчи) ва Е240 (консервант формальдегид) қўшимчаларнинг хавфли ўсма касаллигини келтириб чиқариши илмий исботланган. Колбаса, консерва ва сут маҳсулотлари таркибига қўшилиши мумкин бўлган Е250, Е251 (нитрат натрий), Е252 (нитрат калий), Е620 (глутамин кислотаси) ва Е621 (глутамат натрий), шунингдек, Е210, Е211, Е , Е221-22, Е , Е239, Е240 қўшимчалар соғлом инсон организмида глутамат кўпайиши билан боғлиқ заҳарланишга, ошқозон-ичак, жигар фаолиятининг бузилишига ва аллергик касалликларга олиб келади. Ошқозон-ичак, жигар, дисбактериоз ва холецистит каби касалликларига учраганлар учун эса ўта хавфли ҳисобланади. Маҳсулот таркибида глутамат моддаларнинг қанча миқдордалиги қадоқ қоғозида кўрсатилмайди, шунинг учун бу қўшимчалар бор маҳсулотларни камроқ истеъмол қилиш мақсадга мувофиқдир. Шартли хавфли, яъни охиригича тўлиқ ўрганилмаган қўшимчалар Е103, Е105, Е121, Е123, Е125, Е126, Е130, Е131, Е142, Е153, Е ва Е924a, E924b газланган ширин сувлар, сўрғич қандлар, рангли музкаймоқлар таркибида учрайди. Бу қўшимчалар хафвли ўсма касалликлари, жигар, буйрак хасталикларини келтириб чиқариши мумкин. Йогурт, сарёғ (сливочний масло), шоколад, сут ва колбаса маҳсулотлари таркибида Е қўшимчалари бўлиб, улар ҳам ошқозон-ичак касалликларини юзага келтиради. Қуюқлаштирилган сутлар (сгущоний молоко) таркибида Е407, Е447, Е450, Е қўшимчалар бўлиб, у жигар, буйрак, ошқозон фаолияти бузилишига олиб келади. Шунингдек, Е100 (куркумин) ранг берувчи модда соуслар (кетчуп, майонез), карри кукуни, консерва маҳсулотлари таркибига, Е504 (карбонат магний) хамир кўпиртирувчи модда пишлоқ маҳсулотлари, кекслар, сақичлар ва истеъмол тузи таркибига, Е957 (тауматин) музқаймок, шакарсиз сақичлар (орбит, дирол ва шунга ўхшаган) таркибига қўшилади. Шундай экан, ҳар қандай замонавий модификациядаги озиқ-овқат маҳсулотлари инсон соғлиғига жиддий хавф солиши мумкин. Хўш, бунинг учун нима қилиш керак? Балки, Е қўшимчаларнинг рўйхатини доимо ёнимизда олиб юришимиз, харид қилаётган

50 маҳсулотларимизнинг қадоқ қоғозига нималар ёзилганлигига жиддий эътибор қаратишимиз лозимдир? ИЧКИ БОЗОРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ЙЎЛИДА Ана шундай шароитда Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 23 августдаги йилларда қишлоқ хўжалиги хом ашёсини қайта ишлашни чуқурлаштириш, озиқ-овқат товарлари ишлаб чиқариш ҳажмларини кўпайтириш ва уларнинг турларини кенгайтириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида ги 252-сонли қарори қабул қилинганлиги ва мазкур қарор асосида ишлаб чиқилган Дастур мамлакатда ички бозорини ҳимоя қилиш мақсадини кўзлайди. Мазкур Дастурга мувофиқ, республикамизда гўшт маҳсулотларини қайта ишлашни 2013 йилда 16,1 фоизга, 2015 йилда эса 20,7 фоизгача ошириш кўзда тутилган. Хусусан, 2013 йили Тошкент вилоятида пойтахтни ҳисобга олган ҳолда 3,1 млн тонна гўшт маҳсулоти, 11 млн тонна колбаса маҳсулотлари ишлаб чиқарилган бўлса, 2015 йилда шунга мос равишда 8,82 ва 13,80 минг тонна маҳсулот ишлаб чиқариш режалаштирилган. Статистик маълумотларга қараганда, охирги уч йил ичида республикамизда ички истеъмол бозорини сифатли озиқ-овқат маҳсулотлари билан бойитиш мақсадида 540 дан зиёд янги корхона ишга туширилди, янги маҳсулотларнинг 152 та турини ишлаб чиқариш ўзлаштирилди. Шундан 169 дан зиёди гўшт маҳсулотларини қайта ишлашга ихтисослашган корхоналардир. Айни пайтда қишлоқ хўжалик маҳсулотларини қайта ишлаш ва ишлаб чиқарилаётган жами озиқ-овқат маҳсулотларининг фоизи Ўзбекистон Озиқ-овқат саноати уюшмаси тизимидаги корхоналар улушига тўғри келади. Хулоса ўрнида пойтахтимиздаги дўконлардан бирида суҳбатлашганимиз Нуъмонжон Рихситиллаев исмли харидорнинг фикрларини лозим топдик.- Бугунги кунда замонавий озиқ-овқат бозори маҳсулотлар мажмуаси жиҳатидан ҳам, баҳо турлари жиҳатидан ҳам ўзининг кенг танлаш имкони билан ажралиб туради, - дейди у. - Бундай ривожланиш энг биринчи ўринда истеъмолчи талабининг ўсиши орқали юзага келади. Хўш, талаб ва таклиф бир-бирига мувофиқми? Тан олиш керак, айни шароитда истемолчида колбаса маҳсулотларининг таркибига бўлган ишонч жуда қалтис турибди. Буни гўшт ва колбаса маҳсулотларининг қадоғида кўрсатилган белгилар ҳар доим ҳам ушбу маҳсулот таркибига мувофиқ келмаслиги билан изоҳлаш мумкин. Боз устига, колбаса маҳсулотлари ёрлиғида унинг қандай шароитда ва қанча муддат сақланиши лозимлиги ҳақидаги кўзни қамаштирувчи ёзувларни ўқийсизу, аммо аксарият ҳолларда яроқлилик муддати сизга сир бўлиб қолаверади. Сотувчига юзлансангиз свежый лигини айтади, шунга қараб харид қилаверасиз-да!

51 21. Гули Нигор. Англаш Tomirlarimda bir his uyg ona boshladi. Ko nglim kengliklaridagi tuyg ularimning shodon qiyqirig i meni baxtga yetaklardi. Men anglay boshlagandim... Sevinchlarimning sevgilari saodatli kunlarni hadya etishdan charchamas, men esa uning (hadyalarning) go zalligiga mahliyo edim. Men sevishni o rgana boshlagandim... Nurdan tuproqqacha bo lgan sirli hilqatning ma nisiga tushuna boshladim. Men nurning mohiyatini angladim, tuproqning barakasini, ko ngli kengligini sevib qoldim. Soydan-soyga birbirini quvlab yuguradigan sho x suvning, gullarning iforini tortqilab o ynaydigan shabbodaning, Ona Yerimning suvratini chizishga kirishdim. Ilk tasvirni nimadan boshlashni uzoq o yladim. Qishda musavvir qahratonning homiyligida betakror go zallikka aylanadigan tabiatnimi, bahorda chunonam g unchalaydigan, iforidan ko ngil mast bo ladigan gullarnimi, avji saratonda polizda tars-tars yorilib ishtahani qo zg aydigan qovunu tarvuznimi, kuz kelganida hosili mo lligidan qaddini ko tarolmay qolgan daraxtlarnimi, qay birini chizsam ekan? Umrimning to rt faslini ham beqiyos mo jizalarga to ldirayotgan bu qudratning ismi nima? U qanday tasvirlanadi? O ylay-o ylay axiyri atrofimdagi barcha-barcha narsani shundayligicha yuragimga ko chirib qo ya qoldim. Ko nglim kengliklarida bir tasvir paydo bo ldi. SHunday so lim, shunday suyguli, ko rganda emas, eshitganda ham havas ketadigan bu kartinamni «VATAN» deya nomladim. Umrimning takrorlanmas lahzalarini baxtga to latib, injiq ko nglimni allalab meni ulg aytirayotgan muqaddas ma vom! Sen sabab, bolaligim o ynoqlab, quvnab o tdi. Hozir uni eslasam o sha betashvish, osuda damlarimga qaytgim keladi. Uni qo msayveraman. Borliging menga anglash, fikrlash saodatini berdi. Men o zimning kelajagim haqida shirin xayollar sura olaman, ulkan orzular qila olaman. Do stlarim davrasidagi beg uborliklar, sho xliklar hayotimni yorqin ranglarga belaydi. Onam quchog idagi har bir osoyish lahzam, sirdosh onlarim seni sevishga undayveradi...

52 22. Гулноза Одилова. Кўзларини юмиб югуриб кетаётган одам ёҳуд... У югуриб борарди. Ён-верига орқа-олдига ҳам қарамай югурарди. Кўзларини юмганча югурарди. Унга овозлар югур, югур деб тинмай бақирардилар. У ҳам тинмай югурарди. Кўзларини юмиб, хансираб югуриб борар экан қандайдир овоз куюниб ўшқирди: Тўхтасангчи ҳозир йиқиласан, наҳот ўзингга раҳминг келмаса? У ўзига раҳми келиш нима эканлиги ҳақида энди бош қотира бошлаган эди ҳамки, яна унга югур! деб буйруқ берувчи овозлардан бирининг асабий қичқириғи қулоғига чалинди. У нимани ўйлаётганини зумда унутиб, яна югура кетди. Кўзларинг юмуқ-ку! - деди яна куюнчак овоз, - очиб югур хеч бўлмаса, йиқиласан! -Биз ёнингдамиз!- деди эрталаб ишга югуриши кераклигини таъкидловчи овоз. -Биз қўлингдан ушлаб олганмиз!-деди ишдан қайтгач ҳам югуртирадиган овоз. -Биз бор эканмиз йиқилмайсан!-деди дам олиш кунлари югур деб бақирадиган овоз. -Сени кўргим келаяпти югур!-деди усиз тура олмайдиган овоз. -Чарчадинг озроқ мизғиб олсангчи оёқларингга ачинмайсанми?- деди куюнчак овозлардан бири. -Йўқ югуришинг керак, тўхтаб қолишингни пойлаб турганлар қанча!- деди кечалари ҳам югуртирадиган овоз. Унга буйруқ бергучи овозлар шу қадар кўп эдики, улар саноқлигина куюнчак овозларнинг товушини ютиб юборарди. Шу сабаб унинг қулоқлари Югур!, югур! деган овозларнигина эшитар, оёқлари тинмай югурар эди. У йиқилди. Қаттиқ йиқилди. Ўрнидан тура олмади. Шу ётишида қўрқибгина ўн йилдан бери атрофидаги овозларга ишониб, унчалик эҳтиёж сезмаган кўзларини очди. Қоронғи зулматда ичига ботиб, янаям қорайиб кетган қорачиқларга теккан ёруғлик бутун вужудини чақиндек куйдириб ўтди. Атрофга аланглаб, сонсиз саноқсиз овозлар эгаларини ахтарди. Кимса йўқ. Қани улар? қани унга югур! югур! деб буюрганлар! Йўқ. Қандайдир овозлар тепасига келиб жонсиз оёқларига боқиб унсиз йиғлаб ўтиришибди. Бу ўша куюнчак овозлар. Улар учта экан. Майинроғи ёшгина экан, қалтироқ аммо ўта мулойими сочлари оқарган мўйсафид ва маъюс овоз. Қолган овозлар қани? Қизиқ... Жудаям қизиқ. У ўн йил югур, югур деб буюрган овозларни эшитди, айтганларини бажарди. У йиқилганида эса бир мартаям сўзига қулоқ осмаган куюнчак овозларгина ёнида қолишибди холос. У кўзларини яна юмиб олди, бу қадар ваҳший бу қадар раҳмсиз дунёни кўришни истамади. Кўзларини юмиб олса ҳам унга буюргувчи овозларнинг бирортасидан сас-садо келмасди. Бу аҳволида энди у югура олмасди-да. Уша овозлар учун эса фақат югуриш муҳим эди. У шу куйи яна ўн йил ўрта кўчада синган оёқлари ва абадий юмуқ кўзлари билан қолиб кетиши муқаррар эди. Аммо илоҳий бир овоз унинг кўзларини очди. Пешонасидан силаб секингина ўрнидан турғазди. Қўлларидан ушлаб юрдирмоққа

53 чоғланди. Йўқ, у юргиси келмайди! югура олмаган оёқларни судраб нима қилади. Шунда сеҳрли овоз унга кўзгу тутди. У кўзгуда рангоранг очилган гуллар, сайроқи булбуллар, шилдираб оқаётган сувлар, бепоён майсазорларни кўрди. У бу қадар гўзалликни умрида кўрмаган эди. Юмуқ кўзлари билан қандоқ ҳам кўрсин. Ахир у тинмай югурди. Кўзларини юмиб югурди. - Бу қанақа хуш маскан бўлди? Сўради илоҳий овоздан. - Бу сенинг қалбинг? - Менинг қалбим? - Ҳа. - У шундай чиройлими? - Ўзинг кўраяпсанку. - Нега мен буни аввалроқ билмадим. Хеч қандай овоз айтмади ҳам. Ё улар буни билишмасмиди? - Уларнинг ҳаммаси буни билган, имкон қадар тезроқ ундан нимадир олмоқчи бўлганлар. Сен уларга югуриб - югуриб қалбинг гўзалликларини улашдинг. - Эндичи? Энди уларга керагим йўқми? Илохий овоз жим қотди. - Менинг айбим нимада? - Ўз қалбингни кўра олмаганингда, ўзингни сева олмаганингда, ўз қадрингни билмаганингда. У уввос солиб йиғлай бошлади. Шу пайт кўзгудаги дарахтларни бир зумда пайдо бўлган тўфон тўзони ерга теккудек эгиб, баргларини тўка бошлади. Лаҳза ўтмай қуёшли осмонни қоп-қоронғи чиммат қоплади. Шамол ажиб бўй таратаётган гулларни илдизи билан учириб кета бошлади. Ваҳимада қолган сайроқи қушлар галалашиб чуғурлаб қолишди. Шилдираб оқаётган зилол сув чанг-тупроқдан тўлиб вулқондек қайнаб осмонга кўтарила бошлади. Қиёмат қўпа кетди. -Нималар бўлаяпти? Йиғидан қизарган кўзларида қўрқув ва ҳаяжон билан илоҳий овоздан сўради. -Ўз қалбингни ўзинг тамом қилаяпсан. Тангри инъом этган гўзалликнинг қадрига етмаяпсан. -Тезроқ тўхтат бу даҳшатни ҳозир ҳамма ёқ вайрон бўлади. -Бу сенга боғлиқ. Ўзингни, иродангни қўлга олсанг ҳаммаси жойига тушади. У чуқур-чуқур нафас олди. Йўқолиб кетган ишончини ёрдамга чақирди, ирода, сабр матонат билан аввалдан гўзал қалбига янаям ишлов берди. Энди у бу гўзалликка қараб завқланиб яшай бошлади. Кўзгудаги ҳар гиёҳ, ҳар бир ўсимликни севди, сайроқи қушлар овозини тинглади. Зилол сувлардан симириб-симириб ичди. Унга ўз қалбини кўрсатиб турадиган сеҳрли кўзгуни туҳфа этган илоҳий овозни дуо қилди. Энди унга хеч қандай овоз Югур! деб буюрмас, бу овозлар фақат кўзи юмуқларнигина таъқиб этишларини билди. Ўзи истаганда югурди, ўзи истаганда оёқларига ором берди.

54 23. Gulrux Shodieva. Telba Seni doim yoningda bo'lish uchun YAXSHI KO'RMADIM, shunchaki yuragim har lahzada SENI KO'RGANIDA BOSHQACHA URSA BO'LDI. Ko'zlaring ko'zlarimga boqolmasa SHU MUHIMI! DEMAK YAXSHI KO'RASAN, HALIYAM... Xuddi menday, telbaday!

55 24. Гулрухсора Худайбердиева. Оила ёки касб? Она мавзуси эски мавзу, бу мавзуда ёзмаган шоир-у ёзувчи, ижодкор топилмаса керак. Оналарга қанча таъриф-у тасниф берсак-да оз. Улар бундан-да юксакларга муносиб. Лекин мен ҳозир олқишлар ёғдирмоқчи эмасман, балки қалбимни бир умр тирнаб келаётган оғриқ, ўйлаб ўйимга етолмаётган мулоҳазаларим, жавобсиз саволларим билан ўртоқлашмоқчиман. Онамни тилга олганда, ер қаъридан отилиб чиқишга шайланган вулқон ҳолатидек, юрагим тубидаги ҳислар ҳам қайнайди, ғалаён қила бошлайди. Онам бундан 22 йил олдин мен таҳсил олаётган университет (Ўзбекистон Миллий университети) нинг мен таҳсил олаётган факултети (Журналистика) ни тамомлаганлар. Лекин соҳалари бўйича бир кун ҳам ишламадилар. Чунки... Мен дунёга келдим. Ўта нимжонлигим, тез касал бўлиб қолишим Улардан қаттиқ парвариш, кучли эътибор ва меҳнат талаб қилган. Табиийки, улар мени танлаганлар. Бу оналар нигоҳи билан қараганда оддий ҳол: оналик бурчи, вазифасини бажарган холос. Аммо яхшигина қаламлари ҳам бор эди. Талабалик йилларида ёзган газета саҳифаларини безаб турган гўзал чеҳра, майин табассумнинг узундан узун, маънодор шеърларини эсим билан бирга таний бошлаганман. Чамаси беш ёшларда эдим. Бир уйда, қўшни подездда яшайдиган дугонамнинг онаси телевидениеда ишларди. У аёл жуда чиройли кийинар, ўзига яхшигина эътибор берарди. Ўта маъсулиятли вазифада ишларди чоғи, ишга тонг саҳарда кетиб, кун қорайганда қайтарди. Уни ҳам иккита биз тенги қизалоқлари бўлиб, баъзан уйда, баъзан болалар боғчасида қолдирар эди. Дарвоқе, у ҳозирда вилоятда машҳур тележурналист, ўз касбининг жонкуяр яёли. Ёдимда: Бир куни онамдан: - Ая, сиз нега Юлдузни аясидек ишламайсиз, - деб сўрадим онамни ҳам шундай бўлишларини хоҳлаб. Шунда онам: - Мен эрталабдан кечгача ишда бўлсам, синглинг иккингга ким қарайди? деб саволимга савол билан жавоб қайтарган эдилар. Юлдуз ва синглиси мен ва синглим билан дугона эди. Онаси билан бизникига келган чоғлари бирга ўйнаганларимиз ғира-шира ёдимда. Бир куни онаси ишда ушланиб, болалар боғчасига вақтида бора олмаганлиги туфайли боласини олишга борган бошқа бир

56 қўшнимиз уларни ҳам бирга олиб қайтаётган вазият эди. Аммо ярим йўлда тўсатдан онасини кўриб қолиб, аяжон деб югурган Юлдузни йўлда машина (хотирам панд бермаса, юк машинаси) уриб кетди. Олти ёшли дугонам ўша заҳоти жон берди... Бу воқеа ота-онамни сергак торттирди. Онам доим ёнимизда бўлган: Дастлаб, биз борадиган болалар боғчасига тарбиячи бўлиб ишга кирдилар. Ҳам онамиз, ҳам тарбиячимиз бўлиб тун-у кун парваришладилар. Ёшимиз улғайгач эса биз борадиган мактабга (Қайта тайёрлов курсида ўқиб) ўқитувчи бўлиб келдилар. Аввал, бошланғич синф ўқитувчиси сифатида, биз юқори синфга ўтгач, тил ва адабиёт фани ўқитувчиси бўлиб ишлай бошладилар. Ҳам онамиз, ҳам устозимиз бўлдилар. Мактабга бирга бориб, бирга қайтардик. Синглим иккимиз Олий билим юртига қабул қилингач, онам қиз бола бегона шаҳарда ёлғиз қийналиб қолмасин деб, ўқитувчиликдан ҳам воз кечдилар. Барча ишларини ташлаб биз билан бирга пойтахтга келдилар. Онажоним ҳатто шу ерда ҳам ёнимиздалар. Аллоҳга шукр. Она ҳақида чиройли сўзлар айта олмайман. Уни нимага қиёслашни ҳам билмайман очиғи. Қиёслашга арзирли сўзни топмадим ҳали. Аммо бир жиҳати борки, мен ФАРЗАНД СИФАТИДА оналарнинг бу даражадаги фидоийликларига унча қўшилмайман. Онамнинг фидоийлигисиз, балки мен ҳозир беғам, беташвиш чой ичиб, ушбу постни ёзиб ўтирмаган бўлармидим. Озми-кўпми эришаётган муваффақиятларимга онам сабабчи, мен уларнинг меҳнатлари маҳсулиман. Аммо барибир қўшилмайман. Чунки мен уларни ўз касби билан шуғилланаётган, орзулари рўёбга чиққан аёл сифатида кўришни, бир бора ўзлари учун ҳам яшашларини хоҳлаганман доим. Бу мен учун оғриқли нуқта. Улар эса фарзандларининг ҳаётида фарзанлари бўлиб яшайдилар, фарзандлари бўлиб нафас оладилар ҳатто. Балки шунинг учун ҳам она ўз номи билан онадир... Билмадим... Энг қизиғи, фарзандлари учун ўзидан ҳам кечган онажоним менга ҳар замон: - Сен, албатта, зўр журналист бўлгин. Мен эриша олмаган муваффақиятларга эришгин, орзуларимни рўёбга чиқар, - дейдилар. Аммо яна ўйлаб қоламан: ҳозир фарзанд сифатида мен уларнинг фидоийликларини қоралаяпман, эрта бир кун уларнинг ўрнида мен ўзим бўлганимда, ОНА СИФАТИДА қандай йўл тутардим? Балки излаган имкон топар? Ҳозирча бу саволларга жавобим йўқ.

57 ПОСТНИ ЁЗИШИМДАН МАҚСАД НИМА? Онам айтганларидек, Юлдузнинг онасига ўхшаган катта журналист бўлишми ёки онам каби бўлишдан бирортасини танлашми? Ёки онамнинг фидоийликларини улуғлашми? Буни ёзишдан ҳеч бир мақсад кўзланмаган. Ҳаётий, ўзим билан содир бўлган вокеаларни борича тақдим этдим холос. Эътибор берган бўлсангиз, пост аввалида, бу менинг ўйлаб ўйимга етолмаган мулоҳазаларим, жавобини тополмаган саволларим, деб келтириб ўтдим. Ниятим айнан мана шу мураккабликни сизлар билан бўлишиш эди. Пост бировни қоралаш ёки улуғлаш фикридан йироқ. Зеро, дилбандидан жудо бўлган онанинг ҳолатини, қайғуларини, кечмишларини ҳеч ким, ҳеч биров, айниқса, четдаги инсон ўша онанинг ўзидек ҳис эта олмайди. Қолаверса, воқеани билвосита гувоҳи бўлганимда, беш ёшда эдим. Аммо четдан туриб, ташқи воқеани кўрган инсонларда бу салбий фикр уйғотгани ҳам бор гап. Ота-онам сергак тортганини бунга мисол қилиб келтирдим юқорида. Аммо ОНАЛАРНИНГ ЯХШИ-ЁМОНИ БЎЛМАЙДИ, ФАҚАТ ЯХШИСИ БЎЛАДИ. Ва бунда ҳеч ким айбдор эмас. Барчамиз Яратган ато этган умрдан зиёдини яшай олмаймиз. Шунчаки кимдир ёки қайси бир воқеа ажалнинг БАҲОНАсига айланиб қолади холос. Лекин шуни аниқ айта оламанки, ҳеч бир аёл, айниқса, Шарқ аёли, ва айниқса, она касбини қанчалик севмасин, уни оиласидан устун қўймайди асло. Оила билан касбни тенг олиб боришга ҳаракат қилиши мумкиндир, аммо бу дегани улар касбни устун қўйганини эмас, балки ҳар жиҳатдан фаол бўлишга, жамиятда ҳам, ўз оиласида ҳам муносиб ўрин эгаллашга интилишларини англатади. Оилага ҳалал берганда, аёл касбидан ҳам кечади. Хоҳлаб эмас, қалбида йиллаб асраган, йиллаб интилган орзуларини жимгина кўмиб кечади. Фарзандлари учун, оиласи учун. Бу осон эмас. Аёл бўлиш осон эмас... Пост хулосасиз ва мақсадсиз; реал, тугалланмаган воқеалар жамланмасидан иборат. Воқеанинг давоми каминанинг ҳаётига бурилади

58 25. Gulhayo Norinova. Ишонч Ишонч бўлмагандан кейин муносабатни давом эттириш, чўққига арқонсиз чиқиш билан баробардир!!!

59 26. Диёр Имомходжаев. Менинг исмим Хон. Мен террорчи эмасман! #np Lindsey Stirling Crystallize Болалигимда онамнинг алласига ухлаганман ёки йўқ эсимда йўқ. Айтишларича Pink Floyed нинг The Wall альбоми кўзларимни юмишим учун яхшироқ вариант бўлган. Қоронғу хонамнинг бир бурчида ёниқ турган телевизор бугун менга алла айтмоқда. Кўзим юмилмай туриб ҳаёлим тушимни қидириб топди, қулоқларим эса ҳали уйғоқ:...менинг исмим Хон, мен террорчи эмасман... Видеотасманинг туш деб аталган 4 соатлик умрини айлантириб юборамиз... Диёр! Тур ўғлим! Гапи икки қилиниши мумкин бўлмаган овоз... Оқаётган сувга тикилиб туриш учун 10, ювиниш учун 5 дақиқа. Наридан бери нонушта. Энди эса йўлга. Метро. Ҳаёл билан зинага биринчи қадам. Ғойибдан овоз: Илтимос, сумкангизни очиб юборинг! - Бу нима? - Ноутбук. - Ёпинг! Биринчи пара Муитовнинг дарси. Қулоқчинда эса Линдсей хонимча скрипка чалиб, муз устида рақс тушмоқда... Бугун ким дарсда йўқ? Келмаганлар зачеткада ялиниб юришмасин......бизда цензура йўқ! Цензурага йўл қўйилмайди... Тушликни қаерда қиламиз? Во-о-ой, бунча чиройли, ким совға қилди?.....курс ишини бирма-бир ўқиб чиқаман Танаффусга ҳеч ким чиқмасин! Ўқишда комиссия... Иккинчи пара... Линдей Стирлинг. Қўнғироқ. Метро. Ҳаёл билан зинага биринчи қадам. Ғойибдан овоз: Илтимос, сумкангизни очиб юборинг!

60 - Бу нима? - Ноутбук. - Ёпинг! Қулоқчинда Линдсей, вагон деворларида эса: Ўз уйингни ўзинг асра! Вагонда шубҳали буюмларга кўзингиз тушса, дархол метрополитен хизматчиларига хабар қилинг Тинчлигимиз бардавом бўлсин...бўлсин, бўлсин, бўлсин, Пахтакор бекати. Шу ердан Алишер Навоий йўлининг... Экскалатор. Жонажон Милиция. Нега у менга бундай қараяпти? Кимлигини эслолмадим. Илтимос, сумкангизни очиб юборинг! - Бу нима? - Ноутбук. - Ёпинг!...менинг исмим Хон, мен террорчи эмасман! Тинчлигимиз бардавом бўлсин! Линдсей. Ўзбекистон миллий телерадиокомпанияси. Илтимос, сумкангизни очиб юборинг! - Бу нима? - Ноутбук. - Ёпинг! Бир ҳафта ичида рўйхатни янгиламасангиз ноутбукингиз билан киролмайсиз! Иккинчи пост: Илтимос, сумкангизни очиб юборинг! - Бу... - Ноутбук!!! - Хоп! Кўрсам майлими ёки кўрсатмайсизми?! Ёпинг!!! ТЖК. Камера бор. Камерачи йўқ. Камчерачи келди, чироқ йўқ. - Чироқсиз амаллаб турасиз-да... - Лекин микрофонсиз амаллолмайман.

61 - Микрофон бераман. - Шунисига ҳам рахмат! Дамас. Учинчи пост. - Муҳаррир ким? - Мен. - Сумкадаги рўйхатда борми? - Бор. - Тушиб кўрсатинг! РайГаз. Мажлис. Кутиш. Линдсей....уч кундан бери шу ерга қатнайман... Мени ҳам ишим қолиб кетди......ўтган гал қарзингиз йўқ дейишганди-ку?!...амаки, сизга минг марта тушунтирдим. Буни мен ҳал қилмайман......бошлиқ 2-хонада Ва ниҳоят бошлиқ тушди. - Узр, срочно чақириб қолишди. Бир дақиқа тиним йўқ. - Саволлар билан таништирайми ёки... Эшик очилди: Илтимос, келинойи, беш дақиқа кутиб туринг. 5 дақиқада кетишади. Вақтимизни ҳам белгилаб берди. 5 дақиқа! Чумчуқдек сайради. Аммо бирорта тайинли гап гапирмади. Ҳисобот топширди. Саволларга жавобни ҳисоботга олиб келиб тақайверди. Кўрганларим йўқ, эшитганларим мавжуд интервью. Телевидение. Учинчи пост. - Сумкада нима?... Монтаж. Просмотр. Қўнғироқ: - Бошидаги гапларини тўлиқ олиб ташланг! - Хоп. Лекин... - Одамларнинг навбатда турган кадрлари ҳам керак эмас. Наговорни қайтадан ёзинг ва менга текширтиринг! Тут-тут-тут-тут-тут......бизда цензура йўқ! Цензурага йўл қўйилмайди...

62 Линдсей. Такрор монтаж. Ҳаммаси рисоладагидек. Жар. Ўзбекистон Малайзия. Илтимос, сумкангизни очиб юборинг! - Бу нима? - Ноутбук. - Ёпинг! Иккинчи пост. Рация. Шғғғ-ғғғ...ушлаб тур... шғғғ-ғғғ... Тушундим! Орқага! Ор-қа-га!!! - Журналистмиз. Аккредетациямиз бор... - Ор-қа-га! - Кеч қоламиз ишга... - Буйруқ шунақа. Кутиб тур! Кутиш. Линдсей. Рухсат тегди. Эндиги муаммо оломан орасидан эсон-омон кириб олиш. Скрипка ё тезлашиб кетди, ёки Линдей чалишдан чарчади. Учинчи пост. - Бу ердан кириш мумкинмас! - Журналистларга мумкин. Орқангиздаги расмда бу кўрсатилган! - Буйруқ шунақа. Ўйин тугади. Метро. Илтимос, сумкангизни очиб юборинг! - Бу нима? - Ноутбук. - Ёпинг! Ўз уйингни ўзинг асра!

63 Вагонда шубҳали буюмларга кўзингиз тушса, дархол метрополитен хизматчиларига хабар қилинг Тинчлигимиз бардавом бўлсин Тасмани янада тезроқ перемотка қиламиз. Камида 2 ё 3 йилга. Чилонзордаги мост тепасидаман. Келганимда қуёш қизаришни бошлаганди. Аллақачон шаҳарга кеч тушган. Ҳаракат секинлашган. Login: Password: ************* Создать новое сообщение Ctrl+c ctrl+v ПУБЛИКАЦИЯ Загрузка Подождите, пожалуйста... Подождем! Қўлларимни ноутбукдан кўтариб, гўёки скрипка чала бошладим. Чунки... #still_playing Lindsey Stirling Crystallize Блогни Линдсейсиз ўқидингизми? Унда ҳеч нарсага тушунмадингиз ёки мени тушунмадингиз. Мен эътибордалигимиз, бизга бефарқ эмасликларини кўрсатдим. Ишонмайсизми? Кўз қиримда фосфорнинг ялтираган нури, кейин эса кўпчилик қўрқадиган палканинг қизил-зангори ёруғлиги. - Хужжатларингизни текшириб қўяйлик! 1 соатдан бери кўприк устидасиз! Сизга нима дегандим J Тинчлигимиз абадий бўлсин

64 27. Дилафзо- Умида Каримова. "Chal mug anniy, alam kuyin chal " Chal mug anniy, alam kuyin chal, O ynab beray toptab g amlarni. Telba deya kulsin miriqib, Quvontiray shum odamlarni. Armon kuyin, xijron kuyin chal, To shab o ynay chil-chil ko nglimni. Avj otiga minib xotira, Qurshab olsin o ng-u so limni. Dil torimni chertib-chertib chal, To kilsinlar sirlarim tutday. Jism-u jonim teshsin nigohlar, O ljasini tutgan burgutday. Chalavergin! Bir bor yayrasa, Yayrabdi-da menday esipast. Darddan so yla, xiyonatdan ayt, Muhabbatdan kuylamasang bas. Chal mug anniy, alam kuyin chal

65 28. Дилнавоз Бердиева. Saboqlarim Assalomu alaykum, ko ngil odamlari Bugun uyda pech yonida, issiqqinada o tirib hayolga berilib ketdim Bolalagimdan toki bugunga qadar juda ko p nasihatlar ichida ulg aydim, har qadamimda saboq berishdi, shu boisdir ehtimol kam qoqildim, vijdonim bilan yolg iz qolishdan qo rqmayman, vijdonimning sasini eshita olaman, xatolarimdan saboq chiqara olaman Bu borada, yana aytamanki, Ota onamdan qarzdorman. Ular mening ustozlarim. Shunday qarzlar bo ladiki, hech qachon uza olmaydi inson ularni, mening shunday qarzlarim bor - Ota-onamdan Ota onamning menga o rgatgan, o rgatayotgan saboqlari bilan o rtoqlashmoqchiman. Agar kimdir o qib nimanidir o rgansa ota onam uchun duoda bo lasizlar degan umiddaman. Ilohim hammamizning ham Padaru volidalarimiz hamisha omon bo lsinlar.. *** Mening Ayam mandarin yemaydilar: Rahmatli buvim va bobom(ayamning ota onalari, Alloh qabrlarini nurga to ldirsin) juda hokisor va fayzli inson edilar. Bizni uyimiz buvimlani uyidan ozgina uzoqroq edi, shu bois har kuni bora olmas edik. Har kuni bora olmasakda, lekin kunora ovqat qilib hollaridan xabar olgani borardik. Bir kuni ayam Buvam yoqtirgan ovqat No xot sho rva qildilar, va dadam ayam va meni buvamlarnikiga olib bordilar. Buvamlar kichkina tog am bilan yashardilar. Negadir buvamlarga tog amlar yaxshi e tibor berishmayotgandek tuyulaverardi bizga. Yangamning muomalasi bunga isbot bo lardi. Shundanmi ayam juda havotirlanardilar. O sha kuni bordik, ovqat ichdilar buvamlar, Qari bo lsalar ham ovqat, shirinliklarni juda yaxshi ko rardilar. Suhbatlashib turganimizda buvim: Dilijon (ayamni ismlari Dilorom) haligi usti sariq meva borku, mandalinmiyey, limonga o xshash, otangni o sha mevadan yegisi kepti, kecha Ilhom(tog am) bolalariga olib kelib bergan ekan, juda havasi keldida, oshxonada po chog ini ko rib qolib, shundan olib kelib ber bolam dedilar Ayam borib oshxonaga qaradilar, mandarinning po choqlari turardi Ayamning ko zlarida yosh ko rdim Nafratlandim Ona otasini qiynagan kelinlaru farzandlardan. Dunyo ko zlarini ko r qilib qo ygan insonlarni yomon ko rib ketdim. Bir mandarin ekanku, qari odam shuni yarmini bersa ham o ksimasdi, qaysi vijdoni yo l qo ydi ekan ota onasini uyida yashirib bolalariga mandarin berishga Yo q, ularga mandarindan ham bir chimdim mehr afzalku Qari odam yosh bolaga o xshab qoladi. Sizning zarracha e tiboringizdan quvonib duolar qiladi. Qarisi bor uyning parisi bor deb bekorga aytishmaydi axir. G animatmizku bir birimizga Ayam: Qizim bilib qo y, bir kun sen ham kelin bo lasan, agar meni rozi qilmoqchi bo lsang, qaynonangni rozi qil dedilar Dilimda shu so zlar kechdi: Onajon sizni qizingiz kimnidir yig latishi mumkinmi?! Men dunyodagi eng soliha, eng yaxshi, eng mehribon kelin bo laman Mana shu voqeaga ham 4 yil bo ldi 3 yil oldin buvim, roppa rosa bir yildan keyin ayamning yelkalariga bosh qo ygancha buvam qazo qildilar

66 Ayam hanuz mandarin yemaydilar Vaqtida qadrlaylik *** Universitetda 1-kursda o qiyotgan vaqtim Opam(amakimning qizi)ning nikoh to ylari bo ldi. To y kuni hamma albatta eng go zal bo lishga urinadi, ayniqsa qizlar, sochining turmagiyu kiyimning betakrorligiga alohida e tibor beradilar. Jumladan men ham. To y kuni, kechqurun oqshomga tayyorlanar ekanman, yangi ko ylak sotib olgandim shuni kiydim, rosti oynadan ko rib o zimniyam o zimga havasim keldi. Haqiqatda juda yarashgandi. Faqat ozgina tor va kalta edi Modasi shunaqa tikilgan edi. Shunda ayam manga qarab turdilarda: O`ziga juda oro berib, tanasini ko`z-ko`z qilgan qizlar chin sevgiga umid qilmasalar ham bo`ladi. Undaylar atrofida asosan faqat nafsini o`ylagan erkaklar o`ralashadi, hayo qil dedilar... Titrab ketdim. Qanday qilib Hamma havas qilgan insonning Berdiyevning qizi shu kiyimda hammani oldida yura olardi?! Qanday qilib ko'zlarimda ham hayo yashasin degan qiz shunday kalta va tor kiyim kiya olishi mumkin?! Munofiqlik emasmi bu?! Nahotki shuncha yillik tarbiya uvol ketgan bo lsa?! O'zimdan og'rindim darrov Boshqa kiyim kiydim. Men Otamning Ori, onamning nomusiman... Ko pam kiyimimga qadama ko zing Nomimni eshitib yorishsin yuzing Faqat Haqdan topgin o zingni o zing Meni Alloh uchun seva olsang sev... *** Universitet talabasi nomiga sazovor bo lganimdan keyin chin dildan o qidim. Hamma narsada, har sohada eng zo r, eng yaxshi bo lishni istardim. 1-semestrni yopayotgan vaqtimda hamma fanlarimdan a lo baho chiqdi, faqat Oliy Matematika fanidan 86 ballga ozroq ball yetmay qoldi. Kurganov Karim domla kirardilar. Hurmatim baland edi. Chunki haqiqatda fanining bilimdoni edilar. Faqat shu fandan bahoyim chiqmay qolganini bilgan yaqinlarim Dadanga ayt, dadangni tanishlari kazoo kazolaru bir minutda hal qilib berishadi deyishdi. Bilmayman qaysi kalla bilan dadamlarga telefon qildim va muammoni aytdim: Dadam eshitib kuldilar va : Meni qizim halol o qimaydimi?! Meni g ururim bo lgan Qizim, g ururimni egib boshqadan yordam so rashimni xohlayabdimi?! dedilar... yig lavoray dedim. Uyaldim. Uyaliblar ketdim.. Nahotki arzimas bir baho bilan o lchadim qiymatni, bilimni, g ururni?! Chunki, dadam doi m Inson bolasi, har doim, hatto eng muhtoj holida ham birovdan biror narsa so rab bosh ekkanda 72 ta tomiri titrab ketadi, hech kimga muhtoj qilmasin deb o rgatardilar... Ilohim hammani 72 tomiri titramaydigan umr bilan siylasin. P.S: Bu yozganlarim juda oddiy, hech qanday mubolag asiz, qo shimchalarsiz hayotimdan olingan saboqlar Hayot buyuk muallim. Yuqorida keltirganlarim albatta bir o tirishda hayolimdan o tganlari, xotiralarim.. Hayotda juda ko p narsani o rganadi inson, ularni bir lahzada, bir yozishda yorita olish qiyin Balki, yana yodimga nimalardir tushsa davomi sifatida yozarman

67 29. Дилором Абдуллаева. Oiladagi zo ravonlik: Unga chek qo yish imkoni bormi? 24-noyabr dunyo bo ylab ayollarga qarshi zo ravonlikka barham berish kuni nishonlandi. Internetning o zbek tilidagi ijtimoiy tarmoqlarida esa oiladagi zo ravonlik qurboni bo lgan bir o zbekistonlik ayol haqida shov-shuvli xabar paydo bo ldi. Ayolning o z og zidan yozib olingan bu hikoyada aytilishicha, farzandlariga aliment so rab sudga murojaat qilgani uchun sobiq eri uning uyiga bostirib borib, vahshiylarcha 42 joyiga pichoq urgan. Voqea ayolning ikki yosh farzandi va nogiron otasi ko z o ngida sodir bo lgan. Ayol mo jiza tufayli tirik qolgan, ammo shifokorlar uning bir qo li va oyog ini kesib tashlashga majbur bo ladi. Voqea bugungi zamonda, ayol va erkak huquqlari tengligiga erishilgani barilla tarannum etilayotgan bir davrda yuz bergan. Uni o qib o tirib, bu mudhish voqeaning sodir bo lishiga olib borgan sabab va uning yuz berish jarayoni bilan tanishib, baxtsiz hodisaning oldini olish mumkin edi, degan fikr tug iladi. Oilada erkak kishining zo ravonligi va buning jamiyatda ayrimlar tomonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinishi, shuningdek, mahalla va militsiya xodimlarining yordam so rab qilingan shikoyatlarga e tiborsizlik bilan qarashi yosh bir ayolning baxtini zomin qildi. Afsuski, bu kabi hodisalarning kelajakda yana takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi Oilada zo ravonlik tushunchasi o zbek tiliga huquqiy istiloh sifatida endi kirib kelayotgan yangi atama hisoblanadi. Ammo muammoning o zi xalqimizga qadimdan tanish desak xato bo lmaydi. U patriarxal tushuncha asosida jamiyat hayotiga va ayrim insonlar ongiga chuqur singib ketgan yashirin illatlardan biridir. Erkaklarning ayollardan ustun ekani haqidagi nosog lom tushuncha asosiga qurilgan nuqtai nazarga ko ra, xotin kishi har doim o zini eridan past ko rishi kerak hamda er kishining so zini ikki qilmay, ursa ham, so ksa ham, jim bosh egib o tirishi kerak. Bunday qarash hatto ayrimlarning hayot aqidasiga aylangan. Xotinini urmagan er erkakmi, degan maqolning keng tarqalgani ham shundan. Mazkur maqolani ayollarga nisbatan oilada ko p uchraydigan zo ravonlik holatlari tahliliga bag ishlashni niyat qildik. Bu masalaga qonuniy va huquqiy jihatdan yetarli e tibor berilganmi? Huquqiy himoya bilan ta minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun nimalar qilish lozim? Quyida shu savollarga javob izlaymiz.

68 Oilada zo ravonlikka oid shikoyatlar Saytimizga shu kungacha kelgan huquqiy savollarni hisob-kitob qilganimizda, 2010-yildan beri bizga yuborilgan jami savollarning, taxminan, 60 foizi oilaviy munosabatlarga aloqador ekani aniqlandi. Ularning asosiy qismi ajrashish, aliment undirish kabi er va xotin o rtasidagi huquqiy munosabatlarga oid bo lsa, oiladagi zo ravonlik holatlari haqida ham ko plab shikoyatlar tushgan. Ularning ayrimlarini quyida misol qilib keltiramiz: Otam onamni doim uradi. Esimizni tanibmizki, uyda janjal qilib, onamni bizning ko z o ngimizda uradi. Onam deyarli nogiron bo lib qolgan. Biz otamni militsiyaga berdik, ammo militsiya otamga qarshi hech bir chora ko rmayapti. Yana qayerga murojaat qilsak bo ladi? Otamni qanday qilib onamdan va bizdan chetlashtirsak bo ladi? Men ayolim bilan ajrashishni xohlamayman. Ayolimni yaxshi ko raman, ammo onam bilan singlim ayolimni men bilan birga yashashga qo ymayapti, doim janjal chiqarishadi. Necha marta uni uydan haydab yuborishdi. Mahallaga bu haqda murojaat qila olmayman, chunki onamning o zi mahalla ayollarining oldi, onamga hech kim qarshi gapira olmaydi. Ayolim bilan yashasam, onam meni oq qilishini aytdi. Men onamni xafa qilishni xohlamayman, ammo ayolim bilan ajrashishni ham xohlamayman, biz ikkalamiz juda ahil yashaymiz. Buning ustiga yosh farzandimiz ham bor. Men nima qilsam bu masalaga yechim topaman? Erim juda boy, ishbilarmon odam. Boshqa ayollar bilan yurishi tufayli ko p janjal chiqib, hozirda otamnikida yashayapman. Ikki nafar farzandim bor. Sud orqali ajrashsam, erim bolalarimni olib qo yish bilan qo rqityapti. U pul bilan ham shunday qilishga qurbi yetadi. Men bolalarimni o zimda olib qolishim uchun nima qilishim kerak? Oiladagi zo ravonlik nima? Oiladagi zo ravonlik bu er-xotin yoki boshqa yaqin munosabatdagi kishilardan birining ikkinchisiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki moliyaviy zo ravonlik ko rsatishidir. Odatda, bu turdagi zo ravonlik ostida bir tomonning oiladagi boshqa a zolar hayoti ustidan nazoratni ushlab turishga bo lgan intilishi yotadi. Oilaviy zo ravonlik qurboni ko pchilik hollarda ayol kishi yoki yosh bolalar bo ladi, ammo erkaklar hamda qariyalar orasida ham jabrlanuvchilar yo q emas. Oilaviy zo ravonlikning keng tarqalgan ayrim ko rinishlarini sanab o tamiz: Erning xotinini urishi, ruhiy kamsitishi, uning nasl-nasabini oilaviy sharoiti yoki ota-onasi yoki qarindoshlari qilgan ishlar tufayli ayblab haqoratlashi, erning xotinini jinsiy zo rlashi, jinsiy ehtiyojini g ayritabiiy usullar orqali qondirishga majburlashi yoki jinsiy kamsitishi (fiziologik holatini haqoratlashi, kamsitishi, jinsiy aloqada bo lmaslik, o zga ayollar bilan yurishi),

69 moliyaviy jihatdan cheklash, pul bermaslik, ayolning o qishiga yoki ishlashiga qarshilik ko rsatish va hokazo. Oiladagi zo ravonlik qonunchilikda taqiqlanganmi? Ma muriy javobgarlik to g risidagi kodeksda ham, Jinoyat kodeksida ham oiladagi zo ravonlikka oid hech qanday modda mavjud emas. Ya ni, bu tushuncha qonunchilikda alohida qonunbuzarlik sifatida tilga olinmagan va natijada unga nisbatan biror jinoiy jazo belgilanmagan. Oilaviy mojarolarni hal etish, ularda zo ravonlik alomatlari qay darajada bo lishidan qat i nazar, odatda, mahallalardagi o zini o zi boshqarish organlariga havola etiladi. Bunday holatlarda jabrlanuvchilarning to g ridan tog ri militsiyaga yoki sudga shikoyat qilishi amaliyotda kam uchraydi. Oilalarni saqlab qolish hamda ajrashishlar sonini kamaytirishga qaratilgan siyosat oqibatida zo ravonlikdan shikoyat qilib kelgan ayollarni ortga qaytarish, hatto ularning ajrashishni so rab sudga yozgan arizalarnini qanoatlantirmaslik holatlari ko p uchraydi. Natijada bunday oilalarda ayollar va bolalarning yana zo ravonlikka yuz tutishi holatlari davom etadi. Odatda, oiladagi zo ravonlik natijasida jabrlanuvchiga og ir shikast yetkazilgan yoki u vafot etgan taqdirdagina, zo ravonlik uchun jinoiy ish ochiladi. Nega yangi qonunga ehtiyoj bor? Shu o rinda oiladagi zo ravonlikni alohida modda yoki qonunbuzarlik sifatida kodekslarga kiritish shartmi, axir, badanga shikast yetkazish yoki jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar kabi zo ravonlik holatlarini qamrab oluvchi moddalar bor-ku, degan tabiiy savol tug iladi. To g ri, agar er xotiniga nisbatan zo ravonlik qilsa, bu ish xatti-harakat oqibatiga qarab qasddan badanga yangil (o rtacha, o g ir) shikast yetkazish (109-modda), qiynash (110-modda), o ldirish yoki zo rlik ishlatish bilan qo rqitish (112-modda); ayolning o limiga sabab bo lsa, odam o ldirish (97-modda), o zini o zi o ldirish darajasiga yetkazish (103-modda); jinsiy zo ravonlik qilsa, nomusga tegish (118-modda), jinsiy ehtiyojni zo rlik ishlatib g ayritabiiy usulda qondirish (119- modda), ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur qilish (121-modda) yoki boshqa holatlarda tuhmat (139-modda), haqorat qilish (140-modda), ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to sqinlik qilish (136-modda) kabi jinoyatlar bilan malakalanishi mumkin. Ammo oiladagi zo ravonlik shunday huquqbuzarlik (jinoyat) turiki, uning o ziga xos subyekti, obyekti, subyektiv tomoni va obyektiv tomoni bor. Bu to rt element boshqa jinoyat elementlari bilan to la mos tushmaydi. Bundan tashqari, yuqorida sanab o tilgan jinoyat tavsifida bunday qilmishni jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari, eri, otasi, aka yoki ukasi va h.k.lar sodir etsa nima bo lishi

70 haqida hech nima aytilmagan. Natijada ko plab oiladagi zo ravonlik shakllari jazoga tortilmay, bunday zo ravonlikdan jabr ko rganlar himoyasiz qolib ketadi. Oiladagi zo ravonlik alohida motiv ostida sodir etilishi, sharoiti, usullari bilan o ziga xos jinoyat turi darajasiga yetgan va shu bois uni MJTK va Jinoyat kodeksiga alohida qonunbuzarlik sifatida kiritish o rinli bo ladi, deb hisoblaymiz. O zbekiston Respublikasi 1995-yilda Ayollarga qarshi barcha turdagi kamsitishlarga barham berish to g risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Shundan beri O zbekiston BMT qoshidagi Inson huquqlari Qo mitasiga ushbu Konvensiyada ko tarilgan masalalarni amalga oshirish yuzasidan uch marta hisobot bergan. Har uch hisobot yuzasidan ham Inson huquqlari qo mitasi O zbekistonda ayollarning notenglikka yuz tutishi, patriarxal stereotipning mavjudligi hamda ko plab ayollar oilada zo ravonlik qurboni bo lishini ta kidlab, hukumatdan bularga qarshi choralar ko rishni so ragan. Mamlakat rasmiylarining hisobotda bergan ma lumotiga ko ra, O zbekistonda ayol va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning kafolatlari to g risida yangi qonun loyihasi tayyorlangan, ammo u haligacha qonun sifatida qabul qilinmadi. Inson huquqlari qo mitasining oiladagi zo ravonlik holatlariga oid so ragan savollariga javoban, O zbekiston, asosan, ayollarga nisbatan (oiladagi zo ravonlik emas) sodir etilayotgan jinoyatlar haqida statistik hisobot berish bilan cheklangan. Ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyat bilan oilada yuz beradigan zo ravonlik o rtasida qanday farq bor? Shu o rinda ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyat bilan oilada yuz beradigan zo ravonlik o rtasida katta farq borligini ta kidlash lozim. Bu farqni badanga o rtacha shikast yetkazish jinoyati misolida tahlil qilamiz. Agar ayol kishiga yaqini bo lmagan bir odam (oilasidan tashqaridagi shaxs) urish orqali jismoniy shikast yetkazadigan bo lsa, bu ishning noto g riligini va urgan odamga nisbatan militsiya darhol chora ko rishini hamma biladi. Jabrlangan ayol ham birinchi navbatda militsiyaga murojaat qilishi kundek ravshan. Jamoatchilik ham ayolga qo l ko targan odamni keskin qoralaydi va unga nisbatan jazo qo llanilishini talab qiladi. Endi xuddi shu ish oila ichida er tomonidan sodir etildi, deb faraz qilaylik. Agar er xotinini kaltaklasa, bunga jamoatchilik oilaning ichki va shaxsiy masalasi sifatida qaraydi. Jinoyat, odatda, uy ichida sodir bo lgani uchun bu voqeaning guvohlari ham juda kam bo ladi.

71 Ikkinchidan, ayol jamiyatdagi qarashlar bosimi va erining zug umi ostida, ko pincha, bu haqda militsiyaga shikoyat qilmaydi. Uzog i bilan u mahalla vakillari kengashiga chiqishi mumkin. Ko p holatlarda ular ham, mojaroni oila ichida tinchitishga harakat qilishadi. Zo ravonligi uchun javobgarlik hissini tuymagan er esa oilada ayoliga tazyiq o tkazishda davom etadi. Oiladagi zo ravonlik oqibatida mayib-majruh bo lgan yoki hayotini boy bergan jabrlanuvchilar ishini o rganadigan bo lsak, ularning aksariyatida oiladagi zo ravonlik davomiy bo lgani va bu haqda bila turib, mahalla jamoasi ham, huquq-tartibot organlari ham o z vaqtida tegishli chora ko rmagani ma lum bo ladi. Natijada himoyasiz qolgan ayollar orasida hatto o z joniga qasd qilish holatlari ham yuz beradi. Ayollarni oiladagi zo ravonlikdan himoya qilishda davlatning roli Human Righs Watch xalqaro tashkilotining O zbekistondagi oilalarda mavjud zo ravonlik holatlari haqida 2000-yil chiqargan hisobotiga ko ra, jabrlanuvchilarni himoya qilish va aybdorlarni jazolashga davlat tomonidan yetarli darajada e tibor berilmasligi hamda jabrlanuvchilarni zo ravonlikdan himoya qilishning to g ri yo li tanlanmaganligi muammoning asosiy sabablaridan biri sifatida tilga olingan. Oilaviy mojarolarni hal qilishga mahalla vakillarining jalb qilinishi yaxshi amaliyot, chunki oiladagi ichki muammolar, dastlab, mahalla vakillari orasida muhokama qilinsa va tomonlarga to g ri va yetarli nasihat qilinsa, muammo kuchayishining oldi olinishi va natijada zo ravonlikka chek qo yilishi mumkin. Ammo amaliyotda bu tizim kutilganidek samarali ishlayapti, deb bo lmaydi. Ko p holatlarda mahalla oqsoqollari masalaga yuzaki yondashib, muammoni hal qilish yoki jabrlanuvchini himoya qilish o rniga, barcha aybni jabrlanuvchiga yuklaydi. Hisobotda keltirilishicha, ayrim mahalla vakillari orasida Axir u ayolning eri-ku, qanaqasiga bu qilmish jinoyat bo ladi? qabilida nosog lom fikrlash mavjudligi aniqlangan. Aksar hollarda, mahalla vakillari jablanuvchiga tegishli huquqiy yordam olish bo yicha yo lyo riq ko rsatish o rniga, erini kechirishga, sabrli bo lishga va o z ayblarini tuzatib yashashga undaydi. Ba zan oilani saqlab qolgandan ko ra, tomonlarni yaxshilikcha ajratib olish muammoning haqiqiy yechimi bo lishi mumkin. Shuning uchun mahallaning mas ul yetakchilari vaziyatga to g ri baho berishlari, agar ayolga nisbatan shafqatsiz munosabat yoki aziyat yetkazish sodir etilgan bo lsaa, zudlik bilan bunga qarshi tegishli chora ko rishlari lozim. Ular buni istamagan yoki amalga oshirmagan holatda, ayolning o zi yoki uning vakillari tegishli huquq-tartibot organlariga shikoyat qilishi lozim.

72 O zbeksitonning ayollar kamsitilishiga qarshi xalqaro konvensiyaga qo shilgani va mustaqillik yillarida ayollarga davlat darajasida yuksak ehtirom ko rsatilgani juda quvonarli holat, albatta. Ammo oiladagi zo ravonlik holatlarining oldini olish, ularni tugatish hamda jabrlanuvchilarni zarur huquqiy himoya bilan ta minlab, aybdorlarga munosib jazo berish masalasida hali qilinadigan ishlar ko p. Oiladagi zo ravonlikning oldini olish bo yicha tavsiyalar Oiladagi zo ravonlikning oldini olish uchun davlat va fuqarolik jamiyati vakillari hamkorlikda ishlashi kerak. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo lgan zarur choralarning eng asosiylari quyidagilardan iborat: Avvalo, davlat bu masalada qonuniy bazani mustahkamlashi kerak. Buning uchun Oilada zo ravonlikka qarshi kurash to g risida alohida qonun qabul qilinishi kerak, deb hisoblaymiz. Qonunda oilada zo ravonlik tushunchasiga ta rif berilishi va bunday zo ravonlikdan jabr ko rganlarni himoya qilishning zarur huquqiy asoslari belgilanishi kerak. Jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va fuqarolarning o zini o zi boshqarish uyushmalari, yuridik sohadagi olimlar, professorlar va jamiyatshunoslik, ruhshunoslik sohasi olimlari, diniy idora xodimlari hamda oddiy fuqarolar hamkorlikda qonun loyihasini tayyorlab yoki qonun loyihasi tayyorlanishini so rab, o z hududlaridan saylangan deputatlar yoki senatorlar orqali qonun chiqaruvchi organga murojaat qilishlari lozim. Shu bilan birga, MJTK va Jinoyat kodekslariga yangi qonun asosida oiladagi zo ravonlikka oid tegishli yangi moddalar kiritilishi kerak. Ikkinchidan, Jinoyat protsessual kodeksiga protsessual himoya tizimlari, ya ni zo ravonni ayoldan chetlashtiruvchi, uni himoya qiluvchi choralar kiritilishi kerak. Masalan, oilada zo ravonlik haqidagi shikoyatni ko rib chiqayotgan davlat organiga sud qarori chiqquniga qadar jabr yetkazganlikda gumon qilinuvchi kishini jabrlanuvchi bilan uchrashishini taqiqlash haqida qaror chiqarish vakolati berilishi kerak. Uchinchidan, oilada zo ravonlikdan jabr ko rganlar uchun maxsus vaqtinchalik boshpana maskanlari (jabrdiydalar va ularning bolalari sud qarori chiqqunga qadar yashab turishlari uchun) tashkil etilishi kerak. Masalan, 2008-yil O zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo yicha Respublika reabilitatsiya markazi tashkil etilgan edi. Shu kabi reabilitatsiya markazlari oilada zo ravonlik qurboni bo lgan odamlar uchun ham bunyod etilishi lozim. Markazlar jabrdiydalarga tibbiy, psixologik, ijtimoiy va yuridik yordam ko rsatishi kerak. Bunday markazlar nafaqat shaharlarda, balki viloyat va qishloq hududlarida ham ochilishi lozim. Ularni, iloji boricha, davlat tasarrufidan chiqarib, nodavlat tashkilotlari ixtiyoriga topshirish maqsadga muvofiq.

73 To rtinchidan, oila zo ravonligi qurbonlari murojaat qilishi mumkin bo lgan maxsus ishonch telefonlari yoki bo limlari tashkil etilishi kerak. Ularga murojaat etgan shaxslar haqida ma lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanishi lozim. Shuningdek, bunday markazlarda ishlovchi xodimlar uchun zo ravonlik qurboni bo lgan jabrdiydalar bilan ishlash bo yicha maxsus treninglar o tkazilishi kerak. Bunday mashg ulotlardan davomli ravishda huquq-tartibot organlari xodimlari, mahalliy o zini-o zi boshqarish idoralari vakillari va oilaviy tibbiyot xodimlari o tib turishi kerak. Beshinchidan, jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib borib, oiladagi zo ravonlik bo yicha mavjud noto g ri tushunchalarni o zgratirish kerak. Bu ishga matbuot va nodavlat tashkilotlarini jalb qilish maqsadga muvofiq. Oiladagi zo ravonliklarda, asosan, ayollar jabr ko rayotgani va muammoning yechimi, odatda, erkaklar qo lida ekani uqtirilishi lozim. Bundan tashqari, zo ravonlikka uchragan ayollarga qanday qilib o zlarini himoya qilish yo llari, bunday holatlarda kimga va qachon murojaat qilish, qayerdan yordam olishi mumkinligi to g risida kerakli ma lumotlar berilishi kerak. Shu bilan birga, mahalla raislari va boshqa mahalliy o z-o zini boshqarish organlaridagi lavozimlarga oilaviy zo ravonlik haqida tushunchaga ega bo lgan kishilar tayinlanishi kerak. Oilalar bilan ishlovchi shaxslar uchun oiladagi zo ravonlik bo yicha davomiy treninglar o tkazilishi kerak. Shu o rinda O zbekistonda ayollar huquqlari va masalalari ustida ishlovchi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlari juda kam ekanini alohida ta kidlash kerak. Xorijiy davlatlar amaliyoti va xorijdagi oilada zo ravonlik masalalari bilan ishlovchi tashkilotlarning tajribasini o rganib, o zbek xalqi qadriyatlarini saqlagan holda (insonning uzviy huquqlarini buzadigan odatlardan voz kechish kerak) milliy-huquqiy dasturlar ishlab chiqilishi lozim. Bu ishda biz barcha jamoatchilik vakillarini hamda oddiy fuqarolarni hamkorlikda ishlashga da vat etamiz.

74 30. Дилрабо Турсунова. Sog indim Sizni Osuda tun Kardif Ne holki yomg ir yog madi bugun. Uyqu kelmayapti ko zlarimga hech. Hayol meni yana olib ketdi Siz tomonlarga. Sizni koyishlaringiz, Sizni tabassumingiz, Sizni erkalashlaringiz barini tutmoqda xumori meni. Irodali qizman, sabrli qizman, deb yurardim o z o zimga men. Mana o tiribman qog oz qoralab. Sog indim Sizni. Nolimayman, yo q yo q hatto mamnunman juda. Vaqtim chog o tmoqda Allohimga shukur. Har kuni yangi ta surotlar, yangi sarguzashtlar. Bu azim shaharlar maftun etar har bir kishini. Ko p narsa o rgandim, o rganyapman, o rgatganim ham rost. Rango rang qarashlar, turli millatlar, turfa madaniyatlar barchasi qiziq. Lekin, men Sog indim Sizni. O ylab qarasam umringizni baxshida etibsiz bizga. Zahmatlar chekdingiz bizni deb qancha. Qani, aytingchi qachon o zingizga deb xarid qildingiz biror bir buyum. Doim bizga deysiz, bizga berasiz. Bizga yo q demaysiz, o zingizgachi ko p bor degansiz. Hayot Sizniki, lekin Siz biz deb o tyapsiz. Ilgarilari, onalar o zi tabiyatan mehribon bo ladi, onada farzandi uchun jon kuydiradi deya o ylardim rosti. Ha ha rosti ham shuda, barcha volidalar mehribon asli. Qanchadan qancha she ru qo shiqlar bayon etgan, etmoqda onalar madhin. Ammo, Sizning mehringizni o sha mashhur she rlar ham, o sha mashhur qo shiqlar ham ta riflolmaydi. Ehh, qanchalar sog indim Sizni. Barcha barchasi uchun ming bor ta zim qilsam kam. Sizni duolaringiz tufayli erishdim barcha yutuqlarimga. Sizni duolaringiz qizingizni qo llaydi har qadamda. Yana duo qiling, sabrli bo lay. Marralarim sari dadil ildamlay. Yutuqlarimla Sizni xushnud etay. Eh, hali ham o tiribman surib hayollarni Qayoqlarda qoldi uyqusi qizginangizni? Qaniydi uxlasamu tongda Siz Dilrabo, tur turaqol endi deya uyg otsaydingiz. Yana pichcha uxlay deya erkalik qilmasdim rosti. Ayajonim, juda sog indim Sizni!

75 31. Дилшод Абдуазизов. Чумчуқни энди ким сўяди?! Бугун ҳар ким ўз фикрини ҳеч бир таҳрирсиз, мустақил ифодалай олиш имконига эга. Бунга журналистикадаги янги оқим блоггинг йўналиши ёки, бошқача айтганда, фуқаролик журналистикаси бош сабабчи! Фан-техника тараққиётининг улкан ютуқларидан бири бўлган интернет шарофати билан эндиликда қай бир соҳага назар солманг, албатта, блогерлар дастхати ни кўрасиз. Энг муҳими, шу орқали халқни лоқайдлик ҳисси тарк этмоқда. Бу катта эврилиш! Шу кунларда ижтимоий тармоқлар орқали кенг муҳокама қилинаётган мавзу: Журналистика соҳасида фақат профессионаллар қалам тебратиши керакми? деган саволга жавоб бериш асносида халқимизнинг тарихий бир мақоли ўз долзарблигини йўқотиб бораётганига амин бўлдим. Чумчуқ сўйса ҳам қассоб сўйсин! Балки бу мақолни эндиликда журналистикага нисбатан татбиқ этмаган маъқулмикин? Нима дейсизлар?! Сабабини сўраяпсизми? Буни ўзингиз ҳам яхши биласиз. Майли бир-иккитасини санаб ўтишим мумкин. Биринчидан, янгиликларни етказишда блоглардаги тезкорлик бошқа ҳеч бир оммавий ахборот воситаларида (ОАВ) учрамайди. Бирор бир аҳамиятга молик воқеа содир бўлдими, тамом биринчилардан бўлиб аллақайси бир блогда бу ҳақда албатта ёзишади. Иккинчидан, эндиликда, қанчалик ғалати туюлмасин, расмий ОАВ ҳам блогларда чиққан янгиликлардан ўз нашрларида кенг фойдаланмоқда. Биргина мисол: блогер Хушнудбек Худайбердиевнинг Трастбанк га хат! и бир неча интернет нашрлари ва босма ОАВлари учун яхшигина материал вазифасини ўтаб берди. Учинчидан, эндиликда пресс-конференцияларда блогерларнинг ҳам иштирок этиши аввалдан тайёргарлик кўрилган савол-жавоблар бўлмаслигини кафолатламоқда. Бу, ўз навбатида, ошкоралик ва ҳаққонийликни таъминлашга хизмат қилади. Тўртинчидан, ҳозир шундай блогерлар авлоди шаклланмоқдаки, улар баъзи профессионал журналистлардан фарқли ўлароқ, воқеликни шунчаки баён этмай, балки бўлиб ўтган воқеа-ҳодисаларга ўз нуқтаи назарини билдирмоқда. Фикр билдирганда ҳам, профессионаллардан савиялироқ хулосалар беришмоқда. Бу фикрлар хилма-хиллиги ёки плюрализмга ишончли замин яратади. Бешинчидан, халқ ўз фикрини билдирмоқда. Демак, фуқаролик жамияти шаклланмоқда. Жуда катта муваффақият бу! Ва ҳоказо P.S. Хуллас, чумчуқ сўйса ҳам қассоб сўйсин. Лекин блогерлар бундан мустасно P.S.-2. ( ) Ушбу блогпостимга ўз вақтида Муҳрим Аъзамхўжаев (қуйида келтирилган шарҳ) ва Шермуҳаммад Абдуғофуров раддия ёзиб, журналистика ва блоггинг бир-биридан мустақил экани ва ҳар бири ўз ҳолича ривожланиши кераклигини таъкидлашганди. Дарҳақиқат, анчайин мунозарали мавзу. RELGA журнали маълумотларига кўра, блогерларнинг 52 фоизи ўзини журналист деб ҳисоблар экан. Албатта, ҳар кимнинг ўз нуқтаи назари бор. Ўзбек блогерлари ва журналистлари бу ҳақда нима дейди?

76 32. Дилшодбек Зокиров. Бобур баҳона пайдо бўлган оила Буюк бобокалонимиз Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг таваллуд куни муносабати билан ҳаётимда бўлган ушбу воқеани қоғозга туширишга аҳд қилдим. Бундан 15 йил аввал Самарқанд вилояти Булунғур туманида 1-ўрта мактабнинг 7-синфида таҳсил олиб юрган кезим эди. Бир куни синф раҳбаримиз Дилбар опа буюк шахс Заҳириддин Муҳаммад Бобурга бағишланган очиқ дарс бўлишини ва Бобур ролини айнан мен ижро этишимни айтди. Мен эплай олармиканман, деб сўрадим. Дилбар опа: Сен эплайсан, албатта, эплайсан, дедию нима қилишим кераклигини тушунтирди. Мен рози бўлиб қўя қолдим. Ахир, ўзингиз ёқтирган ижодкор ролини ўйнашга розилик бермай бўладими? Дилбар опа эса кулиб: Лекин малика Моҳимнинг ролини қойиллатиб ўйнайдиган қиз бизнинг синфда йўқ, шу сабаб Б синфда ўқийдиган бир қизни кўз остимга олиб қўйганман, ўша қиз эплайди, деди. Мен ҳайрон бўлдим. Бир оздан сўнг Бобурнинг хотини малика Моҳим ролини Б синфда ўқувчи Фароғат исмли тенгдошимиз ўйнашини билдим. Хуллас, иккаламиз тайёрландик. Биз кутган кун ҳам келди. Саҳнага чиқишимиздан олдин мен шоҳ Бобур каби эгнимга зар чопон ва бошимга шоҳона салла кийдим. У эса маликалардек кийинди. Саҳнага иккаламизни чақиришди. Мен шоҳ, Фароғат эса Бобурнинг хотини Моҳим ролини жуда чиройли ўйнадик, шекилли, олқишлар остида қолиб кетдик. Ўша воқеа мактаб давридаги энг эсда қоларли кунлардан бири сифатида хотирамизда муҳрланиб қолди. Мактабни битириб пойтахтда олийгоҳда ўқиб юрган вақтимда синфдошлар билан тез-тез учрашиб турардик. Хаш-паш дегунча 4 йил ҳам тез ўтиб кетди. Ўқишни битираётган куним ота-онам, қариндошларим билан бирга, мени табриклаш учун синфдошим Фароғат ҳам келди. Ўша куни мактабда бирга Бобур ва Моҳим ролини ўйнаганимизни эслаб роса кулдик. Хуллас ўқишни битириб ишга ҳам кирдим. Биласиз-ку, ўзбекнинг оиласида фарзанди бўйига етдими, дарров уйлантириш, оила қуришга шошилади. Ҳолалару аммалар қиз излашга тушишди. Тақдир тақозосими, билмадим, айланиб-айланиб синфдошим Фароғатга уйланадиган бўлдим. Ўзимдан ўзим сўрардим: Наҳотки, мактаб даврида Бобур ва Моҳим ролини ўйнаганимизда фаришталар омин деган бўлса?. Анна-мана дегунча Фароғат билан никоҳ тўйимиз бўлиб ўтди. Худо бизга ўғил фарзанд ато этди. Мен ўзимча ўғил туғилса, исмини, албатта, Бобур қўяман деб ўйлаб юргандим. Турмуш ўртоғимдан ўғлимизнинг исмини нима қўйишимизни сўрагандим, у ҳам Келинг, ўғлимизга Бобур деб исм қўя қолайлик, деди. Буни қаранг, иккаламиз бир хил исм ҳақида ўйлаб юрган эканмиз. Хурсанд бўлиб фарзандимиз исмини Бобур деб қўйдик. Ушбу исмни бошқа Бобур эмас, айнан буюк ужодкор шоир, шоҳ, кучли истеъдод эгаси бобокалонимиз Заҳириддин Муҳаммад Бобурга атаб қўйдик. У киши амалга оширган ишлар, жаҳон китобхонлари томонидан севиб ўрганиладиган асарлари ҳали узоқ вақт тилларда достон бўлади. Биз фахр, ифтихор ва ғурур билан унинг номини тилга оламиз.

77 33. Дилшодбек Нурматов. Кемтиклик Ўзим гувох бўлган воқеа. Ноябрьни ёмғирли, изғирин кунларини бири эди. Илхом ака билан машинада кетаётгандик. Йўл четида яёв кетаётган ўсмир бола кўринди. Бирдан Илхом ака: шу болани ёнига тўхтатинг деб қолди. Бу ўсмир Илхом акани илк турмушидан (ажрашиб онаси билан қолган) ўғли эди. Юпин кийинган экан, Кийимлари хўл, бошяланг ёмғирда шумтираб қопти. Кўришмаганига анча бўлган шекили, ота бола қуюқ саломлашишди. Илхом ака ўғлини олдида ўзини худди айбдордек хис қиларкан. Хол ахвол сўрашиб жуда хижолат бўларди.нега қалинроқ кийинмадинг,шамоллаб қоласанку бунақада? деди, ўғлини бу ахволда кўриб уялдими ёки рахми келдими?, ўзи кийиб турган устидаги курткасини шарт ечиб қаршилик қилишига қарамай ўғлига кийдириб қўйди. Менда бошқа бор, буни сен киявер, иссиқ кийиниб юргин деди. Хайрлашдик. Йўлда кетарканмиз Илхом ака: Бошим осмонга етгудек хурсанд бўлганимдаям, шу ўғлимни кўрсам ёки эсласам ерга тушиб қоламан деди. Ўзи нимага ажрашгансизлар? десам. Илхом ака: Хотиним ёмон эмасди, шунчаки мен бошқасини севардим. Ота онамни қистови билан унга уйлангандим. Шунда хам яшаб кетишимиз мумкин эди. Лекин севганим билан кўпроқ бахтли бўламан деб ўйлагандим.ўша вақтлар севгим олдида шу ўғлим хам кўзимга кўринмаган. Ёш ўтган сари эса, фарзанд қанчалар улуғ неъмат эканлигини хис этаркансан. Фарзанд немаъти олдида севги мухаббат каби нарсалар, ёшликдаги ўтгинчи хойи хавасдек туюлиб бораркан.деди. Нима дейишни хам билмайман. Узоқ жим кетдик.

78 34. Дильмурад Ибрагимович. Бугундан эътиборан дипломли юрист бўлдик, десамам бўлўвради Домла халқидаям раҳм-шафқат деган нарса йўғакан. Бугунги защитада диплом ишимни биров вароқлаб ҳам қўймади. Ҳа барака топгурлар, барибир ўқимасакансан, нима кераги бор эди мени шунча овора қилиб!? Ахир бир одам чакана меҳнат қиладими бу дипломни ёзиб бўлгунча? Гапни очиғи, димлом защитам бунчалар енгил битишини ўзим ҳам кутмагандим. Хонага кириб интернетдан олинган баландпарвоз гапларни энди бошлашимни биламан, олти домладан ташкил топган ҳайъат аъзоларидан бири гапимни шартта тўхтатди. Ўлди, дедим ичимда. Ҳаёлимда «Бу ишни ўзинг ёзганмисан, нега у ери ундоқ, нимага бу ери бундоқ» деган саволларга кўмилиб кетишимни ўйлаб, озгина қўрқиб турувдим, ўйлаганим бўлмади. Домла ташаккур билдириб, чиқишим мумкинлигини айтди. Шундай қилиб, хонага кирганимдан бир ҳам дақиқа ўтмай, яна унинг ташқарисига пайдо бўлдим. Бироздан кейин баҳолар эълон қилинди, каминангиз «беш»га лойиқ топилганини эшитиб хурсанд бўлмай қолмади, албатта. Бироқ, озгинадан кейин ўйланиб қолдим: ростдан ҳам ўша саволларни бериб қолса нима бўларди?! «Дипломни ўзимиз ёзганмиз, десамам бўлўвради», деб жавоб берармидим? Ёки «Бу диплом иши устидан 3 ой тиним билмай ишлаганмиз, десамам бўлўвради» дермидим? Агар домлаларнинг бири «Нега бу бўлим номи ундай эмас, бундай?» деб сўраб қолгандачи? «Биз шу вариантни маъқул кўрдик, десамам бўлўвради», деб минғиллашдан бошқа чорам қолмаса керак эди. Бироқ менга ҳуқуқшунос мақомини топширган домлалар бу саволни ўртага ташламади, мен ҳам йўқ саволга жавоб бермадим. «Бу йил кўпроқ пахта терамиз» Шундай қилиб хотиним минг даккини эшитиб, уч ой қийналиб ёзган дипломини биров ўқимади. Бундан буёғига ўқимасаям керак. Энди унинг вазифаси битта у ҳам бўлса КРСУнинг архивидаги чангни йиғиб ётиш Агар биров диплом ишимни ўқиб, бирор нарсани ўзгартиришни таклиф қилганда ҳам жавобим тайёр эди. «Шундоғ деб кеннайизга тайинлаб қўямиз. Хўб бўмаса, биз кетдик» дердим-да, шартта чиқиб кетган бўлардим.

79 35. Dinara Dultayeva. Professorning Tushuntirish Hati Bugun eng obro li domlalarimizdan biri talabalarga hat tarqatdi. Unda o tgan dars uning firkini inkor etgan talabaga tashakkur aytilgan. U bahslashgan masala yuzasidan tushuntirishlar berib, domlaning fikriga qoshilmaslik fanni kengroq tushinish va o rganishga turtki bolishini ta kidlagan. Qiziq, a? Tajribali professor uchun bu katta jasorat bolsa kerak. Lekin bu universitetda hech kim bunga hayron bolmaydi. Boshqa domlamiz bugungi mavzu haqida mening firkimni alohida soradi. 80ta talaba orasida aynan mendan so ragani, uning naqadar e tiborli ekani meni, rosti, hayron qoldirdi. Chunki bugungi mavzumiz G arb OAVlarining breaking news deya bo rttirish an anasi bilan bog liq edi. Men aynan shu borada domlamizga ancha oldin koridorda savol bergandim. Shu va boshqa holatlar haqida O zbekistondagi sobiq talabalarimdan biri bilan gaplashdik. Hozirgi kunimga tashqaridan qaradim. Ko p narsalarga hayratlanmay qoygan ekanman. E tibor, imkoniyatlar, kasbga sadoqat va london meni shu kunlarda ilhomlantirmoqda. Chindan ham hayotimizni qanday yashashimiz biz tanlayotgan imkoniyatlarga, jur at etadigan niyatlarimizga va talpinadigan yollarimizga bogliq.

80 36. Doniyor Yulchiyev. Milliarderlarning vorislari Jenifer Ketrin Geyts Otasi: Bill Geyts; Boyligi: 40 milliard $. Microsoft asoschisi va dunyoning eng ishbilarmon va b... badavlat tadbirkori Bill Geytsning erkatoy qizi haqida ko`pchilik bilavermasa ham kerak. Jennifer 1996 yil tavvallud topgan va shu yil o`zining 18 yoshini nishonlaydi. Uning ortidan qolmaydiganlarning sanog`ini bilmasak ham, xar qalay orzu qiladiganlar juda ko`p, axir kim ham merosxo`rning milliardlariga egalik qilishni istamaydi?! 2..Aditya & Vanisha Mittalar Otasi: Lakshmi Mittal; Boylik: 38 milliard $. ArcelorMitta korporatsiyasi direktori va direktorlar kengashi raisi janob Lakshmining o`g`li Aditya korxonaning moliyaviy direktori lavozimida faoliyat yuritsa, qizi Vanisha direktorlar kengashining a zosi xisoblanadi yil millirder qizining to`yiga naqd 60 million $ mablag` sarflaf, marosimni Parijda o`tkazib berdi. 3. Marta Ortega Perez Otasi: Amansio Perez; Boylik: 24 milliard $. Janob Amansioning yagona qizi bo`lmish Marta xonim otda sayr qilish qiziqadi. Milliarderning o`zi boyliklar manbasi sifatida Zara kiyimlar do`konini ko`rsatish mumkin. Marta garchi otasi badavlat bo`lsada korxonaning eng quyi lavozimida ishni boshlab, Marketing bo`limi mutaxasissligigacha o`z qobiliyati bilan ko`tarilib keldi. 4. Delfina Arno Otasi: Bernar Arno; Boylik: 16,5 milliard $. LVMH holding direktori Bernar Arno mashhur Dom Perignon, Donna Karan va TAG Heuer kompaniyalar raxbari xisoblanib, moda sanoatida o`z o`rniga ham egadir. LVMH korporatsiyasi direktorlar kengashining yagona ayol a zosi Delfina Arno, Londondagi mashhur iqtisodiyot ta lim muassasida o`qigan bo`lib, 2005 yilda Alessandro Gansiyaga (Gancia vino korxonasining vorislaridan biri) turmishga chiqadi. 5. Jorjina Blumberg Otasi: Maykl Blumberg; Boylik : 16 milliard $. Moxir chavondoz xisoblangan Jorjina xonim Nyu-Yorklik taniqli siyosat olamida o`z nomiga ega shaxsning erkatoy qizi xisoblanadi. Maykl Blumberg Rider s Closet xayriya jamg`armasining asoschisi xisoblanadi.

81 37. Жавлон Жураев. O'zbekning muammolari ham o'ziniki Bugungi kunda ko pchiligimiz zamon imkon bergani tufayli internet kabi ajoyib ne matdan foydalanyapmiz. Mening nazdimda, internet odamzotning eng buyuk kashfiyotlaridan biri. Ko pchiligimiz hozirda ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o tkazamiz ba zilarimiz shu tarmoqlar yordamida pul topib, oila boqamiz. Ammo insoniyatning har qanday kshfiyoti uning o ziga qarshi qaratilishi, uning manfatiga emas zarariga ishlatilishi mumkin. Baxtga qarshi, internet, va xususan ijtimoiy tarmoqlar ham bundan holi emas. E tibor bergan bo lsangiz, ijtimoiy tarmoqlar ommalashgani sayin, ularda turli siyosiy qarashlarni targ ib qiluvchi manbalar ko paymoqda. Bu, bir qarashda, tabiiy hol g oyalarni odamlar bilan ulashish uchun, odamlar ko p joyni tanlanadi. Ammo bu g oyalar bozorida xaridorlik qilib yurgan har kim ham maxsulotlarni sergak tanlamayapti, baxtga qarshi. Men sergaklik haqida juda ko p gapiraman. Balki haddan oshiq gapirarman. Lekin sergaklikning foydalarini odamlarga yetkazmaguncha men bu ishimni qilaveraman. Men sergaklikning yana bir foydasi haqida aytib bermoqchiman. Ijtimoiy tarmoqlarda O zbekiston haqida turli xil fikrlarni yozib chiqib, ommaga tarqatayotganlarga nisbatan sergak bo ling. Ularni tahlil qilishga birga urinib ko raylik. Bunda birinchi qiladigan ishimiz o zimizga sergak savol berish bo ladi: bizning mamlakat va xalq haqida shunday narsalarni yozish kimga va nima uchun kerak? Kimga kerak degan savolga berilishi mumkin bo lgan javoblardan biri Vatanparvarlarga kerak bo lishi mumkin. Nimaga kerak degan savolga mamlakatdagi mavjud muammolarni hal qilishga ommaning diqqatini qaratish uchun degan javob juda mos. Lekin aslida shundaymikan? Agar shunday bo lsa, men bir narsani tushunmadim: nega bizdagi muammolar haqida bevosita shu mamlakatda yashayotganlar aytmay uzoq-uzoqlarda yurganlar jar solyapti? Axir, deylik, Buxoroning chekka bir qishlog ida hayot aslida qanday ekanini Chikagoda turgan odam qanday bilishi mumkin? Masofadan turib, bu kabi ma lumotlarni topish, qayta ishlash va ommaga chiqarish qancha mablag, vaqt va kuch talab etadi. Bu faollar ana shu kuch mablag va vaqtlarini O zbekistonga kelib, aynan bir muammoni amaliy hal qilishga yordam berish uchun sarflasalar yaxshiroq bo lmasmidi? Ana shunda ular chindan ham bir nima o nglanishiga intilgan bo lardi. Gap shundaki, ularning maqsadi muammolarni rostan ham hal qilish emas. Ularga muammo hal bo lishi emas vaziyat yana ham og ir bo lishi kerak. Nega bunday deyotganimni bayon davomida tushunib olasiz.

82 Sergak turib baholasa, kamchilik qaysi davlatda yo q? AQSH benuqson yashayaptimi? Shaharlaridagi portlashlar va maktablaridagi tushib borayotgan ta lim sifati bilan-a? Rossiya bekam yashayaptimi? Ko chalarida odam o ldirib yurgan millatchi neofashistlari bilan-a? Afrika qanday yashayapti? Xitoyda muammolar yo qmi? Buyuk Britaniya ijtimoiy muammolari bilan buyukligini yo qotib bo lganiga qacnha bo ldi? Mana O zbekistonlik yosh yigit xalqaro grant sohibi bo lib, G arbga o qishga ketdi. Bordi, o qidi u yerda bizda yo q, uning uchun notanish va g aroyib bo lgan ko p narsalarni ko rdi. Biznikidan yaxshiroq emas biznikidan boshqacha hayot tarzini ko rdi. Shunda uning o qishi uchun pul to laganlar asta oldiga kelib Ho sh, ko rdingmi bizda hayot qanaqa to kis? dedi Bizning iqtisodimiz kuchli, xalqimiz keragidan ortiq to q, har narsada erkinmiz. Bizda inson qadrlanadi uning huquqlari hurmat qilinadi kabi gaplarni aytdi. Endi o z yurtinga qara. Sizlar ham bizga o xshab to g ri yashashingiz mumkin. Lekin mana bu muammolar bunga to sqinlik qilyapti. Mana sen ko p narsani o qib-o rganding endi ana shu bilimlar ni xalqing manfati yo lida ishlatish vaqti keldi Bu gaplar oddiy o zbek yigitida vatanparvarlik hissini uyg otdi (bu so zni bosh harf bilan yozmayman chunki bu haqiqiy Vatanparvarlik emas). Yigit mutlaqo to g ri ish qilayotganiga ishonib, Facebookda maxsus guruh ochdi. U orqali G arbda turib O zbekistondagilarga ular yashayotgan va qadriga yetayotgan mamlakatdagi muammolar haqida odilona xabar bera boshladi Albatta, chetga ilm izlab borayotgan hamma yoshlarimiz ham shunday ta sirlarga moyil emas. Shaxsan men qayerda yashasa ham o zligini yo qotmagan, ildizi qayerda ekanini unutmagan kuchli shaxslarni bilaman. Ularning hammasi ham o zbek emas lekin hammasi O zbekistonlik. Lekin men aytayotgan ta sir kuchlari ham anoyi emas ular juda kuchli psixologik usullardan foydalanadi. Hech o ylab ko rganmisiz nega bu kabi g alamis sahifalarni aynan o zbeklar olib boradi? Chunki o zbeklarga aynan o z millatdoshi gapirgan gaplar yaxshiroq yetib borishini ta sir kuchlar yaxshi biladi undan keyin, o zbekni o zbekdan ham yaxshi kim biladi? Iqtisod ommaning hayoti farovon bo lish-bo lmasligini belgilab beradigan kuch. Shuning uchun u siyosatdan ustun turishi, siyosat unga qarab olib borilishi nazarda tutilgan. Men buni o zim iqtisodchi bo lganim uchun aytmayapman iqtisodni ulug lash niyatim yo q. Undan keyin noto g ri tomonga yo naltirilganda iqtisod bunyodkor emas, vayronkor natijalarga olib kelishi mumkin. Men bugun muhokama qilayotgan masala ortida ham ana shunday vayronkor maqsadni ko zlagan iqtisod turibdi. Bozorda bir maxsulotni sotish uchun unga talab bo lish kerak. Agar talab bo lmasa yoki kam bo lsa uni yaratish va oshirish kerak. Buning birlamchi usuli targ ibot, hammamiz yaxshi biladigan reklama. Ammo ommaviy targ ib qilib bo lmaydigan maxsulotlar ham bor. Tasavvur qiling, televizorni yoqsangiz, unda reklama ketyapti: nomdor bir san atkor so nggi modadagi avtomat miltiqni tavsiya qilyapti Olganlar darmonda, olmaganlar armonda! Yangi K-9500! Soniyasiga 5 tadan o q otadi, ko zingizni yumib otsangiz ham, o zi mo ljalni topaveradi! Maxsulot sertifikatlangan. Shahar qurolxonalaridan so rang.

83 Aqlga sig maydi, to g rimi? Ana shunday birinchi usulda targ ib qilib bo lmaydigan maxsulotlar uchun ikkinchi usul bor. To g rida axir qurol-yarog ishlab chiqaruvchilarning ham oilasi bor ular ham bola-chaqasini boqishi kerak. Demak, bu maxsulot uchun ham bozorda talabni oshirish kerak Bugungi dunyo bu davlatlar manfatlari to qnashgan maydon emas. Davlatlar to qnashuvi XIX asrgacha yer talashib, XX asrda kuch bellashib o tib ketdi. XXI asr katta korporaciyalar to qnashgan davr. Bunda bitta davlatga sig may, xalqaro miqyosda o sib ketgan ajdarlar bir-biri bilan to qnashadi. U ajdarlarning ba zilariga o z maxsulotlarini odamlarga xotirjam sotish uchun, dunyoda tinchlik bo lishi kerak. Boshqalari uchun esa dunyoda doim tinchlik bo lishi kasodga uchrash degani, chunki ular tinchlikda kerak bo lmaydigan maxsulotlarni ishlab chiqaradi O ylaymanki, kim nimani ko zlab xatti-harakat qilayotganini endi o zingiz anglab olasiz. Bizda muammolar borligini tan olamiz kim kamchiliksiz yashayapman deya olardi. Lekin bular bizning muammolar o zbekning muammolari ham o ziniki. Uni chet el o g itida unibo sgan vatanparvar lar aytib ko rsatib bermasa ham o zimiz anglashga va hal qilishga qodirmiz. Bu kabi g alamis sahifalarga qarshi turishning bir samarali usuli ularni e tiborsiz qoldirish. Hammamiz ko rgan Merlin filmi so ngida malika Mebni yengish uchun odamlar undan shunchaki yuz o girishadi. Biz ham shunday qilaylik qaysi ijtimoiy tarmoqda bo lmasin, bu kabi foydasiz sahifa va guruhlardan yuz o giraylik. Endi eng boshida va da qilgan sergaklikning foydasi haqida aytaman. Sergaklik sizga tanlash erkinligini beradi. Agar siz kimdandir eshitgan yoki qayerdadir o qigan narsangizga ishonib ketaversangiz bunda siz nimaga ishonishni - nimani to g ri deb bilishni tanlamayapsiz, boshqalar siz uchun tanlab beryapti. Siz duch kelgan narsaga sergak qarasangiz siz vaziyatni odil baholashingiz, keyin sergak turib, bu narsaga ishonish yoki ishonmaslikni tanlashingiz mumkin. Ana shu tanlash erkinligidir. Ana shu erkin fikrlashdir. Boshqalar gapini aytib yuradiganlarda so z erkinligi bo lmaydi Yurtimizga va tinchligimizga ko z tegmasin.

84 38. Жамшид Холиқулов. Орол денгизининг қуриши секинлашмоқда (инфографика)

85 Твиттердаги фикрлар. Қадрли нарсаларни йўқотганимизда ўша нарсани қадри айниқаса илк кунларда ўрни максимал тарзда билиниб кетади. Борида табиий қабул қиламиз. Тарбия борасида яхши гап ўқигандим. "Инсонни хамма харакатларини фарзандларини келажаги учун қилаётганини уларга эслатиб туриш керак экан" Кузатишларимдан шу хулосага келдимки,аёл кишига қанчалик махфий сир айтсанг у шунчалик тез тарқалади. Аёл киши маълумот тарқатишни севади) Таъзияга борганда яқинларини йўқотган инсонларни ўзини тутишини кўриб ўйланиб қоламан. Улар ё ўта сабрли ё ўта беэътибор... Раҳбарлик,мансабни мазасидан кўра ташвиши кўп манимча.асаб,масъулият, оиладан йироқда,эгардан тушгандан к-н атрофдагиларни йўқотишни кўтариш Ўтган ишга ачинма дейишади, тўғри лекин баъзилари йиллаб алам билан туради. Уни унутиш учун вақт керак. Камтарлигам бойга ё амалдорга ёки машҳурларга ярашади. Оддий одам камтарлигини табиийлик бўлиб туюлувирса керак Фарзанди борлар яхши билишади агар ёш боласи бетоб бўлиб қолса, ота-она учун вақтинча хаётни шираси йўқолади. Хамма фарзандлар соғ бўлишсин! Хаётда ўгайлик, етимлик ва ногиронлик кабилар билан ўксиганлар шу нарсалар хақидаги фильм ёки суҳбатларда яраси яна янгиланса керак. Интернетда вақт тез ўтади,узоқ сафарда секин.тўйда тез ўтади, азада секин. Аслида хаммаси бир хил вақт, лекин кўп нарсани вазият хал қилади Тасаввур қилинг, қаттиқ уришиб қолган инсон билан ёнма ён ошда ёки шунга ўхшаган жойда бирга ўтириб қолишдан ёмони бўлмаса кере)

86 40. Зафар Арслонов. Когнитив тилшунослик ҳақида қисқача Ҳозирги кунда тилшуносликда "Когнитив лингвистика" фани жудаям урфга кирди. Бу фан замонавий тилшуносликда мустахкам ўрин эгаллаётган тилшуносликнинг энг долзарб йўналишлардан бири ҳисобланади. Бу фан мен учун жудаям қизиқарли бўлгани учун, илмий ишимни шу фандан олганман. Диссертациямнинг мавзуси "Инглиз ва ўзбек тилларида ранг концептосфераси репрезентациянинг лингво-когнитив аспекти". Энди мен Сизларга кўпгина профессорларнинг бу фан ҳақида фикрларини маълумот берсам. Когнитив сўзи инглизча cognize билмоқ, англамоқ, тушунмоқ дан олинган бўлиб, бу соҳа фақат фалсафадаги билиш назарияси билан чекланмай, балки тилни тафаккур (онг) билан боғлаб, унинг ҳосил бўлишидаги психологик, биологик ва нейрофизиологик жиҳатларнинг ижтимоий, маданий ва лисоний ҳодисалар билан узвий алоқасини чуқур илмий тадқиқ этади. Когнитив тилшунослик бу жиҳатдан психолингвистика, антрополингвистика, этнолингвистика, социолингвистика каби турли соҳалар билан боғланади. Ш.Сафаровнинг фикрича, когнитив тилшуносликнинг вазифаси тил ёрдамида билим олиш ва сақлаш, тилни амалда қўллаш ҳамда узатиш, умуман, тил тизими ва таркибини инсон миясидаги инъикоси сифатида тафаккур билан боғлаб, чуқур илмий тадқиқ этишдир. А.Абдуазизовнинг таъкидлашича, нутқнинг ҳосил бўлиши, узатилиши, хотирада онгли сақланиши каби мураккаб ҳодисаларнинг маркази мия нейронлари орқали амалга оширилади. Тилдаги турли бирликларнинг шакл ва мазмунини фарқлаб, турлича тушунча, концептлар, фреймлар ёрдамида миллий-маданий ва ижтимоий хусусиятларни ҳар бир халқ ёки этнос учун ўзига хослигини аниқлашда фонологик воситалар катта хизмат қилади. Инсон тили товушли, овозли бўлиб, у мазмунни ҳосил қилишда буюк аҳамиятга эгалигини когнитив фонетика ва фонологияда ўрганилиши сабабли уни когнитив тилшуносликнинг асосий таркибий қисми эканлигини эътироф этиш лозим. Инсоннинг кундалик воқеа-ҳодисаларга муносабати тилнинг когнитив назариясининг амалда қўлланиши билан узвий боғлиқдир. Зотан, биз йиллар давомида ҳосил бўлган ҳаёт тажрибамиз, билим ва кўникмаларимиз асосида воқеликдаги у ёки бу тарзда мавжуд бўлган нарса-предметлар, воқеалар, ҳодисалар ҳақида фикрлай оламиз ва ана шунга таянган ҳолда ўзаро сўзлашув жараёнида нутқимиз бекаму кўстлигига эришамиз. Маълумки, билиш фаолияти инсоннинг воқеликни бевосита сезиши, ҳис этиши билан бошланади. Сезги идроки тафаккурда воқеликнинг ушбу парчаси рамзининг шаклланиши учун замин тайёрлайди. Воқелик идроки жараёнида билиш фаолияти ижрочиси субъекти ва ушбу фаолият объектини ўзига хос ўзаро қарама-қаршилигига

87 асосланган субъект-объект муносабати юзага келади. Билиш фаолиятининг барча босқичлари худди шу муносабат асосида кечади. Ҳозирги замон тилшунослигида когнитив йўналиш лексик-семантик сатҳдаги таҳлиллар билан чамбарчас боғлиқ бўлиб, унга кўра тил умумий когнитив механизм бўлиши билан бирга, когнитив қурол тарзида ахборотнинг тақдимотини, код ёрдамида узатиш ва ўзгартириш вазифасини бажарувчи белгилар тизими ҳамдир. Когнитив тилшуносликда инсонга хос бўлган когнитив тузилма ва усуллар ёрдамида ахборотни тўла эгаллаб олиш механизмлари ўрганилади. Зеро, интенсивликни ифодаловчи сўзлар ҳам борлиқ ҳақидаги билим ва тасаввурларни ифода этишга хизмат қилади. Сўз маъносини англашда фақат унинг семантик тузилмасини билишимиз камлик қилади. Биз муайян тилда сўзлашувчи одамларнинг тафаккур хусусиятлари, фикрлаш тарзлари ва дунёни тил унсурлари ёрдамида билиш хусусиятларидан ҳам хабардор бўлишимиз лозим. Чунки мазкур вазифаларни сўзларнинг соф лингвистик таҳлилига юклаш қийин. Бу эса тил ҳодисасининг табиатини, моҳиятини чуқурроқ тушуниш учун унда сўзлашувчининг борлиқни билиши ва уни онгида пишириб, ўз тилида (нутқида) тингловчига бекам-кўст узатиши билан боғлиқ масалаларни ҳам тадқиқотларимиз кун тартибига қўйишни талаб қилмоқда. Маълумки, инсон моддий оламда яшар экан, у ўз атрофидаги борлиққа (нарсаҳодисаларга, ўсимлик ва ҳайвонларга) ўз муносабатини билдиради. Масалан, ҳайвонлар ва қушларга хос ижобий, салбий хусусиятлар инсонга, унинг турмуши, одоб-ахлоқи ва ҳолатига тил ёрдамида ўхшатилади, кўчирилади ёки метафоризация қилинади. Бу ҳолатлар образли бўлганлиги учун инсон ҳиссиётига кучли таъсир қилади ва унинг онгида муҳрланиб қолади. Бу тарздаги тил талқини масалага когнитив аспектда ёндашувни акс эттиради. Профессор Д.Ашурова ўз мақоласида когнитив тилшуносликнинг мақсад ва вазифалари, ўз ечимини кутаётган долзарб масалаларни кўрсатиб ўтади. Жумладан, ҳозирги даврда шаклланиб бораётган когнитив тилшуносликнинг когнитив фонология, когнитив грамматика, когнитив лексикология, когнитив семантика каби янги йўналишлари вужудга келганлиги таъкидланади. Когнитив ёндашув асосида сўз туркумлари, тил бирликларининг категорияларга бўлиниши ва концептуализациялашуви, тил ва дунёни билиш каби тушунчалар янгича талқинларга эга бўлади. Когнитив тилшуносликнинг асосий тушунчалари тизимидан фрейм, сценарий, скрипт, категориялаштириш, концепт, концептуализация, когнитив структура, когнитив метафора кабилар ўрин олмоқда. Мазкур йўналишнинг асосий тадқиқ методларига фреймлар асосида таҳлил қилиш, моделлаштириш (когнитив харитасини яратиш), концептуал таҳлил сингарилар киради. Юқоридагилар билан бир қаторда яна шуни ҳам таъкидлаш лозимки, бугунги тилшунослигимизда фрейм, скрипт, сценарий, гештальт каби оралиқ тил бирликларини

88 ўрганишга эътибор ортиб бормоқда. Бунинг асосий сабаби когнитив тилшунослик муаммоларининг тадқиқотларимиз мундарижасидан ўзига муносиб ўрин олганлигидадир. Когнитив тилшуносликнинг таянч тушунчаларидан бири бу концептдир. Бу атама ХХ асрнинг 90 йилларига келиб кенг қўлланила бошлади. Концепт сўзи аслида лотинча conceptus бўлиб, тушунча маъносини ифодалайди. Ҳозир ҳам кўпинча концепт терминидан тушунча сўзининг синоними сифатида фойдаланилмоқда. Шунингдек, концепт термини математик логика, маданиятшунослик, психология каби фанларда ҳам фаол қўлланилмоқда. Е.С.Кубрякова таъкидлаганидек, концепт термини тафаккур, англаш, маълумотларни сақлаш ва қайта ишлаш каби муаммолар билан шуғулланувчи когнитив психология ҳамда когнитив тилшунослик, лингвокультурология фанлари учун соябон вазифасини ўтайди. Тил инсон онгида концептни ифодаловчи ва шакллантирувчи воситалардан биридир. Концепт инсон ақлий дунёсидаги маданиятнинг асосий ячейкасидир. Концептлар инсон онгида нафақат сўзнинг луғавий маънолари асосида, балки шахсий ҳамда бутун бир халқнинг маданий-тарихий тажрибасидан келиб чиқиб пайдо бўлади. Тажриба қанча бой бўлса, концептнинг чегараси шунчалик кенг бўлади. Айнан шундай ҳолатда концепт ўзини ҳар томонлама намоён эта олади. Зотан, концепт дунёни билиш ва у ҳақда ўз тасаввурига эга бўлиш демакдир Интенсивликнинг концептуализациялашуви тил жараёни бўлиб, унда тил бирликлари маъно жиҳатдан қайта ишланади. Интенсификатор ҳам сўзга нисбатан қўлланади, натижада ўша сўзнинг концептига алоқадор бўлади. Концептлар халқнинг онгида жамоа мероси сифатида, унинг маънавий мулки, маданияти сифатида намоён бўлади. Айнан жамоа онги (фикри) концептнинг яшовчанлигини таъминловчи муҳим воситалардан бири саналади. Оддий тушунча ва концепт ўзининг фарқли ҳамда ўхшаш томонларига эга. Тушунча моддий борлиқдаги нарса-ҳодисаларнинг энг муҳим белгиларини ифодаласа, концепт уларнинг юзаки (ўта муҳим бўлмаган) томонларини ҳам ифодалай олади. Тушунча сўз орқали ифодаланади. Лекин тушунча ва сўз айнан бир нарса эмас. Тушунча бирор бир синфга кирувчи предметларни умумлаштириш ва бу предметнинг умумий ва фарқловчи белгилари мажмуаси асосида шаклланади. Бир умумий тушунча турли тилларда турли сўзлар орқали ифодаланади. Масалан, инглиз тилида water, немис тилида wasser, ўзбек тилида сув, рус тилида водакаби. Ушбу мисоллар сўз маъноси ва тушунчанинг бир-бири билан зич алоқада эканлигини кўрсатади. Шу сабабли турли миллатлар тилларидаги сўзлар ўз маъносига кўра бир-бирига қисман ёки айнан мос келиши мумкин. Шунингдек, сўз тушунчанинг ифодаловчиси ҳисобланади ва шу асосда бир тилдан иккинчи тилга таржима қилиш имконияти туғилади. Баъзи олимлар тушунча ва сўз маъносининг бирбирига мос келишини таъкидлайдилар ҳамда шу асосда тушунча ва сўз маъносини моҳиятан бир нарса деб қарайдила. Бу масала мунозаралигича қолмоқда. Тушунча ва сўз

89 маъносининг бирлиги нимада кўринади, деган савол туғилиши мумкин. Ҳар иккаласи ҳам бир хил предмет ёки ҳодисани ифодалайди, умумлаштиради. Бу тарзда уларни бирбиридан ажратиб бўлмайди. Тушунча сўз ва унинг маъносисиз мавжуд бўлмайди ва, аксинча, сўз тушунчанинг, фикрнинг ифодаловчиси ҳисобланади. Сўз маъноси тил категорияси, тушунча эса тафаккур категорияси бўлиши сабабли улар бир-биридан фарқ қилади. Маълумки, тафаккур қонунлари объектив олам билан боғлиқ. Тушунча мазмуни миллатга боғлиқ эмас, у умуминсоний характерга эга.шунинг учун ҳам турли миллат вакиллари бир-бирларини осон тушунади, фикр алмаша олади.сўз эса миллий характерга эга бўлиб, мазкур халқ тилининг ўзига ҳос қонун-қоидалари асосида шаклланади.шу боис ҳам бир сўзнинг маъноси бошқа тилдаги сўз маъноси билан ҳар доим ҳам мос келавермайди. Б.Исмоилов ўз тадқиқотида рус тилидаги стол тушунчаси инглиз ва рус кишиси учун бир хил бўлса-да, уни лексик маъносига кўра инглиз тилидаги table сўзи билан бир хил маънода қўллаб бўлмаслигини тўғри таъкидлайди. Луғавий маъносига кўра концепт ва тушунча бир-бирига умуман яқин, лекин концепт тушунчага нисбатан кенг кўламга эга. Масалан стол сўзининг маъносини тушунтиришда биз тўрт оёқли, уст қисми силлиқ, ёзиш ёки овқатланиш учун фойдаланиладиган мебел тури деб изоҳлаймиз. Тушунчада столнинг энг муҳим томонлари акс этади, холос. Концепт лингвистик категория сифатида тушунча категориясини тил тизимида намоён этувчисидир. Академик И.И.Мешчанинов тушунча категориясига ойдинлик киритади. Унинг фикрича, тилда ифодаланаётган ҳар қандай нарсани тушунча категорияси деб бўлмайди. Тушунча категориялари тилнинг турли сатҳларида, турли воситалар орқали ифодаланиш имкониятига эга бўлган тушунчалардир. И.И.Мешчаниновнинг тушунча категорияси ғояси асосида кейинчалик тилшуносликда мазмуний майдон, функционал-семантик майдон, парадигматик ёки синтагматик майдон, лексик-семантик майдон, лексик-семантик гуруҳ, микромайдон, макромайдон каби тушунчалар вужудга келди. Концепт тил воситалари, лексик-семантик парадигмалар орқали намоён бўлади, яъни концептнинг умумий мазмунини бир марказга бирлашган семантик майдон ҳосил қилувчи лексик бирликлар ташкил этади. Бу майдонга кирувчи лексик бирликлар маъносига кўра бир-бири билан узвий алоқада бўлади. Хуллас, концепттушунчаси ўзида мантиқшунослик, психология, тилшунослик ва билиш назарияси фанларининг ўзаро боғлиқлиги, ҳамкорлигини акс эттиради. Аниқроғи, концепт кўп қиррали, интегратив, яъни логик лингвистик гносеологик термин ҳамдир. Концепт тафаккур бирлиги ҳисобланиб, унинг асосида тушунча, маъно ва образ ётади ҳамда у билим умумлашмаси ёки кванти деб аталади. Уюксак даражадаги мазмуний умумийликка эга.

90 41. Zahiriddin Muhammad Bobur. Йил ҳайратлари! 2013 йил сарҳисоби Мана, 2013 йилни ҳам кузатиб қўйяпмиз. Аввало, барча футбол ишқибозларини Янги йил билан чин қалбдан муборакбод этамиз. Янги йил учун аталган лойиҳамизнинг махсус сонини эътиборингизга ҳавола қиламиз. Бу ҳақиқатан ҳам Йил ҳайрати дир! Бу сонда 2013 йилни ойма-ой сарҳисоб қиламиз, асосий воқеаларни эслаб ўтамиз. Аввалига жаҳон футболи, кейин ўзбек футболи ҳақида гаплашамиз. Умар Момани чизган расмлар эса сизларга Янги йил совғаси. Демак, бошидан бошлаймиз. ЯНВАРЬ Жаҳон футболи: тўртинчи Олтин тўп Январь ойида ҳар йили Олтин тўп мукофотини топшириш маросими ўтказилади йилда ушбу мукофотни Лионель Месси қўлга киритди ва бу унинг тўртинчи Олтин тўп идир. Шунингдек, бу ойда Челси нинг Эден Азар деб аталмиш футболчиси ўйин пайтида коптокни олиб берувчи болани тепгани билан ҳам эсда қолди. Оёғига эмас, орқасига эмас, нақд қорнига тепди-я! Январдаги эл-класико да Рафаэль Варан ажойиб тарзда гол киритди ва янги иқтидор пайдо бўлаётганини билдириб қўйди. Ўзбек футболи: Қосимов ва Усмоновнинг орзуси Миллий терма жамоамиз бош мураббийи Миржалол Қосимов ой бошидаёқ интервью бериб, 2013 йил омадли келишини тилади. Ундан кейин ЎФФ президенти Мираброр Усмонов Ўзбекистон футболининг янги тарихи ёзилиш арафасида дея интервью берди. Чучварани хом санаганини эса кейин билди. ФЕВРАЛЬ Жаҳон футболи: ЕЧЛдаги ҳайратларнинг бошланиши Февралда Нигерия терма жамоаси Африка миллатлар кубогида мутлақ ғолибликни қўлга киритди. Қолаверса, Европа чемпионлар лигаси нимчорак финал дастлабки ўйинларига старт берилди. Кутилмаганидек, Барселона сафарда Милан га мағлуб бўлди. Реал Мадрид ва МЮ ўйинида муроса кўчаси танланди.

91 Ўзбек футболи: ҳаммаси шу ердан бошланди Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳрида Ўзбекистон ҳамда Озарбойжон терма жамоалари ўртасида ўртоқлик учрашуви ўтказилди ва дарвозаларга гол киритилмади. Балки назорат ўйини учун бу натижа бўлар, лекин бу бошланиши эканини ўшанда ҳеч ким билмасди. МАРТ Жаҳон футболи: Жунайд Чақир ва Барселона дан суперҳайрат Европа чемпионлар лигаси нимчорак финал жавоб учрашувлари доирасида кутилмаган натижалар қайд этилди. Аввалига Барса Милан ни тор-мор этди, Реал Мадрид Олд Траффорд да МЮ ни таслим этди. Жунайд Чақирнинг сеҳрли ҳуштаги ни ҳеч ким унутмади ҳали. Бу орада Бавария кучайиб бораётганига ҳеч ким эътибор бермаганди. Ўзбек футболи: томошабин учун жудаям кичик ҳисоб Ўзбекистон терма жамоаси Бунёдкор стадионида ЖЧ-2014 саралаши доирасида Ливанни қабул қилди ва кичик ҳисобда ғалаба қозонди. Ҳар ҳолда ютди-ку... Бу орада Забиҳилло Ўринбоев деган футболчимиз Наполи кўригидан ўтиб келди. Шунчаки ўтиб келди. Фойдаси бўлмади. АПРЕЛЬ Жаҳон футболи: Барса ва Реал нинг янчилиши Ҳозирги кунда сермаҳсуллиги билан ажралиб турган Луис Суарес бир пайтлар тишлашни ҳам жойига қўйган. Челси ҳимоячиси Бранислав Ивановични тишлаб олгани анча шов-шув бўлганди. Европа чемпионлар лигаси ярим финал баҳсларида испан жамоаларига қарши немис жамоалари майдонга тушишди. Барселона умумий ҳисобда 0:7, Реал 3:4 ҳисобида мағлуб бўлди. Финалга иккита немис жамоаси йўл олди. Ўзбек футболи: Жимжитлик... МАЙ Жаҳон футболи: кетганлар ва чемпионлар

92 Уиган Манчестер Сити ни ютиб, Англия кубогини қўлга киритди ва Манчинига жавоб берилди. Жейми Каррагер фаолиятини якунлади, Дэвид Бекхем хайрлашув учрашувини ўтказди. Сэр Алекс Фергюсон ҳам истеъфога чиқиб, ўрнига Дэвид Мойесни қўйиб кетди. Манчестер Юнайтед (Англия), Барселона (Испания), Ювентус (Италия), ПСЖ (Франция), Бавария (Германия), Порту (Португалия) ўз миллий чемпионатларида чемпион бўлишди. Европа лигасида Челси, Европа чемпионлар лигасида эса Бавария ғалаба қозонди. Ўзбек футболи: Жимжитлик давом этади... ИЮНЬ Жаҳон футболи: Неймар аталмиш юлдуз саҳнага чиқди Бу ойда Бразилияда Конфедерациялар кубоги бўлиб ўтди. Унинг финалида Неймар ўз терма жамоаси ғалабасига катта ҳисса қўшди. Ўзбек футболи: музқаймоқхўрлик орзулигича қолди Жанубий Кореяга қарши ўйиндаги мағлубиятни эслашга ҳожат йўқ. Лекин футбол ишқибозлари томонидан Ҳожибой Тожибоев расми ва иборалари туширилган футболкалар ишлаб чиқарилгани ҳайратланарли бўлди. ИЮЛЬ Жаҳон футболи: Боруссия ўчини олди Дортмунднинг Боруссия жамоаси Европа чемпионлар лигасидаги мағлубият ўчини олди, дейиш мумкин. Германия кубоги финалида Бавария ни таслим қилди. Ўзбек футболи: Ўзбекистон Туркия хаёлий ўйини Шу ойдан бошлаб Ўзбекистон терма жамоаси Туркия билан августда ўртоқлик учрашувини ўтказиши ҳақида хабарлар тарқалди. Ҳатто унга тайинланган ҳакамлар ҳам эълон қилинди, стадион аниқланди ( Пахтакор ), Туркия таркиби маълум қилинди. Лекин... Бу ёғи кейинги ойда... АВГУСТ Жаҳон футболи: Гвардиоланинг Моуриньога аталган почини

93 Пеп Гвардиола қўлостида ҳаракат қила бошлаган Бавария УЕФА суперкубоги учун баҳсда Моуриньо бошчилигидаги Челси ни мағлуб этди. Шунингдек, Франк Рибери УЕФАнинг энг яхши футболчиси деб топилди. Ўзбек футболи: Ўзбекистон Туркия хаёлий ўйини-2 Пахтакор стадионида бўлиб ўтиши кутилаётган Туркияга қарши ўртоқлик ўйинини барча кутарди, ҳатто туркияликлар ҳам. Лекин Ўзбекистон Туркия ўйини ЎФФ ташаббусига асосан 3 август куни бекор қилинган ига нима дейсиз? Бандан ташқари, Асқар Толибжонов деган одам Твиттерга адашиб кириб қолгани ва у ерда бир кун ҳам яшолмаслигини билиб, аккаунтини ўчириб ташлаганини ҳам эслаб ўтайлик. СЕНТЯБРЬ Жаҳон футболи: энг қиммат футболчи ва МЮ га урилган 4та гол Реал таркибига қўшилган Гарет Бейл футбол тарихидаги энг қиммат футболчига айланди. Месут Ўзил эса трансфернинг сўнгги сонияларида тўпчи га айланди. Англия чемпионати доирасидаги Манчестер дербисида Юнайтед ўз дарвозасидан 4та гол ўтказди ва бу бошланиши эди. Ўзбек футболи: трагедия ва трагедия! Ўзбек ишқибозларининг азалий ва асосий орзуси амалга ошмади. Бу трагедия! Сафардаги 1:1 фойдадир, лекин уйдаги бу ҳисоб трагедия. Бундан ташқари, пенальтилар сериясидаги трагедия ҳам юракларни ўртаб юборди. 9:10 ҳисоби бу трагедия! ОКТЯБРЬ Жаҳон футболи: Блаттер Месси мухлиси Эл-класико да Алексис Санчеснинг голи Барселона га омад келтирди. ФИФА президенти Зепп Блаттер бир каналда интервью бера туриб, сирини бериб қўйди: Менга Роналду ҳам, Месси ҳам ёқади. Лекин мен Месси мухлисиман. Ўзбек футболи: янги эртак нинг бошланиши Миржалол Қосимов терма жамоа постидан кетмади. Кетмагани ҳам яхшиликкадир. Осиё кубоги-2015 учун янги қадамлар ташланди, таркиб ҳам бир қадар янгиланди. Вьетнам ва Гонконг таслим этилди, ОК-2015 йўлланмаси қўлга киритилди.

94 НОЯБРЬ Жаҳон футболи: Иброҳимович Роналду 2:3 ЖЧ-2014 плей-офф ўйинида Швеция ва Португалия ўртасидаги баҳс Златан ва Криштиану жангига айланиб кетди. Якунда эса Златан дублига Роналду хет-трик билан жавоб берди ва ЖЧ-2014 Златансиз ўтадиган бўлди. Ўзбек футболи: Австралия-2015 Тошкентда нурсиз дуранг қайд этилганига қарамасдан, сафарда сўнгги дақиқаларда Австралия йўлланмаси қўлга киритилди. ДЕКАБРЬ Жаҳон футболи: кутилмаган ҳайратлар Аввало, жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўлим гуруҳлари талайгина топилади. Қолаверса, Наполи ва Ювентус ЕЧЛдаги юришини тўхтатди. ЕЧЛ қуръасида эса Манчестер Сити Барселона, Бавария Арсенал каби финал олди финалларга гувоҳ бўламиз. Бундан ташқари, грандларни хафа қилишда давом этаётган гранд МС Арсенал дарвозасига ҳам 6та гол киритди. Ўзбек футболи: Денисов энг яхши футболчи 23 декабрь, душанба куни Зарафшон кино-концерт залида Ўзбекистон Футбол Федерациясининг йил якунларига ва 2013 йил лауреатларини тақдирлашига бағишланган тантанали маросими бўлиб ўтди. Унда Виталий Денисов йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди. Дилшод Нуралиев ва Аҳмаджон Мусаевга биттадан Малибу берилди. Бундан ташқари, Аббос Махсталиев Ўзбекистон ифтихори фахрий унвони, Игорь Сергеев Ўзбекистон белгиси кўкрак нишони билан тақдирланди. Мана, Йил ҳайратлари ҳам 2013 йил каби тугади йилда барчамизга омад ва бахт кулиб боқсин. Соғликда кўришгунча!

95 42. Зокирбек Уринов. Йўқотганларимиз ва топганларимиз Совет Иттифоқ ўлкасининг ҳар бир бурчагида учратиш мумкин бўлган колхоз ва совхоз деган аҳоли яшаш пунктларидан бўламан сўрасангиз. Оддий бир совхозда: кинотеатр, маданият саройи, ҳаммом, 3 та болалар боғчаси, бир ўрис тилли ва бир ўзбек тилли мактаб ҳамда техникум бўларди. Совхоз асосан қишлоқ хўжалигига ихтисослашган бўлса ҳам у ердаги шароитлар унча мунча шаҳарлардан кам бўлмасди. Ҳар бир хонадонга кирган марказий отопление, иссиқ совуқ сув, канализация, узлуксиз газ ва свет. Шундай вақтлар бўлганки, гугурт сотиб олишга эриниб оловни йўқотиб қўймаслик учун газ кечаю кундуз бемақсад ёниб ётарди. Унинг мақсади ўчиб қолмаслик, ўчиб қолса уй эгаси гугурт топиш учун ҳаракат қилишга мажбур бўлади. Нақадар дангаса қилиб қўйган экана бу шароитлар бизни. Далада ишлашни истамаган одамлар, совхоздаги пахта заводида, басоножка ва тўр сетка ишлаб чиқарувчи корхона, чорва фермаси, ем корхонаси ёки озиқ овқат сақлашга мўлжалланган катталиги стадиондай келадиган омборларда ишлаши мумкин эди. Бундан ташқари ЦРМ, иккиталаб гараж деган жойлар ҳам бўлардики, техникани озроқ тушунсангиз бас. Қишлоқ хўжалигидаги экинларнинг ранг баранглигини айтмайсизми. Бир карта узумзор, бир карта олхўри ва олмазор. Бир картага бир йил пахта экилса келаси йил ерга дам бериш мақсадида беда, маккажўхори каби экин экилади. Тиниб тинчимас корейслар эрта баҳордан пленка остига тарвуз ва пиёз экишарди. Юқори кўрсатилган жойларнинг бирортасида ҳам ишлашни истамасанг марҳамат қилиб уйда мол боқ. Ем хашак истаганингча, сув деган муаммо йўқ. Ўша пайтдаги молларни айтмайсизми, семизлигидан усти теп текис бўлиб юрарди, фермадаги зотдор моллар эса бутун совхоз қолиб туманни ҳам сут ва қаймоқ билан таъминларди. Ҳозир бу нарсаларни ёшларга айтсанг, эртак тўқиманг деб ишонмайди.

96 Мафкурачи дўстим эса, буларнинг ҳаммаси ниманинг эвазига бўлганини биласизми. Топган бойлигимизни Москва ташиб кетган, зиёлиларимизни, амалдорларимизни қатағон қилган, дейди. Йўқотганларимиз Аввало совхоз, колхоз, молхоз деган номларни йўқотдик. Ширкат хўжалиги. Жамоа хўжалиги деган номлар пайдо бўлди. Совхоз ўзи билан бирга кўп нарсани олиб кетиб қолди. Ўрис тилли мактаб ўзбекчага айланди, энди Россияга кетаётган битирувчиларимиз тил билмай қийналаяпти. Учта боғчанинг иккитаси, техникум ва ҳаммом уй қилиб берилди. Клуб эчки боқиладиган жой бўлди. Тўр сетка ишлаб чиқарувчи корхона ва озиқ овқат омборининг пиши ғиштларини билан бетонларини одамлар ташиб кетди. Отопления ишламай, занг босган батареялари кимнингдир уйида зинага кимнингдир уйида яна бир жиҳозга айланди. Уй ичидаги ванналар эса молга ем тайёрлайдиган идишга айлантирилди. Қувурлардан газ ва сув келмай қўйди. Свет истаса йўқлаб истамаса йўқламай қўйди. Ўзинг учун ўл етим, Ўз уйингни ўзинг таъминла, деган шиорлар мода бўлди. Ўрислар кўчиб кетди, кўчиб кетса ҳам майли ортидан маҳаллий халқнинг 40 фоизини эргаштириб кетди. Бир вақтлар колхозда обрўли механизатор бўлган Қўлдош акани бугун Россияда дабдабали қилиб гастарбайтер деб иззат қилишади. Қолганлари ва топганларимиз Завод бир амаллаб қолди. Ичига кирсангиз гўёки 41 йилдан қолган аппаратларга ўхшайди. Лекин механикларга раҳмат, эплаб сеплаб ишлатиб туришибди. Шўри кўтарилган ер қолди. Энди бу ерларга 100 гектарлаб беда ёки маккажўхори экилмайди. Олхўри ва узумзорларни кўрмайсиз. Бу ерларга юртнинг ғалла мустақиллигини таъминлаш учун Россия ва Қозоғистонда молига ем қилиб берадиган буғдой навлари ва ўзимизнинг оқ олтин пахта экилади.

97 Шунинг учун ҳам энди мол боқиш ҳам муаммо бўлиб қолди. Чунки ҳашак йўқ. Далада ишловчи олдинги бригадир, звеновод, директорнинг ҳаммаси бугунга келиб мустақил фермерга айланди. Аввалига ҳукумат кучли жамиятдан кучли давлатга деган шиорни олиб фермерларга ерни бўлиб берди ва пахтани истаган одамингга сот деди. Шу десангиз, фермерлар қутириб кетдику. Тагида қўшша қўшша машина, трактор, истаган одамини ишга олади, истамаганини йўқ. Менсимай кетди. Кейин ҳукумат шиорини кучли давлатдан кучлироқ давлатга дея ўзгартирди. Фермерларга қоғозда ерни қолдирди, лекин амалда орқасидаги иштонини ҳам тортиб олди. Қулодорлик давлатига ўтиб кетишимизга сал қолди. Шундай бўлса ҳам фемерларимизга мустақил деган тамға босилаверади. Шу қадар мустақилки, истаса текинга тепки еб ҳам ишлайверади. Истамаса Россияга қочиб кетади. Танлов бор. Айтмасак номардлик бўлади, 3 йилдан бери фермерларга даланинг бир чекасига кўчат экиб боғ қилишга руҳсат беришди. Тез орада болаларнинг оғзи мевага тегиб қолади. Фермернинг қўлида ишловчиларга бироз қийин. 9 ойлик меҳнат ҳаққи, бир тонна буғдой, боғнинг орасидан 20 сотих ер. Тамом. Топганларимиздан энг муҳими бу, совхознинг марказидаги бинони эгаллаган, Милиция таянч пункти бўлди. Энди ҳар бир совхознинг 2-3 та ўз мелисаси бор. Бу ходимлар тартибни сақлаши билан бирга, совхозда пайдо бўла бошлаган тадбиркорлар бўрзилашиб кетмаслиги учун ўлпон олиб попугини пасайтириб туради. Тенглик, адолат бўлиши керак. Олдин бироз дангаса, боқиманда одамларга эга бўлган бўлсак, энди анча пишиқ ва мослашувчан одамларимиз бор. Ёмғирдан сўнг ўсадиган қўзиқоринлардек, тегирмонлар кўпайиб кетди. Аввалига дўконнинг оппоқ ва ширин унига ўрганган одамларга тегирмон уни бироз аччиқлик қилди. Нечего, кейин ҳамма кўникди.

98 Орриқлигидан бир тепсанг йиқилиб кетаман деган сигирларимиз пайдо бўлди. Улар ҳам мослашди. Олдин кўк беда ва силос еб ҳеч кимни менсимай қўйган бу моллар, энди мусор бўлса ҳам титиб еб кетаверади. Яшаб қолиш керак. Эплаган одам коммерсант бўлди. Дўкон шунчалар кўпайиб кетдики, охири туман ҳокимияти бир қисмини турли баҳоналар билан ёпиб бироз тартибга келтириб қўйди. Эгалари нима бўлди дейсизми. Нима қиларди, эл қатори Россияга кетди. Кейин ҳудди коммерсантларга ўхшаб таксичилар кўпайди. Вей, запарожецда ҳам таксичилик қилса бўларкан. Бошида москвич, запарожец, жигулилар хўжайинлик қиларди. Энди ўзимизда чиқадиган нексия, тико, матизлар эгаллашган. Ҳукумат қонун чиқариб уларни ҳам йўқотмоқчи бўлди. Ҳамманг сариққа бўяб, мошинани ширкат номига хатлаб берасан, кейин киракашлик қиласан деди. Мослашувчан одамлар бунга ҳам кўнди. Кейин нимадир бўлди. Балки тепадагилар пулни бўлишолмадими, ишқилиб сариқ машинани талаб қилмай қўйишди. Яна эски тосга қайтдик. Газсиз, ичимлик сувисиз ва светсиз ҳам яшаса бўларканей. Мослашсангиз бўлди. Элга келган тўйда, ҳамма шундай юрибдику, деган фикр мияга ўрнашади ва қарабсизки олам гулистон. Қарая шунча нарсани йўқотибмиз, десам совхоздаги жўрам, Буни 20 асрдан ўрта асрларга қайтиш дейилади. Бунча нарсани йўқотиш учун ҳам санъат керак, деб катталарни мақтаб қўяди. Сиз яшаб турган жойда нималар йўқотилиб, нималар топилди?

99 43. Зоҳид Акрамов. Трансфер ойнаси очилиши олдидан тарқалаётган мишмишлар Январь ойи яқинлашгани сари жамоаларнинг ўйинчи харид қилиши ҳақида мишмишлар авж олмоқда. Ван Персининг Барса га ўтиши, Челси эса ҳамон Рунидан увидвор экани ҳақида кўп хабарлар эшитяпмиз. Манчестер Юнайтед Мавсумда анти-рекордларни янгилашга улгурган Девид Мойес, жамоани тубдан ўзгартириш нияти борга ўхшайди. Бош мураббий Интер ярим ҳимоячиси Фреди Гуаринга қизиқиш билдирган ҳамда ўйинчи учун 15 млн. фунт стерлинг тўлаши мумкинлиги ҳақида хабар тарқалган. Атлетико Мадрид аъзоси Коке ҳам МЮ мураббийида қизиқиш ўйғотди. Девид Мойес ўйинчининг майдондаги ҳаракатини кузатиш мақсадида Vicente Calderon Stadium га ташриф буюрган. Мойеснинг скаутлари Европа қитъаси бўйлаб ўйинчи излаш билан овора. Спортинг ярим ҳимоячиси Вильям Карвальо ҳам Мойеснинг янги ўйинчилар рўйхатидан жой олган. Барселона Робин ван Персини ўзига жалб қилаётган Барселона, 30 ёшли ҳужумчи учун 46 млн. евродан кечишга тайёр. Аммо ҳужумчиларга бой каталонияликларга яна бир ҳужумчи нима учун кераклигини фақатгина бош мураббий билса керак. Англия Премьер-лигаси ўйинчиларига қизиқишда давом этаётган Барса, Давид Луизни сотиб олиш учун, январь ойида Челси билан музокаралар олиб боради. Давид Луизнинг Камп Ноу га ташрифи учун 35 млн. евро ажратиб қўйилган. Челси Челси бош мураббийи Жозе Мауриньо МЮ ҳужумчиси Уэйн Рунини сотиб олиш истаги йўқолмаганини билдирди. Ушбу келишув ёзги трансферда амалга ошиши кутилмоқда.

100 U-20 жаҳон чемпиони Франция терма жамоаси ҳимоячиси Курт Зумани бир неча жамоа кўз остига олган. Челси раҳбарияти ўйинчи учун 15 млн. евро тўлашга рози. Жозе Мауриньо Шальке-04 ўйинчиси Жулиан Дракслерни, Челси сафидаги Кевин Де Брюинга алмашиши мумкинлигини айтиб ўтган. Арсенал Арсен Венгер ҳам касбдошларидан қолишмаган ҳолда бир нечта ўйинчига қизиқиш билдираётир. Мураббий, ҳужум чизиғини кучайтириш мақсадида, январь ойида, Реал Сосьедад ўйинчиси Антони Гризманни Emirates стадионида кўриш истаги борлигини яширмади ва ўйинчи учун нақд 20 млн. фунт стерлинг ажратишга тайёрлигини айтиб ўтди. Юқорида таъкидланганидек, Курт Зумага қизиқиш билдираётган жамоалар талайгина. Арсенал ва Монако ҳам шулар жумласидандир. Арсенал ва Ливерпуль порлаётган ёш ўйинчи Хакан Калоглуни Гамбург дан ўз сафига қўшиш учун ўзаро рақобатлашмоқда. Реал Мадрид Гарет Бэйлни ўз сафига қўшиб олган Реал бу сафарги трансферда фаоллигини бироз сусайтирадиган кўринади. Карло Анчелотти Реал ярим ҳимоячиси Хаби Алонсо билан шартномани узайтириши Рождество байрамига энг яхши совға бўлишини таъкидлади. Ушбу келишувлар амалга ошадими, йўқми буни биз трансфер ойнаси сўнггида билиб оламиз.

101 44. Зухра Халилова. Ахборот хуружи ёхуд Билайн ва Вацап уруши Ахборот уруши фақат сиёсий тусда намоён бўлади, десак бироз адашган бўламиз. Баъзи ташкилот ва компанияларнинг бир-бирининг оёғидан чалиш ниятида амалга оширган хатти-ҳаракатлари ҳам ахборий жанглар кўринишида намоён бўлмоқда. Ўтган йилнинг октябр ойларида Bilayn компанияси ҳақидаги WhatsApp ижтимоий сўзлашувлар маконида тарқалган хабарлар минглаб ўзбекистонликларнинг Ucell компанияси офисларида янги рақам олиш учун навбат кутишга мажбур қилди. Хабар кўринишидан ишончли ва расмий тасдиқлангандек бўлса-да, аслида, қонунчиликни яхши билган киши учун бу ғайритабиий ҳол ножоиз харри-ҳаракат бўлиши аниқ. Илова сифатида WhatsApp да тарқалган хабарни келтирамиз: Ўзбекистон алоқа ва ахборот агентлигининг 19-Л 2013 йил 24 октябрдаги қарорига биноан UNITEL МЧЖнинг Билайн номи билан фаолият олиб борувчи алоқа операторининг МЧЖ шаклидаги лицензияси бекор қилинади. Хабарда таъкидланишича, Ўзбекистон Республикасининг Алоҳида фаолиятлар шаклини лицензиялаш қонунининг 22-моддаси қўпол тарзда бузилган. Шу боис 2013 йил 26 октябри соат да компания алоқа хизматини тўхтатади қамда 15 иш кун мобайнида йилда берилган АА серияли лицензия бекор қилинади. Бу хабардаги хатоликлар биринчи гапдаёқ кўзга яққол ташланади. Яъни, Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги ҳозирда Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат қўмитаси деб номланади. Хабарнинг қолган қисмлари, хусусан, лицензия рақами, қонундаги моддаларни кўрсатишда жуда қўпол хатоликларга йўл қўйилган. Мазкур хабар Bilayn абоненти бўлган ўзбекистонлик WhatsApp фойдаланувчиларини эсанкиратиб қўйди ва натижада, Ucell нинг дилерлик офислари олдида турнақатор навбатлар пайдо бўлди. Ахир айтишадику, оғзи куйган қатиқни ҳам пуфлаб ичади, деб (МТС воқеаси ёдга тушади ) Ушбу хабар тарқалган кундан икки кун ўтиб баъзи ОАВ, айниқса, электрон нашрлар орқали Билайн WhatsApp даги хабарни рад этади қабилидаги янгиликлар пайдо бўлди. Айниқса, мезон.уз интернет нашрида Беелине нинг лицензияси бекор қилинганлиги ҳақидаги хабар асоссиз бўлиб чиқди, Билайн қақидаги иғво эгаси албатта аниқланади, Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат қўмитасининг расмий баёноти, Beeline спам хужум, WhatsApp ва текширувлар ҳақида сарлавҳали бир қанча хабар ва мақолалар эълон қилинди. Алоқа, ахборотлаштириш ва

102 телекоммуникация технологиялари давлат қўмитаси ҳам ўз расмий сайтида билайн ёпилиши асоссиз эканини ёзди. Билайн компаниясининг расмий сайти эса уч кун жим турди. Компания офисларига борган ё операторлик хизматига қўнғироқ қилган абонентларнинг Билайн ёпиладими? деган саволлари кўпайиб боргач, компаниянинг расмий сайтида буни инкор этувчи расмий огоҳлантирув хабари эълон қилинди ҳамда барча абонентларнинг мобил телефонларига СМС тарзида юборилди: Ҳурматли абонент! Bilayn огоҳлантиради! Ҳозирда WhatsApp ва СМС орқали Beeline фаолияти бўйича келаётган ЁЛҒОН хабарларга ишонманг! Компания фаолияти билан боғлиқ барча ҳаққоний ва расмий маълумот доимо сайтида. Мана шу икки хабар Билайн ёпилади деб эсанкираб қолган ва иккиланиб турган абонентлар учун жуда муҳим маълумот эди. Бу эса бир неча кун мобайнида омма орасида ташвиш уйғотган ахборот хуружига бўлган қақшатқич зарба бўлди. Биз юқорида кўриб чиққан ёлғон ва нохолис ахборотлар шунчаки тарқатилаётгани ё шунчаки одамлар орасида саросима уйғотаётгани йўқ. Уларнинг тагида катта манфаатлар, катта маблағ ва катта кучлар ётгани маълум. Ижтимоий тармоқлар ва интернетда чеклов қўйилган сайтлар бугунги кунда виртуал ғийбатхона га айланаётгани ҳам бежиз эмас. Улар катта маблағ эвазига бу каби ахборий урушларни келтириб чиқариб оммавий онгни заҳарлаш, кимнидир кимгадир қарши қилиш ва ўзига оғдириш мақсадида олиб борилаётган қинғир ишлардир. Дунёни шаффоф сувдек тоза ахборот қутқаради. Шундай экан, бирор ахборотга ишонишдан олдин унинг нечоғлик ҳақиқат эканлиги, расман тасдиқланганлиги ҳақида ишонч ҳосил қилишимиз лозим. Мафкуравий урушлар ва маънавий таҳдидларга қарши курашда, аввало, уларнинг олдини олишимиз, бунинг учун, биринчи навбатда, ўзимизда, сўнг биздан қолажак ёш авлодда мафкуравий иммунитетни шакллантиришимиз даркор.

103 45. Ибрагим Кадиров. Siz uddalayman desangiz, siz haqsiz. Agar uddalay olmayman desangiz, baribir siz haqsiz! Bir paytlar ushbu jumlalarni o'qib, o'zimcha "ahmoqona" deb izohlab o'tgandim. Qanday qilib ikkita qarama qarshi fikr bilan men haq bo'laman. Aslida esa shunday bo'lib chiqdi. Biz bilan bo'ladigan hamma hamma voqea hodisalar asosida bizning O'zligimiz yotadi. Agar siz bu bo'lishiga ishonsangiz bu bo'ladi. O'qib turib bu siyqasi chiqqan gap deyishingiz mumkin. Lekin Everestni balandligi haqida ming marta o'qigan bilan Everestga chiqib kelsangiz, bu balandlikni o'zingiz anglasangiz bu boshqacha, u haqida kimgadir aytgingiz keladi. Mendaham shunday holat. Bo'lishiga ishongan narsalarim bo'ldi, ishonmaganlarim bo'lmadi, vaholanki oddiy narsa bo'lsaham. Borliq faqat materiyadan iborat emasligi bugungi kunda hech kimni hayratga solmaydi, ba'zilar haliyam faqat moddiylik bor deb hisoblashsada. Bizdagi fikrlar moddiyatni yaratadi. Sizning ongingizda paydo bo'lgan uy (etibor bering u hali moddiyat emas, shunchaki fikr) vaqt o'tib haqiqiy uyga aylanadi. Sizningcha Windows, Coca Cola, Mcdonald`s yoki Avtomobil o'z o'zidan paydo bo'lib qolganmi? Bularning asosida fikrlar va ishonch yotadi. Bugun ko'rib turgan dunyo bir zamonlar ro'yo edi. Bugun biz ko'rib turgan texnologiya va bilimlar bir zamonlar paydo bo'lgan va ishonch bilan amalga oshirilgan fikrlar mahsuli ekanligi shunchaki haqiqat. Hayotimda men ishongan fikrlarimgina reallikga aylandi. Biz haqiqiy ishonch bilan ishongan fikrlar moddiyatga aylanar ekan endi fikrlarga ehtiyot bo'lish kerak, chunki bitta fikr atrofiga o'ziga o'xshash fikrlarni torta boshlaydi. Bu huddi koinotdagi jismlarga o'xshaydi kichkina kichkina fikrlar kelib yig'lilib kattalashaveradi. So'ngra u fikr reallikga aylana boradi, siz buni to'xtata olmay qolasiz. Ushbu videorolikni ko'rib ilhomlanib ketdim. To'g'ri bu mening soham emas, lekin bundan keyingilarini mening o'quvchilarim yaratishadi. Bunaqa yangilikni men ta'limda qo'llashni istayman. Bizning miyyamizda kun bo'yi qanaqa fikrlar aylanadi? Siz bunga etibor berganmisiz? Fikrlar ijobiy bo'lsa ijobiy natijalar bera boshlaydi, agar salbiy bo'lsachi? U albatta bizning zararimizga ishlay boshlaydi. Men buni o'rgana olmayman. Bu mening qo'limdan kemaydi. Mendan zo'rlari tiqilib yotibti. Men ko'pchilik oldida gapirishga qo'rqaman.

104 Ahvolim yaxshimas. Men tinchgina yursam bo'ldi, hech nima qilishim shart emas. Ushbu salbiy fikrlarga etibor bering. Ularham albatta o'ziga o'xshash fikrlarni yoniga tortadi va reallikga aylanishga intiladi. Fikrlaringizga ehtiyot bo'ling deyishadiku. Ular bizning kelajagimizni yaratadi. Endi esa ushbu fikrlarga etibor bering. Men buni uddalay olaman. Men o'z fikrlarimni erkin bayon qila olaman. Men atrofdagilar bilan tez chiqishib ketaman, ular bilan tez til topishaman. Men buni o'rgana olaman. Ushbu fikrlar esa affirmativ harakterga ega va ular bizning foydamizga ishlaydi. Boy bo'lish uchun boylardek fikrlash kerak deyishadiku. Agar siz shu paytgacha fikrlaringizga e'tibor bermagan bo'lsangiz bugundan, hozirdan boshlang. Siz qanday fikrlar bilan yurasiz? Miyyangizda qanday fikrlar aylanadi, odamlardan nafratlanasizmi, yaqinlaringizga mehribonmisiz, o'zingizni ojiz hisoblaysizmi, hamma hammasini tahlil qilib ko'ring. Negativ fikrlarniham tahlil qiling. Fikrlar bu urug'larga o'xshaydi, miyyangiz esa hosildor yer. U yerga hoh qulupnay eking, hoh sabzi eking hosilini olaverasiz. Agar kerakli nimadir ekmasangiz u yerdan hech narsa chiqmaydimi deysizmi? Yo'q, u yerdan yovvoyi o'tlar o'sib chiqaveradi, har joydan tushib qo'lgan keraksiz o'tlar urug'laridan. Sen ahmoqsan, Qo'lingdan hech narsa kelmaydi, Sen bilmaysan, Sen aralashma bu sen qiladigan ish emas kabi "yovvoyi o'tlar urug'lari"ni atrofdagilar, do'stlar, ota onamiz o'zlari bilmagan holda ekib qo'yishadi. Siz esa miyyangizni parvarish qilishingiz kerak, keraksiz o'tlardan tozalab, kerakli urug'larni ekishingiz kerak toki u siz uchun foydali hosil bersin. Fikrlar va ular haqidagi yozganlarim mana shular. u haqida yillab o'tirib olib yozsa bo'ladi. Lekin mantiqda tushuncha hajmi va uning mazmuni haqidagi qonuniyatdan kelib chiqadigan bo'lsak "tushuncha hajmi qancha keng bo'lsa, tushuncha mazmuni shuncha torayadi, va aksincha", mana shu yozganlarim yetarli.

105 46. Иқбол Ғоипов. Табриклар Pok qalbli insonni e'zozlab-qutlab, Baxtli tong otmoqda - YANGI YIL TONGI. Kelajak mehr-la dillarni sozlab, Husunkor yangraydi hayot ohangi... Kelayotgan Yangi Yilingiz bilan tabriklayman! Ishonchim komilki, baxtli bir inson sifatida 2013 yildan ko'nglingiz to'ldi: Nimanidir o'rgandiz, nimagadir erishdiz va nimadir topdiz. Bundan hursand bo'lasiz, shu bilan birga qaysidir orzulariz ushalmagani va nimagadir ulgurmaganiz, yo'qotganiz (Ortga qolayotgan yilda yaqinlarimiz, tanishlarimiz orasida hayotni tark etganlar bo'ldi) un afsuslanasiz. Muhimi, biz 2012 yilgidan ko'ra yaxshiroq bo'lishga intildik. Yangi umid, yangi rejalar bilan qarshi olayotgan 2014 yil Siz kutganingizdan-da ziyoda baxtli kunlar va yoqimli taassurotlarni taqdim etsin. Qalbingizdagi eng shirin tilaklar, oppoq qordek beg'ubor orzulariz ushalishini chin yurakdan tilayman. Oilangizda totuvlik, mehr-oqibat yanada mustahkam bo'lsin! Yangi Yilni yaxshi kutib oling! 1 dek 2013 yil Qishning 1-kuni Kumush Qish! Hammayoq oppoq qor, daraxt shohlari qordan egilgan, dunyo kengdek tuyuladi. Bunaqa manzarani faqat qishda uchratamiz. Biz allaqachon ulg'ayib kattalar safiga qo'shildik, ammo ilk bora osmondan qor yog'ayotganida biz xuddi yosh boladay beg'ubor jilmayamiz, tabassum qilamiz. Ish yo o'qishga ketayotganda yo'llarda yosh bolalarning zavq bilan qorbo'ron o'ynayotgani, qorbobo yasayotganini ko'rib, bir zum bolalalikka qaytamiz. Qorbo'ron o'ynagingiz keladi-yu, ishlaringiz kutib turibdi. Pag'a-pag'a yog'ayotgan laylak qorni sog'inasizmi? Qalin qor ustida yurganda g'ichir-g'ichir degan qadrdon va yoqimli ovoznichi? Onasi "Qizim ro'molingni olib keldingmi" deydigan rasmdagi multfilmnichi? Qish biroz sovuq bo'lsada qalbingizda doim iliqlik, yuzingizda tabassum bo'lishini tilab qolaman! Yog'ayotgan oppoq qor uyingizga faqat va faqat quvonch-shodlik, xotirjamlik va yaxshiliklar olib kelsin! Uyingiz qish bo'yi issiq bo'lsin. Sira sovqotmang!

106 47. Иноят Ҳон. 10 сония ЎЗБЕКИСТОН вақти билан 13 Январь, эрталабки 6:45 холатига UzBloggerlar чемпионати учун 92 та блогпост тақдим этилган. Рўйхат бўйича бирма-бир блогпостларни кўриб чиқар эканман, уларга қолдирилган изохлар сони билан қизиқдим. Facebook сахифасига модератор томонидан жойлаштирилган блогпостларга қолдирилган изохлар сони: 365. Муаллифнинг ўз блогида жойлаштирилган блогпостларга қолдирилган изохлар сони: та блогпостдан 32 таси, яъни 35 фоизида 0(!ноль!) кўрсаткич. Фараз қилайлик, хеч бир блог муаллифи ўз блогпостини чемпионат Facebook сахифасига мунозара учун яна алохида жойламаган. У холда ушбу рақамлар сиз билан мен интернет оламининг эл қатори дангаса, эътиборсиз ўқувчиси эканлигимизни тасдиқлаб турибди. Жами изохларнинг 77 фоизи Хушнудбек томонидан матн сифатида жойланган блопостларга тегишли. Нега? Чунки сизга хам, менга хам берилган линк (хавола)ни босиб, сахифага кириб, блогпостни ўқиб, бир нима катакчаларни тўлдириб фикр ташлагандан кўра, тайёр матнни ўқиб, тайёр Facebook орқали фикр ёзиб қолдириш анчагина осон. Таъбингизга қараб матнга бирров кўз югуртириб, ундаги расм ёки сиздан аввал ёзилган изохларга таяниб фикр билдирган бўлсангиз, бу борада хам "сиз ёлғиз эмассиз!" Microsoft илмий тадқиқодчилари 2010 йилда келтирган хулосаларга кўра, интернет сахифасини кўздан кечираётган ўқувчи ўз кузатувини давом эттириш ёки эттирмаслигини 10 сония давомида хал этади. Бу вақт ичида кимдир сарлавхага тикилиб ўтирар экан, кимдир биринчи параграфни ўқиб битирар, кимдир расм ёки рекламаларни томоша қилиб қўяр ва яна кимдир изохларга ва ёки сахифани ўзига дарров кўз югуртириб, сўнг уни тарк этар экан. Хуллас, "10 сония қадрини блоггердан сўранг" экан бу ёғи. Қисқа ва шу билан бирга маъноли ёзишманинг қиймати албатта янгилик эмас. "Кўпроқ вақтим бўлганида, қисқароқ хат ёзар эдим" жумласининг муаллифи халигача номаълум бўлсада, бу гап айтилганига асрлар бўлгани аниқ. Ўзбекистонлик блоггерларга тилагим: хар қандай ўқувчини 10 сониядан аааааанчагина узоққа тортиб кетадиган пурмаъно блогпостларимиз кўпаяверсин!

107 48. Ихтиёр Абдурахманов. Amadna Bayns ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishni davom ettiradi Mashxur hollivud aktrisasi ruhiy davolanishni davom ettiradi. Bir oy avval janjalchi va bezori aktrisa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan edi. Bunga sabab politsiyaga, aktrisa tufayli, navbatdagi yong in kelib chiqgani haqida xabar kelgan. Shunga qadar ham Amandaning politsiya bilan muammolari yo q emas edi. Uni giyoxvand modda iste mol qilganligi va politsiya xodimlari bilan janjallashgani uchun sudlashgan. Kuni kecha 27 yoshlik Baynsning navbatdagi xal qiluvchi sudi bo lib o tdi. Aktrisa doktorining aytishicha, bemorining axvoli ancha yaxshi, tuzalish jarayoni tez bormoqda. Biroq, doktor muolajalar qachon tugashi haqida biron narsa deyolmasligini aytdi. Shunday qilib sud, Amandani yana ikki oy tuzalgunga qadar, ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishi uchun sud jarayonini uzaytirdi. Maqoladagi suratlar bugunga qadar bo'lgan sud jarayonida olingan. Manba:

108 49. Кама Ноир. Кўрмаганлар, очкўзлар?! Биз ўзбекларда ғалати бир одат бор. Нима бало бизлар очми ёки кўрмаганмизми? Масалан, музқаймоқ сотиб олсак, қоғозини йиртиб олаётганда, шу пайт қоғозга музқаймоқдан озгина парча ёпишган бўлса, уни ялаб, тозалаб, кейин ташлаймиз. Бунақа мисоллар ҳаёт давомида кўп келтирса бўлади. Шоколадлар, ҳар хил ширинликлар ва ҳоказо. Бир жойга овқатлангани борсак, ён-атрофимизда ўзбеклардан ташқари, ёки замонавий ўзбеклардан фарқимизни овқатланган идишимиздан билсак бўлади ялаб қўйилганидан. Уялмай нон билан тозалаб ҳам қўямиз. Кийимларчи? Масалан, убу кийимимиз эскириб йиртилиб кетса, тикиб, ямаб уйга олиб қўямиз. Уйда кийишга бизга бўлаверади-да. Чет эликларчи? Танишларим бор, уйида кийиб юрган кийми билан кўчага чиқиб, убу маросимга ҳам кетаверади. Чунки, уйда ҳам туппа-тузик кийим кияди. Эскирдими? Секондхенд қилиб сотиб юборади. Биз-чи? Мошинанинг балонини алмаштирсак, эскисини ташлаб юборишни ўрнига, уни ҳам олиб қўямиз. «Жалка» ташлаб юбориш. Хуллас, кеча туғилган кунимда, ишхонада хамкасбаларимни ширинлик билан меҳмон қилдим. Торт, ичимликлар билан ўтди-кетди. Одам кўп бўлгани учун «одноразовый» стаканлар олгандим. Чойхўрлик тугагач, қизлар буфетизмизни ювиб тозалашга ёрдам берди. Бир пайт қарасам, ўзбек қизи, мойкани олдида, халиги «одноразовый» стаканларни ювмоқда. Бошқа одам кўрса кулар эди. Бунга нима дейсизлар энди? Чуқур ўйга солди бу холат, сўнг ўзимга керакли жавобни олдим. Бунга сабаб ИСРОФГАРЧИЛИККА йўл қўймайдиган бизни миллатимиз, динимиздир. Қонимизга, вужудимизга сингиб кетган. Хар доим бу «функция»миз ишламаса ҳам, аммо тепада айтиб ўтилган холатларда ишлаб туради. Чет эллик, ресторанда чала чулпа еб-ичиб чиқиб кетаверсин, биз ўзлигимизда қолайлик. Насибамиз деб, исроф бўлмасин деб, бир бурда нонимизни тўйиб кетсак ҳам, чой билан еб қўямиз. Бизни хозирги тўйларда исрофгарчилик бор, столда минг хил егулик, нимадан бошлашни ҳам билмайсан. Уни ҳам замонавий ўзбеклар ўйлаб топган-да. Олдин унақа бўлмаган. Ўша пайтлар, қариндош уруғ тоғорада нима олиб келса шуни қўйиб, суюққуюғини тортишган халос. Кечаги «одноразовый» стаканларни ювиб қўйишганини кўриб, кулгимам келади, фахрлангим ҳам келди.

109 50. Камила Ибрагим. Baxtimning siri Dugonajon, men o zimni baxtli beka deb hisoblayman. Mening baxt sirimdan siz ham bohabar bo lishni hohlaysizmi? Unda Sizga aytar so'zlarim bor... Ularga quloq tuting, balki, hozirgi yozmoqchi bo'lgan so'zlarimni bir nasihat deb tushunarsiz. Lekin nasihat bilmaganga o rgatadi, bilganning esa yodiga soladi. Bu ibratlarni men ham o z yaqinlarimdan eshitib, o qib o rganganman. Ular baxtimning mezonlari deb bilaman. Shu mezonlarni Sizga ham ilindim. Ularni qunt bilan o qib chiqing Dugonajon, avvalo siz sabr va qanoat sohibasi bo'ling. Doimo o'z holingizga shukronalar keltiring. Juftingiz uyga nima olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo'lsin, uni hursandchilik, hushfe'llik, go'zal odob bilan qabul qiling. Ularga tashakkur ayting, hushnudlik ko'rsating. Zeroki baxtli hayotning asosiy sababi bu shukronalikdir. O'z holiga shukr etmagan, o'z nafsini tiymagan kishida ko'ngil halovati va huzuri, qalb rohati bo'lmaydi! Pokiza, orasta beka bo'ling. Juftingizning nazari tushadigan joylarga yaxshi e'tibor qarating. Uyingiz ichini, tashqarisini pokiza tuting. Shunday qilingki, turmush or'tog'ingizning ko'ziga hech qanday notoza joy ko'rinmasin. Kiyimlaringiz, ust-boshingizni ozoda tuting. Juftingiz faqat sizdan muattar iforni sezsin, dimog'iga aslo noxush hidlar kelmasin. Chunki noxush hidlar juftingizni ko'z o'ngida obro'gingizni tushuradi. Sizdan o'zini olib qochishiga sabab bo'ladi. Shuni doimo yodda tuting: Orastalik eng yaxshi hislatki, insonning ko'ziga hush ko'rinish shular bilandir. Sirdoshim, hojangizning moli-ashyosiga juda e'tiborli bo'ling. Chunki hojangizning moldunyosi bu sizning ham mulkingizdir. Ularni ehtiyot qilish, isrof qilmaslik, ish bilish va qadriga yetish demakdir. Turmush o'rtog'ingizga itoatkor bo'ling. Qil degan ishni bajaring, qilma deganini qilmang! Juftingiz bilan suhbatlashganingizda, muloqotda bo'lganingizda itoatli bo'ling. Uning so'zlarini odob bilan tinglab, ado eting. Umr yo'ldoshingiz sizdan hushnud bo'lsin. Shunda Alloh sizdan hushnud va honadoningiz baht nuridan porloq bo'ladi. Dugonajon, taomni doimo vaqtida tayyorlang. Ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirmang, umr yo'ldoshingiz qachon ovqatlanishga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytdan

110 kechiktirmay taom tayyorlang. Ular kelishi bilan dasturxon tuzang. Chunki ochlik jahl tez chiqishiga sabab bo'ladi. Turmush o'rtog'ingizning kunlik rejasidan bohabar bo'ling. Uyqu va uyg'onish vaqtini yaxshi bilib oling. Ular qachon uyquga yotish payti bo'lsa, o'sha payt uyqu o'rni tayyor va pokiza bo'lsin. Chunki, uyqusizlik asablarni buzuq qilib, ehtiros va muhabbatni asta-sekin so'ndiradi. Tumush o'rtog'ingizning yaqinlari va qarindoshlariga hurmat ko'rsating, shirinso'z bo'ling. Ularga bo'lgan hurmat-hojangizga bo'lgan hurmatni bildiradi. Bu esa qadr va e'tiborga erishish demakdir. Hojangizning dinga to'g'ri keladigan barcha buyruqlarini ado eting! Bu buyruqlarni bajarayotganda tanballik qilmang, hech qachon unga itoatsiz bir harakat qilmang. Agar shunday bo'lsa juftingiz sizga nisbatan gina va kek saqlab ohiri dushman bo'lib qolishimi mumkin. U dushmanlik yo'lini tutsa, siz zarar ko'rasiz va qo'lingizdan hech narsa kelmaydi. Dugonajon zinhor juftingizning sirlarini boshqalarga aytmang, ularni saqlang. Agar aytib qo'ysangiz, juftingizning sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. Bu esa mashaqqat bilan barpo etayotgan oilangizni bir zumda parcha qilishi mumkin. Juftingiz hafa bo'lganda siz hursand, u hushnud ko'ringanda esa siz hafa ko'rinishdan ehtiyot bo'ling. Chunki u hafa bo'lganda sizning hursand ko'rinishingiz, ular quvonchli bo'lgan vaqtda sizning g'amgin ko'rinishingiz ularga nisbatan hamdard bo'lolmaslik kabi bir qusurni o'rtaga tushuradi.bu befahm va tarbiyasiz odamlarga hos ishdir. Bu esa siz kabi yuksak tarbiya ko'rgan, aqlli va oqila qizga munosib emas. Dugonajon Hojangizga qanchalik ko'p muhabbat va hurmat ko'rsatsangiz, o'zingiz ham shunday muhabbat va hurmatga ega bo'lasiz, siz ul zotga shunday hizmat qilingki, u ham sizga qul bo'lsin! Siz unga yer bo'lingki, u sizga osmon bo'lsin! Siz unga bir uy bo'lingki, u sizga ustun bo'lsin! Hurmatli dugonam siz ikki oilaning (o'z uyingiz va hojangizning honadoni) baxt farishtasidursiz. Ularning huzr-halovatda yashashi, baxtiyor bo'lishi sizning yaxshi beka bo'lishingizga bo'gliqligini unutmang. Sirdosh dugonam baxtimni sababi shu so zlardir. Yozmoq mendan, ibrat olmoq esa sizdandir. Dugonajon honadonlarimizga munosib beka, ayol so ziga esa loyiq bo laylik

111 51. Kamoliddin Mannonov. Mehrobingdan chiqayotgan chayonlaring haliyam bor... Shu kunlarda messanger(xabarchi)larda bazi videolar tarqalmoqdaki, o'zbek millatini sha'niga, jahondagi obro'siga keskin putur yetkazishi shubhasiz. Besh barmoq bir xil bo'lmagani kabi guruppaviy so'zlashuvlarda(chatda) har xil odamdan turli xil ma'lumotlar keladi. Nomlanishidan qiziq tuyuladigan ushbu video materiallar bazi betamiz odam ko'rinishidagi hayvonlarning ishi xolos. Xususan shu kunlarda O'zbekiston nomidan turkiyada qo'shiq festivalida qatnashgan qo'shiqchi ayolga nisbat berilgan behavo tasvirning kun mavzusiga aylanib qolayotgani achinarli. Agar haqiqat bo'lsa uni san'at sohasida faoliyat yuritishi bedodlik! Bundan ham daxshatlisi shuki, arab millati bilan dunyoga tanilgan musulmon shahar deya atadigan Dubay shahrida arab millatiga mansub kishilarning bir o'zbek ayolini (jabrlanuvchi) mamlakatimizning g'arbiy,janubiy hududlariga moyil shevadagi qo'shmachi iflos ayol(jinoyatchi)ning bosimi ostida o'ta behayo hatti-harakatlar bilan zo'rlashi juda achinarli xolat. Bunday holatlar faqatgina tarqalib ketganlari xolosligini hammamiz bilamiz:( va bunday sharmandaliklar oddiy holatga aylanib qolmoqda. Achinarlisi o'shalar turli mukofotlar bilan taqdirlanmoqdalar (Daxshat!). Inson huquqlarini o'z maqsadlari yo'lida niqob qilib bong urayotgan g'arb davlatlaring bosimi ostida dan respublikamizda o'lim jazosi bekor qilindi. Men o'lim jazosini bekor qilinishini va g'arb davlatlarini yomon demoqchi emasman. Chunki o'sha g'arbliklar rivojlanishda yuksak natijalarga erishganlar, faqat shu holatiga qattiq havas qilasan. Lekin aynan yuqoridagi iflos ayollar va o'z vatandoshini aldab ishlatayotgan odamfurushlar uchun aynan O'LIM JAZOSINI qabul qilinishini shaxsan tarafdoriman (bundan boshqa og'irroq jazo ko'rmayapman). Bunday jinoyatni o'sha aqlli g'arbliklar ham hech qanday asos bilan oqlay olmaydi, chunki biz 21 asrda-qullik bo'lmagan davrda yashayapmiz. Biz g'arb va boshqa g'ayri madaniyat davlatlarining me'yorlari asosida yashashga majburmasmiz, o'z qadriyatlarimizni faqat o'zimiz saqlab qolishimiz mumkin. Faqatgina ularni ajoyib infrastrukturasini o'z taraqqiyot yo'limizda qo'llash kerak, albatta. Yuqoridagi jinoyatchilarni zamonaviy dasturlar asosida ovozidan aniqlash xozirgi kunda muammo emas. Menimcha, fohishabozlik, odam savdosiga qarshi katta ko'lamdagi amaliy ishlar qilinishi kerak. Biz shunga muhtojmiz, otni vaqtida qamchilash kerak. Bu jamiyatimizni kasali ham asali ham o'zimizniki. Zero, fohishalar, qo'shmachilar va odamfurushlar jamiyatdagi eng havfli kasalliklardir. Siz nima deb o'ylaysiz bilamdu, lekin shaxsan men o'lim jazosi tarafdoriman. Chunki qalbida mehr bor odam bunday qilmaydi,demoqchimanki, bir umrlik qamoq jazosi hayf ularga! Biz xohlagan o'sha demoqratik jamiyatga erishish uchun bu kabi viruslarni ezib,tepkilab, yanchib tashlashimiz va maqsad sari shaxdam qadam bilan olg'a borishimiz kerak. Musaffo jamiyatni siz va biz yaratamiz, AQSh, Rossiya, Yevropa Ittifoqi yoxud puli ko p Arab davlatlari kelib qurmaydi, aynan o zimiz quramiz.

112 52. Қахрамон Мўминов. Hayot savollari Bizni tug'ilishimiz va o'lishimiz qolganlar uchun baxt yoki qayg'u bo'lishi mumkin. Salom, sen xozirgina tug'ilding, qayerdaman deyapsanmi? uzr buni men ham aniq bilmayman. Qanday deyapsanmi? hamma ota-ona ham yaxshi emas, chunki ular inson, sen shulardan tug'ilding. Meni nima deb chaqirishadi deyapsanmi? Ha ular ismingni ma'nosini to'liq bilishmaydi, shunchaki ism, seni hey degandan ko'ra o'sha ism yaxshiroqdek... Ko'rinishim kimga o'xshaydi deysanmi? hamma bolalar ota-onasiga o'xshashadi, agar o'xshamasa demak ular uning ota-onalari emas! Tanamning rangi qanaqa deysanmi? ha bizni insonlar qora-oqni puli yoq-puli bor, ahmoq-aqlli, hayvon-insondek tushunishadi, uzur senda ayb yoq. Qanday oilada tug'ildim deyapsanmi? afsuski "pulga hamma narsani sotib olib bo'lmaydi" degan maqolni to'qigan o'zbek oilasida va o'rta hol oilada tug'ilding, lekin o'zing haqingda yozganda o'rta hol oilada tug'ildim dema, ota-onang eshitib ko'ziga yosh kelishi mumkin, men o'ziga to'q oilada tug'ildim degin! Nega kichiklarni hurmat qilishmaydi deyapsanmi? chunki sendan foyda yoq, insonlar kimdan foyda ko'rsa shuni aka deyishadi, hamma narsa pulga taqalgan, katta bo'lib pul top, shunda hurmat qilishadi, faqatgina katta bo'lib pul topmasang kichiklarga qilinadigan hurmatni ko'rasan! Ota-onam menga jiddiy qarashmayapti deyapsanmi? ular sendan hechkim chiqmasligini bilishmoqda, chunki ulardan ortib qayoqqa ham borarding? bir sirni aytaymi senga? sen ulardan o'tib ketasan, ular xato o'ylashmoqda. Men mehribon edim, nega bunday bo'lib qolyapman deyapsanmi? sen oldin ahmoq eding ha hammasi sen uchun yaxshi ko'rinardi, katta bo'lib hamma haqiqatni bildingu ayniding, ex yoshlikda baribir mehribon bo'lasan, ahmoq va juda mehribon... O'qishlarim meni qiynamoqda deyapsanmi? mana shu yerda yanishasan, sen aqlni kuchini bilmayapsan, o'qish bu ertalab turib transportga tiqilib do'stlar bilan qizlar bilan muloqot joyi degani hamma uchun! undan ko'ra o'qishga borma, yaxshilab uhla va ovqatlanib kitob o'qi, ana ancha foyda bo'ldi, kitobni tugatding do'stlaring esa darsdan qochishdi, o'zi u darsmidi!? Pul topishim kerak ekan deyapsanmi? ha buni qilmasang ota-onang ham senga qarshi chiqishadi, insonlar pul topishni shunday yo'llarini topishganki, seni ishingni qara, darsdan qochib menga bu savolni berayotgan bo'lsang javob bermayman! Sevib qoldim deyapsanmi? yo'q buni qo'yib tur, ohirgi qatorda sevamiz, endi qiziq joyiga keldik

113 o'zi... Hayot nega bunday, men kimman, nima qilyapman bu yerda, ma'no qayerda demaysanmi? men kutgan savollar yo'q, nega o'yinga berilib ketding ey inson? nima men ahmoq insonga shuncha javobni berdimmi? Ha hayot qiziq, lekin uzur men sevib qoldim, endi to'yim, xotinim, farzandlarim bor... deyapsanmi? - urushib qolding, ex hayot nega bunday? va mendan javob kelmaydi, javob tepada, bitta javobdan ikkita, uchta javob olsa bo'lardi.. afsus...

114 53. Лазизбек Ҳамидов. Мадомики гап менинг ичишим хақида кетаётган экан.. Қадирдоним Тошпўлат, мадомики гап менинг ичишим хақида кетаётган экан албатта Сен нима учун ичасан? деган саволингизга жон-жон деб жавоб беришим мумкин. Ишонинг сизнинг иккичи қиёфангиз ҳам мавжуд, қўрқаманки сиз ўша иккинчи эхтимол асл қиёфангизни кўриш бахтига муяссар бўла олмайсиз, негаки сиз ичмайсиз. Сиз хеч қачон иккиюзламачи, сотқин, фақат ўзини фойдаси йўлида сизнинг олдингизда керак бўлса елкадоооош бўлиб юрган дўстингизга Сен аблаҳ, ярамас, ифлос инсонсан ва сенинг мана бу жирканч башаранг шунчалар менга ёқмаяптики, илтимос ушбу башарани менга бошқа кўрсатма дея айта олмайсиз, чунки сиз ичмайсиз. Қадирдоним Тошпўлат, сиз хеч қачон Хехехеййй қадрдон диёр, она Ватан, менинг асал қизларим, сизлар чиройлисиз ва мен сизларни севаман деб бор овозингиз билан бақира ҳам олмайсиз, чунки сиз ичмайсиз. Уяласиз. Қадирдоним Тошпўлат, мадомики гап менинг ичишим хақида кетаётган экан, ачинаманки сиз хеч қачон ярим тунда бекатда 2 соат мизғиб олиш бахтига ҳам муяссар бўла олмайсиз. Сиз ўзиздан икки баробар жисмонан кучли бўлган инсонни сўка олмайсиз, чунки қўрқасиз, бутун баданингиз қўрқувдан дағ-дағ титрайди, а биз ичувчилар МАРД инсонлармиз, истаган одамимизни истаган вақтда сўкиб, керак бўлса дўстлашиб, ошнаоғайни бўлиб кетаверамиз. Лекин сиз ўша инсондан асли аламингиз бўлса ҳам бир оғиз индолмайсиз, чунки сиз ичмайсиз. Биласизми Тошпўлат хозир сизнинг саволингизга жавоб берар эканман, бир домламни: Кино асли инсоннинг иккинчи асл қиёфаси, ақл инсонни бошқариб тургани сабабли иккинчи қиёфа филмларда тасвирланади деб айтган гапи ёдимга тушди. Ўйлаб қарасам домламни гапида жон бор экан ахир сиз юқоридаги холатларни фақаткина филмларда тамоша қиласиз холос. Сиз хеч қачон асли рақсга тушишга нўноқроқ бўлсангиз ҳам соатлаб даврани хеч кимга бермай рақсга туша олмайсиз. Уяласиз. Сиз хеч вақт машинасига ўтирганмисиз? Э ҳа қаердан хам ўтирасиз ахир сиз ичмайсизку. Биз ичувчилар вақт машинасида кўп сайрга чиқиб турамиз, қаерларга борамиз билмаймманку, лекин эрталаб кўзимни очсам уйда ётган бўламан. Қадирдоним Тошпўлат, аввало, мен учун қайғурганиздан хурсандман. Мен ҳам ўз ўрнида сиз учун қайғурдим, ўрнидан туриб музлатгичдан кечаги яримта ни олдим ва Дўстим Тошпўлат учун деб 200гр уриб олдим. Қолгани бир гап бўлар...

115 54. Лейла Юнусова. Сен аёлсан!!! Жабирдийдам ултирибсан Ийманиб кулиб хиёл, Сен аёлсан,бегойимсан Магрур бокгин бемалол. Кимга армон, кимга омад, Кимга ширин хаёлсан. Кимга кургон, кимга мадад, Кимга нозик аёлсан. Сен садокат вафодорлик, Гул эътибор ошнаси, Гар ким булса сенга лойик Тотли хаёт чашмаси. Кимга ёру, кимга она Кимга мехр пайвандсан. Кимга шавкат, кимга ибрат Кимга фахр аёлсан. Кимлар сени топтадилар Такдир килди узин хор. Кимлар сени ташлаб кетиб, Сунгра булди узи зор. Чунки аёл сен буюк зот, Сен муштифар онасан. Таъзим килай мен умрбод, Каъбам узинг буласан. Кимга камгап, кимга дилкаш, Кимга кайгу аламсан, Кимга дарду, кимга дардкаш, Кимга орзу аёлсан. Тугамасин аёл сабринг, Есир колма бегингдан, Термулмагин йулларига, Мехр кургил углингдан. Сен Фотима,гули Райхон, Сен бизларга онасан, Магрур кутар азиз бошинг, Ахир Она! Онасан!!! Шамшод каддинг булмасин дол, Таянч булай онажон. Оклай олсам сутинг халол, Жон бераман бемалол.

116 55. Жўраев Маҳаммад. Достоевискийнинг 5 дақиқаси Россиянинг буюк ёзувчиси Достоевиский амалдаги сиёсатни танқид қилиш харакатида қатнашганликда айбланиб отиб ўлдириш жазосига хукм қилинди. Ўшанда у 28 ёшда эди. -50 даражали қишнинг изғиринли кунларидан бири, Токул қамоқхонаси (Сибир)да устунга боғланган ёзувчига зўрға 5 дақиқа ажратилди. Ҳаётининг охирги 5 дақиқасини қандай ўтказар экан...шундай фикрлар билан Достоевиский хибсга бирга келган дўстлари билан охирги марта саломлашишга 2 дақиқа, шу кунгача кўрган ҳаётини тартибга солиш учун ва оиласини эслашга 2 дақиқа, ва гўзал табиатни яна бир бор айланиб кўришга қолган 1 дақиқани сарфлашга қасд қилди. Энг аввал ҳаёлан ёшли кўзларини юмиб уйидаги аёлига энг охирги ўпичларини жўнатди, оиласини ўйлади ва ўзи хақида ҳам ўйлаб туриб 28 ёшли ҳаёти жуда нихоясиз бўлиб тугаётгандек туюлди. Ҳаётни яна қайта бошласам эди деган фикр миясида ялт этди-ю аллақачон қайтариб бўлмайдиган холатда эди. Милтиққа ўқ солинган товуши эшитилди, 1 дақиқадан сўнг қаерда бўлишини ўйлаб ақлдан озмасликка сабр қилолмайдиган даражада танасини қўрқув босди. Ўша пайт бир аскар оқ байроқни хилпиратиб бақириб келди. Император буйруғи. Қатлни тўхтатинг! Достоевиский ушбу 5 дақиқалик ибратли утмишини хотирасидан чиқара олмади. У ўзигаўзи хар сония қўлимдан келганча харакат қилиб яшайман деб онт ичди ва санъатда шиддатли яратувчилик қилиб фаолиятида қўлма-қўл бўлган Жиноят ва жазо ва Каримазов ака-укалари сингари буюк асарлар қолдирди. Шу тариқа асарлардаги образлар орқали бизга чуқур ҳаётий чора-натижалар етказиб бермоқда.

117 56. Мийригуль Турымбаева. Романтика Козлеримди жумып кыял суремен, Сонда кыялларм узилип жерден, Колымнан услады бир жигит менин, Деди ол коп куткен шахзоданман мен. Кол усласп котерилдик аспанга, Бултлар устинде валс ойнадык, Телмирип кол узбей бир-биримизден, Куаштын батыуын сезбей-ак калдык. Тун гоззал, аспанга шыкты жулдызлар, Айда кулип багар саулесин шашып, Жулдызлар безеди ак койлегимди, Екеуимиз айттык бир шадлы косык. Сонда жулдыз ушт тиледим тилек, Илайым барлгы онгим болсын деп, Ол айтты «Мен еле келемен жаным», А кат минип бирак, сен мени кут тек. Кандай жагымлы булл романтика, Исене басладым мен мухабатка, Енди мен кутемен омирим бойы., Алып кетер сол шахзодам ак атта.

118 57. Миракмал Ниязматов. Davlat tili to g'risidagi qonun tahrirga muhtojmi? Kirish O zbek tilining O zbekiston hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari asosan O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat tili haqida gi Qonuni (bundan keyin Qonun) bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga ko ra, O zbekiston Respublikasida davlat tili o zbek tilidir va uning hududida yashovchi barcha millat va elatlarning tillari hurmat qilinishi qonun bilan kafolatlangan. Davlat tilining amaldagi ijrosi, qo llanilishi qanday? Vatanimiz hududida qo llaniladigan boshqa tillarning maqomi va huquqiy himoyasichi? O zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan keyingi o tgan 20 yillik davrda bu boradagi qonunga yangi o zgartirishlar kiritish yoki uni yangi tahrirda qabul qilishga ehtiyoj sezildimi? Maqolada shu masalalarni muhokama qilamiz. Davlat tili va kundalik hayot Qonunning 1-moddasiga ko ra, O zbekistonda davlat tili o zbek tilidir. Shu bilan birga, O zbekistonda yashovchi turli millat va elatlar o z ona tilini qo llashlarini kafolatlash maqsadida Qonun o zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatdagi boshqa xalqlarning o z ona tilini qo llash huquqiga monelik qilmasligini ham bayon etgan. Qonunga ko ra, turmushda, shaxslararo va millatlararo muomalada fuqarolar o z xohishlariga ko ra istalgan tilda muloqot qilishlari mumkin. O zbek tilining izohli lug atida turmush so ziga insonning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti deya ta rif berilgan. Demak, kundalik hayotda O zbekiston hududida yashovchi har bir shaxs o zi istagan tilda gapirishga haqqi bor. Masalan, kishilar o zaro muloqotda rus yoki tojik tilidan foydalanganlari uchun ularni hech kim kamsitishi mumkin emas. Ushbu kafolatni yanada mustahkamlash maqsadida, Qonunning 4- moddasida O zbekiston hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo lish ta minlanadi deb yozilgan. Davlat tili va uning davlat organlarida qo llanilishi Qonunning 14-moddasiga ko ra, O zbekiston hududida yashovchi shaxslar davlat tashkilotlari va muassasalariga ariza va shikoyatlarini davlat tilida yoki boshqa tillarda topshirishlari mumkin. Demak, davlat organiga yozilgan ariza yoki shikoyatni faqat davlat tilida yozilmagani uchungina qabul qilmaslik mumkin emas. Mazkur modda O zbekiston hududida

119 istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilsa ham, amaliyotda ba zi jiddiy qiyinchiliklarni tug dirishi mumkin. Chunki Qonundagi boshqa tillarda atamasi aynan qaysi tillarni qamrab olishi haqida ma lumot berilmagan. Davlat tilidan boshqa tillar deganda rus, tojik va qoraqalpoq kabi mahalliy tillar bilan birga, ingliz, nemis va yapon kabi chet tillari ham tushunilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqa tillarda ariza yoki shikoyat olgan davlat organi javobni qaysi tilda berishi kerak? Qonunning 9-moddasiga ko ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish davlat tilida yuritiladi. Ammo bu moddada ham ish materiallari zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta minlanadi degan band mavjud. Xo sh, davlat tilidan boshqa tilda yozilgan ariza yoki shikoyat moddadagi zaruriyat holatiga kiradimi? Bu holatda javob ham davlat tilida, ham murojaat yozilgan tilda berilishi kerakmi? Qonunda mazkur savollarga javob yo q. Davlat tili va ismlar Qonunning 15-moddasiga ko ra, O zbekistonda yashovchi shaxslar o z ism va familiyasini milliy-tarixiy an analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar. Sobiq Ittifoq davrida hozirgi O zbekiston va Markaziy Osiyo hududida yashagan aholi familiyasiga majburan -ov, -ev kabi qo shimchalar qo shilgan edi. Qonunning yuqorida tilga olingan 15-moddasi bu kabi qoidalar endi majburiy emasligini belgilaydi. Ismini milliy-tarixiy an analarga muvofiq yozishni istagan shaxs endi ismini, masalan, Айджамал Садыкова dan Oyjamol Sodiq yoki Oyjamol Sodiq qizi ga o zgartirishi mumkin. Shuningdek, rus millatiga mansub kishining ismini Ivan Adamov dan Ivan Odam ga majburlab o zbeklashtirish qonunga zid. Qonunning ushbu bandidan O zbekiston aholising ko pchilik qismi bexabar va shuning uchun mamlakatda familiya yozishda hanuz Sovet davridan qolgan qoidalar amal qilib kelmoqda. Bu muammoni Baxtiyor Shohnazarov 2001-yilda O zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalining Huquq va burch ko rsatuvida muhokama qilgan edi. Qonunning 15-moddasida ko zda tutilgan haq-huquqlar haqida ma lumotni keng jamoatchilikka yetkazishda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (bundan keyin FHDYo) organlarining o rni katta. FHDYo organi pasport yoki tug ilganlik haqidagi guvohnomani olishga kelgan shaxslarga ism-shariflarini milliy-tarixiy an analarga muvofiq qayd etishlari mumkinligi va buni qay tartibda amalga oshirish haqida ma lumot berishlari kerak. Shunda tu gilganlik haqidagi guvohnomasida ismi Тахтаева Дильярам Яковлевна deb yozilgan shaxs pasport olish chog ida ismini To xtayeva Dilorom Yoqubovna yoki To xtayeva Dilorom Yoqub qizi deb yozishga haqli ekanini biladi. Bunday tushuntirish ishlarini samarali amalga

120 oshirish uchun FHDYo organlari qisqa ma lumotnoma-varaqalar tayyorlab, ularni fuqarolik holati dalolatnomasi uchun murojaat qilgan shaxslarga taqdim etishlari maqsadga muvofiq bo ladi. Ismlarni milliy-tarixiy an analarga ko ra yozish Qonunda belgilangan bo lsa ham, buni amalga oshirish yo l-yoriqlari yoki bu boradagi me yor hamda cheklovlar huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. Masalan, Хаджибеков Садикджон Джуманазарович o z ismini milliytarixiy an analarga ko ra qayd ettirmoqchi bo lsa, quyidagi ismlardan qay birini tanlashi kerak: Sodiqjon Hojibek Jumanazar mi yoki Hojibekov Sodiqjon Jumanazar o g li mi yoki Sodiqjon Hojibek Jumanazariy mi? Yoki ismini milliy-tarixiy an analar doirasida soddaroq qilib yozish kerakmi, masalan, Sodiqjon Jumanazar yoki Sodiqjon Hojibek kabi? Bu shaxs yuqoridagi variantlarning istalgan birini tanlashi mumkinmi yoki bu borada cheklov yoki me yorlar bo lishi kerakmi? O zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida ish yuritish tartibi to g risida gi Yo riqnomada bu haqda hech narsa deyilmagan. Bu esa amaliyotda jiddiy anglashilmovchiliklar va qiyinchiliklarga sabab bo lishi mumkin. Masalan, meros, bank xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash kabi masalalarda shaxslarning ismi bir necha hujjatga qarab solishtiriladi. Ism-shariflarning Qonunning 15-moddasiga ko ra qanday yozilishi samarali huquqiy tartibga solinmasa, yaqin kelajakda yuqorida aytib o tilgan sohalardagi ijtimoiy munosabatlarda ham shaxs uchun, ham davlat uchun jiddiy muammolar tug ilishi tabiiy. Nazarimizda, davlat tilida yozilgan ismlarning chet tilida, xususan, ingliz tilida qanday yozilishi masalasi ham huquqiy tartibga solinishi kerak. Masalan, O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi veb-sahifasiga kirib, Qonunchilik Palatasi deputatlarining ism-shariflariga e tibor bersangiz, bu boradagi nomutanosibliklarga guvoh bo lish mumkin. Davlat tilida Sodiqjon deb yozilgan ism ingliz tilida Sodikzhon deb yozilgan. Yoki davlat tilida Odilxo jaeva deb yozilgan familiya ingliz tilida Adilhodzhaeva deb yozilgan. Deputatlarning ism-shariflari ko zdan kechirilganda, bunday holatni deyarli har bir ism yoki familiyada kuzatish mumkin. Mazkur masala qonun bilan tartibga solinmagani uchun davlat pasportining ingliz tilidagi sahifasida lotin yozuvida berilgan ismlarda aniq bir qoidaga amal qilinmagan holda turlicha yozilish holatlari uchrab turadi. Masalan, bir oilaga tegishli bo lgan aka-ukalarning pasportlarida familiyalari lotin yozuvida birida Abdullaev, ikkinchisida esa Abdoollaev deb yozilgan holatlarga o xshash misollar juda ko p.

121 Yuqorida ta kidlanganidek, ism-sharif kabi shaxslarning kimligini bildiruvchi atamalarni to g ri yozish qoidalari tartibga solinmasa, ijtimoiy munosabatlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi aniq. Davlat tili va huquqiy hujjatlar Qonunning 8-moddasiga ko ra, O zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e lon qilinadi. Qonunning mazkur moddasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ko p hollarda buzilayotganini kuzatish mumkin. Masalan, O zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma lumotlari milliy bazasida (bundan keyin Qonun hujjatlari milliy bazasi) topilgan qonun hujjatlarining ba zilari faqat rus tilida mavjud ekanligini ko rish mumkin. Masalan, Qonun hujjatlari milliy bazasida 1999-yilda O zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro yxatdan o tkazilgan Xorijdagi O zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasport berish va almashtirish tartibi to grisida gi Yo riqnomasi faqat rus tilida berilgan. Saytda Hujjat matni rus tilida keltiriladi degan izoh ham mavjud. Bu bilan Davlat tili to g risidagi qonunning 8-moddasi buzilmoqda. Yuqorida tilga olingan huquqiy hujjat 1999-yilda kuchga kirganligiga qaramasdan haligacha davlat tilidagi matni tayyorlanmagan. O zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 16 yoshgacha bolalari bo lgan oilalarga nafaqalar tayinlash va to lash tartibi bo yicha uslubiy ko rsatmalarga o zgartirishlar va qo shimcha kiritish haqida gi Qaroriga yozilgan Ilova ham Ilova rus tilidagi matnda berilgan izohi bilan faqat rus tilida mavjud. Bunday missollarni yuzlab keltirish mumkin. Oliy Majlis qo mitalarida, yangi qonun qabul qilish uchun tuzilgan qo mitalarda ish, zarurat tug ilganda, rus tilida amalga oshirilishi mumkin. Ammo qonun matni, qabul qilishga tayyor bo lgandan keyin, albatta, o zbek tiliga tarjima qilinishi kerak va shundan keyingina keng jamoatchilik e tiboriga havola qilinishi kerak. Bu qonun talabidir. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari ham davlat tilida qabul qilinib, davlat tilida e lon qilinishi kerak. O zbek tilida qabul qilingan qonunlarning, davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruvi organlari hujjatlarining tarjimalari boshqa tillarda ham e lon qilinishi mumkin. Ushbu qoida O zbekiston hududida yashovchi, ammo davlat tilini bilmaydigan yoki yaxshi bilmaydigan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qoida ham qo shimcha huquqiy izoh va tushuntirishga muhtoj. Sababi Qonunda qanday

122 holatlarda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruvi organlarining hujjatlari boshqa tillarda e lon qilinishi mumkinligi haqida izoh berilmagan. Davlat tilining xo jalik boshqaruvi va jamoat joylarida qo llanilishi Qonunning 10- moddasiga ko ra, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi. Agar korxonalarda ishlovchilarning ko pchiligi o zbek tilini bilmasa, davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham ish yuritish mumkin. Masalan, bir korxonaning hisob-kitob bo limida, asosan, rus millatiga mansub xodimlar ishlasa, bu holatda ularga korxona hujjatlarini rus tilida tayyorlashga ruxsat beriladi. Lekin rus tilida ish yuritilishiga qaramay, korxonaning hisob-kitob bo limi barcha hujjatlarni o zbek tilida ham tayyorlashga majbur. O zbekiston Respublikasi Reklama to g risidagi Qonunining (bundan keyin Reklama Qonuni) 5-moddasiga ko ra, davlatimiz hududida reklama davlat tilida berilishi bilan birga, reklama beruvchining xohishiga ko ra boshqa tillarda ham e lon qilinishi mumkin. Shu masalaga bog liq bo lgan yana bir muammo bu reklama yozuv taxtalari va bannerlaridagi reklama matnlarining jiddiy xatolar bilan yozilayotganidir. Reklama matnlarini e tiborsizlik natijasida jiddiy xatolar bilan yozish uchun javobgarlik bormi? O zbekiston Respublikasi Ma muriy javobgarlik to g risidagi Kodeksining (bundan keyin Kodeks) 42-moddasiga ko ra, davlat tilini mensimaganlar eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Ammo Kodeksda qaysi holatlar mensimaslik deb baholanishi mumkinligi haqida hech narsa deyilmagan. O zbek tilining izohli lug atiga ko ra, mensimaslik deb e tiborsizlik va past nazar bilan qarash ga aytiladi. Davlat tili yoki boshqa tillarda yozilgan matndagi xatolarni e tiborsizlik deb baholash mumkin, ammo ularning past nazar bilan qarash maqsadida qilinganini isbotlash qiyin. Reklamalarda davlat tilini ishlatishda xatolarning oldini olish na Davlat tili to g risidagi Qonunda va na Reklama to grisidagi Qonunda tartibga solingan. Reklama yozuv taxtalarida uchrab turadigan qo pol imlo xatolari uchun kim javobgar? Reklama beruvchimi yoki reklama agentligimi? Amaldagi qonun hujjatlari orasida reklama agentliklariga reklama matnini davlat tili yoki boshqa tilda xatosiz yozilganligini tekshirish vazifasini yuklovchi biror yo riqnoma topilmadi. Filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonovga ko ra, Qonun talablari to liq bajarilishini ta minlash maqsadida hokimliklar huzurida atamalar komissiyalari tuzilgan. Mazkur komissiyalarning ishini jonlantirish yechimlardan biri bo lishi mumkin. Ba zilar reklamada uchraydigan imloviy va uslubiy xatolar davlat organlari tomonidan tartibga solinmasligi kerak,

123 bozor munosabatlari bunday holatlarni o zi asta-sekin tartibga solib yuboradi deb hisoblashi mumkin. Bu fikr ham o rinli ko rinadi. Ammo shunday bo lgan taqdirda ham bu haqda qonun hujjatlarida qoida bo lishi kerak. Reklama yozuv taxtasidagi qo pol xatolar haqida xabar berib, ularning to g rilanishini talab etishda fuqarolar faolligi ham muhim ahamiyatga ega. Ammo ular bunday holatlarda kimga yki qayerga murojaat etishlari kerak? Reklama beruvchi yoki reklama agentligi xatolarga e tiborsizlik bilan qarasa, uni bartaraf etish uchun hech qanday chora ko rmasa, fuqarolar kimga shikoyat qilishi mumkin? Xatolarni bartaraf etish masalasiga bunday e tiborsizlik bilan qaragan reklama beruvchi shaxs yoki reklama agentligining xatti-harakatlarini mensimaslik yoki e tiborsizlik va past nazar bilan qarash deb ta riflab, ularni ma muriy javobgarlikka tortish mumkinmi? O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining hamda O zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to g risida gi Qarorining (bundan keyin Qaror) 16-bandiga ko ra, sotuvchi, tovarlar va ularni tayyorlovchilar to g risidagi ma lumotlar xaridorlar e tiboriga davlat tilida yetkaziladi, shuningdek, boshqa tillarda takrorlanishi mumkin. Lekin chakana savdo rastalarida tovarlar to g risidagi ma lumotlar xaridorlar e tiboriga har doim ham davlat tilida yetkazilmaydi. Masalan, pishloqning har-xil turlarini sotayotgan sotuvchi bir pishloq turi ustiga Галански Сир! Свежи! deb yozib qo ygan bo lsa (kundalik hayotimizda ko p uchraydigan bunday yozuvlarga misollarni Ravshan Jomonovning O ynab gapirsang ham o ylab yoz maqolasidan topishingiz mumkin), bu reklama hisoblanadimi yoki mahsulot to g risidagi ma lumotmi? Agar reklama hisoblansa, unda reklama davlat tilida berilishi talab etilmaydi. Agar mazkur yozuv mahsulot to g risidagi ma lumot deb talqin etilsa, unda boshqa til bilan birga davlat tilida ham yozilishi shart. Xulosa o rnida O zbekiston hududida davlat tilining amal qilishini tartibga soluvchi qonunchilik o zgartirish va qo shimchalarga ehtiyoji bor, deb hisoblaymiz. Yangi qonun yoki o zgartirishlarni qabul qilishda yuqorida tilga olingan va boshqa shu kabi muammo hamda kamchiliklarga e tibor berish zarur.

124 58. Музаффар Қосимов. Сайт очиш фикри тарихи ва мақсад Блогимдаги дастлабки қайдларим билан, ушбу сайтини очишимга сабаб бўлган нарсалар ва ундан кўзлаган мақсадларим ҳақида ўртоқлашмоқчиман. Энг аввало бунга йўл менинг ўқувчилик йилларимдан бошланган: Менинг ўқувчилик даврим, 90 йилларнинг тугаши ва 00-йилларнинг бошига тўғри келган. У пайтлардаку, интернет деган нарса ҳали жамият ҳаётига у даражада кириб келган эмасди, интернет ва электрон почта ҳақида радио ва телеэфирдан баъзан эшитиб қолардик ва биз (мен ва мен қатори синфдош ўртоқларим) буни «етишиб бўлмас ноу-хау» дек қабул қилар эдик. У пайтда менинг ҳаёлимдан бир кун келиб интернет уммонида ўз сайтим, блогимга эга бўлишим ҳаёлимни кўчасини бирор марта ҳам ҳатлаб ўтган эмас. Бироқ, ўқувчилик давримда менинг бошқа бир режам (орзуим дея олмайман) бор эди: мактабни тамомлаб, халқаро журналистика соҳасига ҳужжат топшириш ва журналист касбини эгаллаш. Тўғри, кейинчалик 11-синфни битирганимда, бу режам ўзгариб кетди. Мен тамомила бошқа йўналиш автоматик системалаштирилган бошқарув (АСУ) соҳасини ўзим учун профессионал эгаллашим лозим бўлган касб қилиб танладим. Лекин барибир журналистика ҳақидаги режаларимга ҳам «рад эт» тамғасини босганим йўқ эди. Кейинчалик, интернет уммони катталашиб, унда ҳар бир киши шунчаки ўз электрон почтасидан тортиб ўзининг шахсий сайти, блогигача эга бўлиши имконияти пайдо бўлиши билан, менинг хотира архивимда сақланиб келаётган журналистика ҳақидаги ўқувчилик ҳаёлларим ҳам қайта шуълаланиб кетди. Тўғри, эндиликда мен профессионал журналист бўла олмайман. Бунга даъво қилмайман ҳам. Бироқ, ўз сайтинг ва блогинг бўлса, ўз фикрларинг ва мулоҳазаларингни юртдошлларинг билан ўртоқлаша олсанг, кишиларга бирор бир фойдали ахборот ёки маълумот тақдим қила олсанг қандай яхши Сайт очишимга сабаб бўлган яна бир муҳим нарса эса талабалик даврим билан боғлиқ: Олийгоҳда техника йўналишида таҳсил олганман. Ўқиш йилларида албатта кўпчилик талабалар сингари мен ҳам, асосан топшириқларни бажариш, фанларни чуқурроқ ўзлаштириш учун махсус адабиётлар, қўлланмалар, маълумотномалар (справочниклар) ва ҳо казо манбалардан фойдаланишимга тўғри келган. Бирор бир фандан муҳим маълумот зарур бўлиб қолса, уни институт кутубхонасидаги кўп сонли адабиётлар ичидан топишни ўзи бўлмас эди. Сизга зарур китобни номи ва муаллифини билган тақдирингизда ҳам, унга эришиш осон бўлмайди, китоблар аллақачон сизгача қўлма-қўл бўлиб кетган. Топганлар ҳам кўпинча ундан фойдаланишга қийналишарди, чунки, техника соҳасидаги адабиётларнинг аксарияти рус тилида бўлиб, бу борада айниқса чекка вилоят, чекка қишлоқлардан келиб ўқиётган талаба курсдошларим қийналишарди. Уларда кўпинча, стипендиянинг маълум қисми, рус ёки инглиз тилидаги матнни «билағон»

125 курсдошларга таржима қилдиришга кетар эди. Шуларни кўриб, мулоҳаза қилиб юриб, шу каби муаммоларни бартараф этишга оз бўлсада ҳисса қўшиш ниятида, фан-техникага оид китоблар, айниқса кам ададда чиқиб, ҳозирда ноёб бўлиб қолган адабиётларнинг электрон нусхаларини яратиш ва уларни интернет орқали тарқатиш ҳақида фикр пайдо бўлган эди. Қолаверса, интернетнинг миллий сегменти ўзнетда, фан-техникага оид мукаммал сайтларнинг йўқлиги, «.uz» доменидаги техникага бағилшланган сайтларнинг ҳам аксарияти асосан тор соҳаларда бўлиб, илмий-оммабоп йўналишларни ва умумтехника фанларининг фундаментал тамойилларини намоён қилмаслигини кузатдим. Мавжудлари ҳам асосан рус тилида... Шуларни ўйлаб, илм-фан, техникага бағишланган бирор бир сайт очиш фикри пайдо бўлди. Ўқувчилик давримда кўзланган журналистика соҳаси ва талабалигимдаги мулоҳазаларим бирлашиб, сайт очиш иштиёқини кучайтириб юборди. Инстиутда ўқиётган ва уни битираётган вақтимда бунга имконият бўлмади. Биринчидан моддий масала (талаба учун ҳар бир сўм азиз, агар у менга ўхшаб конрактда ўқиса ўша ҳар бир сўм қадри икки баравар азиз бўлади ) қолаверса, техник имкониятларим етарли эмас эди. Лекин сайтнинг концептуал жиҳатларини ўша йиллардаёқ лойиҳалаб қўйган эдим. Мана вақти келиб, ҳам моддий ҳам техник имкониятларни яратган менга тақдим этди. Фақат, сайтни тузиш ва уни зарурий контент билан тўлдиришга қунт қилиб, ҳаракат бошлаш қолган эди йилда, мен аввалдан фаол қатнашадиган да Usmon никли фойдаланувчининг «Ўзимиз сайт яратамиз» номли пости пайдо бўлди. Бу пост мени ўйлантириб юрган саволларнинг кўпчилига жавоб берди ва сайт очишга мени, ҳазил айтганда «гиж-гижлади» (спровоцировал J). Аввалига локал ҳолатда сайтни лойиҳалаб, 2012 йил 27 сентябрь куни уни хостингга жойладим. Домен эса, сайтнинг асосан аниқ фанлар, техника йўналишларида ахборот тақдим қилишга мўлжалланганлигини инобатга олиб Orbita номини танладим. Orbita сайёраларнинг қуёш атрофидаги айланиш йўналиши траекторияси, шунингдек, молекулалалрда, электронларнинг атом атрофидаги айланиш йўналишидир. Аниқ фанлар ва техникага оид нашрлар ва илмий қўлланмаларда, шунингдек соҳа муассасаларида орбитал тасвир логотип сифатида кўп қўлланилади. Мен ҳам сайт номида ва унинг рамзида айнан орбита бир вақтининг ўзида ҳам астрономик, ҳам молекуляр манзара номини танлашни маъқул кўрдим. Бироқ, 2012 йил 27 сентябрь куни сайт очилгач, барибир анча вақт уни оммага ҳавола қилишга иккиландим. Биринчидан контентнинг чўғи паст, қолаверса, сайт дизайни, ва ҳо казоларда қилинадиган ишлар бор эди. Баъзан ишдан ортмай, баъзан эринчоқлик билан, сайтга ҳафталаб қармаган кунларим ҳам бўлди. Бироқ, 2013 йил март ойидан бошлаб, бу борада жиддий шуғуллана бошладим. Сайтда фақат кутубхонада электрон китоблар тақдим қилиш ва маълумотномалар бўлимини тўлдириб ташлаш билан ўзимни чеклашим мумкин эмас эди. Чунки сайт очилганидан кейин, янги ғоялар оқими миям алгоритмларида пайдо бўла бошлади. Масалан, буюк илмий кашфиётлар ва ихтироларнинг тарихи ҳақида сайт ўқувчиларига қизиқарли маълумотлар тақдим этиш, илм-фан ва умуман олганда инсоният цивилизацияси йўналишини ўзгартириб юборган

126 буюк тафаккур эгалари, аллома ва олимлар ҳаёти, уларнинг илмий ишлари билан таништириш ва турли фан ва техника йўналишларда илмий-оммабоп мақолалар тайёрлаш фикри шулар жумласидандир. Бу борада эътиборни асосан ўзбек тилида мавжуд бўлмаган маълумотларни топиб, она тилимизга ўгириб тақдим этишга қаратдим. Даставвал сайтда Фан янгиликлари бўлими ҳам ташкил этдим. Лекин, янгиликлар борасида оперативлик ва юқори маъсулият талаб этилгани боисидан кейинчалик бу бўлимдан воз кечдим. Сабаби, янгиликларни ўз ўзидан янги, аниқ ва ишончли бўлиши керак. Мен эса сайтни асосий ишимдан бўш вақтда юритганим боис, вақт нуқтаи назаридан бундай имкониятга эга эмасман. Бирор сайтдан янгиликни олиб, кўчириб, эълон қилиш эса... J ўйлашимча интернет фойдаланувчиси менсиз ҳам ўша сайтни ўзи топиб янгиликдан бохабар бўла олади... Ҳулласини айтганда, сайтини аввало фан-техника йўналишида онлайн маълумотномалар, кутубхона базаси тайёрлаш, илмий-оммабоп мақолалар билан ўқувчиларни аниқ фанлар ва техника соҳаларига бўлган қизиқишларини орттириш, ва соф ўзбек тилида илм-фан, техника йўналишини тарғиб этувчи портал тайёрлаш («яратиш» феъли менимча одамзот фаолияти учун эмас...) мақсадида очдим. Сайтдан тижорий мақсадларни кўзламаганман. Бу ҳақида танишларим пичинглар қилишди. Лекин, мазкур сайтдан юртдошларимига, айниқса ўқувчи ва талаба ёшларга наф тегса, шуни ўзи мен учун хар қандай тижорий манфаатдан афзал. Сайт очилганига эндигина бир йил тўлди. Албатта, ҳали камчиликлар ва қилинадиган ишлар бисёр. Дизайн ҳам ҳали мен истаган кўринишга келгани йўқ. Лекин насиб этса, режаларим катта. Вақти келиб сайтини ўзнетдаги ўз мавқеига эга, илғор порталга айлантириш, ўзбек ёшларининг техника ва илм-фанга оид ҳар қандай маълумотларга ўз она-тилларида эга бўла олишларига хисса қўшиш ниятидаман. Ва бу борада сиз азиз сайтимиз фойдаланувчиларининг ҳар бир таклиф ва мулоҳазаларингизни хушнудлик билан кутиб олишга тайёрман! Ҳурмат билан, Ўзим.

127 59. Мухаммад Мадрахимов. Озгина фойдали блог.. Блоггерлар чемпионатига бирор нарса ёзай десам калла бўм- бўш. Илхомимга мурожаат қилдим. Илхом Error. Қўлимни жағимга тираб ўйланиб ўтирудим тиринг этиб хабар келиб қолди. Тохир Содиқов приглашает вас попробовать TF meeting is easy.. деган хабарни ўқидим. Кимлардир бундай хабарлардан қутула олмаётганидан жиғибийрон бўлаётганини ўйлаб, шу мавзуда (бир ўтиришда ва калламга келганини) ёзишга қарор қилдим. Харқалай оз бўлсада одамларга фойдаси тегар: 1. Баъзан почта кераксиз билдиришномалардан тўлиб кетиб қолади. Сизни почтангизга хам Фейсбук, одноклассники ёки шунга ўхшаш ижтимоий тармоқлардан (уведомление) билдиришномалар келаётган бўлса ундан қутулишни йўли осон. Ўша ижтимоий тармоқлардаги профилингизни настройка сига кирасиз. Настройка ни ичида уведомление бўлими албатта бўлади. Ушбу бўлимни ичида почтага хабарлар жўнатиш бўлимини ўчириб қўйсангиз кифоя. Шунингдек телефонга борадиган хабарлар оқимини шу ердан ўчирса бўлади. 2. Фейсбукда хар хил приложение лардан келаётган уведомление ларни Настройка запросы и действие приложение бўлимидан ўчиришингиз мумкин. 3. Кимдир хроника нгизга сиздан бесўроқ расм жойлаётган бўлса Настройка хроника и отметка бўлимидан отключение қилинг. 4. Ўзингиз ёқтирмаган гурухларга, сахифаларга кириб қолсангиз ёки қўшиб қўйилсангиз хеч хавотир олманг. Қаердаки кириш учун эшик бўлса чиқишга хам тешик топилади. гурухлардан чиқиш: броузер ойначасини ўнг юқори қисмида уведомление ни ўнг томонида саккиз бурчакли тугмачани босинг ва энг тагидаги «покинуть группу» ни танланг. 5. Агар мабодо қайсидир страница дан сизга доимий янгиликлар келиб турган бўлса ва лекин уларни янгилиги сизларга ёқмаса буниям иложи бор. Сахифага кирасиз ва нравится тугмасини боссангиз бир нечта вариант танлаш имконияти берилади. Охириги қатордаги не нравится ни боссангиз сизни бу сахифадагилар бошқа безовта қилишмайди. 6. Дўстликка кабул килаётганда подтвердить сўзидан кейинги жумлага алохида эътибор беринг. Мана ўша жумла: Сиз ушбу инсонни хаётда танийсизми?. Агар дўстлик сўрови жўнатган одамни хаётда танимасангиз нет тугмасини босинг. Бўлмаса бу сизни роковой ошибкангиз бўлиши мумкин. Ёдда тутинг: Фейсбукда алтернатив профил взломи дўстлар ёрдамида амалга оширилади. 7. Албатта аккаунтингизни ўзингизни телефон рақамингизга бириктириб подтвердить килишни унутманг. Қўшимча почтага бириктирсангиз ажойиб иш қилган бўлардингиз.

128 8. Бириктирилган почтангиз Фейсбукдан бораётган хабарларга тўлиб кетса бошингизни қашиманг. Юқоридагидай настройкага кирингда чап ўртарокда уведомление деган жойни эшигини очиб кириб почтага хеч нарса бормасин га птичка қўйинг. 9. Почталар паролларини иложи боричи сўз сон сўз типида қўйган маъқулроқ. Парол бузувчи программалар харфларни кетма кетлигини алмаштириш хисобига ишлайди. Фақатгина харфлардан иборат паролларни бу программа билан бузиш осон. Шунингдек исмлар, фарзандларни, ота оналарни исмлари, тугилган йиллар, кизларни исмлари ёки жой номлари парол сифатида куйилиш тавсия этилмайди. 10. Ижтимоий сайтлардан сизга келган ссылкани босдингиз. У сиздан сайтга кириш учун логин ва парол сўрамоқдами? Унда биринчи бўлиб броузер ойначасидаги сайтни адресини текшириб кўринг. Масалан: Одноклассникига кириш адреси ўрнида бошқа адрес турган бўлса бу сайт фейк хисобланади. 11. Қайсидир безори сизни манзилда алдаяптими? Уни қўлга тушириш учун сизда бор йўғи ундан келган почта бўлса бас. Уни манзилини билиш учун почта ичига кирасиз. Почтани печать» қилиш ускунаси ёнидаги бўлимда служебные заголовки ичидан каторлардан IPадресни оласиз. Ушбу адресни (энг осони лекин ишончсизроқ) интернетдаги хар қандай IP аниқлаш сайти орқали билиб олсангиз бўлади. IP-searhing by pentagon дастури сизда бўлса унда хеч қийинчиликсиз ул безорини ўтирган ўрнигача аниқлашингиз мумкин Gmail.com дан бошқа хамма почтальон сайтлардан IP ни олиш мумкин. 12. Профилингизга юз киёфангизни ўзгарган холатидаги расмини (тиржайиб, илжайиб, хумрайиб тушган) қўйинг. Профилингизга нотабиий тушган расмингизни қўйсангиз ёмон одамлар расмингизни монтаж қилиб сизни ёмонотлиқ қила олмайдилар (кўпроқ ёш қизларга тегишли). 13. Интернетдаги сухбатдошингизни расми ўзиникилигига ишонмаяпсизми? Ундан яна битта расм сўранг. Қандай дейсизми? Тилини чиқариб қулоғини ушлаб расмга тушсинда сизга жўнатсин. Олган расмингизни профилидаги расмлар билан солиштирингда ишончингизни мустахкамланг 14. Мабода компютерда ўтирганингизда қорнингиз очиб кетдими, ёки чарчадингизми буям муаммо эмас. Клавиатурангизда ўнг юкори кисмида Power тугмасини босинг ва бориб қорнингизни тўйдиринг, қолганини кейин гаплашамиз Юкоридаги маслахатларни орасида русча терминлар кўпайиб кетгани мени айбиммас. Аслида бу маслахатларим бошловчиларгаю лекин кимгадир аскотишидан умидворман. Сизга қайси пункти асқотди. Хеч қайсиниси? О-о жуда ақлли экансиз, унда интернетни ўчирингда ташқарига чиқинг, у ерда. қор ёғаяпти

129 60. Мухаммад Сохиб Нажмиддинов. Дамасда Нотаниш қиз-жувонларга суқланиб қарашнинг қай даражада ёмон оқибатларга сабаб бўлишини бироз англаб етган бир йигит гапириб беряпти... Эрталабки нонуштани қилиб уйдан ўқишга отландим. Узоқ куттирмасдан марказга элтувчи дамаслардан бири келди. Аста ўриндиққа жойлашдим. Даставвал ҳайдовчи томонидан балким орқа ўриндиқдаги қизларнинг эътиборини қозониш мақсадида бироз баландлатиб қўйилган "Уммон" гуруҳининг қўшиғи, кейин ўзларини кўрмаган бўлсам-да, орқадаги қизлардан таралаётган аёллар атирининг ифори диққатимни жалб қилди. Олдинига аҳамият бермасликка уринсамда, қизларнинг қанақадир шивир-шивири юракка шайтон нағмасини олиб кирди. "Шарт орқангга ўгирилда, уларни суҳбатга чорла, манзилга етар чоғинг қўл телефонинг рақамини бер" деган овоз тобора миямни қамраб бораётганди. Жуда чалажон овоз эса, "у қизлар ҳам кимнингдир синглисидир" деса, баланди "у ҳолда нега сани ўзингга қаратиш учун шивирлайди, кулади" дер эди. Ногаҳон шофернинг боши тепасидаги ойнага қарар эканман, унда орқадаги қизларни кўриб кетиш имкони борлигини сездим. Бирдан ичимдаги сас "ана энди ҳотиржам кўз уриштирасан" деди. Йўлнинг равон эмаслигидан ойнада аниқ юзни кўриб бўлмас эди. Аммо орқадаги қизнинг менга қараб жилмаяётганини билиш қийин эмасди. Шу тобда " қизлар томондан кейинги бекатда, коллежнинг олдида тушамиз-а" деган овоз келди. Шошиб, ён дафтаримга телефон рақамимни машина юриб кетаётганига қарамай, тушунадиган қилиб ёзиб, қизлар тушаётганда амаллаб, сумкаларига солиб қўйишни режа қилдим. Ўзимча бир зум ҳаёлга берилдим. Бу ҳаракатим ўхшаб қолса, бугун ўқишдан қайтиб, зерикмаслигимни, янги таниш билан телефонда мазза қилиб гаплашишни ўйладим. Дамас коллежни олдига келиб тўхтади... Ўзимча мардлик қилиб, "қизлар тушаверинглар" демоққа оғиз чоғладим, шу аснода ойнада менга жилмайганини ҳис этган қизнинг жамолини кўриб олишни режа қилдим... Саноқли сониялардан кейин ўша қизнинг ўзи дамасдан туша туриб "йўл кирани тўлаб қўярсиз акажон, кўчада қизларга қарамай юринг, дадамга айтиб бермай яна" деб эшикни ёпди. Бошимга биров гурзи билан ургандай бўлди. Юрагим музлаб қолди. Ҳа, ҳа дамаснинг эшиги ёпилгандаги овоз гўёки менинг бошим узра тушган муштнинг овози эди... У ўз синглим эди. Мен дамасга чиққанда шайтон нағмасининг саслари ичида йўқ бўлиб кетаётган "у ҳам бировнинг синглиси бўлсачи" деган кучсиз товуш "балки сеникидир" деганини ҳам айтган бўлса керак. Аммо менинг

130 кар қулоқларим буни эшитмагандир. "Бир бекат кейинги коллежда сенинг ҳам синглинг ўқийди-ку" деган овоз ҳам қаердандир келгандир. Лек мен шайтоннинг малайи бунга парво қилмагандирман... Орқада уларнинг мени таниб қилган шивир-шивирларини нотўғри талқин қилмай мен ўлай дегим келади. Умуман, ҳозир ўрнимда бошқа бола бўлганда ва айни мен қилган ҳаёллар билан ҳаракатланиб телефон номерини менинг синглимга берганда нима бўларди? Менинг синглимнинг телефонда йигитлар билан гаплашиши... Йўқ, йўқ деб беихтиёр овозим кўтарилиб кетти. Яхшиямки, охирроққа келиб ҳайдовчи билан ўзим қолган эканман..."ие тинчликми ука, нима йўқ" дейди. "Ҳа, ўзим ока ҳаёл кетиб қопти" дедим. "Ўша кундан бери номаҳрамларга қарашдан тийилиш йўлларини қидираман. Мажнунсифат бўлиб қолдим анча кун" дейди йигит. Бу охирини тасаввур этиб бўлмас, бир воқеа бўлди. Менга қаттиқ таъсир қилди. Ҳақ Таоло турфа хунук синовлардан ўзи асрасин...

131 61. Мухаммаджон Саидмуродов. Paranoya. Media-degradatsiya! Jonga tegdi sifatsiz kontent. Qaysi kanalga qarama muhim mavzularga qanaqadur bo magur ko rsatuvlar tayyorlashadi. Juda ko pchiligimizni esimizda, maktablarda tarbiyaviy soatlar o tkazilardi. To g risi, o zim qo shimcham bor deb bahona qilib ketardim yoki umuman survorardim. Chunki o ta zerikarli edi, boshqa kassetasi yo q magnitofonga o xshab qayta-qayta bir xil narsa eshitar edik. G urur, or-nomus, poklik, iymon haqida haqiqatdan ham juda kuchli ta sir qiladigan videofilm va ko rsatuvlar tayyorlasa bo ladi. Ammo ularga yetarli mablag ajratilmaydi. Sevgimuhabbat mavzusiga ayamay pul tiqiladi, xadavoy bo lgani uchun. Yana bir sababi televideniyamizning o zi xalqni shunga o rgatib qo ydi. Tomoshabin zombi lashmoqda, ongi zaharlangan, moral chegara susaygan. Kanallarimizdagi asosiy(hamma uyda bo lgan) vaqtni faqat sevgi-muhabbat va ishqiy sarguzashtlarni targ ib qiluvchi chet el(koreys, xitoy, turk va h.k.) seriallari, va kinoteatrlarimizni yangi, o zimizda ishlab chiqarilayotgan qo shtirnoq ichida turli xil kinolar egalladi. Nomahram so zi shunchaki so z bo lib qoldi. Xalqimiz esidan chiqaroyatgan bir qancha o zbekcha so zlar bor, shularni safiga nomahram so zi ham qo shildi. Nega? Shu to g rimi? Qayda qoldi andisha-yu, qayda qoldi or-nomus?! Virus tarqatyapsizlar. Ommaga birinchi qadamni o zingiz qo yib beryapsiz! Muhimi birinchi qadam, uyog iga sekin-sekinmi, tez-tezmi Ha mumkin ekanku deb fikrlashni boshlaydi. Xozir shu darajaga bordiki, ota-ona qizing(yigiting) bormi? deb o zi farzandiga savol beryapti. Bunday savollardan keyin farzand nima deb o ylasin? Noto g ri yashayapman, yigitni qizi, qizni yigiti bo lishi kerak ekan degan tushunchaga olib kelmaydimi bu? Yigit qizni sevib qoldi, ular uchrashishni boshlashdi, strelka lar ( svidaniyalar ) ko paydi. Kinolarda hammasini cho tkiy qilib ko rsatishadi: gul, kino, har xil sovg alar, muzqaymoq, parklarda qo l ushlashib yurishlar. Achchiq haqiqat shundaki, hayotda birov birovdan uyalmaydi, yigit-qiz tushunchasi yigit uchun ham, qiz uchun ham sevgi so zidan ko ra vaqtichoqlik so ziga yaqinroq bo lib qoldi, qo l ushlashish bilan chegaralanilmayapti. Parklarda iloji boricha yashirin va qorong iroq joy qidirib qolishyapti. Soatbay xata lar ham ko payib qolgan. Torg.uz da e lonlar tiqilib ketgan. Chiroyli

132 qilib yozib qo yishgan: hamma shart sharoyiti bilan, роматическая обстановка, большая кровать va hokazo, va hokazo. Boshqa holatda, ba zi qizlar sevmagan insoniga turmushga chiqqanidan keyin, avvalgi yigitini sog inadi, yozishadi, ko rishadi va ular ham yashirin to shak qidirib qoladi, chunki to siq yo q, shaxsan tutib olishmasa, boshqachasiga xitlab qolishmaydi. Unaqa ona qanday farzandlarni tarbiyalaydi? Qilgan ishlari ma lum bo lsa, erini, otaonasini, aka-uka, opa-singillarini va umuman boshqa yaqinlarini sha niga dog tushmaydimi? Ularning oilasidagi tinchlik yo qolmaydimi? Unaqa yigitda sog lom fikr qoladimi? Kelajakda o z ayoliga ishonchi qoladimi? Bunday voqealarni eshitgan, bilgan va guvohi bo lgan yoshlarchi. Paranoyik bo lib qolmaydimi? Sevgi bu juda pok tuyg u, inson sevishi va sevilishi kerak, uchrashishi kerak degan virus g oyangizni siz to g ri yetkazib bera olmayapsizlar. Dozasini oshirib yubordinglar. Nimagaligini FXDYda ajralish uchun arizalar soni va ginekolog(ba zi hollarda praktolog)lar kabinetiga turmushga chiqmagan qizlarning o sha maqsadda navbatga turganiga qarab bilib olsangiz bo ladi. Mana sizlarga hozirgi sevgi-muhabbat! Ikki putingni va ikki jag ingni orasidagiga ehtiyot bo l. (Xalq maqollaridan) To g risi, uylanishga ham qo rqib qoldi kishi. Qanaqa qiz uchrar ekan? Pokmikan? Hech kim bilan uchrashmaganmikan? Qo pol bo lsada aytaman, yamoqmasmikan? degan savollarning javobidan qo rqaman. Paranoya! Ota-onalar, farzandingizga to g ri tarbiya, to g ri axborot bering va uni to g ri tahlil qilishga o rgating. Betarbiya, iflos va jirkarch insonlarni ham misol qilib keltirib turing, ehtiyot bo lgan holda. Zahar ham me yorida shifo.

133 62. Муҳрим Аъзамхўжаев. Танлов учун Бир замонлар, Тоҳир Қаҳҳор домланинг фелъетон дарсидан берилган топшириқни бажариш учун, Михаил Зошченкодан илҳом олиб, ўзим ва Диёр гувоҳи бўлган воқеага асосланиб, ёзгандим. Биринчи "Ватандош"да чиққан, 2011 йилмиди. Гуглни кэшидан қидирса, чиқиб қолар ҳали ҳам бўлса. "Ҳуррият"га кўтариб борсам, "Матиз"ни "қурбақабашара" деб бўлмайди, деб айтишганди (фикрда жон бор: шунча халқни боқаётган мошинани қурбақага тенглаштириш - маъқул иш эмас, шекилли). Ҳар эҳтимолга қарши, ЎзБлоггерлар танлови баҳона, шу нарсани чоп этишга қарор қилдим. Танлов учун. ҚОНУН ҲИМОЯЧИСИ ЛЕЙТЕНАНТ ТЎХТАСИН (Эски замондан. Йўл жарималари ошганидан кейинги кунлар янги замон) Ҳозирги йўл нозирлари фақат қонунни ҳимоя қилишади. Қонунни буздингми, тамом жазоланасан. Тўхтатганида, чўнтагига беш сўм қистирсанг, ҳайдовчилик гувоҳноманг чангини қоқиб бериб, «честь» билан оқ йўл тилайдиган нозирлар эски замонларда қолиб кетган... «Катта»нинг ка-атта уйи олдидаги «катта-катталар»нинг хизмат машиналари ўтадиган катта кўча. Ана, бизнинг, йўғе, замонамизнинг қаҳрамони, йўл нозири лейтенант Тўхтасин. Хизматда. Бугун у мана шу катта кўчада навбатчи. «Катта-катталар»нинг машиналари светофорнинг қизил чироғида сарғайиб қолмасликлари учун, рациядан кўрсатма келган вақтда, чорраҳа ўртасига чиқиб, қўлидаги қизил таёқчасини тинмасдан айлантириб туради. «Катта-катталар»нинг машинаси унинг ёнидан ўтаётганида «честь» беради. «Катталар»нинг машинасидан бўш вақтида асосий иши кичкина-кичкина одамларнинг машиналарни тўхтатиш билан банд. Автобусдаги кондукторлар талабанинг олдидан беш марта ўтиб, олти марта йўл чиптасини сўраганида норозилик билдирганимиз қанчалик бефойда бўлса, Тўхтасинларнинг йўқ жойдан Сизнинг машинангизни тўхтатишганида ҳам бирон нима дейишга ҳаққингиз йўқ у ҳақ, унда шундай ҳуқуқ бор. У ўзи хоҳлаган

134 машинани тўхтатиб, ҳайдовчининг ҳужжатларини текшириб кўриши мумкин. Хизматчилик. Ана, Тўхтасиннинг қўли қўлига тегмаяпти. Ҳозиргина бир пачоқроқ машина эгасининг ҳайдовчилик гувоҳномасини текшириб бўлиб, ортига ўгирилди ва светофорнинг яшил чироғига ўтиб келаётган, ўзимизнинг Асакадан «етиштирилган», «тойчоқ»ни тўхтатди. Ҳайдовчи ёш, ёш бўлса-да, шу чорраҳада ҳар доим йўл нозирлари ҳозир бўлиши билади, шунинг учун ҳам шу чорраҳага ярим-бир километр қолганида хавфсизлик камарини тақиб олган (шу ердан ўтиб олса ҳақиқий катта кўча, ечиб ташлайди). Хуллас, ёш ҳайдовчи хотиржам. Йўл нозири ҳайдовчининг ҳужжатлари орасидан қайсидир ҳужжатни тушириб юбордими?! Ҳайдовчининг: «Нимадир тушиб кетдими?», деган саволига, Тўхтасин: «Йўғе, тушиб кетган бўлса, машинадан чиқиб, олволинг», деб жавоб берди. Суғурта ҳужжати экан. Тўхтасин кўп ҳам чўзиб ўтирмади. «Укажон, машинани жарима майдончасига қўямиз!». Тўхтасиннинг «укажони» ҳайрон: «Ия, нега энди?». «Суғуртанинг вақти ўтиб кетибди!», замонамиз қаҳрамони шундай деб жавоб бераркан, машина ойнасига қоғоз-қалам қўйиб, протокол ёзишга киришиб кетди. Бунча чаққон? Ёш ҳайдовчи вазият қалтислигини тушунди. «Укажонимиз», кўринишидан, ялинадиганлар тоифасига кирмайди, лекин ҳозирги ҳолатда истисно қилса арзийди. «Акажон, бирор йўли бордир? Акажон, келинг, шуни ёзманг, ёзмай қўя қолинг!», дея ёш ҳайдовчи йўл нозирининг қўлига ёпишди. Тўхтасин Ҳолливуд фильмларини кўп ҳам иштиёқ билан кўрганга ўхшайди: «Укажон, қўлингизни қўлимдан олинг. Дарҳол! Қуролим бор!». Давомига қўшиб қўймади-да: «Гапирмасликка ҳаққингиз бор, гапирган ҳар сўзингиз судда ўзингизга қарши ишлатилади». Ҳай... Ёш ҳайдовчи энди қўлини нозирга теккизмасдан илтимос қила бошлаганди ҳамки, тўсатдан, рация орқали кўрсатма келиб қолди. Чорраҳа ўртасига қараб югуриб кетди Тўхтасин: қайсидир «катта» ишига шошиляпти экан, ўтказвориш керак. Тўхтасин жонли светофор бўлиб қайтгунича, ёш ҳайдовчи суғурта ҳужжатларини бир кўриб чиқди: суғурта муддати кечагина тугаган экан соат ҳали 12 ҳам бўлгани йўқ. «Тойчоқ» эгаси: «Акажон, қўйиб юборсангиз бўларди. Атиги бир кун ўтиб кетибди. Ҳали бир кун ўтгани ҳам йўқ. Қўйиб юборсангиз, бир кунда ҳал бўладиган иш бўлса, шу

135 бугунни ўзида тўғрилаб қўяман, акажон», деди. Тўхтасин, «укажонини» худди тушуниб тургандек қиёфа қилиб, ёзишда давом этаркан, тушунтирди: «Укажон, Вазирлар Маҳкамасининг қарори бор, суғурта муддати бир соат ўтган бўлса ҳам жарима майдончасига қўйилиши керак. Ука, буни мен ўйлаб топмаганман, тушундингми?». «Акажон, узр, билмасдан қонунни бузиб қўйибман, бир марта кечира қолинг! Қандайдир чораси бўлса айтинг, биздан қолиб кетмас?!». Тўхтасин тушунтирди: «Укажонни, қонунни эмас, қоидани буздинг!». Тўхтасинни йўл ҳаракати қоидаларидан дарс ўтиб берди: «Биринчи қоида: ҳайдовчи йўлга чиқиш олдидан ҳужжатлари жойида эканлигини текшириб олиши керак». Ҳа, ҳамма амал қиладиган қоидага, қаранг-да, шу бугун бизнинг ёш қаҳрамонимиз бўйсунмапти-да... Тўхтасин ёзишдан тўхтай демасди, протоколни деярли тўлдириб бўлди. Ёш ҳайдовчи ишни ўзи битира олмаслигини тушунгач, илтимос қилишни ҳам, ялинишни ҳам тўхтатди. «Ака, мен сизни тушунадиган одам, деб гапиргандим. Бирор йўли бўлса, тушунтирсангиз, қўйиб юборсангиз бўларди... Мана, ҳозир машинани эгасини чақираман. Ўша киши билан гаплашасиз!». Тўхтасин: «Менга деса ундан каттасини чақир!», деб қўшиб қўйди. Тўхтасин ва ёш ҳайдовчи «тойчоқ»нинг эгасини кута бошлашди. Тўхтасин яна бир-икки марта чорраҳа ўртасига, хизматга бориб келди. Замонамиз қаҳрамони, орада бир, русийзабон ёш аёл ҳайдаб келаётган «Матиз»га «Тўхтасин!», деган буйруқни берди. Қурбақабашара машина светофорнинг яшил чироғида ўтгани билан, эгаси хавфсизлик камарини тақмаган экан. Тўхтасин ҳам куларканми, а? Қизиқ нарсалар ҳақида гаплашишяпти шекилли, аёл ҳам куляпти. Ана, камарини тақиб олди. Тўхтасин аёл билан кулиб ҳайрлашиб, оқ йўл тиладими? Қойил! Хавфсизлик камарини тақмаганлар жойида фалонча жарима тўлайди деб эшитгандик. Ёки Озод Шарқ аёлларига нисбатан бу қоида истисно қилинганмикин? «Тил суяксиз!», деган мақол бўлгувчи эди; «Хуррам Султонлар» олдида тилга қўшилиб, тананинг бошқа аъзоларида ҳам суяк йўқ бўлиб қолади-ёв...

136 Ана, ана, келишди. Машинанинг катта эгаси, катта эганинг ёш ёрдамчиси Тўхтасин билан кўришишди. Ёрдамчи кўришувни анча қуюқ қилди. Ҳол-аҳвол сўради, уйдагилар ҳам эсдан чиққани йўқ. «Протоколни ёзиб қўйдизми?», деб сўради ёрдамчи. «Ҳа, машинани «штрафной»га оборамиз энди», деди Тўхтасин. «Бошқа бирор чораси йўқмикин?!», деди кўринишидан сўзга чечан, иши пишиқ ёрдамчи. «Бўлса олиб ўтирармидим», дегандек қилди Тўхтасин. Ёрдамчи Тўхтасиннинг гапига ишонмади шекилли, қўл телефонида «чорасини биладиган акахонлар»дан бирига қўнғироқ қилди-ёв. «Шу, протоколни ёзиб қўйишибди-да. Ўзларига берайми?». Тўхтасин телефонни олди: «Протокол ёзилган. Ҳа. Хўп бўлади!». «Бўлдими?!», деди ёрдамчи. Тўхтасин бошини тасдиқ маъносида қимирлатиб қўйди: протоколнинг бўш қолган жойлари боракан. Кейин ёш ҳайдовчининг йўл гувоҳномасини олиб қўйиб, унга буюрди: «Йўл белгисига амал қилмаганим учун, деб ёзда қўл қўй!». Иш битди! Қайсидир куни қанчадир жаримани тўлаб, гувоҳномани қайтариб олиш мумкин. Машина эса йўлда давом этади. «Тойчоқ»нинг катта эгаси ёш ҳайдовчини койиётган вақтда, иши пишиқ ёрдамчи билан Тўхтасин худди эски қадрдонлардек гаплашаётганди. Ёрдамчи: «Эсингиздами, бир Бешёғочда ҳам кўришгандик?». Тўхтасин: «Ҳа, ҳа. Эсладим. Билганимда-ку». Тўхтасин билмай қолибди-да, шунга шунча ваҳимами энди? Ҳа-я, машинангизни суғуртасини янгилаб қўйинг. Эртага йўлингиздан Тўхтасин ёки унинг дўстлари чиқиб қолса, «чора билгувчи акахонлар»ни овора қилиб юрманг, деймизда.

137 63. Нодир Юсупов. Ўзбегим футбол шарҳловчилари атрофидаги гаплар ёҳуд шарҳловчиларга ўқиш тавсия этилади Бугун футбол Миллионлар ўйини эмас, Миллиардлар ўйини га айланиб улгургани барчамизга аён. Бу борада, албатта, нафақат футболчилар, балки футбол шарҳловчиларини ҳам ҳиссаси катта. Ушбу ёзганларимда бугунги ўзбек шарҳловчилари ҳамда уларнинг халқаро миқёсдаги потенциали, камчиликлари ва устун тарафлари борасида фикр юритишга жазм этганман. Ахир, футболчиларни танқид қилавериб эзиб юбордик-ку. Кўпчилик шарҳловчиларимиз ўз билим потенциали ёки шарҳ бериш борасида хориж шарҳловчиларига ютқазиб қўйишларини ўзлари ҳам жуда яхши билишса керак. Агар ундай бўлмаса, гап исботи билан деганларидай бу гапларимни бир қанча далиллар асосида келтириб ўтсам. Масалан, биз ўзимизни шарҳловчиларимизни чет эл (айтайлик, рус ) шарҳловчилари билан солиштирадиган бўлсак: Чет эл шарҳловчилари ўйинни бошидаги 2-3 дақиқани тўлиқ футболчиларнинг исм-шарифлари, стадион, об-ҳаво, мухлислар сони ва шу каби маълумотлар билан жуда ҳам ТЕЗЛИК билан таништириб ўтишади ва ўйинни шиддатини сўндирмаган ҳолда яна ҳудди шу ТЕЗЛИК ва ИНТРИГА асосида ўйинни шарҳлашда давом этишади. Яна бир жиҳат: хорижлик шарҳловчиларни интеллектуал салоҳияти, футбол терминлари ва Умумий футбол тилини ишлатиш қобилияти а-а-анча юқори даражада. Бундан ташқари, футболда бўладиган ҳар бир воқеа, ҳар бир тўхталиш ёки бирор мунозарали вазиятлар изоҳсиз қолмайди ва энг қизиқарлиси, уларнинг изоҳи жуда қизиқарли ва мантиқий асосли чиқиши кишини янада ўйинга бўлган қизиқишини оширади, ЗЕРИКТИРИБ қўймайди. Бошқа бир устунлиги терминлар ва футболчилар исмини тўғри шарҳлай билишидадир. Хуллас, уларнинг шарҳини кузата туриб, ўз устида ишлаганлиги, бир матчни шарҳлашдан олдин обдон тайёрланганлиги, ҳар бир ўйинчини исм-шарифи қандай айтилишини ўганиб чиққанлиги, жамоалар, стадион ва шу каби турли хил масалалар устида ҳам яхшигина маълумотга эга эканлиги яққол кўриниб туради. Натижада, уларни шарҳини бир нафасда, ЗЕРИКМАСДАН, мириқиб тинглайди киши Ўзимизни шарҳловчиларга келадиган бўлсак. Бу борада, авваламбор, Давлат ака Турдиалиевга мингдан-минг ташаккуримни етказмоқчи эдим. Чин дилдан. Ҳали ҳеч қачон Спорт телеканали бунчалик шиддат ва ғайрат билан ишламаганди, бунгача ҳеч вақт футбол матчлари ёки футбол хабарлари ва турли хил футболга оид маълумотлар бу қадар берилиб келинмаган. Шу билан бирга, албатта, футбол репортажлари ва янгидан янги шарҳловчиларни ҳам кузатиб келяпмиз. Уларнинг аксари ёшлардан иборат. Тўғри, уларда ҳам катта интилиш, ҳаракат бор. Ҳатто, уларни орасидан бир нечта пичоққа илинадиганлари ҳам бордир (масалан, Дилшодбек). Лекин, лекин Лекин, баъзида шунақа шарҳловчилар ўйинни шарҳлаб қоладики, ҳудди футбол ўйинини эмас, теннис бўйича Ташкент Опен турнирини шарҳлаётган шарҳловчига, ёки бўлмаса, институтда семинарга тайёргарликсиз келган талабанинг ўтилган мавзуни жавоб

138 бераётганига ўхшатиб юборасан киши (ҳар замонда уху-уху, деб йўталиб ҳам қўйишади, шунда қизиқарлироқ чиқади, деб ўйлашадими). Баъзида эса, худди телефонда ўртоғи билан гаплашаётгандек бир гапни ёки сўзни шу қадар кўп такрорлашадики, бу ёқда ўтирган мухлис Ҳа, эшитяпмиз, ука, гапиравер - деб юборгиси келади. Яқинда, бир бола ўйинни шарҳлаб қолди. Узр-ку, овози бирам хунук. Уни эшита туриб, бобом ҳам бошқа касб танласа бўлар экан, деб қўйди. Ахир, бу журналистика. Бунда минг қобилиятли бўлсин овоз ҳам асосий ўринда туради. Яна бир тоифа ёш шарҳловчимиз бор: энеса-энеса ( энди эса демоқчи бўлади), деб еб қўяди одамни. У ҳам кўринмай қолди. Бошқа бир гуруҳ ёшларимиз эса, бир воқеага, ҳолатга ёки бирор ўйинчига ёпишиб олишади. Бир ҳолатни чайнайвериб-чайнайвериб, чарчатади одамни. Айниқса, жумлалардан чалкашиб кетиш, сўзларни тўғри айта олмаслик, қайта-қайта мана шунақа хатолар қилиши жуда ҳам кўп кўзга ташланаяпти ва бироз ғашга ҳам тегаяпти. Майли, улар ҳали ёшдир, ҳали ўз устларида ишлашар ҳам. Бироқ, ўзимизни старик комментчиларимиз га нима бўлаяпти. Умуман олганда, биз уларга ўрганиб ҳам қолганмиз (балки шунинг учун ҳам уларни ҳеч танқид қилмасмиз). Ҳаттоки, кўпчилик ишқибозларимиз уч-тўртта шарҳловчиларимизни овозларини фарқлай ҳам олишмайди. Комилжон Жумаев, Мурод Ризаев, Давлат Турдиалиевлар ўйинни шарҳлайдиган бўлишса, ҳудди оиламизнинг бирор аъзоси (албатта, бу футбол ишқибозларига тегишли)ни тинглаётгандек, ТВ олдига михланиб ўйинни кузатамиз. Лекин, афсуски, эски шарҳловчиларимиз ҳам ҳар замонда (кўпинча десак ҳам бўлар) ЧП қилиб қўйишади-да. Уларни кўпинча интеллектуал салоҳият ва маркерлик (баҳолай билиш) қобилияти, ўйин ҳолатлари ечимига нисбатан индикаторлик муносабатида, ўйинчилар баҳоси ва ҳакамларни вазиятга баҳосига коммент бера олиш аспектларида оқсаётганликлари бор гап. Ахир, биргина шарҳловчининг изоҳи билан, миллионлаб мухлислар бирор-бир ҳолат ёки футболчи борасида ўз хулосаларини чиқариб олишади. Бизникилар эса жуда кўп ҳолларда БИЛМАДИМ ёки ҲАЙРОНМАН(!), ЎЗИНГИЗ ХУЛОСА ЧИҚАРИБ ОЛИНГ, деб қўя қолишади. Балки, баъзи ҳолатлар борасида шарҳсиз кузатиш ҳолатларини мухлисларга қўйиб бериш мумкиндир. Лекин, баҳс-мунозарали ҳолатларни шарҳлаб, изоҳини мухлисга тушунтириб бериш шарҳловчининг ВАЗИФАсига кирмайдими, азизлар? Бошқа бир жиҳат: ўйин бошланди, саломлашдик, қайси ўйинни кузатаётган эканимизни билдик. Бўлди. Хаёл қочади. Ўн дақиқаларгача каловланиб, кейин таркибларни таништириш эсга тушиб қолади. Баъзида эса, шу қадар маълумот беришга киришиб кетишадики, интернетдан олинган юзлаб маълумотлардан қайси бирини айтсам, деб бу ёқда кечаётган ўйин ҳам қолиб кетади (баъзида ўйинлардаги шарҳловчилар томонидан амалга ошириладиган 2-3 минутлик танаффус ҳам шу сабаблидир). Қўшимчасига охирги пайтларда шевага (Тошкент шевасига) жуда кўп мурожаат қилиб юборишмоқда. Баъзида, булар атайлаб шунақа гапиряптими, деб ўйлаб қоламан. Кўплаб ҳолатларда шарҳловчиларимиз эътиборсиз бўлиб қолишмоқда. Масалан, ўйинга қўшиб берилган дақиқалар экранда кўрсатиб ўтилади, бундан бир қанча муддат ўтиб эса, Асосий вақт тугади, ҳакам неча минут қўшиб берган экана, ҳозир

139 аниқлашга уриниб кўрамиз, - деб қўйишади. Ёки бўлмаса, экранда инглизча кўплаб статистик маълумотлар кетма-кет бериб турилади. Шарҳловчиларимиз эса жим (Ҳаммаси ҳам эмас). Балки, бу уларнинг бу маълумотларга тушуна олмаганидандир. Энг ёмони, кўплаб фоул ларни хато етказишади. Масалан, ўйин қоидаси ҳужумчи томонидан бузилади ва ҳакам жарима тўпини тепишни кўрсатади. Бу ҳолат қадрли шарҳловчимиз томонидан офсайд деб баҳоланиб турибди-да(!). Албатта, бу барчаси бор гап. Буларни сиз ҳам биларсиз. Ҳаммасини ўзим кузатиб, куюниб ёзаяпман. Бугун мен шарҳловчиларимизни камчилкларига тўхталишга қарор қилдим. Устун тарафлари эса, менимча, ҳаммамизга маълум. Масалан, ўйинга ва ўйинчиларга нисбатан реал танқидий муносабатларига беш кетаман. Айниқса, майдонда ўзимизни футболчилар тўп кутишса (оббо, кечирасиз, тўп суришса, демоқчийдим). Хуллас, танқидни қотириб қўйишади. Бундан ташқари, мақолларни ишлатиш, ўринли юмор ҳамда тандирдан янги узилган маълумотларни бериш борасида уларга тенг келадигани йўқ. Нима бўлганда ҳам Танқид бу ривожланиш учун қўйилган қадам деган иборага таяниб, ушбу мақола(ча)мни ёзишга аҳд қилдим. Мен бу билан шарҳловчиларимиз ишидан қониқмаяпмиз, улар ишлай олишмаяпти демоқчи эмасдим. Шунчаки, баъзи ҳолатларга сал эътиборлироқ бўлиб, ўзимизнинг шарҳловчиларимиз янада мукаммалроқ ва билимлироқ бўлишларини истаб шу ишга қўл урдим, холос. Яхши шарҳловчиларимиз ҳам етарли ва уларни тиним билмасдан бизга хориж ва ўз чемпионатларимизда бўлаётган ажойиб ўйинларни янада қизиқарлироқ қилиб етказиб беришаётганликлари учун ҳам Р-А- Ҳ-М-А-Т! Мирзаҳаким ака, Давлат ака, Комилжон ака, Муроджон ака ва Даврон ака Файзиевларга алоҳида ташаккур. Шу галда, Даврон Файзиев ўз устида ишлаётганлиги анча кўзга ташланаётганлиги ва бу хизмати учун унга ҳам алоҳида ташаккуримизни билдириб қоламиз (Д.Файзиев олдинлари анча, таъбир жоиз бўлса, секин ва озроқ зерикарлироқ шарҳлар эди, ҳозир эса, овозлар баландлашган, тезлик ҳам жойида, вазиятларга шарҳлар, гол ва бошқа ҳолатларга реакциялар, хуллас ҳаммаси жойига тушиб келаяпти). Фикримга якун ясар эканман, барча шарҳловчиларимиздан янада эътиборлироқ ва замонавийроқ (Халқаро журналистика талабларига жавоб бера оладиган) бўлишларини ва уларни миллионлаб қора кўзлар кузатиб боришаётганлигини унутмасликларини илтимос қилиб қолар эдим. Шу билан бирга, ҳамма шарҳловчиларимизни, журналист ва қаламкаш акаларимизни кириб келаётган Янги йил билан қутлаб қоламиз. Янги йилда янги куч, янги ғайрат билан ишлашларингизни тилаб Самарқандлик ёш футбол мухлиси.

140 64. Нуъмонхон. Oxiratni unutganlar Assalomu aleykim azizlar ban bu gaplardi shunchaki yozmayabman hayoyda kurganlarimni va fikrlarim bilan urtoqlashgim keldi. Hayotga kelar ekanmiz hammamiz oq varoq kabi toza va beg'ubor bulamiz. Yoshimiz kotta bulganisari savoblar va gunoxlarni qila boshlaymiz. Hayotda hamma o'z o'rnini topadi, kimdir o'qtivchi kimdir bankir buladi va bunaqa kasblar juda kup. Ammo yaxshi inson bulish hammaning ham qulidan kelavermaydi. Kimgadir yomonlik qilgisi keladi namoz uqidi -yu ammo Olloxni borligiga ishonmwdi. Man ushanday insonlardan misollar sannab utmoqchiman; Hamma kurganda bu yigit namozhon iymonli diydi, kimdan surasen zur yigit diydi. U insonlarga ishonib gulde qizini unga uzatasan, oradan vaqtlar utib uning asta sekin qilgan va qilayotgan ishlari yuzaga chiqqanda esa yoqa ushlaysan kishi. Yo Ollox bu odam hali namoz uqatirib seni borligini bilaturib shunday ish qilgan bulsa ishonmaysan kishi lekin bundaylarga oxiratidan gap boshlasen, Olloxdan gapirsen quysenchi digan so'zni ishitasanu shokka tushasan. Yana bir inson haqida. Uz yaqinidan ayrilgan insonlar dod solishga Ollox oldida uyalib tursayu ularning ustidan mag'zava tukishga urinayotgan uz volidasi busa yomon alam qilar ekan. Kelgan ketganga mana uldi man qarg'odim deya bong ursa nima deysiz. Ha shunday odamlar bor. Yoshi utib borgan sari qilgan qurqadi u ulishdan, Ollox oldiga borganda qilgan gunoxlari uchun duzaxga tushishdan qurqadi. Aslida yaxshi inson bulish esa hammamizni qulimizdan keladi. Hammamizni Ollox oldida uyaltirib quymasin dustlar.

141 65. Одилбек Ҳакимов. Keling koreys tilini o'rganamiz! koreys tilining hamma harflari qoida asosida tepadan pastga chapdan o'nga qarab yoziladi. koreys tilida hammasi bo'lib 40 ta harf bor ulardan 21 tasi unlilar

142 19 tasi undoshar unlilar 2 turga bo'linadi oddiy va qo'shma unlilarga. 10ta oddiy ㅕㅑㅛㅗㅓㅏㅣㅡㅜㅠ 11ta qo'shma unlilar. ㅐㅒㅔㅖㅘㅟㅞㅝㅚㅙㅢ undoshlar ham o'z navbatida 2 ga bo'linib 5ta qo'shma ㅃㅉㄸㄲㅆ 14ta oddiy ㄱㄴㄷㄹㅁㅂㅅㅇㅈㅊㅋㅌㅍㅎ undoshlardan iborat! oddiy unlilarni o'zi ham 2 ga yotiq tik ㅛㅗㅠㅜㅡ va ㅓㅏㅣㅑㅕ unlilarga bo'linadi. ㅅ -harfi pastda bo'g'in ohirida kelsa t deb i dan oldin kelsa sh deb o'qiladi 샛냇다시 ㅂ - harfi esa ㄴ -harfi oldidan doimo m deb o'qiladi! bo'g'inlarning yozilishi. bo'ginda unlilar odatda undoshlarga nisbatan yirikroq yoziladi masalan: 가, 무, 브 bo'g'inlar kombinatsiyasida tik unlilar oldiga hechqanday tovushga ega bo'lmagan ( ㅇ ) yoziladi lekin talaffuz etilmaydi 아야어이 agar bo'g'inda undosh tovush eshitilsa ( ㅇ )o'rniga usha undoshni qo'yish mumkin 기고 무버 va boshqalar.. bo'g'inlar unli,undosh+unli, undosh+unli+undosh shaklida tashkil topadi agar bo'gin ( ㅇ ) bilan tugasa bu harf (ning) deb o'qiladi: 공강방 SONLAR. koreys tilida ikki hil sonlar ishlatiladi 1 sof korey sonlar 2 xitoy sonlar 1 dan 99 gacha bo'lgan sonlar koreys va xitoy tilidan kelib chiqqan sonlardir.100 dan to chegarasi yo'q sonlar esa xitoy tilidan kelib chiqqan sonlar. korey sonlar faqat quyidagi hollarda ishlatilad! 1)yosh to'g'risida gapirganda: 몇살입니까?yoshingiz nechida? 서른두살입니다. 32 yoshda.

143 sanoq so'zlar ishlatilganda! 담배한갑주사요 --- bir pachka sigaret bering. koreys va hitoy sonlar birgalikda quyidagi holatda ishlatlarda ishatiladi: 1) vaqt haqida gapirilganda bunda soat koreys soni daqiqa va soniya esa xitoy soni bilan aytiladi. 몇시입니까? -soat nechi? 오전세시십오분입니다. ertalabki 3 dan 15 daqiqa o'tdi. xitoy sonlar quyidagi hollarda ishlatiladi: 1) pul hisobida: won 육십오억칠천삼백이십오만사천칠백삼십일원 1)yil oy sana:1946yil 천구백사십육년이월삼일 xitoy saonlar quyidagicha aytiladi: 1- 일 11- 십일 200- 이백 2- 이 20- 이십 300- 삼백 3- 삼 30- 삼십 400- 사백 4- 사 40- 사십 500- 오백 5- 오 50- 오십 600- 육백 6- 육 60- 육십 700- 칠백 7- 칠 70- 칠십 800- 팔백 8- 팔 80- 팔십 900- 구백 9- 구 90- 구십 천 10- 십 100- 백 10,000- 만 100,000- 십만 1000,000- 백만 10,000,000- 천만 100,000,000- 억 koreys sonlar quyidagicha aytiladi: 1- 하나 11- 열하나 2- 둘 20- 스물 3- 셋 30- 서른 4- 넷 40- 마흔 5- 다섯 50- 쉰 6- 여섯 60- 에순 7- 일겁 70- 일흔 8- 여덜 80- 여든 9- 아홉 90- 아흔 10- 열 eslatma koreys raqamlarida 1-4 gacha bo'lgan sonlar so'zlarga qo'shilganda qisqartirib aytiladi: 1- 한 2- 두 3- 새 4- 내 masalan: 내게 -4ta hafta kunlari! dushanba --- 월요일 seshanba --- 화요일

144 chorshanba ---수요일 payshanba ---목요일 juma ---금요일 shanba ---토요일 yakshanba ---일요일 yil ---년 oy ---월 kun --일 yanvar ---일월 iyul ---칠월 fevral ---이월 avgust ---팔월 mart ---삼월 sentabr ---구월 aprel ---사월 oktabr ---십월 may ---오월 noyabr ---샵일월 iyun ---육월 dekabr ---십이월 misol;2014년 1월 5일 har kun ---매일 hafta ---주 har oy ---매월 hafta ohiri ---주말 har yil ---매년 yil ohiri ---년말 SO'ZLAR A B avaylab -조심히 badan-몸 adab -교양 bajarmoq -실행하다 adolat -공종성 bayram-명절 ayoz -영하 bayroq-기 aziz -사랑스럽다 baliq-생선 ayb -죄 balo-아려운일 aytmoq -말하다 barg-잎 aka -형님 bardosh -참을성 aka-uka -형제 barmoq-손가락 aksincha -반대로 barobarlik-평등 aldamoq -소기다 baht-행복 alishmoq -바꾸다 bahtiyor-핸복한 aloqa -똥신 bazan-대때로 anor -석류 baquvvat-힘센 arzon -싸다 baho-가격 ari -벌 bahor-봄 ariza -센고서 bahs-말다둠 arra -톱 bekat-정류장 artmoq -닥다 bel-허리 asal -꿀 belkurak-삽 atir sovun -세수비누 bildirish-광고 atirgul -장미 bino-건물

145 axborot -서식 binokorlik-건축가 ashula -노래 birga-함께 aqlli -여리하다 birlashmoq-퉁일하다 aholi -인구 bodring-오이 V G varoq-종이 gavda-몸체 vatan-조국 gavhar-보석 vatandosh-통포 gazlama-직물 vafo-성실성 gap-말 vada-약속 gapirmoq-말하다 vahima-공포 guvohnoma-증명서 vijdon-양심 go'sht-고기 D YE davlat-국가 yelim-부치개 davolamaoq-치료하다 yemoq-먹다 dadil-욘감하다 yeng-소매 dazmol-다리미 yengil-가벼운 dala-발 yengmoq-승리하다 dam olish kuni-휴일 yer-땅 daraht-나무 YO darvoza-대문 yod-기억 daromad-수입 yoz-여름 dars-수업 yozmoq-쓰다 darslik-교과서 yolg'on-거짓말 darhol-금방 yomon-나쁘다 daftar-공책 yomg'ir-비 dahshat-무섭다 yonmoq-타다 devor-벽 yordam-도움 dengiz-바다 yorug'-조명 dehqon-농민 yotoqhona-기숙사 diqqat-주의 yoqa-옷깃 dori-약 yog'och-나무 J Z jadval-시간표 zamonaviy-현대의 jala-소나기 zarb-힘 janub-남 zafar-승리 jarohat-상처 zahar-독 jasur-용감한 zina-겨단 jigar-간장 zirak-귀거리

146 jo'ra(do'st) -친구 zirapcha-가시 I Y idrok-정신 yigit-청년 ijara-임대료 yil-년 ijozat-허가 yeg'ilish-회의 ilgari-이전 yeg'ishtirmoq-거두다 iljaymoq-웃다 yo'l-길 illat-병 yo'lak-복도 ilm-과학 yo'lbars-호랑이 ilmiy-과학의 yo'tal-기침 iltimos-부탁 yo'q-아니오 imzo-서명 K M kalit-열쇠 madaniyat-문화 kalla-머리 maktab-학교 kam-적다 manglay-이마 kapalak-나비 maosh-본급 kaptar-비둘기 markaz-센터 karam-양배추 mehnat-노동 kasalhiona-병원 muz-어름 kasb-직업 mushuk-고양이 keyin-다음에 milliy-민적적 N O nam-습기 ovoz-목소리 narsa-물건 ovqat-음식 natija-결과 odam-사람 necha-얼마 oyoq-발 nechanchi-어느 ozodlik-자유 nihoya-끝 oila-가족 nonushta-아침밥 oyna-유리 nur-빛 oy-달 P R paypoq-양말 ravshan-밝은 panja-손 rang-색깔 pichoq-칼 raqam-숫자 pul-돈 raqs-춤 pulsiz-공자로 ruhsat-허가 S T savol-질문 tabrik-축하

147 samimiy-성의있는 tarix-역사 sanoat-공업 taroq-빗 san'at-예술 tashakkur-감사 saryog'-버터 tizza-무릎 sariq-노랑 tirnoq-손톱 sartaroshhona-이발소 tish-치아 sevgi-사랑 tovuq-닭 sekin-천천히 tog'-산 sigir-소 tuz-소금 sovuq-추위 tuhum-계란 U F uzoq-멀다 fan-과학 uy-칩 farq-차이 uka-남동생 fasl-겨절 ulkan-크다 faqat-다만 un-가루 fikr-생각 uhlamoq-자다 foyda-이익 uchrashmoq-만나다 foydalanmoq-사용하다 uchrashuv-만남 X CH xabar-소식 chang-먼지 xavf-위험 chap-왼쪽의 xalq-국민 chegara-국경 xat-편지 chorraha-사거리 xona-방 cho'ntak-호주머니 xotin-부인 chol-노인 xotira-기억 chopmoq-달리다 xo'roz-닭 chiqmoq-나오다 SH E shakar-설탕 egri-굽은 shart-조건 er-남편 sharq-통 erk-자유 shahar-시 erkak-남자 shim-바자 ertaga-내일 shimol-북 es-기억 shisha-병 etik-장화 shoshmoq-서두르다 eshitmoq-듣다 sho'rva-국 erkin-자유의 YU YA

148 yubormoq-보내다 yana-다시 yuvinmoq-세수하다 yangi-새로운 yuvmoq-세탁하다 yangiliklar-뉴스 yuz-낯 yanglishmoq-잘못 yuk-침 yashamoq-살다 yulduz-별 yaproq-잎 yumshoq-부드러운 yashirmoq-숨기다 yuqori-위 yahshi-좋은 O' Q o'zga-다린 qayerga-어드로 o'y-생각 qayerda-어디 o'ylamoq-생각하다 qayerdan-어디에서 o'ng-오른척 qayta-다시 o'rmon-숲 qaychi-가위 o'g'il-아딜 qanday-어떤 o'quvchi-학생 qanday qilib-어떻개 o'qimoq-배우다 qancha-얼마 L lazzat-만족 laylak-황새 lolarang-빨간

149 66. Отабек Ўринбосаров. Aqlli aqlsiz Qaysidur kuni qayergadur ketayotgandim. Bekatga kelishim bilan chiqishim kerak bo lgan avtobus o rnidan siljiyotganini ko rdim. Yugurib orqa eshikdan avtobusga chiqishga ulgurdim. Deyarli barcha o rindiqlar bo sh edi. To g risi o zimni ko rsatish niyatim yo q, lekin har doim demayman-u ko pincha avtobusda tik turib ketishni ma qul ko raman. Sababini o zim ham bilmayman. Ammo, bu safar beixtiyor orqaroqdagi o rindiqlardan biriga cho kdim. Joylashib olgach, ijtimoiy tarmoqlardan biriga kirdim. U yerda "do stlarim yoshlar qariyalarga avtobusda joy berishmayotgani haqida qizg in bahs yuritishayotgan ekan. Men ham qo shildim. Yoshlarni yomonladim, ularni avtobusda kitob o qishlarini, quloqchinlarida musiqa tinglashlarini, uxlashlarini qoraladim. O zimdan misol keltirdim, avtobusda xech qachon joy band qilmasligimni, qariyalarga yordam berishimni ta kidladim. Xullas, bahs-munozara tugadi. Boshimni ko tardim. Qarasam.. Avtobus ichi to la, o rindiqlarda bo sh joy yo q. Salon boshida ikki qariya tik oyoqda turibdi. Ikki yuzim qizargancha o rnimdan turib, oldinga intildim. Orqamdan bir ayolning, hayriyat-ey insofi bor ekan, degan gapi qulog imga chalindi. Borib, ulardan uzr so rab joy ko rsatmoqchi bo ldim. Ulgurmadim. Ularga joy bo shatishdi, ular o tirishdi. Uyalganimdan manzilimdan ikki bekat oldinda tushib qoldim. G alati ahvolda edim.. Iltimos, hazon yoqish zararlari haqida sherigingizga ma ruza o qiyotib hazon yoqilayotgan ko chadan indamay o tmang. Mini yubka kiyib, milliylik haqida yozmang. Sigareta chekib, mashinalardan chiqayotgan zararli tutunlar haqida gapirmang. Iltimos. "Eng yaxshi bir sirni berayin sizga, dastavval qaranglar o z oynangizga Gyote. Aytgancha, ismim Otabek. Yoshim 17da.

150 67. Равшан Матмусаев. Hale-e ho'p... SO'Z BOSHI O'RNIDA: Bu yerda yoziladigan qahramonlarning yashash joylari asli o'sha yerlik insofli birodarlarimizning dillarini og'ritib qo'ymaslik maqsadida aniq ko'rsatilmaydi. Toshkent shahridan 50 k/m atrofida uzoqlikda joylashgan bir kichik qishloq yoki shaharchadan, 3 do'st mobil telefon olish maqsadida Toshkentning "Malika"texnika bozoriga kelishdi. Uzoq aylanib nixoyat Iphone 4 aparatini sotib olishga qaror qilishdi. Hisoblab ko'rishsa yonlarida pullari biroz kam va hammalari bor pullarini yeg'ishsa aparat narhiga zo'rg'a yetar va hatto qaytib ketish uchun yo'lkiraga ham pullari qolmas ekan. Shunda ular bir reja tuzib aparatni sotib olishdi. Rejaga ko'ra ular qaytish uchun taksi gaplashishar va manzilga yaqin qolganda tushib, birvarakayiga "hale-e ho'p" deb tum taraqay qochib qolishlari kerak edi. Ular atayin yoshlardagi yoshi kattaroq amakini gaplashishdi va rejadagidek manzilga yaqin qolganda to'xtatib "hale-e ho'p" deya uchchalalari ham uch xil tarafga qochib qolishdi. Chorasiz qolgan xaydovchi amaki nima qilarini bilmay so'kina-so'kina indamay ortiga qaytib ketdi. Uddalagan ishlaridan og'zi qulog'ida do'stlar, biroz o'tib kelishilgan joyda yeg'ilishdi, va ne ko'z bilan ko'rishsinki aparat yo'q. Shoshib aparatga qo'yilgan yangi nomerga qo'ng'iroq qilishdi. Uzoq gudokdan so'ng taxminan yoshlardagi amaki javob berdi: - Alo! - Kechirasiz amaki, telefonimiz mashinangizda tushib qolibdi, iltimos hammasini tushuntirib beramiz... Biroz sukunatdan so'ng u tarafdan ovoz eshitildi: - Hale-e ho'p! - va amaki telefonni o'chirib qo'ydi. Ha, qilmish qidirmish yoki qaytar dunyo bed qo'yishibdi. Qadamingizni o'ylab bosmasangiz gunohingiz uchun jazo hozirgi kunda 40 soniyadayoq qaytishi ham mumkun.

151 68. Рустам Ядгаров. Vatan men uchun nimani anglatadi? Uni qadr-qimmati har kim uchun turlicha. Men uchun esa televizor bilan teng. Ishdan qaytayotganda bitta pivo ichib, achqimtirroq sigaret chekishni yaxshi ko`raman. Pivo va sigaretni mahalladagi do`kondan olaman. Nimagadir shunaqasini yaxshi ko`raman. Do`kon honadonda tashkil qilingan, begona kishilar o`tirish uchun qo`yilgan skameyka, ko`chaga qaratilgan temir panjara bilan to`silgan oynadan ko`rinib turadigan bitta-ikkita kishi savdo qilayotganini ko`rmasa do`konliginiyam bilmay o`tib ketishiyam mumkin. Ehtimol katta shaharda, ehtimol o`zga yurtlarda yuqori sifatli pivoyu sigaretlarni hashamatli barcha qulayliklarga ega supermarketdan olarman, lekin o`sha do`konni eslasam yuragim jiz etadi. O`sha Vatan to`grisidagi olamshumul gaplardan, esdaliklardan tashqari men bugun ichayotgan oddiygina Qibray deb ataladigan pivom, achqimtirgina sigaretim men uchun Vatanni xissiyotini, Vatan muhabbatini beradi. Bir kun ikki yarim yashar farzandim tomga chiqaman deb xarxasha qib turvoldi, opchiqishga majbur bo`ldim. Chiqandan keyin atrofga, tomdan ko`rinib turgan qo`shnilarni uylariga, daraxtlarga, undan nariroqdagi dalalarga qarab Ana endi tilizor bo`ldi deydi. Balki qachonlardir men ham o`sha tomga chiqib qo`shnilarni uylariga, daraxtlarga, undan nariroqdagi dalalarga qaragandirman, o`sha televizorni ko`rgandirman. Meni ongimda muhrlanib qolgan o`sha ta svir ehtimol, Vatan siymosidir. Dunyoni narigi chekkasida ham o`sha tilizor menga topib berolmaysiz, u tilizor boshqa narsani ko`rsatadi.

152 69. Саид Аъзам Хабибуллаев. O'qib ko'rishga arziydi degan umiddaman Миямиз ўз тузилиши билан улкан механизм эканлигини тан оламиз. Хўш, бу тўғри бўлса нима учун инсонларни ҳаммасини бир турда фикр юритишларига эришмоқчи бўламиз? Улардаги турлича бўлган фикр билдиришларига қаршилик ҳам қиламиз. Аммо, билдирилган фикрни замон, ҳолат ва маконга муносабатини мослаштирмасдан айтилиши ҳеч қачон оқланмайдиган фаросатсизлик. Демак, фаросат ҳам тарбияланмоғи лозим эканда?! Ҳа, албатта катта авлод вакиллари кичиклари учун бу хусусда ҳам ўрнак, ҳам таълим берувчи бўлиб яшамоқлари зарур! Оддий фикрни айтаман замонамиздан нолийдиганлар камми, аммо шу замондаги камчиликларни бирорта бўйича бўлсин аниқ амалга оширилиши мумкин бўлган ўзгаришларни таклиф қиладиган одамларни биласизми? Афсуски, улар камчиликни ташкил қиладилар. Уларнинг ўрнига мажбуран «бажарамиз»чиларни жойлаштириш билан овора одамлар. Тўғри-да, уларни бошқариш ҳам, ишлатиш ҳам, улардан фойдаланиш ҳам осонроқ. Шу ўринда сал ўзгачароқ фикрловчи инсонларни бир жойда тўпланишининг ўзи бугуннинг камдан-кам учрайдиган тадбирларига айланиб улгурди. Афсуски шундай. Бироқ, айнан шу каби илғорлар қўйган тамал тошлари устида ривожланиш, юксалиш, тараққий топиш каби олға интилувчи жараёнлар амалга ошишини тушуниб етсак уларни сал бўлса-да қўллашга ундайди инсоф. Чунки, эртанинг қуёш чиқишига жавобгар эмасдирмиз, аммо одамларни тонгни осуда, бехавотир кутиб олишлари учун жавобгарлигимиз барчамизда бир хилда тақсимланган. С.Х

153 70. Санжар Жалолов. "Ustoz"lar Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonimizga ko`z tegmasin! U qanchalar tezlik bilan ildamlamasin, xalqimizning ayrim azaliy asl an analari, qadriyatlari, urf-odatlari o`z ta sirini yo`qotmay avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Ulardan biri Ustoz-shogird an anasidir. Yoshmiz, o`z ishimizda muvaffaqiyatga erishishimiz uchun tajribali, o`z ishining ustasi bo`lgan katta avlod vakillarining yordamiga, maslahatiga muhtojlik sezamiz. Ana shu ustozlarimiz o`z tajribalarini biz bilan o`rtoqlashib, qandaydir yutuqlarga erishishimizga sababchi ham bo`lyaptilar. Biroq, qachongacha yosh kadrning o`zlaridan ilgarilab ketishiga qarshi kurashadi bular?! Qachongacha yo`llarimizga g`ov bo`lib yurishadi?! Ularning bizni rahbarga maqtash dan boshqa qiladigan ishlari yo`qmi? To`g`ri, biz bu holatlarda toblanib, o`z ustimizda yanada ko`proq ishlab, bilim va tajribamizni orttirib boramiz. Meni qiynaydigan eng asosiy savol boshqa: mana shunday ustozlar qo`lida kamol topib, ertaga biz ham farzandlarimizdan-da yosh bo`lgan kadrlarga qarshi ayovsiz kurashamizmi?

154 71. Санжар Нуманзада. Marslik tarixchi O'zim Unversitetda Tarix sohasida o'qiyotganim sababli bo'lg'usi kasbim haqida juda ko'p o'ylayman: Kelajakda kim bo'laman? Tarixchi o'zi nima ish qiladi? Jamiyatga biror bir foyda keltira oladimi? Nahotki, o'qituvchi bo'lsam... Ko'pchilik kursdoshlarim allaqachondan o'zlarini maktab yoki litseyda tarix ustozi sifatida tasavvur qilib bo'lishgan. Man esa haliyam ikkilanaman: Iqtisodchi-iqtisodiyot sohasida ishlaydi, Tilchi-tarjimonlik qiladi, Yurist-yuristligini qiladi lekin TARIXCHI nima qilishi kerak?! Bu savolimga 3- kursda javob oldim. Fakultetimizning eng nomdor va bilimli ustozlaridan biri 3-kursda bizga "O'zbekiston tarixi " fanidan dars bera boshladi. Yangi davr yil fevral inqilobidan to 1991-yilmustaqillik davrigacha. Leksiyalarda juda qimmatli ma'lumotlarni qiziqarli tarzda o'rgatardi oratorlik qobiliyati juda yuqori edi. (nimaga"edi" deyapman u haliyam shunday, hamon bizga dars o'tmoqda :) ) Bir darsida (dars mavzusi adashmasam, "Sovet davrida O'zbekiston iqtisodiyotinig rivojlanishi" edi.) domla juda qiziqarli tarzda Sobiq tuzm davridagi iqtisodiyot sohasida erishilgan ulkan kamchiliklarni "fosh qildi", dalillarga asoslanib, o'sha paytdagi O'zbekiston iqtisodiyoti judayam ayanchli ahvolda bo'lganini ta'kidladi. Deyarli 80 daqiqa Sovet davridagi O'zbekistonni kamchiliklarini "ochib tashladi". E'tibor berdim: Domla birorta ham ijobiy ma'lumot keltirmadi. Ochig'i, chidolmadim to'g'ri,biz Sobiq tuzumda tariflab bo'lmas yo'qotishlarga uchraganmiz, bizdan tortib olingan mustaqillikning o'ziyoq u davrdan nafratlanish uchun inkor qilib bo'lmas isbotdir! Lekin, fan doirasida gapirganda tarixga holislik bilan qarash kerak emasmi? Ahir biz tarixchilarmizku, yashirinib, to'qilgan, o'zgartirilgan tarixdan nima foyada? O'sha darsda savol berdim: "Domla, eshitib turibman siz faqat o'sha davrda yo'l qo'yilgan kamchiliklar haqida gapirayapsiz, vaholanki aslida u davra mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun hozirgi kunda ham muhim bo'lgan bir qator o'zgarishlar bo'ldi, temiryo'l, elektr energiyasi, shaharsozlik deganday, To'g'ri, yo'qotilgan ozodlik o'rnini xech narsa bilan to'ldirib bo'lmaydi lekin, Tarixda holislik birinchi o'rinda emasmi? Qayerdadir o'qigandim: "Tarixchio'zga sayyoralik bo'lishi kerak" deb, ana shundagina tarixdagi xatolar ko'rinadi, kamchiliklar takrorlanmaydi" dedim. Domla qanday javob berganiga qiziqayapsizmi? U: "bizni tariximizni Marsdan yoki Yupiterdan kelib yozib berishmaydi chunki u yerda odam yashamaydi", dedi... Shu darsdan keyin man o'zim uchun yetarli va kerakli hulosalarni chiqardim. Tarix bu bizning millatimizning bir ko'lankasi, istaymizmi yo'qmi, undan voz kecholmaymiz. U bizga buyuk, oltin davrlar bilan birgalikda shunday qora va og'ir kunlarni ham tuhfa etgan. Undan kechib bo'lmas ekan, uni yashirishni ham iloji yo'q! Undan faqat o'rganish va yangi o'z mustaqil tariximizni barpo etishda foydalanish mumkin! Tarixchi uchun esa eng muhumi, tarixni bor-yo'g'i bilan o'rganish va avlodlarga yetkazish. Tarixchining bugungi kundagi asosiy vazifasi esa yosh avlodga tarixni holislik va adolatlilik ta'moyillariga asosan yetkazib berish!

155 72. Санжар Саид. Прописка ҳақида баллада Туғилдингми, сен эркин ва озод бўлишинг керак. Руҳинг эркин, юрагинг эркин бўлсин! Тафаккур, тасаввур эркинлиги, илҳом эркинлиги, ижод эркинлиги аввало ўз ҳаётингни тўғри ва фаровон қилишинг учун керак. Сен ўзинг учун яша, ўзинг учун ишла. Агар ҳамма сендек яшаса, жамиятнинг эркинлиги, инсонлар ҳаётининг фаровонлиги учун кимдир алоҳида кураш олиб бориши керак бўлмайди. Кимки сенинг эркинлигингга дахл қилса, агар бу дахл умуминсоний қонун ва қадриятларга зид бўлса, декмак, бу зулм, сенинг ва бошқаларнинг эркинликлари хатар остида. Болалик ширин орзу-умидлар фасли. Энг беғубор, хато қилсанг ҳам кечириладиган, ҳар бир одиминг қўллаб-қувватланадиган давр. Болалик, бу келажагингнинг асоси, келажак эса болаликда қилинган орзулар ҳосиласидир. Орзу юракларни ватан тутган туйғу. Орзу қилиш, уларнинг ушалиши учун ҳаракат қилиш ҳамманинг ҳуқуқи. Ҳеч ким орзуларни буға олмайди, лекин уларнинг ушалиши учун қўлидан келганича қаршилик қилиши мумкин. Ёлғон ҳамманинг кўзига чиройли кўринган, қалбига ёқимли туюлган сўзлар. Ишонч ўзи тўғри деб билган ёки шундай бўлишини аслида жуда истаган ваъдаларга бўйсуниш. Исён норозилик туғёни, курашлар дебочаси. Исёнлар, одатда, орзуларнинг буғилишига жим қараб тура олмасликда пайдо бўлади. Қалбида исёни бор инсонларни жиноятчи деб бўладими?! Аслида жиноятчилар ким? Қонун ҳамма бўйсуни шарт бўлган, инсонлар томонидан ёзилган ва ҳеч қачон саҳналаштирилмайдиган асар. Хатоларни кечирмайдиган ва албатта жазолайдиган қоидалар йиғиндиси. Тошкент Ўзбекистон пойтахти. Давлат ичидаги давлат. Нон, иймон шаҳри. Бу ерга кимдир нон истаб, ким эса шавкату шон истаб келади. Конституция қонунларнинг отаси. Унда айтилишича, ҳар бир қонун унга асосланиши шарт. Унинг муқаддимасида халқимизнинг энг азалий орзу-истаклари қайд этилган. Жумладан, - демократия ва ижтимоий адолатга садоқатини намоён қилиб... мазкур Конституцияни қабул қилади, деб ёзилган. 2-модда. Давлат халқ иродасини ифода этиб, унинг манфаатларига хизмат қилади. Давлат органлари ва мансабдор шахслар жамият ва фуқаролар олдида масъулдирлар. 15-модда. Ўзбекистон Республикасида Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва қонунларининг устунлиги сўзсиз тан олинади. 16-модда. Мазкур қонуннинг бирота қоидаси Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқ ва манфаатларига зарар етказадиган тарзда талқин этилиши мумкин эмас. 28-модда. Ўзбекистон Республикаси фуқароси республика ҳудудида бир жойдан иккинчи жойга кўчиш, Ўзбекистон Республикасига келиш ва ундан чиқиб кетиш ҳуқуқига эга. ҚОНУНДА БЕЛГИЛАНГАН ЧЕКЛАШЛАР БУНДАН МУСТАСНО. Прописка менинг энг оғриқли нуқтам. Илинж бир куни ҳаммаси яхши бўлади!

156 73. Сарвар Жалолов. Яшин хабар: Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентда йиғин ўттказмоқда!!! Миржалол Қосимов бошчилигидаги Ўзбекистон клублар терма жамоаси Тошкентда йиғин ўтказаётганидан кўпчиликнинг хабари бўлмаса керак. Бугун соат 19:00да ЖАР стадионида йиғин якуни сифатида Ўзбекистон клублар терма жамоаси иккига бўлиниб ўзаро назорат учрашуви ўтказди. Ўйин муросасизлик борасида Олий Лигамизнинг анча ўйинларини ортда қолдириши шубҳасиз. Терма жамоамиз бош мураббийи Миржалол Қосимов бугун нимагадир ҳикматли сўзларини фақатгина оқлар га қаратди. Қизиллар га эса ола-була қараб қўйиш билан чекланди. Бу ўйиннинг даражасини ошириш мақсадида украиналик Олександр Пишур оқлар, тожикистонлик Акмал Холматов эса қизиллар таркибида ўйнади. Тинимсиз ҳужумлар остида ўтган биринчи бўлимнинг энг қизиқрали вазиятларидан бири 34-дақиқада содир бўлди. Катта Жасур Ҳасанов қатарлик Булушийнинг трюкини ундан ҳам моҳирона қилиб такрорлаган бўлса, Ислом Иномов Бразилия Испания ўйинидаги Давид Луиснинг ишини қайтарди. Бугало эса Буффон бўлиб кетди (аслида Буффон Бугало бўлиб кетса керак).))) Бу ҳаракатларнинг барчаси машғулотга ташриф буюрган кўп сонли мухлислар (машулот учун 4152 мухлис кўп-да)нинг олқишларига сабаб бўлди. Ҳисоб 40-дақиқадан кейин очилди. Жарима зарбаси амалга оширилгач бегона юрт вакилининг бизнинг майдонимизда гол уришини истамаган Фарҳод Тожиев қўлини ишга солди. Бу эса аксинча унга ёрдам берди. Конфдерациялар Кубогида пенальти белгилаш бўйича яхшигина тажриба тўплаб келган Осиёнинг 4 карра энг яхши ҳаками Равшан Эрматов 11 метрлик нуқтани кўрсатди ва Пишур Бугалога Буффон эмаслигини эслатиб қўйди. Биринчи бўлим якунланишига нечадир сония қолган бир пайтда қизиллар таркибида футболчи алмаштирилди. Мустафоев аут Раҳматуллаев ин. (Вадим Абрамов Трактор ва Локомотив ни бошқарганда шунақа жиннича қилиғи бор эди)))) Иккинчи бўлим биринчисидан кўра зерикарлироқ ўтди. Нимагадир иккала Жасур Ҳасанов таъқиб остига олинди (кимгадир ёқмагандир-да). Дастлаб қизил Жасурни Иванушкага алмаштиришган бўлса, кейин оқ Жасур кашфиётлар галочкасини тўлдириши керак бўлган навбатдаги футболчи Сардор Рашидовга алмаштирилди. Легионер дейиши қийин бўлган тожикистонлик Акмал Холматов эса Садриддин Абдуллаевга алмаштирилди (айнан Абдуллаев ва Фарҳод Тожиев Пекин-2008 саралаш босқичида Жанубий Кореяга қарши меҳмондаги ўйинда қизил олиб қочиб қолишгач Абрамов агар мен мураббий бўлсам уларни жамоамга қўймайман деганди демак Вадим тоғанинг терма жамоамизга ҳам, қизилларга ҳам, оқларга ҳам ҳозир алоқаси йўқ экан ёки у ҳазиллашган))) Етмиш нечанчидир дақиқада Таран яккама-яккада осомонга тепиб, бекорга Ўзбекистон терма жамоасига номзод эмаслигини исботлади (бизда ҳужумчиларни терма жамоага қабул қилишда тўпни дарвоза атрофида қанчалик баландга тепишига катта эътибор беришаркан))). Иккинчи бўлим охирида Эрматов ўша тажрибасидан яан бир марта фойдаланди: бу сафар оқлар томонга пенальти белгиланди ва биринчи пенальти айбдори Фарҳод

157 Тожиев Нестеровга Касильясга ўхшашини эслатиб қўйди (Касильяс ҳам пенальти қайтариш бўйича чемпион эмас)). Эрматов асалниям ози ширин деди шекилли, қизиллар тарафга кейинги ҳақиқий пенальтини бермади. Ўйин шу ҳисобда якунланди. Одатда машғулотларда кўпроқ голлар киритиларди. Энг қизиғи, ўйин тугагач Ўзбекистон Олий Лигаси турнир жадвалида Бунёдкор ва Локомотив жамоаларининг очколари ҳам, урган ва ўтказиб юборган голлари ҳам, чемпионат тўпурарлари Фарҳод Тожиев ва Олександр Пишурларнинг голлари сони ҳам биттадан кўпайиб қолди. Жудаяам қизиқ! Балки, икки жамоанинг аксарият футболчилари терма жамоага жалб қилингани сабабли назорат ўйинини Олий Лиганинг 13-тур марказий учрашуви ҳисобига ўтказворишгандир.))) Ўзбекистон клублар терма жамоаси таркиби: Дарвозабонлар: Игантий Нестеров, Мурод Зуҳуров (иккалсаси Бунёдкор ), Павел Бугало ( Локомотив ) Ҳимоячилар: Акмал Шораҳмедов, Артём Филиппосян, Хайрулла Каримов, Анвар Ғофуров, Саҳоб Жўраев (барчаси Бунёдкор ), Салим Мустафоев, Ислом Иномов, Ислом Тўхтахўжаев (барчаси Локомотив ) Ярим ҳимоячилар: Жасур Ҳасанов, Олег Зотеев, Лутфулла Тўраев, Жавлон Иброҳимов, Фозил Мусаев (барчаси Бунёдкор ), Жасур Ҳасанов, Дилшод Раҳматуллаев, Виктор Карпенко, Санжур Турсунов (барчаси Локомотив ) Ҳужумчилар: Игорь Таран ( Бунёдкор ), Фарҳод Тожиев, Иван Нагаев (барчаси Локомотив ) Назорат ўйини. Тошкент. ЖАР стадиони томошабин Оқлар Қизиллар 1:1 Ҳакамлар: Р. Эрматов (Тошкент), А. Расулов (Тошкент), Ж. Саидов (Тошкент), Н. Қосимов (Қарши) Голлар: Олександр Пишур 45 пенальтидан, - 1:0. Фарҳод Тожиев 83 пенальтидан, - 1:1 (пенальтини Иван Нагаев ишлади). «Оқлар»: 1. Игнатий Нестеров, 2. Акмал Шораҳмедов, 4. Хайрулла Каримов, 5. Дилшод Жўраев, 6. Анвар Ғофуров, 8. Жавлон Иброҳимов, 11. Александр Пишур, 13. Лутфулла Тўраев (9. Игорь Таран, 63), 16. Артём Филипосян, 19. Жасур Ҳасанов (21. Сардор Рашидов, 71), 33. Олег Зотеев Захира: 25. Муроджон Зухуров, 7. Марко Блажич, 18. Фозил Мусаев, 23. Сахоб Жўраев, 24. Баҳодир Пардаев «Қизиллар»: 1. Павел Бугало, 8. Акмал Холматов (7. Садриддин Абдуллаев, 75), 10. Фарход Тожиев, 16. Жасур Ҳасанов (23. Иван Нагаев, 59), 17. Салим Мустафоев (6. Дилшод Раҳматуллаев, 45), 19. Ислом Иномов, 20. Ислом Тўхтахўжаев, 22. Шерзод Шарипов, 29. Виктор Карпенко, 30. Дилшод Жабборов, 77. Санжар Турсунов Захира: 12. Тимур Ғаниев, 9. Зайниддин Тожиев, 18. Павел Смоляченко, 41. Қувондиқ Рўзиев. Огоҳлантиришлар: Фарҳод Тожиев 44, Анвар Ғофуров 48, Дилшод Раҳматуллаев 57, Ислом Иномов 72, Артём Филипосян 82, Хайрулла Каримов 90. Назоратчи: Ғ. Каримов (Тошкент).

158 74. Сарварбек Жалилов. Футболнинг биз билган ва билмаган тарихи Қадимда битта моҳир чевар чарм матодан думалоқ шаклда каттагина игна санчқич тайёрлаган, уни доим калака қилиб юрувчи қўшнилари игна санчқични ўғирлаб, чеварни югуртириб тўп ни бир-бирларига тепиб ўйнашган, натижада пидбол деган бекорчилар ўйини пайдо бўлган... Ёшлигимда дадам футбол тарихини шундай лўндагина ҳикоя қилиб берганди. Албатта, ўшанда дадам ёшимни ҳисобга олган бўлиши табиий. Катта бўлиб, харф танийдиган бўлганимдан сўнг, Геродот, Афлотун каби бир қатор машҳур тарихчиларни китобларини ҳам титкилаб кўрганман. Аммо, футбол ҳақида бир оғиз ҳам гап чиқмаган, гап йўқ! Демак, тарих отаси Геродот ҳам, уни земляги Афлотун ҳам футболга унча қизиқмаган! Эҳ, футболга қизиқмаган эркак эркакми? Ахир, футбол ўғил болалар ўйини эканлигини қизлар ҳам яхши билади-ку! Шу тариқа футболга, унинг тарихи, келиб чиқишига қизиқиб қолдим ва оз бўлса ҳам у-бу нарсалар ўрганишга ҳаракат қилдим. Ҳозирги кунга келиб, буюк бобомиз Амир Темур тугул, хатто Юлий Цезар ҳам босиб ололмаган жойларни Футбол ўз мустамлакасига айлантирди. Дунё аҳлининг энг суюкли ўйинига айланиб улгурган миллионлар ўйини қачон ва қаерда кашф қилинганлиги тўғрисидаги қарашлар футбол фанатлари сингари сон-саноқсиз. Худди туркий халқлар Алишер Навоийни талашганидек, кўплаб мамлакатлар футболни ўз тарихи билан боғлашади. Булардан баъзиларини кўриб ўтамиз. Футбол ватани деб расман Англия деб эътироф этилган. Тўғри, замонавий футбол қоидалари XIX асрда Буюк Британияда амалга оширилган. Бироқ, айрим тарихий манбаларда футболга ўхшаш ўйин қадимги Хитойда ҳам Император аскарлари томонидан ўйналганлиги кўрсатилган. Бундан 20 аср олдин ёзилган Хан династияси қўлёзмаларида икки гуруҳга ажралиб, думалоқ коптокни майдон бурчагига олиб бориш ўйини тилга олинган. Демак, футболнинг илк кўринишлари Осиёда пайдо бўлган экан. Бундан ташқари японияликлар 2002 йилги Жаҳон чемпионатини қабул қилишга даъвогар бўлишганида, 1400 йил олдин кунчиқар ўлкада футболга ўхшаш ўйин Кеннатт ўйналганлигини таъкидлайвериб чарчашган.

159 Баъзи тарихий манбаларда битилишича, қадимги Греция ва Римда ҳам бу ўйиннинг илк кўринишлари бўлган экан. Уларда айтилишича, Цезар аскарлари Буюк Британияга Римда кашф қилинган тўп ўйини Грапапастумни олиб келишган. Юнон тарихчиси Поллукс бу ўйинга шундай тариф берган: Ўйинчилар иккига бўлиниб, тўп майдон марказидаги чизиққа қўйилади. Майдоннинг икки чеккасида ва ўйинчилар ортида яна икки чизиқ тортилади. Ушбу чизиқ устига биринчи бўлиб тўпни қўлда олиб борган жамоа ғолиб саналади. Бундан чиқди грапапастум регби ва футболнинг отаси бўлган экан. Расмий маълумотларга назар ташласак, Англияда йиллари биринчи бор профессионал футбол клуби Шеффилд Юнайтед жамоаси ва 1863 йил биринчи миллий ассоциация тузилди. XIX аср оҳири ва ХХ аср бошларида Европанинг бошқа мамлакатларида ҳамда Лотин Америкасининг кўплаб мамлакатларида миллий футбол ассоциациялари ташкил қилинди йили футбол Олимпиада ўйинлари дастурига киритилди йил халқаро футбол ассоциациялари федерацияси ФИФА, 1946 йили эса Европа футбол ассоциациялари бирлашмаси УЕФА тузилди йил эса бизнинг Осиё Футбол Конфедерацияси тузилди йилдан футбол бўйича Жаҳон чемпионати, 1955 йилдан Европа чемпионлар кубоги (ҳозирги ЕЧЛ), 1960 йилдан эса Европа чемпионати мусобақалари ўтказилмоқда. Юртимизда футбол ватани водий, аниқроқ қилиб айтадиган бўлсак, Фарғонадир. Ўзбекистонда дастлабки футбол клуби 1912 йили Фарғонада ташкил қилинган. Кейинчалик Андижон ва Тошкентда ҳам футбол клублари тузилган йилдан буён футбол бўйича ЎзССР кубоги (мустақиллик йилларидан Ўзбекистон кубоги) ва Ўзбекистон Чемпионати мусобақалари ўтказилиб келинмоқда. Хулоса қилиб айтадиган бўлсак, биз севган футбол ўйини қадимги Хитойда туғилиб, Римда эмаклаб юришни бошлаган. Буюк Британияга кўчиб келгач, паспорт олган. Бразилия эса уни тарбиялаган. Тамом-вассалом!

160 75. Sardor Dushamov. Windows 7 operatsion tizimiga kirish oynasidagi orqa fonni o'zgartirish Windows 7 operatsion tizimiga kirish oynasidagi orqa fonni o'zgartirish uchun quyidagi ketma ketlikdagi amallarni bajaring 1 bosqich "Pusk" ni bosib qidirish uchun yoziladigan joyga yoki "WINDOWS+R" (bosib) ga "regedit" ni yozing Ushbu oyna ochiladi:

161 2-bosqich HKEY_LOCAL_MACHINE ni ustiga sichqonchani olib borib o'ng tarafini bosamiz va "Найти" yoki "Find" ni bosamiz: 3-bosqich OEMBackground deb yozib "Find" yoki "Найти" tugmasini bosamiz. O'ng tarafda OEMBackground ni ustiga sichqonchani olib borib o'ng tarafini bosamiz, va u yerdan "Изменит" yoki "Edit" no bosamiz Hosil bo'lgan oynadan "Значение" yoki "Value Data" ni 0 dan 1 ga o'zgartiramiz

162 5-bosqich. Hamma oynalarni yopib "C:\Windows\System32\oobe" papkasiga kirib ichida "info" degan papka yaratamiz. "info" papkasini yaratganimizdan keyin uni ichiga yana "backgrounds" degan papka yaratamiz 6-bosqich Qo'ymoqchi bo'lgan rasmni o'sha "backgrounds" papkasini ichiga tashlaymiz ESLATMA!!! 1)Rasmning hajmi 245 KB dan katta bo'lmasligi kerak. 2)Rasmning nomi "backgrounddefault" bo'lishi kerak. Qarabsizki sizning operatsion tizimga kirish oynasidagi orqa foningiz o'zingiz hohlaganidek bo'ladi. Join!

163 76. Сардор Рузметов. Sog inch Javlon kichkina firmaning direktori. Uning firmasi mashinalarni va haydovchilarni sug'urtalash bilan shug'ullanadi. Har kuni 9 dan ishni boshlagan Javlonning ishini yengil deb bo'lmaydi. Shuning uchun ish vaqti 5 larda tugasa ham, u kech soat 8 ba'zi paytlarda 10 largacha ishda qolib ketadi. O'zi yetmagandek o'z kotibasini ham olib qoladi. Chunki uning kotibasi kompyuterda yaxshi ishlay oladi va juda kamgap, ishchan qiz edi. U qizning ismi Feruza bo'lib,moliya kollejini tugatib shu yerga ishga kelgan edi. U Javlondan 6 yosh kichkina bo'lsayam ba'zi paytlarda Javlonga foydali maslahatlar va aqlli qarorlar qabul qilishda yordam berardi. Shuning uchun ham Javlon uni doimo ishga ko'mib quyardi. Yuzida kichkinagina tabassumni ham yashirgan holda Javlon doimo jiddiy qarash bilan Feruzani ishga oid terminlar,hujjatlar bilan band qilib quyardi. Feruza o'z xo'jainiga ishonishining sababi ham shunda edi. Bir qadam ham chegaradan chiqmagan ho'jayiniga ishonchi shunchalik kuchli ediki, hatto esidan ham chiqargandi soat kechki 9 da bitta xonada hujjatlar ostida o'tirishganini. Ishdan chiqib albatta Javlon Feruzani uyiga kuzatib keyin uyiga ketardi. Oradan 1 yil o'tib yangi yil chog'ida Javlon Feruzaga kutilmaganda unga turmushga chiqishini so'rab qoladi. Tasodifan kutilmagan taklif Feruzaga g'alati tuyuladi va hujjatlar orasidagi qiziqarli, haqiqiy ish jarayoni bir soniyada oddiy hayot qonuniga aylanib qolganday tus beradi. Bitta so'z ham aytmasdan Feruza ketadi. Oradan yillar o'tadi. Kunlarning birida Feruza shaxar chetidagi kitob magazinidan chiqishda taksi to'xtatadi. Shaxardagi A1 ko'chaga borishini aytib,qulay joylashib olgan Feruza mashina oynasidan haydovchini ne ko'z bilan ko'rmasin bir vaqtlari ho'jayini bo'lgan Javlon edi. Javlon uni kitob magazinidan chiqayotgan paytdayoq bilgandi ammo e'tibor bermagandek ketayotgan edi. Feruza nimadir demoqchi bo'lardi ammo Javlon huddi o'sha ishdagi ko'rinishda yuzini tabassumga ham,homushlikka ham qo'yib bermayotgandi. U qandaydir sirli edi. Shunda Feruza o'zida kuch topib gapirdi: - Salom.. Qizarib ketgan yuz bilan Javlon kulib: - aa Salom Feruza yaxshimisiz? - Rahmat yaxshi, siz? Ishdan...? - A, ha ish shunaqa bo'b qoldi. Doim hujjatlar, doim odamlar. Nimanidir talashishadi, nimagadir intilishadi. Huddi zinopayadan chiqib boriyotgandek go'yo. O'yladim keyin nima? Nima oxirida bizni kutadi. Men shundan qo'rqdim.

164 Keyin o'zingiz ham bilasiz u bizda muommo ko'p edi. Hullas ketdim. Qo'ying uni,o'zingizdan gapiring. - Men ishdan ketgandan keyin uzoq qarindoshimning kitob magaziniga ishga kirdim. Ishim yomonmas. Shovqinsiz ish. Haridorlar yo'q paytida kitob mutola qilaman. Qancha kitob o'qimagan ekanman. Kitob o'qib hayotning boshqa qirralarini ham o'rgandim. - Siz uchun hursandman. Albatta kitoblaringizdan berasiz. Men ham o'qishga qiziqib qoldim. - Albatta. Sizga bemalol. - Yo'ge? Men hali mendan hafa bugansiz deb shuncha yildan beri oramizdagi voqeani kecha bo'lgandek tuyib turaman. Iliq gaplaringizdan qayta tug'ilgandek bo'ldim. Rahmat. - Sizga rahmat. Uni men esdan chiqarganman allaqachon. Hijolat tortmang. - Turmush qurib oila tashvishlari bilan charchamay yuribsizmi Javlon aka? - NIma desam ekan, men hali uylanmadim. Meni bilasizu ishchan odamman." deb yuzini yashirardi Javlon. Shoshib Feruzaga gap bermay darrov uni o'zi turmushga chiqdimi yo'g'mi shunga qiziqdi. Feruza bo'lsa kulib ammo yerga qarap "men ham yo'q" deegancha Feruza o'z manziliga yetib keladi. Javlon pul ham olmasdan unga omad tilab ketayotganida to'satdan Feruza Javlonda gapi borligini aytib qoladi. Feruza hijolat tortgancha: - Javlon bilasizmi? Men... mayli muhimmas. Lekin siz kuchli insonsiz. Sizda go'yo butun haqiqiy tuyg'ular jamlangandek. Buni men kech angladim. Firmamizdagi ishlarning bir hafta keyingilarini ham o'z joyiga qo'yishingiz. Firmaning ham unchalik hujjatbozlik talab qilmasligini ham keyin angladim. Shunda o'zimga savol berdim. Nega? Ahir meni har kun soat 9 dan 5 gacha ko'rgani yetmasmidi. Shunchalik ham..." degancha yig'lab kechirim so'ragancha uyiga shoshildi. Bu yog'da, ko'chada yomg'ir tomchilagani, Feruzaning, uning ustiga Javlonning yuragidagi ko'zyosh osmon ila yog'ardi go yo. Javlon mashinasini sekin haydagancha nomalum tomonga ketardi. Mashinani haydab ketishidan huddi eski g'amlar esiga tushgan odamdek edi. Ammo taksi birkasini o'chirib yo'lni o'rtasidan mashinasini haydayotib yuzida tabassum paydo bo'ldi va dedi: - Rahmat. Ahiri uning ham qalbiga kirib borganing uchun senga rahmat!

165 77. Сирожиддин Сотволдиев. Абадият қонуни Нега баланд-баланд иморатлар диққатимизни тез тортади? Чунки бундай иморатларнинг ёнида пастак-пастак иншоотлар бор. Нима учун нархи юқори бўлса ҳам ялт-ялт нур қайтараётган олмага харидор бўламиз? Негаки, айнан шу растада хира тортган, оби-тоби га келмаган олмаларга кўзимиз тушади. Нимагадир одамлар борасида ҳам шундаймиз: виждонини ямлаган кимсалардан панд еймиз-да, кейин яхшиларни таниймиз, қадрлаймиз... Инсоният яралганидан буён мавжуд қонуният бу абадият қонуни. Ҳар бир даврда яхшилик ва ёмонлик, ҳавас ва ҳасад, эзгулик ва ёвузлик тўқнашуви содир бўлган. Бадбин ниятли кимсаларни кўриб, яхшилар қадрига етилган. Ҳасадгўйлар қисмати орзумандликнинг баҳосини оширган, илло, ҳеч қачон яхшиликнинг, яхши амалнинг юзи қора бўлмаган, шаънига доғ тушмаган ва бундан кейин ҳам ана шундай бўлиб қолаверади... шундай бўлмоғи жуда шубҳали!!! Автобус тумонат одам. Ким ўтирган, яна ким оёқларида тик бу жиҳатдан ҳамма тамомила бир-биридан фарқли. Аммо нигоҳларнинг бари ташқарига қадалган: қорнинг муздай тафтига чўмилиб, яна автобус салонига қайтувчи нигоҳлар, бир-бирига бегона термилувчан, сиртдан ғижинувчан нигоҳлар! Автобус бекатда тўхтадию, мункайган аёлни бағрига олди. Уни ўнлаб назарлар улар орасида шафқатомузи, нафратомузи, масхараомузи ҳам бор ўриндиққача кузатиб қўйди. Шундан сўнг улар яна ташқарига оппоқ қор бағрига отилди. Автоулов ғич-ғич лаб юриб кетди......автобуснинг ғич-ғич и қўнғироқ товушига енгилди. Яқин бекатдан минган аёлнинг ҳазин овози эшитилди: Эшит-таман, ие, болам, Асқар, ўзингмисан жигарпорам? Яхшимисан? Аёлнинг юзи намланди, бир қўли заиф титраганча рўдапо пальто чўнтагидан рўмолча топди. Болагинам, нега таъзияга келмадинг? Онагинангни азаси-я! Аёлнинг ҳасрати жунбушга келди, қорда мириқиб сузаётган нигоҳлар эса ҳоруқулодда гапдан муз қотиб автобуснинг иссиқ салонига қайтди, энди уларнинг бари қулоққа айланди. Асқар, тушунаман, болам, аразлагансан. Лекин жанозага отанг ҳам келмади. Келаверсанг бўларди, қурғур онанг...сени сўрайвериб мени қон қилиб юборди-да... Аёл ўзини ортиқ тутолмади: дув-дув кўз ёшлар салонга рутубат индирди гўё қаҳратоннинг тўлғоқ булути ичкарига кириб олгану, ундан тушаётган қор автобус иссиғида ёмғир бўлиб қуйилаётгандек. Бу чоғда ўтирган, турган, ухлаган, қийшайган нигоҳларнинг барчаси икки карра сергакланди, лаблар тамшанди, қароқлар намланди, қўллар жуфтланди, оёқлар

166 титради, томоқлар қирилди... Аёл хушёр тортди: Асқар, болажоним, мен йўлдаман ҳозир. Аразни қўй, ўғлим, эсли боласан-ку! Онангни маракасига кел, тоғанг шу пайшанбада уйида марака ўтказяпти. Кел, болам, келақол. У ноумид зорланиб, телефонни ҳўл рўмолча билан чўнтагига солди... Автобусга жимлик чўкди... Бу мункайган аёл, эҳтимол, Асқарнинг маракага келиш ё келмаслигини ҳам билмас, балки келишига ишонар ҳам. Аммо айни дам ўнлаб юракларга ғулғула солганини сездимикан?! Совуқ нигоҳлар аро узилган ва унитилган ришталарга қайта жон ато этганини билдимикан?! Фақат иш ва ташвишга ўралган, йўлда нуқул қор, қор бўлмаганида телефон билан овунадиган хаёллар ва қўллар соҳибларига таниш кўчаларни, қадрдон рақамлару чеҳраларни эслатиб юборганини тушундикан?! Автобус ёқимсиз ғич-ғич лаб тўхтади. Аёл яна ўша нигоҳлар фақат бу гал уларнинг бари миннатдоромуз эди кузатувида салондан тушди. Қадини аввалига бироз ростлади худди ҳаммасини қойил қилган каби кўксини керди, сўнг яна букчайиб олдию юриб кетди... Нега шундай, а?! Нима учун гўзалларга ошиқлик сезамиз? Чунки улар хунук дугоналарини ўзлари билан эргаштириб юришади. Нега баланд-баланд иморатларни ёрқинроқ кўрамиз? Негаки...

167 78. Сохиба Хайитбоева. Ўн олти йил ухлаган аёл Ташхис: Летаргик уйқу. Британ олимларининг фикрига кўра, тахминан 4 фоиз инсонлар аслида ўлмас, шунчаки летаргик уйқуга кетар экан. Бу ҳолат кўпчилик учун абадий уйқуга айланиб қолаяпти. Неча йиллардан бери инсонларни ўйлантириб келаётган бу жумбоқни ечишга замонавий илм-фан ожиз. Хаттоки айрим давлатларда қабрдаги инсонни уйғонганини эшитадиган турли техник қурилмалар ихтиро қилинди. Ўтказилган тадқиқотларга кўра, аксар ҳолларда қандай инсонлар летаргик уйқу қурбонларига айланиши маълум бўлди. Туркистонлик Назира Рустемова ҳам ана шундай ҳолатга дуч келди, аммо Аллоҳнинг иродаси билан яна ҳаётга қайтди... Айни пайтда Москвада яшаётган Назира Рустамова гарчи ҳеч қаерда ўқибўрганмаган бўлса-да, ғаройиб суратлар чизади, инглиз тилида шеърлар ёзади, инсонларни ноанъанавий усуллар билан даволайди. У бу қобилиятларнинг барчасига 16 йиллик уйқудан кейин эга бўлган. Назира 4 ёшлигида уйқуга кетди ва кўзини очганида 20 ёшда эди. Энг қизиғи, у уйғонганида 4-5 ёшли қизалоқ кўринишида бўлган. Биз Назира Рустамованинг уйида меҳмонда бўлиб, бу феномен-аёл билан суҳбатлашишга муваффақ бўлдик. 16 йил летаргик уйқуда бўлган аёл ўзининг ғайриоддий ҳаёти ҳақидаги саволларимизга жавоб берди. Тириклай кўмилган қизалоқ - Назира опа, бу ҳолат қандай юз берди? - Тўрт ёшимда уйқуга кетганман. Қандай бўлганини эса эслай олмайман, чунки жуда кичкина эдим. Яқинда 48 ёшга кираман, аммо унинг 16 йилини уйқуда ўтказдим. Ўзим Туркистоннинг тоғли қишлоғида туғилганман. Онамнинг сўзлаб беришича, болалигимда кучли бош оғриғидан азоб чекканман. Бир куни офтоб уриб хушимни йўқотгач, мени вилоят шифохонасига олиб боришган. Шифохонада бир хафта беҳуш ётганман. Менда ҳаётлик аломатларидан ҳеч қандай белги кўринмагач, шифокорлар

168 ўлганимга иқрор бўлишган ва ота-онам таъзия очиб кўмишган. Аммо шу куни отамнинг тушига бобом кириб, улар жуда оғир гуноҳ қилгани, яъни мени тириклай кўмишганини ҳабар қилган. Отам дарҳол қабристонга бориб қабримни очишган ва тириклигимни кўришган: мен деворга суяниб ўтирган ҳолатда ётган эканман. Отамнинг айтишича. Ҳатто устидаги кафаннинг баъзи жойлари йиртилган экан. У шу заҳотиёқ тирик эканлигимга ишонч ҳосил қилиб, мени аввал вилоят шифохонасига, кейин эса Тошкентдаги илмийтадқиқот институтига олиб боришган. Шу ерда 16 йил махсус қалпоқ остида уйғонгунимга қадар ётганман. - Ухлаганингизда тушми, ёки бирон нималарни кўрдингизми? - Кўрганларим туш эмасди, мен У ЕРДА ЯШАДИМ. Катта бобом билан учрашдим. Бобомни яхши танийсиз Ахмад Яссавий, у XII асрнинг буюк суфий-шоири. Мен унинг ўн тўртинчи авлоди бўламан. Мен у ерда бобом билан суҳбатлашдим, боғ ва кўлларни айландим. Ўша вақт да бутунлай бошқа, чинакам дунёда эдим. Менга авлиё аждодларим ҳаёт ҳикматларини ўргатишди, турфа хил ҳаётларни, коинотни, сайёраларни кўрсатишди. Баъзиларида ҳатто бўлганман ҳам. Лаҳзада бир жойдан иккинча жойга кўчардим, бутун олам билан гаплашардим... У ер жуда яхши эди. - Қайта дунёга келишингиз қандай юз берди? Қандай уйғондингиз? йилнинг 29 августида телефон овозидан уйғондим. У узоқ ва тинимсиз жарангларди. Мен мендан бошқа ҳеч ким трубкани олмаслигини, туриб бориб трубкани кўтаришим кераклигини тушундим. Туриб телефон ёнига борарканман, радиодан Валерий Леонтьевнинг куйлаётганини эшитдим: "Всплывает радость сквозь туман и как во сне..." Телефон қўшни хонада жиринглаётган экан. У ерда институт ходимларидан бири ўтирган экан. Мени кўриб, ҳаммалари ҳайратдан донг қотиб қолишган бўлса керак. - Тўрт ёшингизда телефон нималигини билармидингиз? Умуман, уйқугача бўлган даврингиздан нималарни эслай оласиз? - Деярли ҳеч нарса, чунки жуда кичик эдим. Фақатгина бобомни менга дуоларни ўргатгани хотирамда қолган. У пайтда на ўқиш-ёзишни, на рус тилида гапиришни билардим. Табиийки, ўша пайтлар тоғдаги қишлоқда ҳеч қачон телефон бўлмаган. Ҳеч қачон Леонтьевнинг қўшиғини эшитмаганман. Аммо уйғониш вақтимда телефон ҳақида ҳамма нарсани, ва эшитган қўшиғимни ёддан билардим.

169 Телепатия, левитация ва бошқалар... - Демак, уйғонганингиздан кейин оддий инсон учун имконсиз бўлган ғайриоддий қобилият ва билимларга эга бўлгансиз... - Ҳа. Мен ётган барокамерадан қандай қилиб ўтганимни кўриб шифокорларнинг ақли шошиб қолди. Чунки барокамерада ёпиқ ва бутунлигича турарди. Аммо мен қўшни хонадаги телефонни олиш учун барокамерадан чиқиб девордан ҳам ўтганман. Буларни кўрган тошкентлик мутахассислар Москвага қўнғироқ қилишиб, уларнинг бемори 16 йиллик уйқудан уйғониб ақл бовар ҳодисаларни содир этаётганини маълум қилишди. Москвада мен билан кўплаб психологлар, парапсихологлар шуғулланишди, қобилиятларимни ўрганишди, имтиҳон қилишди. Мени бир жойдан иккинчи жойга, турли давлатларга олиб боришди, телекўрсатувларда кўрсатишди. Ўша пайтда мен учун бу янги олам мутлақо тушунарсиз ва ҳайратли эди. Мени ота-онам билан таништиришганда улар менга нима учун кераклигини билмаганман. Бундан ташқари, ҳамма мендан шундай ҳавотирланардики, ҳатто онам мени руҳий шифохонада жойлаштиришни таклиф қилган. Отам эса мени ҳарқанча қамаб, боғлаб қўйса ҳам фойдаси йўқлигини, барибир девордан ўтиб кетишимни айтганлар. - Яна қандай қобилиятларга эга эдингиз ва бу имкониятларни юзага келишини ўзингиз қандай изоҳлайсиз? - Мен левитация қила олардим чин маънода ердан узилиб уча олардим. Табиат тилини, ҳайвонлар тилини, бутун борлиқ тилини билардим, телепатик мулоқот қила олардим. Охиргиси ҳалигача сақланиб қолган. Фақат авваллари ёнимда турган кишининг фикрини уқиш ва у нима деб жавоб беришимни билиши учун биргина қарашим етарли эди. Ҳозирда эса бу сал қийинлашди, энди эса диққатимни жамлашимга тўғри келаяпти. Уйғонганимдан кейинги илк йилларда пулга эҳтиёж сезсам, уни пайдо қила олардим. Бу қобилиятим ҳам тахминан беш йиллардан буён ёпилди. Шахсан ўзимни ҳам ҳайратлантирадиган ҳолат, мени телепортация қила олишим муҳитга кўчишим. Бу ҳолат менда сўнгги марта 2009 йилда содир бўлганди. Келинг яхшиси, бу ҳақда умр йўлдошим Сергей гапириб бера қолсин:

170 - Бу шундай юз берганди. Биз Назира билан автобусда кетаётгандик. Мен бекатда тушиб қолдим, у эса метрогача кетди. Мен йўлни кесиб ўтиб бир идорага кирдим. Киришда Тушлик деб ёзилган лавҳача осилган экан. Шу пайт ортга ўгирилганимни биламан, қарасам, рўпарамда Назира турибди. У қандай қилиб бирдан пайдо бўлиб қолди, ҳайратда қолдим. Чунки уни автобусда қолганини, эшик ёпилиб автобус жилганини ўз кўзим билан кўргандим-ку! Яна унга қўл силтаб хайрлашгандим... - Сизда бу ҳолат қандай юз берди, Назира опа? - Мен автобусда Сергей билан метрогача бордим. Кейин метрога бориб зинадан тушаётиб, бирдан хужжатларим, пулим, жетон солинган сумкача Сергейда қолгани эсимга тушди. Билмайман, бу қандай бўлди менда битта жуда кучли хоҳиш сумкачамни олиш истагида эдим. Бундан ташқари, Сергейнинг қаердалигини билмасдим, аммо уни топишим керак эди. Шу ҳиссиётлар билан унинг ёнида бўлиб қолдим. Тўғрироғи, бир жойдан йўқолиб бошқа жойда пайдо бўлдим. Аммо, афсуки, мендаги телепортация қобилияти 3 йил аввал йўқолди. Ўша вақтларда менда моддийликдан хеч нима бўлмаган кўринади. Мен руҳийликда бўлганман. Кейинчалик мени гўшт, нон ва бошқа нарсалар билан озиқлантиришди, шу тариқа борган сари жисмоний танага кириб бора бошладим. Руҳий ва жисмоний ҳолат ҳақида - Назира опа, сиз митти қизалоқ бўлиб уйқуга кетиб, уйғонганда етук аёлдек уйғонгансиз, шундайми? - Йўқ, уйқуда вақтимда 20 ёшга кирган бўлишимга қарамай, болакай бўлиб уйғондим. Тўғри, 16 йил мобайнида 28 сантиметрга ўсдим. Кейин эса қисқа вақт ичида ўз ёшимдагидек тезда шаклландим. Кўриб турганингиздек, туғилган кунимдан ҳисобланадиган бўлса, ҳозир ёшимга нисбатан айнан мос кўринаман. Аммо болалик йилларимни ўтказиб юборганим учунми, ҳалиям ўзимни ёш боладек ҳис қиламан йиллик уйқу мобайнида оёқларда ҳаракатланишингиз чекланиб қолмадими? - Агар инсон ойлаб ҳаракатсиз ётса, танадаги мушакларининг ҳаракати чекланади ва юришни қайтадан ўрганишига тўғри келишини биламан. Аммо менинг ҳеч бир мушагим қотгани йўқ, мен ҳатто ўйламай ҳам туриб юриб кетганман.

171 - Назира опа, мактаб, институтда ўқиганмисиз? - Йўқ, албатта, ва бунга хожат ҳам бўлмаган. Агар менда қандайдир савол туғилса, шу заҳоти юқоридан - ахборот қатламидан жавоби келади. Буни бошқача тушунтира олмайман. Айтиб ўтганимдек, аввалига деярли ҳамма тилда ўқиш ва ёзишни билардим. Тўғриси, ҳозир кўпчилигини унутдим, балки амалда қўлламаганим учун бўлса керак. Айни пайтда рус, ўзбек, қозоқ, тожик ва араб тилларида сўзлайман ва ёзаман. Инглиз тилида ҳалигача ёзаман, аммо ёзганларимни ўқий ва тушуна олмай қўйдим. Қўпчилик менинг аввалги барча билимларим ва қобилиятларимни қайтариш мумкин, дейишади. Ўзим ҳам бунга катта умид боғлаганман... - Бу ғаройиб тақдирингиз ҳақида ўзингиз қандай фикрдасиз? - Бу менинг қисматим. Асосийси инсонларга ёрдам бериш ва улар қанча меҳр ва илиқликни сингдиришга тайёр бўлсалар, шунча меҳр хадя этишдир. Ҳузуримга қатъий мурожаат билан инсон келган заҳоти, дуолар билан бирга қувватим ишга тушади. Бундан ташқари, менга ҳамиша кўринмас руҳларим ёрдам беради. Албатта, бу инсоннинг ҳузуримга қандай мақсадда келганлиги билан боғлиқ. Баъзан унга бор кучимни сарфлашимга тўғри келса, баъзида бир оғиз сўзим кифоя қилади. Аммо энг ажойиби ниманидир мен орқали содир бўлаётганини англашдир. Ахир, мен боғловчи бўлиб қолаяпман. Иноятдан маҳрумликми? Назира Рустамова кейинги йилларда ўз вужудининг яна баъзи ҳислатларини пайқади: унинг жисмоний танаси на иссиқдан, на совуқдан қўрқмайди. Шундан бери Назира опа қишин-ёзин фақат енгил кўйлакда ва оёқяланг юради. Бироқ унинг бу ҳаракатига пойтахт тартиботи ходимлари алоҳида эътибор билан қаради, натижада Назира опа икки марта полицияда бўлиш ига тўғри келди. 48 ёшни қаршилаётган Назира опанинг 16 йили уйқуда ўтди. Аммо айнан ўша йиллар уни ғайб оламдан бохабар этди. Аждодларидан Назира опага ноёб қобилиятлар мерос бўлди, аммо унинг дунёвийлашиб кетиши оқибатида баъзи қобилиятлар йўқолди. Назира опанинг бугунги кундаги ҳолати қандай бўлишидан қатъий назар, унинг бошидан ўтганларининг ўзи рад этиб бўлмас ҳақиқат. Шу фактнинг ўзиёқ, унга феномен аёл сифатида эътибор қаратишимизга арзийди. Ахир, бу қисмат ҳаммага ҳам насиб этавермайди.

172 Сўнгги сўз ўрнида Мақолани ёзиб бўлиб ҳам кўнглим тинчимади. Назира опа билан учрашувимизга неча вақт бўлдики, бу ғаройиб аёл ҳақидаги мулоҳазалар онгимни тарк этмаяпти. Ғалати таассурот қолдирган яна бир жиҳат: бир вужудда икки инсонни кўрганим бўлди. Суҳбат давомида гоҳ ёш боладай қувноқ, содда ва беғубор феъли, гоҳида эса ғайриоддий ҳаётининг ўзига ҳос машаққатларида пишган аёлнинг мунгли кўзлари кўз олдимда қолиб кетди. Унинг болаларча феъли аслиятию, сўзлардаги дард дунё ташвишларидан орттирма сими?! Назира Рустамова ўзининг кўп йиллар Тошкент ва Москва илмий тадқиқот институтларида ўрганилгани, машҳур экстрасенс Жуна Давиташвили билан бирга ишлаган йиллари, бу феномен аёлдан махфий хизматлар қандай фойдалангани ҳақида алам билан тилга олиб ўтди. Ўз вақтида олимлар Назира Рустамовани қобилиятларини ўрганиш учун у ердан бу ерда ҳаддан зиёд судрашган. Тажрибадаги қуён сингари текширувлардан безиган аёлнинг дунёвийлашиб кетишига сабаб шудир балки?! Бу ҳақида Назира опа оғиз очмади, ярасига туз сепмаслик учун мен ҳам сўрагани ботинмадим. Ғайриоддий қисматли ўзбек феномен-аёли бугун унутилган. У фан учун керакли бўлган вақтида рус хукумати томонидан тақдим этилган уйда умр йўлдошию, қизалоғи билан сокин ҳаёт кечирмоқда. Дарвоқе, опанинг умр йўлдоши Сергей аввал христиан динига мансуб бўлган. Назира опа сабаб ислом динини қабул қилгач, унга турмушга чиққан. Дастурхонга ҳам Сергей русча талаффуз билан дуо ўқиб фотиҳа тортди. Ҳозирда Назира Рустамова Қуръон билан даволаш усуллари ёрдамида билан нафақат мусулмон, балки унинг ҳузурига даво истаб келувчи бошқа дин вакилларига ҳам ёрдам бераяпти.... Назаримда, қайтиш ва қайтариш учун биргина йўл бордек: тавба. Яна ҳам Аллоҳ билади!

173 79. Соҳиб Эгамов. Do stlar, yaxshilarni avaylab-asrang! Bozorlarimizda bayram kunlarida meva-cheva, uy sharoitida tayyorlangan va bayram dasturxonini bezaydigan shirinliklar, turli o yinchoqlaru sovg alarni bozor atrofidagi yo laklarda qo lda sotib turgan sotuvchilar ancha faollashib qolishadi. Bayram bahonasida oila byudjetiga ozmi ko pmi foyda qilishni o ylashadi. 31-dekabr kuni ham xuddi shunday edi. Chilonzor metro bekati yaqinidagi dehqon bozori atrofi ham xaridordan ko ra sotuvchi bilan gavjumlashgan, bozorqum amakiyu, soliqchilarni chalg itib yo laklarda tirikchilik qilayotgan kattayu kichik sotuvchilar anchagina edi. Men ham shu kuni Beshyog'och dehqon bozorining Chilonzor filialiga bozorlik qilishga borgandim. Maqsadim bayram dasturxoniga shirinliklar olish bo lgani uchun ularga beparvo o tib ketayotgandim. Biroq, bir holat e tiborimni tortdiyu, to xtab qoldim Sotuvchilar orasida har xil yoshdagilar, nafaqadagilardan tortib, maktab o quvchilarigacha bor edi. Shunga yarasha ovozlar, aytilayotgan gaplar ham xar xil edi: shirin so zda tortib haqoratgacha, bolasini erkalashdan tortib, qizi qatori qizlarga gap otayotganlargacha Ayniqsa, bozor darvozasidan sal ichkariroqda olti yoki yettinchi sinflarda o qiydigan bir bolakayning ikki qo lini og ziga qo yib, Bolajonlarga Yangi yil sovg alaridan olishni esdan chiqarmang! deya bozorni ko chirib baqirib o zining mahsulotiga xaridor chaqirayotgani e tiborli edi. Oradan bir oz o tib bozor darvozasi oldida o sha ovozlarga yan bir ovoz qo shildi: Akajonlarim, opajonlarim, bizgayam yordam qiling, qiynalib qoldik. E tibor qilsam, enkayib qolgan bir ayol ikki bolasini yetaklab, tilanchilik qilib yuribdi. Kimdir ularga parvo qilmay o tib ketayotgan bo lsa, yoshi kattalarning ayrimlari, bolalarning qo liga pul berib uzoqlashib ketishardi. Shunda shirinliklardan iborat Yangi yil sovga alari sotayotgan bolakay jim bo lib qoldi. Endi bolalarning yurakni ezadigan qilib aytayotgan ovozi bozordagi boshqa ovozlardan ustun chiqa boshladi. Har holda menga shunday tuyuldi. Shu payt sovg a sotayotgan bolakay atrofga alanglab kimnidir izlashni boshladi, juda uzoq kimnidir izladi. Bu orada uning tengdoshlari bo lgan bolalar va onasi yaqinlashib qoldi: Akajonlarim, opajonlarim, bizgayam yordam qiling, qiynalib qoldik. Sotuvchi bola oxirgi marta atrofga qarab oldi-da, donasini 8500 so mdan sotib turgan sovg alaridan birini qo liga olib, haligi bolalarga yaqinlashdi va qo lidagi sovg ani tilanchi bolaga berib, Yangi yiling bilan! dedi. Shu orada men ularga yaqinlashib o tib ketayotganim bois hammasi eshitildi. Tilanchi ona va bolalar uni uzooq duo qilishdi.

174 Bolakay ham qo lini duoga ochib, jim turib ularning duosiga qo shildi. Ulardan o tib ketib orqamga qarab, kuzatib turdim. Sotuvchi bola yana o z sovga larini sotishda davom eta boshladi. Men ham indamay bozorlik qilish uchun ichkariga kirib ketdim. Lekin, o sha holat juda qattiq ta sir qilibmi, oladigan narsalarning ayrimlarini unutganimni uyga kelib bildim. Sababi, sotuvchi bolaning otaonasidan yashirib sovg ani berganidan ham ko ra ko proq, uning o sha tilanchi bolalarga aytgan gapi meni qay darajada o ylantirgan bo lsa, ayolning bolalarini shunchalik xursand qilgandi. Bolakay, ularga sovg a emas, yaxshi gapi bilan, tabrigi bilan MEHR bergandi. Kim biladi o sha tilanchi bolakaylarni oxirgi marta kim yaxshi gap bilan siyladi ekan? Kim oxirgi marta ularga yaxshi so z aytib, mehr berdi ekan? Bozordan chiqishimda sotuvchi bolaga minnatdorchilik bilidiraman deya ahd qildim. Qaytayotganimda uni yo lakdagi sovg alar terib qo yilgan stol atrofidan izladim. Bolakay yo q edi, uning o rnida o rta yoshdagi bir amaki (balki otasi) savdo qilardi. Bolakay esa sal nariroqda ko zidagi yoshni artib turardi. O ylanib qoldim: bola nega yig ladi? 8500 so mlik sovg ani tilanchiga berib yuborib, otasi sezib qolgan bo'lsa, shunga gap eshitgani uchunmi? Yoki o zini tengdoshining o rniga qo yib ko rib, uning taqdiriga achingani uchunmi? Yoki??? Ushbu voqea bir haftadan buyon meni o ylantiradi. Shu bir hafta orasida o sha bolakayni ikki marta izlab bordim, topolmadim. Lekin, uning o sha holati haliyam ko z oldimda shundoqligicha turibdi. Uni topgim, unga shunchaki o sha kungi ishi uchun rahmat aytgim kelyapti. Lekin, afsus, endi keyingi bayramni kutishga majburman. Balki keyingi bayramda o'sha bolakay ota-onasiga yordamlashgani chiqib qolar. Lekin, nima bo'lganda ham o'sha bolakay otaonasining dakkisi sabab yaxshilik qilishdan, boshqalarga mehr berishdan cho'chiq qolmagan bo'lsa bo'lgani. Bir-birimizga mehrli, oqibatli bo'laylik!

175 80. Теъмур Азам. Мана ёздим, танлов учун! Ҳай ёрай! Ижодкорнинг нимадир ёзиши, кўпинча унинг кайфияти билан боғлиқ. Ўқиётган материалингизда ҳеч қандай руҳ сезилмаса билингки, ўша пайтда муаллифнинг кайфияти яхши бўлмаган. Менда руҳий ҳолат жойида бўлмаса, қўлим клавиатурага бормайди (қалам сўзи модадан қолди). Блоггерлар чемпионатига махсус пост ёзишни ният қилгандим. Учта материал ёздим ва учаласиям Shift+Delete тугмасининг нафратига учради. Шу орада 2010 йилда ёзган мақоламнинг шапка сини топиб олдим. Айримлар баҳолаганидек, маддоҳона усулда ёзилган. Кўнглим тўлмади, лекин ҳеч нарса ёзолмадим. Наилож, ўшани жойладим. Лекин кўнглимдаги ғашлик тураверди. Ўчиргим келди. Айнан ўчирганим ҳам мана шу постнинг ёзилишига сабаб бўлди. Энди нима ёзмоқчилигим ҳақида айтайми? Айтмайман, ўзингиз ўқинг :-) *** У ДУНЁДАН СУҲБАТ Газетага энди ишга кирган мухбир бўлим мудиридан қандай мақола ёзиши мумкинлиги ҳақида сўради. Бўлим мудири эса драматурглардан интервью олинг деди. Ходим эса адабиётга ихтисослашган газета таҳририятига бориб, драматургларнинг исмфамилиясини ёзиб олиш нияти борлигиниайтди. Улар ўнтача атоқли драматургларни айтишди. Мухбир хурсанд ҳолда ишга қайтди: Ака, мен рўйхат туздим ва улар орасидан Машраб Бобоевни танладим. У кишидан интервью олсам қандай бўларкан, нима дейсиз? Зўр бўлади, ўзбек журналистикасида тўнтариш қиласиз, фавқулодда янгилик бўлиши шубҳасиз!

176 Йўғей, хурсанд қилдинг, раҳмат ака! Ўзим ҳам жуда яхши бўлса керак деб ўйлагандим. Фақат тушунмаганим, нега тўнтариш бўлади, илгари у кишидан ҳеч ким интервью олмаганми? У кишидан кўп марта интервью олишган. Фақат Машраб Бобоев вафот эганига уч ой бўлди. Нариги дунёдаги одамдан интервью олсангиз, ҳақиқий тўнтариш қиласиз! *** ХОТИИН БОРМИИ? Собиқ Иттифоқ даврида военкоматларда рус миллатига мансуб одамлар бошлиқ бўлиб ишлаган. Қишлоқ жойларда рус тилини билиш даражаси қандай эканлиги ҳаммага маълум. Хуллас, 18 ёшли бўз йигит военкоматга келади. Ўриччани сал-пал биладиган ошнасидан сўради: Ҳозир кириб нима дейман? Саволларига да ёки нет деб жавоб бераверасан. Йигит иккилана-иккалана бошлиқ хонасига кирди. Савол-жавоб бошланди. Закончил учебу? Да. Хорошо. Йигит хурсанд бўлди. Биринчи саволга тўғри жавоб бера олганидан мамнун эди. Женат. Да. Бошлиқ унга яхшилаб қаради. Ёш бола. Иккиланди. Хотиин бормии? Нет, нет, нет, худо сақласиней! *** ШЎРВА ОПЕРАЦИЯ СИ Жуда яқин, соддадил акамиз бор. Кўпинча уюштирган кўплаб операция ларимизга соддалиги туфайли илиниб қолган. Улардан бирини ҳикоя қилмоқчиман. Овқатланиш мақсадида ошхонага кирдик. Ҳаммамиз биринчисига шўрва, иккинчисига бошқа овқат оламиз деб режа қилдик. Содда акамиз эса мен шўрва ичиб

177 ўтирмайман, бирданига ош ейман дея ўз қарорини эълон қилди. Биз шўрвани олиб келганимизда у киши навбатда турарди. Шу пайтда операция пишитилди. Ҳозир ака келиши билан шўрвани ҳаммамиз мақтаймиз. Ака келди. Биз ҳам бошладик. Шўрва даҳшат экана? Эй, нимасини айтасиз? Умрим бино бўлиб бунақа шўрва ичмагандим. Гўштларини айтмайсизми, тоғда юрган қўйники экани шундоқ билиниб турибди. Бу гапларни эшитиб акани тер босди. Орамизда кайвони бўлган одамга мурожаат қилди: Менга қаранг, ошдан кейин шўрва ичса қандай бўлади? Зўр бўлади! Чув тушган ака шўрва опкегани кетди. Биз эса ўзимизни кулгудан тўхтатолмадик. Сзда ҳам савол туғиляптими, аслида шўрва қанақа эди деган? Шўрва оддий эди, ошхонада қачон яхши шўрва бўлган? Омон бўлинг!

178 81. Темучин Курагон. Отасиман отамнинг... Ўғлим (умри узоқ, мазмунли бўлсин) биринчи бор ата деди. Фарзанди аржумандингдан бу сўзни эшитиш ёқимли, буни ота бўлганлар яхши билишади. Бу ҳатто кишига ғурур, фахр беради. Номинг, изинг ўчмаслигидан суюнасан. Бу қўтир, тавқи дунёда энг муҳим вазифа насл қолдираётганингдан мамнун бўласан. Бироқ, ичимизда ҳали уйланмаёқ ота бўлганлар кўп. Унинг юки эса ундан-да кўп, залворли, девлар минган Кўҳиқофдек, дунё томи Ҳимолайдек оғир ва масъулиятли... Унинг юкини кўтарганлар билади. Ота сўзини эшитибоқ, тараддудга тушгандек ҳис қиларкансан, эвоҳ. Ишқилиб тараддудни Ўзи кечиктирсин... Хуллас, ўғлим ата деди. Жуфтимиз, эшитдингизми, дадаси, эшитдингизми, деди. Эшитдим, онаси, эшитдим. Ўйлаб қолдим, энди кимнинг отасиман... Хотиним ўғлингизни-да, деди. У билмайди-да, қаёқдан билсин... *** Ўша машъум кун ҳудди биринчи синфда ёд олган шеъримдек хотирамда муҳрланган. Ваҳоланки, у пайтлар мактабга бормас эдим. Падари бузрукворим бувим касал бўлганда ҳўнг-ҳўнг йиғлаб эдилар, лекин бобомнинг вафоти отамни анчайин қаритиб, пешонасига узун, ўз навбатида чуқур, йўғон чизиқ тортган эди, ўшанда... Ўшангача каминанинг эрка лақаби ғулча бўлган. Полвонкелбат елкамга мос бўлмаган калта танам эҳтимол мазкур чақирувга ташбеҳ уйғотгандир. Миттилигимда тушган суратимга қараб ҳозирда шундай хулоса ясайман. Отамиз полвон, суякдор, ҳозирда ярим асрлик довоннинг довини чертиб қўйган эрсаларда, билаклари ҳалиям бақувват (кўз тегмасин) бурч ниқтаб, қачон Сурхонга борсам 32 кглик тошни бош баланддан ошириб кўтариб, супа олдида виқорла турадилар: Нечтага еткиздингиз, ота? Биринчи сўрайдиган саволлари шу бўлади... Мен отамдайин муттасил спорт билан шуғулланмайман, суюкли машғулотни намиқ бўёқ ҳиди анқийдиган китоб мутооласига алмашганимга анча бўлган. Тош шаҳардаги муваққат уйимнинг балконида моғор босиб ётган 32 лик тошни эса кўнгилхушлик учун ҳам кўтариб

179 қўймаганимга йиллар (!) тўлибди. Бу қорни шиш, усти ғубор тошнинг отамиз шаҳарга ташриф буюрганларида жойидан бир қўзғашини айтмаса, бошқа пайт у кишини соғиниб ётаверади......шу боис, синиққина кулиб қўяман. Бу пайтда падаримиз тошни ерга қўйиб, бағирларини очадилар; томирлари бўртиб турган билакларини ўйнатиб, ҳув ўша бир пайтлар Алининг даврасида тушган довирақсни эслаб, мен томон кела берадилар... Бормисиз, ота? Йўқлаб келибсиз-да! Жалол, ўғлим, отам келибди, аканг келибди!.. Жалолиддин менинг укам, феълсуяр укам. Анчайин чайир, бўйдор ва хушбичим (суқдан асрасин). Ака, деб қучоқ очади. Бу соғинч менга, йигирма йилларча олдин бешикда ётадиган, уйғонгач, ака, мен уйғондим, ечиб олинглар бешикдан, дегандай туюлади. Дарвоқе, ўша мудҳиш йилда укам икки ёш эди... Эсимда, бобом асфальт йўлдан оёқяланг келар эдилар, кейинчалик суриштирувимга кўра, сабабини волидамиз айтганлар бобомнинг оёқлари элразмердан анча катта бўлган, ҳатто ковуш бичими ҳам чегара ортида Душанбе томонларда, Регар бозорининг биқинидаги бирга-бир квадрат жойдаги Жавдат қуймачининг дўконида бўлган. Бобомиз у тарафларга йилда бир марта борган ё бормаган, шу боис оёқ кийимни аяганлар, шунга мажбур бўлганлар... Бобомнинг елкасида хуржун, унинг ичида эса албатта ҳўрозқанд бўларди. Бизни суйибсуйиб ўпарканлар, опамга қараб, қизим чой пишир, дегич эдилар. Опам ҳам мен каби бақра эди, мурожат онамга бўлаётганини биз ўша пайтлар билмасдик... Салом, соқолинг ҳаром. Бу бемаза ҳазил бобомга нисбатан қўлланиларди. Бобом ҳар сафар саломга қўл ташлаб шу жавобни эшитардилар, кейин оқбошоқ соқолларини тутамлаб, кулардилар, сўнг ўҳҳў, деб йўталиб қўярдилар. Ўҳҳў!.. Бу йўталнинг овози иккинчи жаҳон урушининг окопларидан эшитилади, ҳозирда. Совуқ ҳандақ, заҳранг туяқорин... Ва, визиллаб, шамол бағрини тешувчи қўрғошин... Бобом ўз-ўзига гапиргандек туюларди, у пайтлар. Асл моҳият қаердалигини мен йиллар ўтгачгина англадим, афсус, бобом ёнимда йўқлар энди... Барибир бобомни ўпкаси узоққа бормади. Балки, қаттиқ йўталганларида узилиб кетгандир. Не бўлмасин, бобом вафотининг асл сабабини падаримиз айтмадилар, биз ҳам юрак ютиб сўрамадик... Айвонимиз кенг эди. Эрта тонгда уйқудан туриб, тарки одат ғиншиб тургандим, амакимнинг овози эшитилди. Кейин деразадан бошларини кўринди, шошиб қайтиб кетдилар.

180 Отам айвонда мулла бўлиб ўлтирар, гоҳ-гоҳида оёқпанжаларини қашиб қўярдилар. Айвонга чиқдим. Э, уйғондингми болам. Кел-е, ота! Бу пайтгача отам мени бундай чақирмаган, тўғриси, довдираб қолгандим, тайсалланиб турарканман, падаримнинг кўзларида ёш милтиллаган, кейин менга қараб; Сенсираганимга ҳафа бўлдингизми, ҳафа бўлдингизми, ота? деб қайта-қайта сўрагандилар. Мен бобомнинг вафот этганини билмасдим. Шу-шу эркалақаб ғулча ни ҳам шаҳодатли исмимни ҳам отамдан бошқа эшитмадим. Мен отамнинг отаси эдим. P.S. Отажон! Айтиб эдингиз, ўғлим, ота ва ўғил риштасининг 4 бурчи бор. Шундан 3таси отаники, 1 таси ўғилники. Ота ўғлига муносиб исм беради бу биринчиси, ўқитади, касбли қилади бу иккинчиси, уйлантириб уйли-жойли қилади бу учинчиси. Ўғилнинг вазифаси эса битта: пайти келиб ўғлини ота атаса, бас. Тобут ва кетмон ерда қолмасин. Мабодо, тўртинчи бурч ҳам отанинг гарданига тушса ундан ёмони йўқ. Ният қилайлик, бурчлар ўрнида бўлсин, тараддуд ўрнида бўлсин, ўғлим, тараддуд... Отажон! Умрингиз узоқ бўлсин. Нима ҳам дейин, Ўзидан сўрайман, тараддудни кечиктирсин...

181 82. Тилланисо Эшбоева. Ўзни амалга оширмоқ даражаси Ҳадиси шарифда шундай келади "Оллоҳ шижоатлиларни севади".ўзимга боқаман. Қиёфамда шижоати ичига урган инсон сиймоси акс этган.бўғилган ғайрат, ичга урган шижоат-- фожеанинг илк синдромлари.у ички тушкунликдан, узоқ вақт руҳиятда ҳукм сурувчи депрессиядан нишона. Бу фожеа натижасида инсон иродаси майиб бўлиб, сабри сочилиб кетиши мумкин.кўпинча узоқ давом этган руҳий тушкунлик иродани, мақсадларни, эътиқодни ичдан емиради. Алал оқибат бардош таслим бўлади ва Нега? Бу сўроқнинг мазмуни шундан иборатки, нега улғайганида дунёга ўз сўзини айтиб кетишни ният қилган болакай оқибат жуда кўплаб одамлар сингари "ҳамма қаторига" тушиб қолади? Болаликда бизнинг ҳамма қаторида сафда турмаган, туришнида истамаган орзуларимиз бор эди-ку! Қани улар? --Э, энди ҳаёт шу --Тақдир эканда Саволнинг анъанавий жавоблари.унда бу ҳаёт умримизнинг устидан босиб ўтадиган ҳаётми, тақдир иродамизни майиб қилмоқ учунгина мавжудми? Болаликдаги шиддат шижоати-қани у? Аслида ўша қондирилмаган шижоат шиддати бардошимизни майдалаб ташламадимикан? Шижоат шундай кучли туйғуки, унинг шиддати ёруғлик чопқирлигидан-да чопқирроқ, босими улкан тўлқин босимидан-да босимлироқ. Айнан ўша босим туфайли у ҳатто тошдан бунёд бўлган мақсад тоғини ҳам талқон қилмоққа қодир. Агар бу тоғ мавжуд бўлмаса (тўғрироғи унинг мавжудлигидан ўзимиз воз кечсак),унинг тўлқини қирғоқдан тошиб, қирғоқ ва унинг атрофидаги мавжудликларни ювиб кетиши мумкин. Даҳшатлиси, ювиб кетилган мавжудликлар орасида иродамиз, бардошимиз, орзуларимиз билан бирга яшашга бўлган иштиёқимиз ҳам бўлиши эҳтимол. Ҳазрати Румий "инсон баҳр ичидаги томчи эмас, томчи ичидаги баҳрдир" деганда кўплаб маъно жавоҳирлари қатори инсоннинг шижоат моҳиятини ҳам назарда тутган бўлиши катта иштибоҳ. Хўш, бу баҳрга, бу океанга қандай ўзан топмоқ лозим? Жавоби битта, унинг оқими ва тўлқинини ичимиздаги Исомизнинг мавлуди учун йўналтирмоқ даркор.("ҳар ким ўз Исосига ҳомиладор Марямдир". Жалолиддин Румий)

182 Ичимиздаги исоимиз-орзуларимиз, мақсадимиз, хаёлимиз Марям сингари уларнинг ҳам дунёда кўз очишига, ҳаёт нафасини туйишига имкон беришимиз керак. Агар биз қўрқсак, чўчисак, тўсиқларга таслим бўлсак ичимиздаги исомизни ўлдириб қўйган бўламиз.марямнинг буюклиги Исо билан бўлгани каби бизнинг ҳам алоҳида шарафимиз ўша орзулар, мақсадлар, умидлар Исони дунёга келтирмоқ учун эса аввало Марям бўла олмоқ лозим. Марямнинг Исоси муҳаббати эди-худога, унинг воситасида яратилишга, яралишга, яратиққа, Исосига йўналган муҳаббат. Марям бу дунёда ҳамма нарсасиз яшаши мумкин эди, лекин муҳаббатсиз эмас. Биз ҳам ўз Исомизни шу қадар сева оламизми-усиз яшаш мумкин бўлмаган даражада. Марям Исони дунёга келтиришда гап сўзлардан чўчиди, лекин қўрқмади. Зеро ҳар қандай муҳаббат ортида умид бор. Айнан мана шу умид шижоатимиз шиддатини ҳалимликка айлантиради.бу умид ортида тоқат бор. Ҳеч қачон заволга юз тутмайдиган бардош бор.бу бардош бор экан, инсон ўз Исоси учун Ҳамиша яшашга куч топади. Ва Марямда яна таваккал бор эди. Таваккалнинг ортида ҳам умид бор. Умид ҳаракатнинг, мақсадларнинг дояси. Ҳаракат ва шижоат эса Исомизнинг доясидир. Инсон ўз-ўзидан орзу қилмайди,ўз-ўзидан хаёл қилмайди. Бунда ҳам ҳикматнинг бир муждаси мужассам.эътиборлиси, ҳамма битта нарсани орзу қилмайди.айнан ўша орзулари билан ҳар ким дунёни янгилайди.дунё эса ҳамиша янгиланишга муҳтож.шу сабаб бўлса керакки, инсон бир ниятнинг ижобатини чиндан хоҳласа, бутун олам, табиат унга ёрдамга шошилади.болалик чоғимизда хаёлимизда пайдо бўлган орзу эмбриони-исомизнинг улғайишига ва дунёга келишига кўмак берайлик. Прустнинг "инсон ўз-ўзини қай даражада амалга оширса, у шу даражада мавжуддир" деган фикрида ҳам шу мазмун бўй кўрсатгандек. Биз исомизни дунёга келтиришни қай даражада хоҳлашимиз, бунга қай даражада интилишимиз, бунинг учун қай даражада ҳаракат қилганимиз ва уни дунёга келтира олдикми ё йўқми-ўзимизни қай даражада амалга оширганимизни даражалашнинг далолатномасидир.

183 83. Тошпўлат Раҳматуллаев. Тўйми ёки дискотека? Кўпи билан 2-3 соат давом этаётган ва оддий дискотекага айланиб бораётган тўй кечаси учун миллион сарфлаш шартми? Тўй маънавияти туркумидан биринчи мақола Тўй базмлари тобора маданият ва маънавиятимиздан, азалий қадриятларимиздан узоқлашиб кетмаяптими? Катта маблағ сарфланаётганлигига қарамасдан улар тобора жуда жўн, оддий бир тадбирга ўхшаб қолмоқда. Кўп ҳолларда улар дискотекани эслатмоқда. Дискотека учун эса бир неча йил давомида катта машаққатлар эвазига топилган маблағни совуриш увол эмасми? Яқинда бир тўйда иштирок этишга тўғри келди. ( Мажбур бўлдим демоқчи эдим. Чунки ҳар доим ҳам ўз хоҳишим билан тўй кечасига иштирок этаман деб айтолмайман. Андиша, қариндошчилик, ошна-оғайнигарчилик, тўй соҳибининг юзидан ўтолмаслик тўйга қатнашишга мажбур қилади). Тўй ҳашаматли ресторанлардан бирида ташкил этилган эди. У ерда бир кишилик жойнинг ўзига 20 минг сўм олишади. Ўртача дастурхон тузиш киши бошига 30 минг сўм. Демак, бир нафар меҳмон учун 50 минг сўм тўланади. Кечага 600 киши таклиф этилган эди. Шундай қилиб, тўй соҳибига ушбу базм 30 миллион сўмга тушган. Хўш, шунча маблағ сарфланган кеча қандай ўтди? Меҳмонлар соат 18-00да таклиф этилган эди. Ресторан эшиклари соат 18-20да очилди. Билмадим, бошқа жойларда қандай-у, Самарқандда тўйга келган меҳмонларни дақиқадан бир соатгача кўчада ушлаб туриш одатга айланган. Келин-куёв бир соатдан кейин тўйхонага кириб келишди. То улар жойлашгунча яна вақт ўтди. Базм кечаси соат 19-30да бошланди. Ярим соатдан кейин меҳмонлар секин-аста базмгоҳни тарк эта бошлашди. Чунки уларнинг келганига 2 соат бўлган эди. Айримларининг йўли узоқ, транспорт муаммоаси мавжуд. Самарқандда қоронғу тушиши билан автобуслар ҳаракати деярли тўхтайди.

184 Тўй бошланишидан бир соат ўтар-ўтмас ресторанда меҳмонларнинг ярми қолган бўлса, икка соатдан сўнг тўй эгаларининг энг яқин одамлари қолди. Улар яна бир соат ўйин-кулгу қилиб, тарқалишди. Шундай қилиб асосан 2 соат давом этган тўй базмига 30 миллион сўм сарфланди. Аймоқчи, бу фақат егулик ва ичкилик харажатлари. Бундан ташқари, хонандалар, видео тасвирчилар, тўй бошловчи, ресторанни безаган дизайнерларга ҳам яхшигина ҳақ тўланган. Ўзи чиройли, янги қурилган ресторанни безаш учун 2 миллион сўм атрофида совирилаётганлигини ҳеч қандай соғлом ақл билан изоҳлаб бўлмайди. Mezon.uz сайти ўтказаётган сўровнинг Тўйни суратга олиш ва видеога тушириш учун тахминан қанча тўладингиз? деган саволига сўровда қатнашганларнинг 22,2 фоизи 1,2-1,5 миллион деб, яна шунчаси минг сўм деб жавоб қайтарган. Демак, сўров иштирокчиларининг деярли ярми учун сурат ва видео ўртача бир миллион сўмга тушган. Камина сўз юритаётган ўша тўй кечасида қатнашганлар хурсанд бўлиб, завқланиб ресторанни тарк этишдими ёки..? Афсуски, улар олган озуқа фақат моддий озиқадан иборат бўлди ва меҳмонларнинг қорнини тўйдирди, холос. Улар чарчаб, қулоқлари қоматга келиб, бош оғриқ ҳолда, кайфияти бузилиб, уйларига равона бўлишди. Кейинги йилларда хонандалар тўйларимизнинг бош қаҳрамонлари бўлиб қолишди. Уларнинг вақтига қараб тўй куни белгиланади. Улар хоҳлаганича мусиқа овозини кўтариб қўйишади. Ўз ўйинчиларининг (уларни раққоса дейишга ҳам тил бормайди) кўпроқ пул териб олишига имкон яратиш мақсадида мусиқани хоҳлаганича узоқ чўзиши мумкин. Хонандалар тўйда ижро этадиган қўшиқларининг бир жиҳатига эътибор қаратишади. Бу ҳам бўлса қўшиқнинг шўхлиги. У тўпланганларни рақсга ундаши лозим. Чунки пулнинг манбаи мана шунда. Ҳамма билса керак, Самарқандда ўйинчиларга ва рақсга тушганларга пул қистиришдек иллат анча кучли томир отган. Мусиқа овозини баланд кўтариб қўйиш орқали қўшиқ матнидаги ва ижрочи овозидаги қусурларни яширишмоқчи бўлишади. Бунда тўйхўрларнинг кайфияти, талаб-истаги умуман инобатга олинмайди. Отарчилар сувни лойқалатиб, балиқ овлаш илмини зўр ўзлаштириб олишган. Мутахассисларнинг уқтиришича, овоз баландлиги децебел (дб) бўлганида, уни қабул қилиш инсон учун қулайл. Лекин децибелли шовқин одам асаб тизимига зарар етказиб, турли касалликларга сабаб бўларкан. Шовқин 80 дбдан юқори бўлиши

185 қулоқларни кар қиларкан. Тўйхоналаримиздаги шовқиннинг бизга қанчалик зиён келтираётганлигини ким аниқлайди? Инсоннинг саломатлиги улуғ неъмат деймиз-у, санъатни пулга сотаётганларни танобини торта олмаймиз! Афсуски, тўйларда хизмат қилаётган бундай хонандалар орасида номи чиққан санъаткорлар ҳам йўқ эмас. Улар катта саҳналарда, телевидениеда чиқиш қилганда, уларни ҳавас билан тинглаймиз. Аммо базм кечасида оддий отарчи, аниқроғи кўп қатори тўй хонандаси га айланиб қолишади. Ҳақиқий санъатдан узоқлашган тўй хонандаларининг ўзимиз ҳам қўллаб турамиз. Мен бу ерда кўпчиликнинг ширакайф ҳолатда турли ҳаракатларни бажариб, рақс тушаётганларини назарда тутмоқдаман. Кейинги пайтларда Самарқандда 2 соатлик тўйнинг деярли бир ярим соати рақс билан ўтмоқда. Тўйнинг оддий дискотекадан фарқи қолмаяпти. Бундай рақс кечасига миллион сўм сарфламасдан, шу пулнинг ўндан бирига ёшлар учун дискотека ташкил қилса бўлмайдими? Ёши катталар учун ош берилса... Э-ҳе, қанча маблағ тежаларди. Иқтисодий ночор оилалар қарз балосидан тезроқ қутуларди. Бироз ўзига тўқлар рўзғор камчиликларини бутлаб, уй жиҳозларини янгиларди, замонавий техника воситалари сотиб оларди. Ўзига тинчроқ оилалар эса ёшларни саёҳатга юборардими? Ишқилиб, ҳали бизда беҳуда совуриш даражасида пулга эга бўлганлар йўқ чамаси. Ваҳоланки, хориж миллионери сарфлаётган ҳар бир центининг қаерга кетаётганлигини билиб, кейин ҳамёнини очади. Бизчалик тўй бериш ҳақида гапирмаса ҳам бўлади. Хўш, йиллар давомида такрорланиб келаётган иллатларга ким барҳам беради? Ҳукумат қачон тўйларни тартибга соладиган қарор қабул қилади деб, кутиб тураверамизми?

186 84. Тухтасин Эргашев. Ит вафо хотин жафо Ит вафо - хотин жафо

187 85. O ktam O rintoyev. Omad yoki iqtidor Agarda o z sohasida yetakchi,mashhur va badavlat insonlarning hayotiga nazar solsak,ularning ba zilari universitetni tashlab ketishganiga(haydalishganiga) guvoh bo lamiz. Xususan, Microsoft, Facebook, Apple, Dell kompaniyalari asoschilari B.Geyts, M.Sukerberg, S.Jobs va M.Del kabi mashxur biznesmenlar universitetda o qishni tashlab ketib ham yuqori natijalarga erisha olishgan.aynan shularni misol qilib bir kurdoshim ko pincha o zi universitetda o qishni tashlab,jiddiy ish bilan shug ullanishimiz kerak deb qo yadi.balki,bu fikr boshqalarning ham hayolidan o tgandir. Ammo,aslida o qishni tashlab ketib,ish boshlash ozon emas.buning uchun kishida eng avvalo shunga arziydigan darajada juda kuchli va puxta ishlangan g oya,loyiha bo lishi kerak.g oyani amalga oshirishga esa albatta mablag ham kerak.shuningdek,bu g oyangizni amalga oshira olishingizga o zingizda ishonch bo lishi lozim.ayni shu kabi fikrlarni milliarder B.Geyts ham bir-necha intervyularda bildirib o tgan. Yuqorida nomi tilga olingan kishilarda esa ta kidlangan juda kuchli g oya bor edi.ular 20-asrning ikkinchi yarmi va 21-asr boshlaridayoq dunyoda axborot texnologiyalari sohasida misli ko rilmagan yangiliklarni olib kelishdi.hozirda internet va kompyuter texnologiyalari rivojida ularning hissasi juda katta.ammo,ularning oxirigacha bo lmasada universitetda olgan ta limi o sha yerdagi shart-sharoit ularning o z faoliyatida,o z yo lini topishiga yordam bergan.geyts hali-hanuz onlayn kurslardao qib-o rganar ekan,s.jobs esa universitetda kalligrafiya darsida olgan bilimi Apple mahsulotlarida ajoyib shriftlar yaratishga sabab bo lganini ta kidlaydi.umuman,universitetda va undan oldin olingan bilim ularga faoliyatini boshlashga yetarlicha ko mak bergan.axir,ular universitetga kirishdan oldin emas,balki o qish jarayoni da o zg oyalarini amalga oshirishga qat i qaror qilishgan.feysbukning dastlabki ko rinishi ham aynan universitetlar miqyosida vujdga kelgan. Yuqoridagi kishilarning oily o quv yurtini bitirmagani,boshqalar ham o qimasdan yuqori cho qqilarga erisha olishi mumkinligini bildirmaydi,albatta.balki bu kishilarda tug ma iqtidor,qobiliyat bo lgandir yoki ularga vaqtida omad kulib boqqandir?!o z sohasida biror bilimga ega bo lmagan kishi ish topibi shlashi mumkindir,ammo hech qachon yetuk mutahassis bo la olmaydi!hozir,darsda bir-necha soat sabr qilib o tira olmaydigan talaba,ertaga kun davomida sabr bilan ishlashiga ishonish qiyin.talabalik davrida ishlashning yomon joyi yo q,agar bu darsga halaqit qilmasa.ammo,ma lum muddat katta foyda beradigan ishga qiziqib o qishni tashlab qo yish,keyinroq mutassil ish o rniga ega bo lishimizga to sqinlik qilishi mumkin.

188 86. Улуғбек Норматов. Zamonaviy xalq og'zaki ijodi Shaxrimiz juda katta, g'ala-g'ovur. Hamma qayoqqadur shoshadi. Kimdur oxista. Kimlardur qo'l ushlashib. Shu odamlarning ichida men ham bor. Kun ora o'sha mashxur,shovvoz o'zbek taksichilari xizmatlaridan foydalanib turaman. Moshinga o'tirgandan so'ng eng sevimli mashg'ulotim haydovchi akalar bilan suhbat qurishdir. Suhbat mobaynida shunaqa maza qilaman, butun olamni ko'rgandek bo'laman. Kattalarimizni aytishlariga qaraganda avvallari elyurt haqidagi so'nggi yangiliklar, yangi qaror qilingan qonunlar hammasi sartoroshxonalarda muhokama qilingan. Juda maza qilishar ekan. Nazarimda o'sha vaqtdagi sartatoshlarning farzandlari hozirgi taksichilar. Taksiga chiqsangiz bilasiz, so'nggi sport yangiliklariyu ularga bo'lga turfa izohlar. Xattoki dunyo miqiyosidagi ulkan muammolarni oson yechimlarini taksidan topasiz. Taksi haydovchilari har xil kasb egalaridir. Shu sabab mavzu xilma xilligidan boshingiz garang bo'ladi. Shu bois men mavzularni to'rt turga bo'laman. Kulguli, ibratli,,supermencha va mish mish. Quyida har bir tur bo'yicha misol keltiraman va umid qilaman zerikib "bo'mapti" demaysiz. Bir kun taksiga chiqdim. Sekin haydovchi akani gapga soldim. Aka ham shinavanda ekanlar. Hikoyani boshlashdi. "Bir kun uka, bitta yo'lovchi to'xtatdi. Qatga oka desam. Orqa eshikni ochib Buyuk Ipak Yo'liga, nechpul? dedi. 7 ming bo'ladi dedim. Orqa eshik yopildi. To'gri manzilga haydadim. Indami ketvomman, yo'lovchiyam jim. Manzilga yetib borib, oka qatta tushardiz deb shundoq orqaga qarasam yo'q, keyin tushundim, orqa eshikni yopgan payt puliga ko'nmay o'tirmagan ekan." Boshqa bir haydovchining hikoyasi. "Bir kun, kechqurun adamlarnikidan qaytvomman, o'zim Sergelida turaman. Adam qazi mahallada. Yo'lda to'rt ta qiz chiqdi. Xammasi yo'l-yo'lakay ekan. 3 mingdan "dogivir" qildim. Hammasini manziliga tashlab, yo'lni chetiga to'xtadim. Sher akani baland qilib qo'yib, qo'limga sigaretni tutatib bugungi kirimni hisob-kitob qila boshladim, Yayrab o'tirsam orqadan ovoz keldi. Amaki, qachon yuramiz?" Maza qilib kuldim. Yana boshqa bir kun taksiga chiqdim. Poytaxtimiz ko'chalarini tomosha qilib ketyapman. Moshin radiosidan sergap boshlovchi gapiryapti. Telefon qo'ng'iroqlarni ketma-ket qabul qilib, salomlarni joy-joyiga yo'llayapti. Qo'ng'iroqlar ko'pligidan kayfiyati ancha yaxshi, shu sabab astoydil ishlayapti. Shu haqida o'ylagan ham edimki yoshimiz taxminan teng bo'lgan haydovchi: "Man bu radioga xar kun xabar yuboraman." dedi. Men bir qaradim, sal jilmayib past ovoz bilan yaxshi dedim. Ozroq vaqt o'tti hayolim yana buzildi. "Bugun xam niyatim bor edi, telefonimni puli tugabdi". Men bo'lsa "Unda meni telefonimdan foydalaning." U kishi hursand bo'lib "Mayli, agar manzilga borguncha hozirgi qo'shiq tugasa." dedi. Men xo'p deganday kallamni qimirlattim. Shunda u kishi yorildi. "Oka, onam tuxmat sabab ayollar qamog'iga tushib qolishdi. Man xar kun xabar jo'natib, singlim uydan telefon qilib onamga dalda bo'lib turamiz. Onam shu radioni ko'p eshitishadi." dedi. Men boshqacha bo'ldim. Afsuski manzilga yetguncha qo'shiqni ketidan reklamani keyin yana qo'shiqni ulab xabar jo'natishning imkoni bo'lmadi. Moshindan tushishdan

189 oldin "Aka, qo'lizni oching, ilohim, tez orada oyizlarni yuzlarini yorug' qilib, eson omon qaytib kelishsin" dedim. Haydovchi hursand bo'ldi. Hayrlashdik. Ishlarimni tugatib yana dastlabki manzilimga qaytish uchun taksi tox'tatdim. Bu safar yoshlari manda sal kattaroq aka to'xtashdi. Narxga kelishib mashinaga o'tirdim. Bu safar avtoulov ichida raxmatli Fozil qori bilan qiziqchimiz Mirzabek Holmedovning bundan 10 yillar avval chiqqan ota-ona haqidagi magnittasmalari qo'yilgan ekan. Eshitib ketyapman. Oldiniga Fozil qori juda chiroyli rivoyat aytib,nasihat qilishdi. Undan keyin Mirzabek Holmedov qo'shiq kuyladi. Qo'shiq tugashiga qulog'imga yig'i ovozi eshitildi. Chap tarafimga qarasam, taksichi aka ho'ngrab yi'glayapti.yosh boladek piqirlab yig'layapti. Ming hijolat bo'ldim. Ozroq hayron xam. "Aka, tinchlikmi?" dedim. "Uka, ota-ona xayotmilar?" deyishdi. "Xudo shukur, hayotlar" dedim men. "Ukajon, ularni ehtiyot qiling. Ular g'animat ekan, ular tirik paytlarda tarallabedod qilib yurdim, juda kam vaqt farqi bilan ikkalalaridan ham ayrildim." deyishdi. Shu payt manzilga yetib keldik. Moshindan tushayotib yana beixtiyor "Aka, qo'lizni oching. Ilohim ota-onaggizni joylarini jannatdan qilib, o'z rahmatiga olgan bo'lsin" dedim. Shu payt ota-onamni axvollaridan xabar olib uyga telefon qilmaganimga bir haftadan o'tganini esladim. Etim jimirladi. Qish o'zini hukm otiga minib, hamma joyni qamchilayotgan vaqtlar edi. Sovuqdan qaltirab taksi to'xtatdim. Spark yangi chiqqan paytlar. Orqa eshigini ochishga qiynalib o'tirdim. Shu payt afsona boshlandi. "Uka, man yoshligimda boksda chempion bo'ganman, borru afg'onda xizmat qilganman. Bir kun o'gaynilarim bilan o'tirib ichdik. To'polon chiqib ketti. Shu payt kafega ikkita "ment" kirdi. Bizga qarab nima gap dedi. Bitta o'zim borru ikkalasini urib rasvosini chiqardim". Man akaga yaxshilab qarab qo'yyapman. Yana anavi ko'rsatuv boridiyu nomi yoddan ko'tarilibdi, qisqasi o'sha kabi Van Dammi, Chak Norrismi mandan yashirincha televizorga olayotgan bo'lmasin deb. Hikoya davom etti. "Shu, bir payt avtobus "bodring" keldi. 15 minut solishdim. Oxiri bo'madi, ular mani rasvoimni chiqarishdi." Shunda ichimda o'yladim, "Ha, hartugul Chak Norris emaskan, bo'lmasa bor yo'g'i bir avtobus odam bas kelishi qiyinov." Sizlarni asablaringizni ehtiyot qilish maqsadida ba'zi so'zlarni "rasvo"ga o'zgartirdim qolgan ayrimlarini esa shunchaki tashlab kettim. Mish mish turidagi hikoyalardan misol keltirishni o'zimga ep ko'rmadim. Shundoq ham ko'p ular. Ushbu matnni yozish davomida hech narsa o ylab topilmadi, hech kimning nafsoniyatiga tegishga niyat qilinmadi, yozuvchilik ham davo qilinmadi, shunchaki bir dasturchining o'zbek dasturlash tilida yozgan, lekin testdan yaxshi o'tmagan dasturi sifatida qabul qilasiz.

190 87. Ulug'bek Yaxyoyev. Hayot va men Dunyoning tashvishlaridan bezib Hayotga savol berdim. Ey Hayot nega buncha beshafqatsan. Hayot bir dam jim bo'lib qolib meni qo'limdan tutdi. Biz yulga chiqdik. Hayot ham Men ham jim ketardik.yo'limizda turli voqealar uchradi. Kimdur o'z tanasini arzimagan pulga sotar yana kimdur o'z jigariga pichoq urardi. Kimlardir Onasi hor qilar kimlardir onasini zor bo'lib qidirardi. Do 'stdan pand yesa kimdur. Xiyonat qilgan ayollar, erkaklar bordir. Hattoki hayvon farzandi uchun jonin bersa odamzod indamay farzandan kechsa. Biz yo'lda davom etardik. Ko 'zimda yosh Hayot esa hali ham jim. Meni kechir Hayot Biz odamlar o'zimiz hato qilamiz va indamay aybni senga to'nkaymiz. Yaxshi yashash uchun kurashmaymiz u kam bu kam deb faqat noliymiz. Kechir bergan savolim uchun. Hayot bir so'z aytmasdan indamay ketar, men esa yo'ldagi voqealarni ko'rib yig'lardim. Biz yo'lda davom etardik. Mening ko'zimda yosh, Hayot esa jim. Nega jimsan biror nima desangchi dedim oxiri. Hayot esa nihoyat menga so'z ochdi. Sen menga "nega beshafqatsan" deya savol berding. Savolingga javob berolmadim va seni o'z ko'zing ko'rishing uchun mana shu yo'ldan olib o'tmoqdaman.esingdami bir kuni yaqin tanishing o'zga davlatga ishlagani ketib u yerda qul sifatida sotilgandi. Uning yosh bolalari bor edi. Sen uning taqdiriga achinmading. Unga yordam bera olarding. Lekin yordam bermading, omading bor payti shukur qilmading endi qiynalgan vaqting Men esingga tushdim. Men ham senga bir savol beraman odamlarni aslida nima qiynaydi? O'zga davlatga ishlagani ketgan odam nega qul bo'lib sotiladi? Buni kim qilmoqda. Odamlar emasmi? Axir qiyinchilikdan qochib oson yo'lni tanlaydigan odamlar-ku, oxirida bosh devorga tekkach men aybdor yoki beshafqat bo'lamanmi??? Biz yo'lda davom etardik Odamlarning qilayotgan ishini ko'rib endi Hayot yig'lar men esa jim ketardim...

191 88. Фарҳод Норбўтаев. Ялонғочлашиб бораётган санъат Барчамизга аён бўлиши керакки, қаердаки бепарволик ва лоқайдлик ҳукм сурса, энг долзарб масалалар ўзибўларчиликка ташлаб қўйилса, ўша ерда маънавият энг ожиз ва заиф нуқтага айланади. Ислом Каримов Юксак маънавият енгилмас куч Бугунги кунда юртимизда санъатни ривожлантириш ва уни юксак чўққиларга чиқариш мақсадида амалга оширилаётган ишларни бир сўз билан ифодалаш қийин. Биргина ёш ва иқтидорли қўшиқчиларни қўллаб-қувватлаш ва уларни рағбатлантириш мақсадида Ниҳол мукофотининг жорий этилгани мамлакатимизда ёш санъаткорларга бўлган эътиборнинг юксак намунаси сифатида қарашимиз мумкин. Бугун ғурур билан тилга олишимиз мумкинки, санъат соҳасида ёшларимизга яратилаётган имкониятлар бошқа ҳеч бир мамлакатда бундай даражада эмас. Минг афсуски ўзини санъаткор сифатида эътироф этадиган айрим қўшиқчиларимиз борки ижтимоий тармоқларда ўзининг маънавий бузуқлиги билан, нафақат ўз шани, балки бутун миллат номига доғ тушуриб келмоқда. Ҳаммамизга маълумки, сўнгги йилларда ижтимоий тармоқлар инсон ҳаётининг бир бўлагига айланиб бўлган. Айниқса, санъат оламининг ёш юлдузчалари ўзларини реклама қилиш борасида twitter, instagram, facebook ва odnoklasniki каби турли хил ижтимоий сайтлардан муқим ўрин олиши ушбу соҳа вакилларининг ҳар кунлик ишларидан тезда воқиф бўлиш имконини берди. Бироқ ўша ижтимоий тармоқларда ўзини кўз-кўз қилаётган санъат вакиллари ибонинг кийимини ечиб, ҳаёнинг юзига парда тортиб қўймоқдаки, буни бир сўз билан шармандагарчиликнинг замонавий кўриниши деса ҳам бўлади. Бир неча кун аввал facebook ижтимоий тармоғида Тамилла Пивеца номли профилда суратлар қўяётган хонанданинг расмлари биз юқорида тилга олган ибо ва ҳаёдан асар ҳам йўқлигини яна бир бор исботлаб берди. Қўшиқчининг шахсий суръатлари билан бойитилган ушбу профилда қўйилган расмлар кун сари очиқлашиб бораётгани бугунги санъатимиз ялонғочлашиб бораётганидек тасаввур ўйғотади кишига. Азал-азалдан инсоннинг маънавий юксалиши унинг ўз авратини либос ёрдамида ёпиши билан чамбарчас боғлиқ. Инсониятнинг либос билан ўраниши ҳамиша тараққиёт маҳсули бўлиб келган. Бироқ, ижтимоий тармоқ маликаси га айланган қўшиқчининг белнинг яримигача очиқ расмлари санъатнинг нархини оширмоқчими ёки санъаткорнинг нархини оширмоқчими очиғи буни англаш қийин. Ўз зийнатларини кўз-кўз қилишни, ахлоқсизликни ҳамда ҳаёсизликни гўзаллик деб ҳисоблаш бу инсоннинг табий хусусиятларининг бузилишидан ўзга нарса эмас. Холбуки, бу нарса жохиллик ва маънавий бузуқлик белгисидир.

192 Қўшиқчининг ижтимоий тармоқдаги расмлари тагида қолдирилган изохлар унинг нақадар маънавий бузуқ эканлигини шундоққина айтиб турибди. Гўё бу изоҳлар қўшиқчига олам-олам илҳом бағишлайдию, унинг ортида минглаб қўшиқ яраладигандек. Бироқ, изоҳларнинг ҳаммаси беҳаёликни ифода этувчи таърифлар эканглигини кўрган киши мақсад қўшиқ тинглаш эмас, балки қўшиқчини тинглаш ни англаш қийин эмас. Ҳайрон қолдирадиган жиҳати шундаки, тўшакда айтиладиган эркалаш сўзлари қўшиқчига қандай илҳом бағишлайди, буни тушуниш қийин. Шу топда машҳур адибимиз Ўткир Ҳошимовнинг Дафтар ҳошиясидаги битиклар китобида қайд этилган Аёл киши ҳуда-беҳудага ўзини кўзгуга солаверса, ҳушёр бўлинг: бир гап бор... дея зикр этилган ибораси ёдимга тушди. Юқорида қайд этилган ибора бугун қулоч ёзиб учаётган шоу-бизнес оламидаги айрим аёл қўшиқчиларнинг ижтимоий тармоқлардаги ўйини га аталгандек, гўё. Санъат оламида Тамила бўлиб ном чиқарган ушбу қўшиқчининг кун сайин бу даражада ялонғочлашиб бораётгани наҳотки ўзига сезилмаётган бўлса? Шу топда бир савол туғилади. Ярим-ялонғоч тарзда тушган ушбу расм орқали қўшиқчи нимага эришмоқчи? Ёки эл ичида юрадиган, халқнинг яхши кунларида хизмат қиладиган санъат вакиллари юз бора такрор айтилаётган юксак маънавият тушунчасини худди шу тақлид қабул қилишмоқдами? Авратни либос билан ўрашдан қочиш ва ўз гўзаллигини кўз-кўз қилиш ва икки жинсни ўзаро шахвоний ишларга ундовчи хирсдан қувват олувчи иллатдир. Бундай ишга интилган ва бунга рози бўлган ҳар қандай кимса қалбидаги ўз номусини сақлаш ҳиссини йўқотади. Энди бир ўйлаб кўрингчи, тананинг яримигача очиб, ўзини санъаткор дея биладиган қўшиқчида номус сақлаш ҳисси бормикан? Ижтимоий тармоқлардаги беҳаёлик ва ўзини кўз-кўз қилиш инсоний хусусиятларнинг оёқости бўлиши, қизғаниш ҳиссининг йўқолгани ва ҳиссиётнинг заифлашуви, ҳис-туйғуларнинг нобут бўлганини англатмайдими? Хўш, бундай санъат олами вакилларидан ёш авлод қандай қилиб маънавий озуқа олади. Буларнинг ҳаммасига кўз юмиб, катта-катта саҳналарда уларга қачонгача қарсак чалиб тураверамиз. Шу ўринда бугунги кун санъат шинавандаларининг ҳам маънавий тушунчаси пастлашиб бораётгани кишини ҳайрон қолдиради. Ширадек овози бўлиб, устида миллий либос кийган қўшиқчига тош отиб, қурбақадек ваққилайдиган, фонограмманинг қули бўлиб олган, аммо ярим ялонғоч қўшиқчини олқиш билан кутиб олишимиз, унинг санъатига эмас, балки танасига маҳлиё бўлиб қарсак чалишимиз бизнинг ҳам маънавий онгимиз пастлигини англатмайдими? Нега бугунги кунда бутун умр тор кўтариб хониш қилган Олмахон Ҳайитова, миллий қадриятларини унутмаган Муножот Йўлчиева сингари қўшиқ куйлаш шу даражада оғир бўлиб боряпти. Ёки ёш қўшиқчиларимиз орасида санъат ниқоби остида бошқа бир эҳтиёжни қондириш урф бўлиб боряптими? Инкубатордан чиқандек кун сайин кўпайиб бораётган қўшиқчиларнинг ижтимоий тармоқлардаги беҳаё расмларини қачонгача галерияда қўйилган сурат сингари томоша қилиб тураверамиз. Хўш, айтингчи Ўзбекнаво эстрада бирлашмаси деган ҳайҳотдек ташкилот қаерга қараяпти. Санъатни тартибга солиш мақсадида ташкил этилган бу

193 ташкилот пулини олишу, лицензия бериш билан машғулми. Ёки санъатимиз шу даражада ялонғоч бўлиб қолдими? Бу ташкилот учун санъаткорларимизнинг маънавий бўшлиқ ва замон ахборот майдонида ўзини реклама қилишини назорат қилишнинг имкони йўқми? Балки санъаткорларимиздаги ҳаё ва ибо аллақачон оммавий маданият кушандаси сифатида ахлоқсизликка айланиб улгурганми. Яна бир гап. Халқнинг хизматида юрадиган инсонларнинг қилаётган ишлари шундай бўлса, биз бонг уриб, турли хил катта-катта тадбирларда, мактубу университетларда, коллежу лицейларда маданият ҳақида маъруза ўқиб, томлаб китоб чиқарганимиз ҳавога учиб кетмаяптими? Мамлакатимизда ёшлар маънавиятини бузилишини олдини олиш мақсадида турли хил чора-тадбирларни амалга ошираётган бир вақтда санъаткорларимизнинг яримялонғоч, очиқ-сочиқ расмларини ижтимоий тармоқлар орқали оммага кўз-кўз қилиши ўзбекчиликка тўғри келадими. Ахир бундай шармандали рамларни глобал тармоқда намойиш этиш нафақат ўзбекчилик, балки мусулмончиликка ҳам тўғри келмаслигини ор нималигини биладиган ўзбекнинг барчаси биладику. Биз ҳар доим ота-боболаримиздан қолган миллий қадриятлар, ўзбек қизининг ибоҳаёси ҳақида бот-бот такрорлаб, ўсиб келаётган ёш авлодни маънавий онгини юксалтиришга ҳаракат қилаётган бир вақтда эл назаридаги қўшиқчиларнинг ҳеч қайси ананаларимизга тўғри келмайдига ҳатти-ҳаракати миллий қадриятларимизни топталишига сабаб бўлмаяптими. Энди бир ўйлаб кўринг, ёшларимизнинг маънавий тарбияси давлат сиёсати даражасига кўтарилган бир вақтда санъатимиз кушандалари нинг беҳаёликларини қандай изохлаш мумкин. Мамлакатимизга турли хилдаги беҳаёликларни олдини олиш мақсадида аниқ бир қонунлар доирасида ишлаётган бир вақтда, ўзимизнинг ичимиздан чиқаётган ярим-ялонғоч расмларни тарғиб қилаётган ўша қўшиқчиларнинг ҳаракатини қачонгача класс ёки лайк билан олқишлаб турамиз. Хўш, айтингчи ёшларимиз маънавиятига зиён етказиб, ўзини уятсиз расмларини кўзкўз қилаётган қўштирноқ ичидаги санъат вакилларини беҳаё ҳаракатлари учун жазолаш, керак бўлса ахлоқ тузатиш ишларига жалб қилиш вақти келмадимикан. Ахир маънавиятсизлик худди рак касалига ўхшаб инсоннинг ичидан емириб, охир оқибат нобут қилиши аниқ. Сўнгги сўз ўрнида Юксак маънавият енгилмас куч китобида айтилган қуйидаги гапларни яна бир бор ёдингизга солиб ўтмоқчиман: ўзбек халқи дунё майдонида куни кеча тасодифан пайдо бўлиб қолгани йўқ. Биз бой тарих, юксак маданият, буюк маънавият ворисларимиз. Шундай экан ўз маънавиятимиз ва маданиятимизни, энг муҳими ўзлигимизни унутмайлик.

194 89. Firuz Allaev. Bir piyola ko'k choy... Bugun dunyoni qaysi davlatiga bormang o zbek millatiga mansub kishilarni topasiz. Mustaqillikdan keyin biz dunyoga ochildik, endi fuqarolarimiz xuddi boshqa millatlar kabi dunyo bo ylab erkin harakatlana boshladilar, globalizatsiya jarayoniga biz ham kirib ketdik. Kimdir oila boqish uchun, yana kimdir bo lsa chet elga borib biroz pul ishlab kelib uy quraman, uy olaman yoki to y qilaman degan niyatda, yana kimdir ishsizlikdan yoki iqtisodiy muammolar tufayli vatanni tark etayotgan bo lsa, o zbeklarning qolgan bir qismi yoki tijorat yoki o qish maqsadida dunyoning turli davlatlariga chiqib ketyapti. Hammaning hayot yo li har xil, hammada har xil muammo, hamma o zi bilan o zi ovora. Lekin, bilasizmi hammamizni bir narsa birlashtirib turadi. O zbekistonday quyoshli yurtni tark etgan har bir o zbek borki bugun qalbida vatan sog inchi bilan yashaydi. O'quvchilik yillarimizda ona tili yoki tarix darsliklarida vatan sog inchi haqida o qiganimizda yoki o qituvchilarimiz bizga bu haqida gapirib berganlarida hammasi havoyi gaplardek tuyilardi. U vaqtda ko zimizga chetga chiqish, dunyo kezish eng katta baxt bo lib tuyilardi. Mana oradan yillar o tib men Fransiyada, qolgan sinfdoshlarimning ko p qismi Qozog iston, Rossiya, Ukrainada, do stlarimdan yana kimdir Janubiy Koreya, Angliya, Germaniya, AQSH kabi davlatlarda musofirchilikning nonini tatib yuribdi. Xalqimizda Musofir bo lmaguncha musulmon bo lolmiysan degan gap bor. Vatanni tak etganimizga hech qancha bo lmasdan turib birinchi his qilgan narsalarimdan biri vatan so ginchi bo ldi. Bahaybat universitetdagi dabdabali sharoit, go zal shahar va talabalar uchun yaratilgan ko plab sharoitlarga qaramasdan odamga nimadir yetishmaydi, u o zini qulay his qilmaydi. Shundagina bir narsani tushundim. Fransiya qanchalik go zal mamlakat bo lmasin, Parij qanchalik buyuk shaxar bo lmasin, u biz uchun vatan bo'lolmaydi. O sha Eyfel minorasi ham bizdagi Minorai Kalon ni o rnini bosolmaydi. Biz uchun u Eyfel, u Luvr begona. Bundagi go zallikdan bahra olishimiz, uni his qilishimiz mumkin, lekin faxrlana olmaymiz chunki u o zimizniki emas. Bizda o zimizni Registon-u Poyi Kalon bor. Atlantika okeanini suvlariga miriqib cho milib turib xoxlasam yoki xoxlasam Toshkent anhorida cho milib yurgan talabalik davrlarimni eslab qolaman. Kecha dam olish kunida vatan sog inchini his qilib internetdagi yangi saytlardan birida eski kinolarimizdan birini topib ko ra boshladim. Kinoda qari bir otaxon paxta gulli choynakdan ko k choyni uch marta qaytarib keyin sekin mehmonga uzatdi. Mehmonning ham rohat bilan choyni xo pqarganini ko rib ishtaham ochilib ketdi. Bilasizmi, choy hamma joyda oddiy ichimlik, lekin bizda emas. Choy bizda qandaydir bir ijtimoiy hodisaga aylanib bo lgan. Ushbu jarayonni ko rib turib choy ichkim kelib ketdi. Fransiyada choy yo q emas! Ishxonamda, restoranda, kafeda choyning paketchalarda ming xili desam yolg on bo laru, lekin kamida 30 xilini keltirib qo yishgan. Ulardan har kuni olib ichaman. Lekin, bu o zimizni bozorda kilolab sotiladigan ko k choy emas. E tibor berganmisiz, sifatli ko k choyni olib, gazda o ziz qaynatgan

195 suvda paxta gulli choynakda damlab, keyin uni uch marta qaytarish qanday maroqli jarayon. Besh daqiqa damlab qo ygandan keyin piyolaga quyib bir hovuch qora mag iz bilan zavq qilib xo plaganga nima yetsin?! Birdan alamim qo zg ab ketdi, bo g zimga nimadir tiqildi. Erta tongdanoq velosipedni oldimda supermarketga qarab ketdim. Strasburg Germaniyaga yaqin bo lgani uchunmi yoki boshqa sababdanmi u yerda turklar ko p. Turklar bu yerda mustahkam joylashib olib shaharda bir necha supermarket va mini marketlar ochishgan. Qardosh millat emasmi, ularda o zimizda tanavvul qilinadigan ko plab narsalarni topish mumkin, ularda bir necha marotaba oddiy ko k choy ham sotib olgandim. Lekin, hozir ishlab turgan Poitou Charentes ragionida turklar unchalik ham ko p emas va ularning supermarketlarini bu yerda hali ko rmadim. Bu yerda supermarketda topaman degan umidda soat da supermarket ochiladigan vaqtga yetib bordim. Afsuski topa olmadim! Velosipedimni olib boshqa do konlardan qidira boshladim va nihoyat xitoyliklarning do konidan haqiqiy ko kchoy topildi. Xursand bo lib shoshib uyga qaytdim. O tgan safar O zbekistondagi tanishlardan paxta gulli choynak va piyola olib kelishni iltimos qilgandim. Fransuz shokolati va paxta gulli choynakda damlangan choyni piyolaga quyib haqiqiy o zbek kabi mazza qilib xo play boshladim. Kechagi qariyani eslab bobomning ko k choyni ho plab ichishlari, u jarayon hamma detallari bilan ko z o ngimdan o tdi. O tirib o ylab qoldim. Do ppim bo lmasada xuddi do ppini bir yonga qo yib deganlaridek boshimni changallab qo ydim va choy biz uchun nima degan savolni bera boshladim. Bilasizmi, choy dunyoning hamma davlatida oddiy ichimlik bo lishi mumkin, lekin bizda emas. Choy bizda insonlarni birlashtiradigan, birdamlikka undaydigan qandaydir bir ijtimoiy hodisaga aylanib ulgurgan. E tibor berganmisiz?! Bizda muxim ishlar bir payola choy atrofida bitadi. Uyga kelgan mehmonga ham birinchi navbatda choy taklif qilamiz. Dunyoning hamma joyida ichimlik ichadigan yoki biroz tanavvul qiladigan joy kafe den nomlanishi mumkin, lekin bizda bu ota-bobomizdan beri choyxona deb nomlanib kelgan. Dunyoda hali biror millat ovqatlanmoq fe lini o rniga choy ichmoq degan fe lni ishlatmaydi. Bizda shunaqa, borib xoxlagan bir kishiga aytingchi choy ichamizmi deb, u albatta bu gapdan ovqatlanish degan ma noni qidiradi chunki o zbek hech qachon choysiz ovqatlanmaydi. 50 gradus jaziramada ham, qishning qahratonida ham doimo choy ichamiz. Asrlar davomida bizda choyxonalar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar muxokama qilinadigan, xalq to planadigan, odamlar fikr almashadigan joy bo lib kelgan. Bugun hamma shaharlarimizda yangi-yangi kafelar qurilayotgan bo lsa ham, lekin choyxonalar baribir o z o rnini yo qatgani yo q Bizda hatto san at ham choy mavzusiga albatta tegib o tgan. O ylab o tirib shu zahotiyoq internetdan Yalla guruhining eng mashhur qo shig i Chayxana va DJ Piliggrimning Ko k choy qo shiqlarini ko chirib oldim. Yalla guruhining qo shig idagi har bir iborani o ziyoq bizni jamiyatdagi choyni o rni haqida ajoyib xulosa bo la oladi:

196 Наливай чайханщик чаю Вместо крепкого вина Я вам музыку сыграю Здесь всем нравится она На Востоке на Востоке Что за небо без луны На Востоке на Востоке Что за жизнь без чайханы Что за жизнь без чайханы Пиала идет по кругу Аксакалы смотрят в мир Рады гостю рады другу Здесь застолье но не пир На Востоке на Востоке Что за небо без луны На Востоке на Востоке Что за жизнь без чайханы На Востоке на Востоке Что за небо без луны На Востоке на Востоке Что за жизнь без чайханы Хоть бывает здесь и тесно Чайхана не чудо-рай Чтобы песня стала песней С нами вместе напевай Чай-ха-на-ха-на чай Чай-ха-на-ха-на чай Чай-ха-на-ха-на чай Чай-ха-на-ха-на чай На Востоке на Востоке Что за жизнь без чайханы На Востоке на Востоке Что за небо без луны На Востоке на Востоке что за жизнь без чайханы Что за жизнь без чайханы

197 90. Фозил Фарҳод. Кутилган мактуб Янги йил байрами кечаси Аёзбобо Умидага ёзғич совға қилиб кетди. Эртаси куни у кун бўйи ёзғичнинг ташқи кўринишига бир мултфилм қаҳрамонининг туширилган расмига мафтун бўлди. Кечга бориб бу машғулотдан зерикди чоғи, унинг чиққиллатгичини босганди, тумшуғидан темир уч пайдо бўлди. Қўлидаги жажжи жимжимадор матоҳнинг ручка экани даъфатан эсига тушди-ю, ёзғичнинг янги имкониятини кашф қилганидан завқланди. Бу завқланиш ҳам ниҳоялангач, Аёзбобонинг кеча совға бераётиб айтган гапи ёдига тушди: Янги йил кечаси қилинган ҳар қандай ният ижобат бўлади. Кеча ният қилишга улгирмай ухлаб қолганидан афсусланди, бироз кўнгли хира тортди. Афсусу хафаликдан тағин ручкасига боққанди, кутилмаганда миясида ғаройиб истак пайдо бўлди. Ниятини амалга ошириш учун сумкасини очиб, биров кўриб қолишидан хавотир олиб, алифбе дафтаридан битта варақни эҳтиётлик билан йиртиб олди. Яқинда Алифбе байрами ўтиб, ёзувни ўрганиб олган эмасми, Аёзбобо совғасини қоғоз бўйлаб юргиза бошлади. Аввал битта сўз, кейин иккита сўз, сўнг бир жумла, охири бир нечта гап билан ёзувини тамомлади. Хатни тўртга буклади-да, ҳеч ким кўрмасин деб сумкасининг ички чўнтагига яшириб қўйди. Шу пайт тарбиячи болаларни кечки овқатга чақирди. Ўйинхонадаги болалар гур этиб ошхонага чопишди. Дарсхонада хаёлга ботиб ўтирган Умида эса сумкасини жойига қўйди-да, шошилмасдан ташқарига чиқди. Бироз кечиккани боис уни қидиришаётган экан. Бу учун тарбиячидан енгилгина дакки ҳам эшитди. Бутун оқшом овқатланишу телевизор томоша қилиш, тиш ювишу уйқуга ётиш вақтида қоралаган мактуби ва уни ким орқали эгасига етказиш ҳақида узоқ ўйлади. Ўйлар поёнига етмаёқ, кўзи илинди. Эртасига ҳаммадан аввал уйғонди. Қадам товушларини чиқармасдан дарсхонага борди. Сумкасининг ички чўнтагини очиб, кеча солган хатини текшириб кўрди. Мактуб жойида эканини билгач, тағин ўша қадам товушларисиз ётоқҳонага қайтди. Ювингач, тарбиячининг болаларни уйғотиб, ювиниб нонуштага чақиришини пойлаб, дераза токчасига тирсакларини, кафтларига иякларини тираб ташқарига термилди-да, тағин хати ҳақида ўйлай бошлади. Янги йил оқшомида ёғиб чиққан қор борлиқни оқликка буркаганди. Фақат дарвозахонанинг айвонигина қорсиз эди. Шу пайт дарвозахона дарчаси ғийқиллаб овоз чиқарди-ю, ичкарига қараб очилди. Ташқаридан бир қора шарпа ичкарига хатлади.

198 Тонг ёришиб қолган бўлса ҳам дарвозахона ҳали қоронғироқ экани учун ичкарига кирган шарпа яқинлашган сари одамга, одам телпак ва қўнжи узун этик кийган кишига, телпакли ва этикли киши қўлида доим сумка кўтариб юрадаган Раҳмон почтачига айланганида қизалоқнинг маъюс ва ўйчан кўзлари бирдан қувнаб кетди. Дарсхонага югурди ва сумкасининг ички чўнтагидаги тўрт букланган мактубни олиб кўкрагига босганча, устига пальтосини, оёғига этигини кийишни ҳам унутиб, ташқарига чопқиллади. Қадамини шу қадар тезлатдики, ҳар кун саҳарлаб хату газеталарни ташлаб, зумда ғойиб бўладиган бароқ қошли почтачига дарча ёнида зўрға етиб олди. Шу қадар хансираганидан нима дейишини ҳам билмай, хатни унга узатди ва нафаси ичига қайтиб, бирдан йиғлаб юборди. Почтачи амаки тиззанлаб чўккалади ва унинг пешонасидан ўпиб, бошини силади ва хатини, албатта, эгасига етказишга ваъда берди. Буни эшитган қизалоқнинг юзига кулги оралади. Хатчи амакига раҳмат айтгачгина, аввал оёғидан, сўнгра бутун баданидан совуқ ўтаётганини сезди. Қизарган нозик бармоқчаларини пар чиқаётган оғзига босиб, кўкарган оёқчаларини қўлига олиб ичкарига югурди. Шу кун кечга бориб хатни хатжилдга солмагани ёдига тушди. Бундан бироз хижилланди. Сумкасидаги расм дарсидан нарсалар ясайдиган рангли қоғозлардан бирини олиб ундан хатжилд ясади, дафтаридан тағин битта қоғоз йиртиб олди-ю, кечаги сўзларни такрорлаб ёзди. Сўнг хатжилдга солиб, оғзини елимлади, тайёр хатни сумкасининг ички чўнтагига яшириб қўйди. Эртасига саҳарлаб хатни тағин Раҳмон почтачига берди. Шу кун кечга яқин яна бир хатоликка йўл қўйгани эсига тушди мактубга марка елимлашни унутибди. Тарбиячидан илтимос қилиб бир дона марка олди ва кечагидай мактуб ёзиб, хатжилд ясаб, устига марка елимлади. Эртасига саҳарлаб уни почтачига берди. Кечга бориб тағин яна бир хато ёдига тушди манзил ёзишни унутибди. Узоқ ўйланиб қолди. Чунки у соғинганининг манзили қаердалигини билмасди. Шундай бўлса-да, кутгани мактублардан бирини бўлмаса бирини албатта ўқишини умид қилиб яна мактуб ёзишга киришди. *** Қизалоқда янги туйғу пайдо бўлди кутиш. Энди у ҳар тонг деразадан дарвозахонага термулишни одат қилди. Хатни бериб юборишдан ҳам кўра, почтачининг хат келтиришини интиқиб кута бошлади. Лекин ҳар гал почтачини қуруқ қўл билан қарши оларди. Бундан митти юраги бир оғриниб қўйса-да, бироқ ҳар оқшом мактуб ёзишини қўймади. Шу кўйи кунлар кетидан кунлар, ойлар ортидан ойлар ўтаверди. Дераза ёнидаги беш юз ёшга кирган чинор дарахти ҳам йил бўйи гўё Умидага қўшилиб қишда оқариб, баҳорда яшилланиб, ёзда яшнаб, кузда сарғайиб почтачини кутиб яшади. Эҳтимол чинордан

199 қолган беш юз йиллик умрини нимага сарф қилишини сўрашганида, у ҳеч иккиланмай, ҳаётининг қолганини қизалоқ билан почтачининг хатини кутишга сарф қилган бўларди. *** Ҳап-паш дегунча, қиш ҳам яқинлади. Бироз вақт ўтиб, қор ҳам ёғди, Янги йил келишига ҳам саноқли кунлар қолди. Қарасаки, рангли қоғозлари ва охирги дафтарининг варақлари камайиб қолибди, почтачи амаки бериб кетган маркалар ҳам саноқли. У охири кўриниб қолган дафтар варақлари ва рангли қоғозларини тежаш мақсади-да, бундан кейин хатни бироз кичикроқ ёзишга киришди, хатжилдни сал ихчамроқ ясай бошлади. Орадан уч-тўрт кун ўтди. Оқшом маҳал охирги дафтар варағига хат ёзди, охирги рангли қоғозидан хатжилд ясади, мактубга охирги маркани елимлади. Дераза ёнига келиб, худди тонгдагидай токчага тирсакларини, кафтларига иягини тираганча дарвозахона дарчасига кўз тикиб ўтирди. Ташқарида паға-паға лайлак қор ёғарди. Борлиқ бурунги йилдагидай оппоқ эди. Деразадан ташқарига тушган чироқ нуридаги чинор урушга кетган боласини остонада совуқдан ғужанак бўлиб кутиб ўтирган, кута-кута бошидан рўмоли сирғалиб пастга тушган кумуш сочли кампирдай мунғайиб турарди. Тонг отишига чамаси ўн соатлар бўлса-да, қизалоқ саҳар бўлишинию почтачининг шарпаси дарчадан қора беришини шу қадар хоҳлардики, қисқа умри давомида унинг жажжи юраги ҳали бунчалик орзиқмаганди. Кута-кута хатни кафтида сиққанча қотган қўллари таёқдай, дарчага қадалган қоп-қора қорачиқли митти кўзлари мунчоқдай бўлган қизалоқнинг киприклари пирпирай-пирпирай уйқуга кетди. Киприклар юмилиши билан дарвозахона дарчасидан аввал ғира-шира шарпа, сўнг қоп кўтарган Аёзбобо пайдо бўлди. Қизалоқ сўнгги кунларда мактуб ёзишга шу қадар берилиб кетгандики, ҳатто бугун янги йил оқшоми эканию почтачи Раҳмон амаки болалар уйига Аёзбобо қиёфасида келганини, Аёзбобо болаларга бир-биридан ажойиб ва ғаройиб совғалар улашганию ёзган сўнгги мактубининг ёнида яна бир хат пайдо бўлиб қолганини ҳам сезмади. Ўша кечаси дунёдаги барча болаларга улашилган совғалар ичида энг ажойиби шу эди. Ҳали эгаси томонидан ўқилмаган ушбу бебаҳо совға мактубда шундай сўзлар ёзилганди: Мен сени олиб кетаман, қизим!

200 91. Фурқат Юсупов. To ylar muborak! Krishtianu Ronaldu va Irina Sheyk uzoq kutgan kun - nikoh to'yi sanasi ham yetib keldi. To'yxona kazo-kazo mehmonlar bilan liq to'lgan. Martabali mehmonlar orasida butun boshli «Real» a'zolari, shuningdek, Krishtianu bilan «MYU» va «Sporting» klublarida o'ynagan futbolchilar, ser Aleks Fergyusson, Luis Felipe Skolari kabi zamonamizning buyuk murabbiylarini ko'rish mumkin. Bir tomonda model Irina Sheykning mashhurlik bobida futbolchilardan sira qolishmaydigan hamkasblariyu, shou-biznes yulduzlari saf tortib turishibdi: Naomi Kempbell, Nikol Kidman, Britni Spirs, Enrike Iglesais, Anjelina Joli, Bred Pitt... Qo'yingki, moda, kino va estrada olamining eng sara namoyandalari jam bo'lishgan. Qolaversa, bir qator mashhur sportchilar (albatta boshqa turlar bo'yicha), kelin-kuyovning do'stlari, yaqinlari yig'ilishgan. Qisqasi, bazmga 1000 nafardan ziyod martabali mehmonlar taklif etilganining o'zi to'yning naqadar ahamiyatli voqeylik ekanligidan dalolat berib turibdi. Nihoyat kelin-kuyov davraga «We are the Champions» taronasi sadolari ostida kirib kelishdi. Mehmonlar futbolga mos ravishda taktik sxemasi bo'yicha joy olishgan. Marosim sababchilarining o'ng tomonida kuyovjo'ralar, chap tomonida ne-ne hurliqo go'zallar. Markaz esa murabbiylar shtabi a'zolari, taniqli san'atkorlar va boshqa sportchilar bilan band. To'yxonaning to'ri tabiiyki, Krishtianu va Irinaning eng yaqin qarindoshlari, qo'ni-qo'shnilariyu, do'stlariga ajratilgan. Sahna ajoyib tarzda bezatilgan. Ya'ni har bir estrada yulduzi maroq bilan kuylashi mumkin. Qarangki, davrakashlik mashhur hakam Xovard Uebb zimmasiga yuklatildi. U marosimni tabrik so'zi bilan ochar ekan, darrov o'z ishini qildi: to'yxonaga shirakayf bo'lib kelgan va to's-to'polon ko'tarayotgan Pepeni qizil kartochka yordamida sahnadan chetlashtirdi. Bu narsa Joze Mourinoga sira yoqmadi, shekilli, u suxandonga qarata ikki qo'lini kishanlangan xolatda ko'rsatdi. Portugaliyalik bu bilan Uebbning qamalib ketishiga sha'ma qildi, go'yo... Xerard Pike tabiiyki, to'yga mahbubasi - Shakira hamrohligida kelgan. Ko'p o'tmay kolumbiyalik shaddod xonanda mikrofonni qo'lga olib, «Waka-waka»ni kuylay boshladi. U bu bilan barchani raqsga taklif etganday bo'ldi. Yig'ilganlar xursand, raqs ayni avj pallasida. Biroq Mesut Ozilning g'ashi keldi, chog'i, turkcha lezginkaga buyurtma berib, Nuri Shaxin va Xamit Oltintopga master-klass ko'rsatishga tushdi. Ozilning harakatlaridan ruhlangan Marselo va Kaka brazilcha sambani ko'z-ko'z qilishdi.. Keyin navbat ispanlarga yetib keldi. Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Xabi Alonso, Alvaro Arbeloa davrani to'ldirib, ispancha musiqaga yayrab raqs tushishdiki, atrofni chang bosib ketdi. Messi, Pike, Inesta, Runi, Nani, Giggz, Skoulz kabi

201 martabali mehmonlar esa raqqosalar bilan sokin musiqaga hamohang harakatlanishni ma'qul topishdi. Ser Fergi hotamtoy ekan, qistir-qistirni o'z o'rniga qo'ydi. Arsen Venger esa sal qurumsoqroq chiqdi: u raqqosalarga dollar yoki evro emas, balki yapon ienasini qistirdi. Britni Spirs qo'shiq kuylay boshlaganida, Karim Benzemaga birdaniga jon kirdi. U o'rnidan turib, hattoki, maydonda bajarmaydigan driblinglarini ko'rsatdi. Bir tomonda salto otayotgan Naniga hech kim parvo qilmadi. Hammaning ko'zi Karimda. Frantsuz hujumchisi individual salohiyatini ishga solib, bir, ikki, uch, to'rt... go'zalning orasidan mohirona o'tdi va Pikening qallig'i Shakira bilan yakkama-yakka yuz foizli xavfli vaziyatga chiqdi. Bu vaqtda Pike ulgurolmay qolgandi, biroq Karim xonandaning belidan endi quchay deganida, suxandon - Xovard Uebb qo'llarini yuqoriga ko'targancha oraga suqildi: hujumchi o'yindan tashqari holatda qolgandi... Shundan so'ng navbat Pelega berildi. Futbol qiroli bir-biridan qiziqarli «cho'pchaklar» aytib, yig'ilganlarni rosa kuldirayotgan ediki, Maradonaning asabi buzilib, ichi «qora»lik qilib, sahnaga otildi. Ana endi ko'ring tomoshani. Pele bilan Maradona bexosdan askiya-payrov ayta boshlashdi. mehmonlar ikki yulduzning aytishuvini rosa miriqib tomosha qilishdi-da o'ziyam. Nihoyat sahnaga kelinning hamyurti Maksim taklif etildi. Uning «Moy ray» qo'shig'idan ilhomlangan kelin-kuyov valsga tushishdi. Navbat Enrike Iglesaisga kelgach, ya'ni u qo'shiq kuylay boshlaganida, janjal ko'tarildi. Leo Messining birdaniga 5-6 hurliqo bilan raqs tushayotganini ko'rolmagan Marselo uning ortidan kelib, nogahon oyoqlariga tepdi. Oqibatda Serxio Ramos va Karles Puyol o'rtasida dahanaki jangga asos tug'ildi. Xayriyatki, hammasini kuzatib turgan suxandon janjalni o'z vaqtida bosdi-bosdi qildi. Ingliz hakami qo'riqchilarga ishora qilgan holda ikkinchi marta shunday holat yuzaga kelsa, aybdorlarni to'yxonadan chetlatishini aytdi. Shu kuyi 3-4 daqiqadan so'ng hamma tinchlandi. Marosim yakunlanib borayotgan pallada esa Uebb yana 30 daqiqa qo'shimcha vaqt belgiladi va sahnaga kuyovto'ra Ronaldu hamda mehmon - Messini chorladi. Ular dabdurustdan «Kim kuchli?» degan aytishuvni boshlab yuborishdi. Leo kuyovning hurmatini joyiga qo'yib, «Ronaldu kuchli», - deya kuylaganida, mehmonlar uning jentlmenlik xislatiga qoyil qolib, qarsaklarini ayshmadi. Xullas, to'ymisan to'y bo'ldi-da o'ziyam. Nima derdik, biz ham Krishtianu va Irinaga shirin turmush tilaymiz va Joze Mourino ta'kidlaganidek, kelasi yili shu kunlarda beshik to'yini kutib qolamiz. Aytgancha, beshik to'yi translyatsiyasini ham to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatish, yo'g'e, yozib borishni rejalashtirayapmiz. Hozircha xayr, omon bo'linlar, Azizlar... P.S: Bu shunchaki fantaziya edi.

202 92. G'ayratbek Mamadinov. O'zbekistonda O'zbek tili davlat tilimi yoki... O'zbekiston respublikasi hali Mustaqillikka erishmasdan oldin, 1989-yil 21-oktyabrda O'zbekistonda Davlat tili O'zbek tili ekanligi haqida qonun qabul qilingan. Oradan 24 yil o'tibdiyu lekin hanuzgacha ayrim mutasaddi raxbarlar, tashkilot va muassasalar, firma va yirik korhonalar, davlat boshqaruv organlariga qarashli saytlar o'z ish faoliyatlarini rus tilida olib borishmoqda. Men bu bilan Rus tiliga qarshiman demoqchi emasman, lekin davlat tili O'zbe tili bo'lganidan kegin barcha hujjatlar va rasmiy ishlamlar Davlat tilida bo'lishi kerak emasmi? Ba'zan zalda O'zbek zabon xalq o'tirsayam ma'ruza va majlis rus tilida olib boriladi!! Arizalar, e'lon va eslatmalar ham Rus tilida!. Axir bu Davlat tilini mensimaslik emasmi? Uzoqqa bormaylik, yaqinda UFF "yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimidagi sovrinlarga e'tibor bersak barcha sovrinlar ostiga ruscha yozilgan!! Ahir, Rossiyada yoki Qozogiston va evropa mamlakatlarida "yilning eng yaxshilari" sovrinlariga o'zbekcha yozmaydiku!! UFF raxbari O'zbek, PFL raxbari o'zbek.. Aslida gap Raxbarni O'zbek yoki boshqa millat bo'lishida emas, gap Davlat tiliga e'tibor va hurmat ehtirom ko'rsatilishida!! Twitter va Facebookdagi ayrim "dono" va "oqil" "bilimdonu" "donishmand"lar İmloviy hatolarni ko'rsatib tanqid qilgandan ko'ra, Davlat tiliga Davlat idoralarida e'tibor qandayligi haqida yozishsa menimcha maqsadga muvofiq ish bo'lar edi. davlat tili qonuni ho'ja ko'rsin uchun qabul qilinganmi yoki amal qilish uchunmi?? Ba'zi yuridik yoki boshqa hujjatlarni o'qisangiz tarjimasi sof O'zbek tilida emas, Ruscha aralash, ayrimlari bo'lsa tarjima ham qilinmay sharta rus tilida yozila qolgan. TV va gazeta jurnalistlari davlat tili haqida ko'rsatuv va maqola tayyorlashsa, Davlat tili haqidagi qonun ijrosi qanday ketayotganligi haqida tanqidiy va tahliliy maqolayu ko'rsatuvlar tashkil qilinsa Davlat tilini rivojlanishiga o'z hissalarini qo2shgan bo'lisharmidi.. Qolaversa Lotin alifbosiga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tish muddati ham allaqachon tugagan lekin hanuzgacha kiril alifbosida faoliyat yuritilyabdi. O'rtada millat sarson, yosh avlod tuzuk quruq kiril alifbosida o'qiy olmasa katta avlod ( asosan 40 yoshdan kattalar) Lotin alifbosida o'qiy olmasdan halak..

203 93. Хайриддин Баҳромхўжаев. Boy va Kambag`al Nega aynan mavzu Boy va Kambag`al deb o`ylayotgandirsiz, aslida bu mavzuni bir necha oy avval yozmoqchi edim, lekin hafsala qilmaganim uchun bu amalga oshmagan edi. Yaqinda bloggerlar o`rtasida chempionat bo`lishini eshitganimdan so`ng bu mavzuni yakunlamoqchi bo`ldim. Agar bu post kimnidir ko`nglini og`ritsa yo kimgadir tegib ketsa oldindan uzur so`rayman!!! Boy ham kambag`al ham inson. Ularni ham ona dunyoga keltiradi. Lekin kambag`alni aybi, kambag`al bo`lib tug`ilgani emasku, to`g`rimi? Buni limdirlar omadga yoyadi, kimdirlar esa yillar davomidagi olingan bilim mevasi deyishadi, lekin aslida esa bu OLLOHNING SINOVIDIR!!! Bu juda og`ir sinov hatto boy uchun ham. Chunki oldin kambag`al bo`lib keyinchalik omadi kelib boy bo`lib ketsa, o`zini topar-tutarini bilmay qoladi. oldin kim ekanligini unitib qo`yadi, bu ham bir sinovdir. Kambag`al uchun esa juda ham og`ir sinov! O`zbeklar doim farzandim deb o`lib-kuyadi, butun umrini farzandim baxtli bo`lsin, men ko`rmagan narsalarimni farzandlarim ko`rsin deydi. O`zi esa bu hayotda kulib-yayrab yashay olmaydi. Farzandini bu baxtga erishtirish boy uchun hech narsa emas, bir og`iz gap yetarlidir. Kambag`al esa erta saxardan, to qosh qorayguncha ishlaydi, mehnat qiladi. Kambag`al uchun qanday kiyinishni, qayerda o`qishni, qayerda o`qishu, qanday ovqat yeyishni farqi yo`q. Ular faqat hayot uchun kurashadilar xolos. Boy esa dunyodagi eng eng yaxshilarini kiyadilar. yeb-ichadilar! Ular uchun pulni qadri yo`q. Masalan: bir hisob-kitob qilib ko`raylikchi. Boy faqat butiklardan kiyinadi (tan loish kerak, u yerda sifatli narsalar bo`ladi, shuning uchun ham qimmat). Boy bosh-oyoq kiyinib chiqishi uchun so`m, nari boring so`m sarflaydi. Aynan shu pulga kambag`al 1 yoki 2 mavsum kiyinadi ba`zida esa 3 mavsum. Boyni farzandlari kiyimlarini faqat bir mavsum kishadi, kambag`alni farzandlari esa akasinikini ukasi, ukasinikini esa undan kichik ukasi kiyadi, toki u kiyim ado bo`lmaganiga qadar. Kambag`al bulardan hech qachon or qilmaydi. Yana bir gap, boy bilan kambag`alni oilasidagi eng katta farqni bilasizmi??? Bilmasangiz mana men aytaman! Kambag`al boydan kambaga`lroq bo`lsa ham lekin undan ming chandon baxtliroq. Ular har kunini bayram qiladilar, farzandini har bir yutig`i ular uchun juda katta g`urur va quvonch beradi. To`g`ri agar yoshlikdan o`qib-izlansa boy bo`lishi mumkin, bunga shubxa qilmayman. Faqat boy bo`lganidan keyin inson o`zligini va hech qachon o`chirib bo`lmaydigan tarix borligini ham unitish kerak emas!!! Kambag`al ham boy ham bir kun vafot etadi, hamma o`sh joy ollohning huzuriga boradi. Ikkisi ham savol-javobdan o`tadi. O`sh payt bu boy edi, bu kambag`al edi deb ajratmaydi, uning oldida hamma bir! Shunchaki bu dunyo o`tkinchi dunyo, pul qo`lni kiridir, iloji boricha odamlarga qo`lizdan kelganicha yaxshilik qiling!!!

204 94. Хайрулло Хасанов. Хонанда Хозирги кунда хонандалар кўпайиб кетди, деган гапларни кўп эшитамиз. Қани ўша хонандалар?! Хонанда сўзини ўзини хонанда сифатида таништираётганларга нисбатан эмас, ўзини хонанда сифатида намоёнлаётганларга нисбатан ишлатилса тўғри бўлади назаримда. Жахон стандартларига жавоб берадиган клиплар суратга олдираётгандир, дид билан бренд либосларда чиқаётганлир, рақсни ҳам раққос, раққосалардан кам қилмай қойиллатаётгандир, буҳаммаси яхши, лекин хонандаликчи. Хонандаликни қойиллата оляптими?! Аниқроғи ЖОНЛИ ижрода куйлай оляптими? Айримлари, фонограммадаги овоз ўзимники, деб қўйишади. Хўп агар овоз ёзиш студиясида ўзи куйлаётган бўлса нега мухлислар олдида жонли куйлашмайди, куйлай олишмайди. Овози борлар кўп, лекин хонандаликка урғу бераётганлар кам. Демак имконият бор, хохиш йўқ. Агар бирон хонанда жонли ижрода концерт берса, фалончи жонли ижрода концерт бераркан, деб уни қахрамон сифатида кўрсатадиган даража етдик. Хонанда бўлгандан кейин куйлайдида дейдиган одам йўқ. Жонли куйлаш учун техника талабга жавоб бермайди деган бахоналар ўтмайди, оз бўлса ҳам бир нечта хонандалар жонли ижрода концертлар бериб техникалар талаб даражасида эканлиги исботлаб бўлишди. Хонандаларнинг фонограммада куйлашига ўзимиз ҳам, яъни тингловчилар ҳам сабабчимиз аслида, талабга қараб таклиф бўлиши керак, хозирча биз таклифни қабул қиляпмиз холос, бори шу эканда деб. Тўйга фалон пулга чақирасиз, келади оғзини қимирлатиб-қимирлатиб кетади. Нима учун пул тўладик, таниқли башараси учунми? Концертига тушасиз. Бир нечта либосларда чиқади, раққосалар билан бирга рақсга тушади, оғзини қимирлатади-қимирлатади, концерт ҳам тугайди. Нима учун концертга тушдик. Кийимларини томоша қилиш учунми! Келинг эртадан, йўқ яхшиси бугундан, хозирдан фақат жонли ижрони талаб қиламиз.

205 95. Khurshidbey Muhammadroziqov. Professor va Billiard Toshlari Bu voqea Amerikadagi universitetlarning birida sodir bo ldi. Professor auditoriyaga kirib keldi. Keldiyu, 1 gallonlik shisha bankani stol ustiga qo ydi. Banka bo sh edi. Talabalar bir muddat kuzatib turdilar. Professor ehtiyotkorlik bilan bankaga billiard sharlarini joylay boshladi. Banka to lgach, o tirgan talabalardan Banka to ldimi?, deb so radi professor. Talabalar bir ovozdan Ha! deb javob berishdi. Shu payt professor mayda pushti, dengiz bo yida uchraydigan toshlarni bitta-bitta bankaga tashlay boshladi. Toshlar shisha banka ichidagi billiard sharlari orasidan banka tubiga ( ching-chiling-ching deb tovush chiqarib) tusha boshladi. Professor yana so radi: Banka to ldimi? Endi to ldi, deyishdi talabalar. Professor talabalarga qarab bir jilmaydi. Yonidagi kichkina temir choy idishdagi sariq rang qumni billiard sharlar va pushti toshlar joylashgan bankaga bo shata boshladi. Fissssss degan tovush chiqdi. Professor banka to lganmi yoqmi deb yana so radi. Bu safar auditoriyaga sukunat cho kkandi. Professor stol ustida turgan stakandagi qulipnayli choyni bankaga quya boshladi. Talabalar undan bu voqeada nima hikmat yashringanini so rashdi va ular eshitgan javob ularni bir muddat o ylantirib qo ydi. Quyida professor aytgan gaplar keltirilgan. Bu banka bizning hayotimiz. Undagi billiard sharlari esa siz bilan bizning hayotimizda katta ahamiyatga ega narsalardir; sizning salomatligingiz, ota-onangiz va oilangiz, diningiz, yaqin qarindosh va do stlaringiz, va hokazo. Bankadagi pushti toshlar esa billiard sharlaridan ahamiyati pastroq narsalardir, ishingiz, o qishingiz, ishingizda u idoradan bu idoraga yugirishingiz Qumga kelsak, bu bekor o tkazgan vaqtingiz, do stlar bilan qilgan aysh-ishratingiz, o ynagan kompyuter o yinlaringiz, tomosha qilgan futbol matchlaringiz. Agar bankaga qum va pushti toshlarni birinchi solib to ldirganimizda edi, bizda billiard sharlar uchun joy qolmagan bo lardi. Shuning uchun avval sizga muhim narsalar uchun vaqt sarflang va hayotingizda joy ajrating, qolganlari esa shunchaki sariq tuproqdir. Bu gaplardan talabalar oz muddat o yga toldilar, auditoriyada jimlik hukumron edit. Shu payt bir talaba savol berdi: Bankaga nega choyni quydingiz? Bu savolni berganingdan xursandman. Choyning ma nosi shuki, hayotda qancha ishlar bilan band bo lmaylik, doimo bir piyola choy ustida yaxshi hamsuhbatga vaqt topishimiz kerak. deb javob beribdi professor.

206 96. Xurshidbek Tuychibekov. Hayotimdan bir lavha... O'shanda yosh edim. Oilamiz zo'r-bazo'r kun kechirardi. Lekin hech qachon och qolmaganmiz. Volidam tushlikka sho'rva pishiribdilar. Oilada to'rt kishimiz. Nolish emasku,ovqat qilganda har birimizga bir bo'lakdan go'sht solardik. Bugun ham shunday. Dasturxon atrofiga o'tirdik. Ovqatlanib o'tirsak oyijonim: -Menga ikki bo'lak go'sht tushib qolibdi. Demak kimgadir solish yoddan ko'tarilibdi. Kimga tushmabdi? - deb so'radilar. To'g'risini aytsam boyadan beri nima deyishni bilmay o'tiruvdim. Chunki go'sht tushmagan kosa meniki edi. Buni aytishga uyaldim. -Meniki emas, - deb qo'ydim. -Aldama, - dedilar volidam. -Ber kosangni,solib beraman. -Yo'q,kerakmas. Menda bor... -Ovqatga to'rt bo'lak go'sht solgan bo'lsam. Otangda bor,akangda bor,menda esa ikkita. Demak senga tushmabdi. Ber kosangni,solib beray! -Qo'yavering,menda bor... -Ko'rsat kosangni unda! Noiloj kosamni kavladim. Kavladim-u... Hushim boshimdan uchdi! Chunki besh daqiqa oldin kosamda yo'q go'sht paydo bo'lib qolgandi... *** U kunlar ham o'tib ketdi. Hozir yashashimiz yaxshi. Akam oilamizni boqish uchun maktabni bitirib ishga kirgan. Baraka topsin,o'n olti yoshidan buyon ro'zg'orni tebratadi. Men esa maktabni bitirib,respublikamizning eng nufuzli akademik litseylaridan biriga qabul qilindim. U yerni bitirgach,o'rta Osiyoda yagona bo'lgan Oliy O'quv Yurtiga imtiyozli ravishda kirdim. Mahalladagilar oilamizga havas qilishadi. Shukur...

207 97. Ҳамза Фозилжонов. Nima uchun Uznetda yangi Afisha Media lar paydo bo lmayapti? Uznet, ya ni Internetning O zbekiston segmentida bir necha yildan beri faoliyat ko rsatib kelayotgan hamda muvaffaqiyatga erishgan qaysi kompaniyani bilasiz? Shaxsan men biladiganim Afisha Media. Bu kompaniya biz foydalanuvchilarga Gazeta.uz, Afisha.uz, Mover.uz kabi foydali, dolzarb va eng asosiysi, uzluksiz ishlab kelayotgan veb-saytlarni/loyihalarni taqdim etdi. Bu servislarning/kontent-loyihalarning har biri o z yo nalishida yetakchi, desam mubolag a bo lmaydi. To g ri, Afisha Media ning Zor.uz, Staff.uz, mp3.uz kabi servislari Uznetda unchalik ham muvaffaqiyatga erisha olmayapti. Shunday bo lsa-da, kompaniya ularning kelajagiga ishongan shekilli bu servislar haliyam mavjud. Mayli, bunisi kompaniyaning o ziga havola. O zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo mitasi ma lumotlariga ko ra, 2013-yil 1-oktabr holatiga respublikamizdagi dasturiy ta minot ishlab chiqish bilan shug ullanuvchi xo jalik subyektlari soni 264 tani tashkil qilgan yil boshiga kelib bu ko rsatkich 300 dan oshib ketganligiga shubham yo q. Xo sh, menga aytingchi, Uznetda o z servislari, loyihalari bilan tanilgan Afisha Media dan tashqari yana qaysi kompaniyani bilasiz? Bir ochilib, bir yopiluvchi Olam.uz mi? Eng qiziq tomoni, oramizda mashhur bo lgan ba zi saytlarning egalari qaysi kompaniya ekanligini ko pchiligimiz bilmaymiz ham yilning avgust oyida Muhrim A zamxo jayev menga Muloqot.uz ijtimoiy tarmog ida ro yxatdan o tish uchun taklif (invayt) yuborganida Mana, Uznetda yana bitta yaxshi sayt paydo bo larkan, buning ustiga o zbekcha deb rosa quvongandim. Hatto, uni ishlab chiqqan Simple Networking Solutions (nomi buncha uzun bo lmasa J) kompaniyasida 5 oy ishlashga ham ulgurdim. Kompaniyaning ikkinchi loyihasi Daryo.uz internet-nashri ishga tushishida ishtirok etganman. Tan olish kerakki, bu kompaniya ham o zining loyihalari bilan foydalanuvchilarning keng ommasini jalb qila olayotgani yo q. Lekin, yaqin kelajakda mashhur bo lib ketishiga umid bor. Boshqalarchi? Ular nima qilishyapti? Javob oddiy ular shunchaki mijoz uchun ishlashmoqda. Boshqa so zlar bilan aytganda, bir qancha pul sarflab, kelajagi qorong u bo lgan

208 o z loyihasini ishlab chiqishdan ko ra, tayyor mijozlarning buyurtmasini bajarib, pulini olish kifoya qilmoqda. Shu bilan ular uchun hayot bir tekisda davom etaveradi juda kuchayib ham ketmaydi, yo q bo lib ham ketmaydi. Afisha Media ni boshqalardan ajratib turadigan jihati ham ana shunda ular mijoz uchun ishlamaydi, ular yakuniy foydalanuvchi, ya ni biz uchun ishlaydi, loyihalari aynan bizga qaratilgan. Shunday qilib, men bilgan IT-kompaniyalarning ichida faqat ikkitasi Afisha Media va Simple Networking Solutions mijozning buyurtmasiga qarab qolmay, o z servislarini rivojlantirishga qurbi yetadi va shunday qilishmoqda. Ikkinchidan, AQSH va Yevropadagi ko plab startaplar paydo bo lganining ilk kunidanoq bitta loyiha ustida ish olib borishadi. Jamoasi unchalik katta emas, ofisi yo q bo lishi ham mumkin. O sha bitta servisni ma lum darajaga olib chiqib, yo biror kattaroq kompaniyaga sotadi yoki uning yoniga ikkinchi servisni ham qo shib, kattalashishni boshlaydi. Bizdachi, bizda ahvol umuman boshqacha: Startap uchun hali g oya mavjud bo lmasidan yangi firma ochasiz, ijaraga ofis olasiz. Firmani 3-4 kishi birgalashib ochasiz, hammangiz qaysidir yo nalishda direktorsiz, oddiy ishchining o zi yo q. Ozroq muddat o tib, firma hisobraqamidagi pul tugaydi, ofis ijarasi, Internet va soliqlarni to lash uchun pul kerak. Keyin, ularni qoplash uchun buyurtmaga mijoz qidirasiz. To lovlarni o z vaqtida amalga oshiraylik deb mijozning kamroq taklif qilgan puliga ham rozi bo lishga majbur bo lasiz. Ish kutilganidan uzoqqa cho zilib ketadi. Ishga olingan xodimning oyligini to lashga majbursiz. Shunday qilib, birinchi buyurtmadan qarz bilan chiqasiz. Qarzni yopish uchun ikkinchi buyurtmani ham olishga majbur bo lasiz. Buyurtma ham siz kutgan paytda tayyor turmaydi. Uni qidirasiz. Nihoyat, topdingiz. Muzokaralar paytida yana mijoz ustun keladi. Majburlikdan yana arzonroq narxga rozi bo lasiz. Xullas, bu zanjir sizning sabr kosangiz yoki otangizning puli tugaguncha davom etadi. Pirovardida esa firmani yopib, qarzlardan qutulishni o ylaysiz Yuqoridagi gaplarim judayam pessimistik ruhda yozilganiga e tibor qaratmang. Hayotda yaxshi narsalar ham bor. Hammasi o zingizga bog liq. Biznes bilan shug ullanishda shoshish yaxshi emas. P.S. Bu blog post judayam qisqa muddatda yozilgani uchun fikrlar ayqash-chuyqash bo lishi mumkin. Bu mavzudagi kengaytirilgan blog postni yozsam, albatta xabar qilaman.

209 98. Ҳамидбек ЮСУПОВ. Тиланчи Тошкент марказидаги бир истироҳат боғи катта илм даргоҳларидан бирига ёндош бўлиб, бу ерда ҳамиша одам гавжум бўлади. Кўпчилиги ёшлар талабалар, истироҳат боғига дам олишга ёки сайрга чиққанлар ва ҳоказо. Айни шу ерда, университет талабалари ва хиёбонга сайрга чиққанлар ўтибқайтадиган йўлакда (бу ерда транспортларга чиқиш учун шу йўлакдан ўтилади) ҳар куни бир тиланчи кампир ўтиради. Юзлари ва қўллари қорайиб кетган, лекин ўзи тўладан келган, овози ҳам ўткир. Мана шу гавдасини кўтара олмай, эртадан кечгача бир жойда ўтирганини кўп кўрганман. Овози сал қалтираб (балки сунъийдир), ўтган-кетганга йиғламсираб ялинади. У гоҳ ўзбекча, гоҳ русча, гоҳ иккаласини аралаштириб тиланади: «Ҳой қизим, барака топгур, бахтинг очилсин, садақа радди бало...», «Сынок, помоги мне, а...» ва ҳоказо. Бу ерга янги келган пайтларим, кампирнинг олдига баъзи-баъзида имкон қадар бирикки танга ташлаб ўтардим. Унга ачиниш баробарида ўйлардим: шу кампир эртадан кечгача миқ этмай бир жойда ўтиради, қўзғалмайди. Мадори йўқмикан, касалмикан, ёки ўзини шунақа ғариб кўрсатиб, кишиларнинг раҳмини келтирармикан? Кечқурун-чи, борар жойи, иссиқ-совуғига қарайдиган яқин кишиси бормикан ўзи? Бир куни, мана шу университетни тугатиб, ҳозирда магистратурада таҳсил олаётган бир ўртоғим билан мана шу кампир олдидан ўтиб қолдик. Ўшанда бояги саволларимни ўртоғимга айтсам, у деди: Айтишларича, уни ҳар куни тонгда битта машинада олиб келиб ўтирғизиб кетишаркан. Яна кечқурун ўша машинада келиб, олиб кетишармиш. Чинданам ғалати... Бунисига янада лол қолдим. Кампирга нисбатан ачинишим икки ҳисса ошгандек бўлди гўё. Хўш, ўша машинадагилар кимлар ўзи? Балки фарзандларидир? Уни шу куйга солиб қўядими фарзанди бўлса? Бегона бўлса, нега олиб кетади? Бу кампирнинг жонини қайғурадиган бирор яқини бормикан ўзи?.. Бир сафар, мана шу университетда дарс берувчи кекса бир профессор билан бирга ўша йўлакдан ўтиб қолдик. Ҳамроҳим домланинг болалиги уруш, очарчилик дамларига тўғри келган, ёшлиги қийин кечган. Шунга қарамай, ўқиган, илм олган, бир амаллаб нонини топиб еган. Тинимсиз изланишлар натижасида у иқтидорли мураббий сифатида бутун мамлакатга, етук олим сифатида дунё илм аҳлига танилган. Домла ўз умрини мана шу университетга бахшида этган, узоқ йиллардан бери шу даргоҳда муаллимлик ва олимлик нонини еб, бола-чақа боқади. Яъни, унинг ҳаёти ва фаолияти шу ўқув даргоҳи тарихи билан чамбарчас боғлиқ бўлиб, университет ва унинг атрофлари ҳам домлага қадрдон.

210 Хуллас, домла билан ўша йўлакдан, тиланчи кампир олдидан ўтдик. Тиланчига ачиниш аралаш қараб қўйганимни сезган устоз, ундан сал узоқлашгач, бирдан гап бошлади: Анови кампирни кўрдингиз-а, болам? Бундан ўттиз-қирқ йиллар аввал у ёшгина, гўзал, қадди-қомати келишган бир жувон эди. Мана шу паркда ўтарди унинг ҳар куни-ю туни. Ҳали қарасанг униси билан қўлтиқлашиб, ҳали буниси билан қучоқлашиб юрарди. Ўзиям кўрган кўзни ўйнатадиган эди. Шунинг учунми, суюқоёқ бўлсаям, роса ўзига бино қўйган эди. Биз бола-чақа ташвишида чала оч қоринга ишлаб юрган пайтларимиз у кайфу сафода юрар эди. Мана энди унинг аҳволини кўриб турибсиз қаддини кўтара олмайди. Сиз, болам, шунга қараб ўзингиз хулоса чиқариб, ибрат олинг. Ёшлигингизни ҳар хил ҳою ҳавасларига бой бериб, ўзингизни хор қилманг. Ёшлик сизга бир марта берилган, ундан унумли фойдаланинг ўқинг, изланинг, ижод қилинг. Келажагингизга асос яратинг. Мана, тақдирнинг ҳикматини кўриб турибсиз: ёшлигини шу паркда ҳою ҳавасларга сарфлагани учун, кексалигида ҳам худди шу паркда тиланиб ўтирибди... Биламан, сиз ёшсиз, бўйдоқсиз, қонингиз қайноқ, кўпчилик тенгдошларингиз қатори ўйнаб-кулгингиз келади. Лекин ёшлик қилиб, умрингизни мана шундай ҳавога совурманг, ўғлим... Бу гаплардан ҳайрон бўлдим. Наҳотки, ўша кампир... Кўпни кўрган домламизнинг бу сўзларидан кейин менинг қалбимда ўша тиланчи кампирга бўлган ачиниш ва шафқат ўрнини чексиз нафрат эгаллади. Ўшандан бери бу кампирни узоқдан кўрсам, йўлнинг нариги томонига ўтиб оламан. Ёки, ёнидан ўтганда ҳам, унга умуман эътибор бермай ўтаман. Булардан ташқари, бу суҳбатдан кейин яна ҳаётдаги айрим қарашларим ўзгарди. Сир эмаски, ҳозирда ҳам ўшандай «кўча қизлари», «тунги капалак»лар учраб туради. Айниқса, кечқурунлари истироҳат боғларига борсангиз, айрим дискотекаларга назар солсангиз ёки бошқа баъзи жойларга сайрга чиқсангиз, улар яққол кўзга ташланиб, гоҳо ўзига чорлаб туради. Домланинг ўша гапидан бери, мен бундайларни кўрганим заҳоти, ўзимча уларнинг кексалигини тасаввур қилмоқчи бўламан. Уларнинг хаёлимда гавдаланган «кексайган нусха»си худди ўша тиланчи кампирга ўхшаб чиқаверади... Тағин, кекса тиланчиларни кўрганда ҳам беихтиёр ўйлаб кетаман: уларнинг ёшлиги қандай ўтган экан-а?.. Ҳозир бола-чақалари бормикан, ёки бўлсаям ундан воз кечишганми?.. Хўш, ўзимиз қандай яшаяпмиз? Умр дафтаримизни қандай ишлар билан тўлдириб бораяпмиз? Эртага кексайганимизда қандай аҳволга тушар эканмиз? Биз ҳам тиланчига айланиб қолмаймизми меҳр тиланчиси, оқибат тиланчиси, ширин сўз тиланчиси?..

211 99. Ҳикматилло Аҳатов. Internetda bir kun Bir kun... bu muddat uzoqmi yoki qisqami? Biror ishni bitirish kerak bo'lganda qanchalik tez o'tadi-yu, kimnidir kutayotganingizda qanchalar imillaydi... Virtual olamda bir kun qanday o'tarkin? Internetda bir kun davomida nimalar ro'y beradi? Quyidagi infogramma shu savollarga javob beradi. :Bir kunda Internet tarmog'i orqali uzatiladigan axborot hajmi 168 million dona DVD-diskni to'ldiradi. :Bir kunda 2 millionta yozuv (post) kiritiladi. Bu mashhur "Time" jurnalini 770 yil chiqarishga yetarlidir. : Bir kunda 294 milliarddan ziyod elektron xat yuboriladi. Buncha xatni jo'natish uchun oddiy pochta bo'limi ikki yil tinimsiz ishlashi kerak. : Bir kunda 172 million nafar odam Facebookga, 40 million nafar- Twitterga, 35 million nafar- Odnoklassnikiga, 22 million nafar- Linkedlnga tashrif buyuradi. : Bir kunda Facebookda 4,7 milliard daqiqa o'tiriladi. Bu qariyb 9000 yil deganidir. : Bir kunda 532 million marta statuslar yangilanadi. : Bir kunda Facebookka 250 millionta fotosurat yuklanadi. Bu fotosuratlar ustmaust taxlansa, mashhur Eyfel minorasining 80 tasiga teng bo'lardi. : Bir kunda 22 million soatli TV- shou va filmlar tomosha qilinadi. Dunyo kinoteatlari jamlansa, buncha kinofilmni ko'rsatish uchun uch kun ketadi. : Bir kunda YouTubega soatli video yuklanadi. Bu tinimsiz 98 yil ko'rishga yetadi. : Bir kunda 18,7 million soatli musiqa tinglanadi. Agar shuncha musiqani eshitishni eramizning birinchi yilidan boshlaganimizda edi, yemay- ichmay, uxlamay tinglaganda ham, hanuz oxiriga yetib bormagan bo'lardik. : Bir kunda smartfonlar uchun 1288 ta yangi dastur qo'shiladi va 35 milliondan ziyod dasturlar yuklab olinadi. : Bir kunda ta iphone sotiladi, xuddi shuncha nafar chaqaloq tug'iladi,lekin vafot etish hisobiga o'sish kamroq bo'ladi.... Ana shunday ma'lumotlar. Savol tug'iladi: Internet tarmog'iga haddan ortiq bog'lanib qolmayapmizmi?

212 100. Ҳумоюн Анваров. "Qolip"dagi domlalar va "stress"dagi talaba... yil,...avgust. Ne-ne umidlar, ming bir mashaqqatlar bilan talaba degan sharafli baxtga erishdim. Shu kundan boshlab 2-sentyabrni kuta boshladim qanchadan qancha orzular bilan. Kutilgan kun yaqinlashib keldi va avvaldan tayyorlab qo'yganim talabadan talab qilinadigan formada oliygoh tomon yo'l oldim. Toki o'qishga kelguncha, u yerdagi har bir narsa meni hayratdan yoqa ushlashga majbur qilsa kerak deb o'ylagandim. Yakunda shunday bo'lib chiqdi. Bugun sizga mana shu hayratlarim haqida so'zlab berishga harakat qildim. Oliygoh darvozasidan qadam qo'yar ekanman, talabalarning kiygan kiyimlari meni hayratga soldi: mnega o'xshagan adashib formada kelganlarni aytmasa deyari hamma garderobidan ilk ko'ziga ko'ringan kiyimni kiyim ulgurmay kelgan "talabalar". Ilk hayratimni boshqalardan yashirib o'quv xonasiga yo'l oldim... Bu yog'i men umuman boshqacha edi... va haliyam boshqacha davom etyapti. Bilasizmi, menga oliygohda u qaysi fan bo'lishidan qat'i nazar o'z fanining daholari dars bersa kerak deb o'ylagandim, meni qiynayotgan savollarga javob topaman deb kelgandim institutga, tasavvur qilganim domlalar umuman boshqacha edi mening "Talabalik dunyoimda". Yakunda esa hammasi boshqacha bo'lib chiqdi. Maktabdagi fizika o'qituvchim tushuntirib bera olgan "Arab bahori"ni, oliygohdagi tarix o'qituvchim tushuntirib berolmasligi, ingliz tili o'qituvchimning Angliyadagi davlat boshqaruv tizimini izohsiz qoldirishi meni hayrat ko'chasining o'zim kirib chiqmagan ko'chalari tomon yetaklay boshladi. Bular hayratlarimning debochasi ekanligini keyinchalik tushunib yetdim. Sababi, qaysi bir yo'nalish, qaysi bir ustozga qaramay hammasining ko'zida bir dard yonadi: oila tasvishlari, rahbariyat tomonidan talab qilinadigan qog'ozlarni, hisobotlarni eson-omon topshirib olish.. va yanna allambalo narsalar. Sessiya yaqinlashib boshlasa, guruh sardorining qo'liga qarab turgan "domla"larni ko'rganimda, "domla"ning og'ziga qarab narxni kutib turgan guruh sardorini ko'rganimda ko'nglim aynib ketgan vaqtlar ham bo'ldi.

213 Hammasidan ham umid qilganim, oliygohda yangicha darslar, yangicha ta'lim metodikasi... Biroq, bunda ham qo'ynimni puch yong'oqqa to'ldirishdi. Abiturientlikda o'qiganlarim eng so'nggi olgan bilimim bo'lib qolishini bilib, o'z ustimda ishlashga qaror qildim. Zero, anglab yetdimki, 90-yillar va undan avvalgi yillarda yozilgan darslik hamda o'quv qo'llanmalari bilan hech narsa qilib bo'lmaydi. O'z ustida ishlashdan to'xtab qolgan, o'sha eski kitoblardagi ma'ruzalarni yodlab olib, bizga aytib berayotgan "domla"larni qolipdagi domlalarga o'xshatdim. Kompyuterda MS Office dasturida ishlashni arang eplaydigan, internetda maili yo'gu, talabadan "sayt" ochishni o'rganishga "ahd qilgan" domlalarni ko'rib og'rindim. Domlalarning holatini ko'rib emas, o'zimning holatimni ko'rib og'rindim. Men uchun akamu, singlimning rizqidan qirqib kontrakt to'layotgan otamning "o'g'lim poytaxtda o'qiyapti" deb kulib turgan nigohi ko'z oldimdan o'tganida ularni o'ylab og'rindim. Menga o'xshagan yana qancha talabalar ilm istab poytaxtga kelib mening holimga tushayotganliklarini bilganimda og'rindim. "Ikki" bahogayam noloyiq talabalar, oliygohni bitirib "yetuk mutaxassis" bo'lib yetishayotganini ko'rganimda, ertaga ulardan qanday kasb egasi chiqarkin degan javobsiz savolni o'ylab og'rindim. Mana shunday og'riqlar qiynab tashladi. "Qolipdagi domla"larning berayotgan allambalo topshriqlaridan mustaqil o'qishga vaqt topolmay qiynalib ketdim. Bizda OLIY TA'LIM tizimini qayta isloh qilish kerakligini kimgadir baralla aytgim kelyapti, lekin andisha... Savol qiynamoqda: nima qilay, talabalikdan ketsammikan? Maslahatingizga muhtojman... PS.: Rad qilmayman, o'z sohasining yetuk namoyondalari, hurmatga loyiq USTOZlar ham talaygina. Biroq, bugun ularni sanash uchun bir qo'limdagi barmoqlardan bir nechtasi ortib qolmoqda. PS.2:Bu yozganlarim, meni qiynayotgan savollar. Javob izlamoqdaman...

214 101. Ҳумоюн Мирзо Мадаминов. Londondagi yana bir "SABOQ" Londonda Uysiz odamni o`zi yo`q(ruschasiga "Bomj"larni nazarda tutyapman) degandi Economics fanidan leksiya o`tadigan domlam Dr.James Paulton bir paytlar... Soat 00:10. Doimgidek Velosiped mingan holda Canary Wharfdan Westferry circus station atrofi bo`ylab ishdan qaytmoqdaman...svetoforning qizil chirog`ida tursam qolida "Homeless.Hungry.Need help to survive" qalin qog`ozga yozilgan so`zlarni ushlagan, soqol mo`ylovlari olinmagan yoshdagi kishi yonimga keldi va Qornim judayam och 1 pound bolsada berib keting deb oldimga keldi.avvaliga doimiy aroqxo`r ishyoqmaslardan biri dedim yo`lda davomlamoqchi bo`ldim.shu zahoti qandaydir qiziqish boldimi yoki ishtiyoq yashil chiroq yondi hamki men chetga o`tdim va suhbatlashmoqchi boldim.. -Ismingiz nima? U boshqacha nazar tashladida Bog`ilgan ovozda -John! dedi.yana so`radim -Nega shart-sharoitlar talay bolsada,ishlab pul topmaysan? yashash uchun yaxshi yashash uchun kurashish o`rniga odamlardan pul so`rab tilanib yuribsan.. -Menga Pul bersang ber bo`lmasa sen bilan ortiqcha vaqtimni ketkazgim yo`q..dedi Birdaniga jahlim chiqdida -Shunchalik band odammidingki vaqting yo`qligini ro`kach qilasan...dedim. Sekin yerga o`tirdi va shivirlagan ovozda -Ha,ko`zingga judayam bechora ko`rinyapman to`g`rimi?dedi -Tabiiy, kiyimlaring kir, yirtilgan o`zing oylardir oynaga qaramagan ko`rinasan..dedim -Yo`q.adashding meni shu East Londonda 2 xonali uyim bor.uyga kam boraman 1 yo 2 haftada 1marta. -Nega uying yashashga joying yetarli bo`la turib ishlab yaxshi yashamaysan?? so`radim undan asosiy mantiqqa kochdi va so`zida davom etdi - Yoshligimda nufuzli bo`lmasada oliygoh talabasi bo`ldim.o`qishni tugatib soham bo`yicha ishga kirdim.yoqtirgan qizimga uylanib hayot kechira boshladim.eng baxtli onlarda qiz farzandli bo`ldim.hayotimdan mamnun edim.28 yoshimda ishimdan martaba oshib bolim menejeri boldim.pulim kopayib bayram maishat ichkilikka berildim.orada ishdan boshatildim va qarzlarimni qaytarish jarayonida "Dori"ga ruju qo`ydim.kun kun ora "eski tanishlar"ni yo`qlab turardim.shunchalik "Dori" va ichkilikka mukkasidan ketdimki Hotinim, sevimli insonim mendan yuz ogirishgacha bordi.bu hammasi yaqin yillarda sodir bolayotgan holat. Ayolim qizim

215 Lucy ni bunaqa notinch oilada katta bolishini istamadi va o`zi tugilgan Birminghamga olib ketishga majbur bo`ldi."addiction"(organib qolish) borgan sari zo`rayib boraverdi.hozirgi kungacha shu alfozda kun kechirmoqdaman... deya ho`rsinib tugalladi.men bo`lsa -Then you are begging from people for Drug and Alcoholic lifestyle but for food in fact? U bolsa hech narsadan uyalmay -"Gov.Benefit" (pensioner kabi tushuncha)chilar ro`yhatidaman.u mening oziq ovqaatimga yetib turibdi lekin asosan odamalardan dori uchun pul so`rayman..yegulikka har yerdan topiladi dedi. Holatidan kelib chiqib u odamda hech qanday ijobiylik ko`rmadim va hayrlashishnida o`zimga ep ko`rmay yo`lda davom etdim... Zero..O`zbekistonda ko`p tanishlarimda kuzatganim.maktab davridanoq o`z hayot tarzini buzuqliklarga almashgan, yashash sharoiti yaxshi bolsa ham uylantirib hotin bola-chaqasinida otasini qaramogiga topshirib taralla bedod qib yurganlar, harakat qilib qo`liga 5 4so`m pul tushib bosar tusarini bilmasdan sayoq it kabi kechasi bilan kirmagan teshigiyu yotmagan "to`shagi" qolmayotgan akalar...o`sha maktab paytidagi berilgan yaxshi sharoit qaytib berilmasligini,guldek ayol shirin farzandlariz va har qanday sharoitda boshizda turadigan "Ota- One" bir umr-sizga boylab qoyilmagan,kun kelib hozirgi berilgan omad kelayotgan havodagi jaraq-jaraq pullar ham doimiy emasligini,ozgina yosh otib borayotgan disco bar clublaru qanaqadir "Burchakdagi DOM"larga borishga ojizlik qilib qolishligingizni anglab,kerak bolsa iltimos tariqasida qabul qilsangiz ham HOZIRDAN KO`ZNI KATTAROQ OCHISHLIKNI SO`RAYMAN. Hamma narsa insonning o`z qo`lida..yaxshi yo yomon bo`lish, savobu gunohni fikr qilish,oq va Qorani bir biridan ajratish hamma hammasi insonni o`z qolida. Ota Onalarimizning shunchalik to`g`ri yo`l ko`rsatib Tarbiyat etganligiga Allohga shukr.

216 102. Shavkat Homidjonov. Kim bo'lsam ekan? Dasturchi! Ha ayni shu savol ko'pchilik yoshlarimizda muammoli holatni keltirib chiqaradi. Gap dasturlovchilar axborot texnologiyalari sohasining bo'lajak mutaxassislari haqida ketmoqda. Bu soha yurtimizda endi bo'y ko'rsatayotgan davrda axborot va kompyuter texnologiyalari, dasturlash kabi hozirda dunyo bo'yicha eng zamonaviy hamda top reytingda turuvchi soha va uning mutaxassislari dasturchilar haqida ko'pchilik yurtdoshlarimiz yetarlicha tasavvurga ega emas. Shu sabab hozrida ayni kasb tanlash davrida bo'lgan yuqori sinf o'quvchilari orasida axborot texnologiyalari nima, oddiygina kompyuter yordamida qanday qilib tadbirkorlik qilish yoki kelajakda «non topish» kabi savollarni o'ylab ko'radiganlari yoki ularga yo'l ko'rsatuvchi ota-onalar, o'qituvchilar orasida aniq tasavvurga egalari kamdan-kam. Nafaqat o'quvchi yoki ta'lim hodimlari, balki davlat va jamoat muassasalari, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbar-hodimlar orasida ham axborot texnologiyalarini qo'llagan holda ish unumdorligini oshirish, resurslarni tejash kabi tushunchalar endi shakillanib bormoqda. Ho'sh shunday davrda ayni bugun qaror qabul qilish ostonasida turgan yoshlarga nima maslahat bera olamiz? Real soha bilan tanishtirish va ularda axborot texnologiyalariga bo'lgan ishonchni oshirishda qay yo'sinda ish olib borish kerak? «Druzyalarim» Ko'pchilik yoshlar orasida faqatgina mobil telefonlar yordamida «sayt ochish» va sevimli «odno», «agent» va shu kabi tarmoqlarda gurunglashish, o'z ijodlarini (tesha tegmagan gaplar, dil izhorlari-yu anekdodar, nomini yoki nikini etmaysizmi?, barchasi «orginal»), nafaqat ijodlarini, balki qimmatli vaqtini ham ayni shukabi tarmoqlarda sarflashlari hech kimga sir bo'lmay qoldi. Oddiygina muloqotga bo'lgan extiyoj kundan kunga chegara bilmay bormoqda. Lekin, bu qurilmalar, bu dasturlar, bu «odno»lar qanday qilib ishlaydi, kimlar yaratadi, qanday qilib yaratiladi degan savollarni o'ylab ko'radigan yoshlarimiz qancha ekan? Bugun vaqt va mobil aloqa kompaniyalarining «beminnat» xizmatlariga sarflanayotgan mablag'larimiz, ular yordamida kolleksiya kabi to'playotgan «druzyalarimiz» ertaga bizga qanchalik yordami tegadi? 9-sinfni tamomlash arafasida qaysi sohani tanlayman? Kasb-hunar kollejini bitirgach qayerda ishlayman yoki qaysi oliygohga «xarakat qilib ko'raman»? Keling, bu haqida real hayotga nazar tashlagan holda fikr yuritib ko'raylik. Axborot texnologiylari haqida eshitganmisiz? Ha kompyuter, internet klub, feysbuk, «odno» kabilar bilan juda ham yaxshi tanishsiz. Mobil telefondan foydalana bilasiz. Lekin axborot texnologiyalari (AT) haqidachi? U nima, qanday soha, nima ish qiladi, qanday foydasi bor degan savollar bilan atroflicha qiziqib ko'ring, chunki kasb tanlash, oliygoh tanlash ostonasidagi har bir o'quvchi kamida 5-6 ta variant bilan tanish bo'lishi va ular orasidan ma'qulini tanlay olishi kerak. Keling sizga oddiyroq til bilan tushuntirib ko'ray. Yuqorida biz aytib o'tgan va siz hozirda foydalanayotgan kompyuter, internet klub, feysbuk, «odno» kabilar barchasi axborot texnologiyalarining mahsuli. Ularni eng oddiy misol sifatida ko'rsatish mumkin. Axborot

217 texnologiyalari bu keng qamrovli soha, unga misol sifatida siz bilgan quyidagilarni keltirib o'tamiz: 1. Kompyuter, mobil telefonlar, internet (qiziq, soniyalar ichida habarlar almashyabsiz) 2. Raqamli televideniya, TV, DVD (istalgan ko'rsatuv yoki filmni sifatli tomosha qilmoqdasiz, yoki diskini sotib olasiz, ayniqsa reklamalar va multiklarni aytmaysizmi effektlarga boy) 3. Zamonaviy tibbiy tashxiz qurilmalari (shifokorlar qanday qilib tana a'zolaringiz ichini ko'rishmoqda?) 4. Masofadan boshqarish qurilmalari (TV va avto pultlar) 5. Zamonaviy avtomashinalarda salondagi ko'pgina aqilli funksiyalar (radio va musiqa qurilmalari, gps yo'l ko'rsatgichlar, kamarni taqmasangiz ti-tillab ham qo'yadi) 6. Ko'cha to'la reklama bannerlari (Yuzi rosa tiniq ekanmi fotoshop qilishibdi) 7. Avtoregistratorlar (Toshkent ko'chalarida videokameralar, qizildan o'tib ketsak uyimizga GAI dan jarima qog'ozi kelar ekan) 8. Plastik kartalar va to'lov terminallari (qanday qilib pullarimiz shu kichik kartaga joylanar ekan) 9. Paynet (endi gaz va elektr energiyaga ham to'lsak bo'lar ekanmi?) Men yuqorida shu paytgacha eng ko'p uchratganlarimiz haqida oddiygina misollar keltirib o'tdim. Ularning ishlashida axborot texnologiyalari degan sohaning hissasi katta. Ko'rib turibsizki hayotimizda axborot texnologiyalari kirib bormagan sohaning o'zi yo'q. Agar ular haqida yanada chuqurroq bilmoqchi bo'lsangiz axborot texnologiyalari, dasturlash, telekommunikatsiya, elektronika kabi terminlar to'g'risida ozgina izlanib ko'ring, kasb va soha tanlash jarayonida qizizqishlaringizni inobatga olasiz degan umiddamiz. Kelajagi qanday? Bu savol ko'pchilikni qiziqtiradi, ayniqsa ota-onalarni. Aytib o'tganimdek axborot texnologiyalari keng qamrovli soha, men dasturlash sohasida faoliyat yuritib kelayotganligim sababli keyingi fikrlarim ayni dasturlash va dasturchilar haqida bo'ladi. Yurtimizda ayni davrda soha rivojlanib bormoqda, malakali mutaxassislarga bo'lgan talab juda ham yuqori, ayniqsa dasturchilar keraklicha ish va uning ortidan keraklicha daromad topa olishlari haqiqat. Faqat avvaldan bilib olinki, bu sohada tanish bilishchilik ketmaydi, «tankani» ortidan kun ko'rish uzoqqa cho'zilmaydi. Ish va daromad bilim va malakaga qarab bo'ladi. Bu kasbda «leviy» qilish, qo'polroq qilib aytsak tamagirlik yoki kasbini suvistemol qilish, zamonaviy qilib etganda «bizness» degan yomon illatlar va tushunchalar yo'q. Chunki ularsiz ham bilim va tajriba orqali «yaxshi topish» mumkin. Bu nafaqat bizda, rivojlangan davlatlarda ham huddi shunday, malakali dasturchilarga bo'lgan talab va ularning maoshi yoqori.

218 Ho'p, ana o'sha dasturchi bo'lishi uchun nimalar qilinadi? Quyidagi gaplarni o'quvchiga qarata aytib o'taman, agar siz ota-ona yoki o'qituvchi bo'lsangiz ularni farzandingiz yoki o'quvchi sifatida tushunib oling. Keling endi bo'lajak dasturchi hozirdan nimalarga e'tibor berishi kerak, bu sohaga kirib borishingiz uchun qaysi yo'llarni bosib o'tasiz? Avvalambor maktabni bitirayotganlar uchun aniqlashtirib olaylik. Aniq fanlar fizika, matematikaga qiziqish va qobilyatingiz qay darajada, mayli, geniy bo'lishingiz shart emas, maktabdagi nisbiy 4 baho bo'lishi bu minimal, 5 yoki qobilyat bo'lsa undan ham yaxshi. Agarda aniq fanlarga qiziqmayman desangiz dizayn, chizmachilik, umuman olganda rasm chizishga iqtidoringiz bormi, demak yaxshi, chunki hozirda kompyuter grafikasi degan yo'nalish ham borki ularga ayni shu talab qo'yiladi. Agarda hali maktabni tugatmagan bo'lsangiz hozirdanoq qobilyatlaringizni sinab ko'ring, maktab kompyuterida o'yin o'ynash yoki informatika darsida bekor o'tirish o'rniga ular bilan jiddiy shug'ullaning, shu sohada ishlovchi tanishlardan yoki informatika o'qituvchingizdan siz uchun qiziq bo'lgan savollarni so'rang. Hozirda deyarli ko'pgina oilalarda shaxsiy kompyuter mavjud. Uyda vaqtingizni internet klub yoki shaxsiy kompyuterda o'yin, kino, klip, musiqa yoki «odno» ga sarflash bilan emas foydali dasturlar bilan shug'ullaning, "Informatika" darsligida berilgan topshiriq va mavzularni to'liq o'zlashtirishga harakat qiling. O'rta-maxsus ta'lim Maktabni tamomlagach litsey yoki kollejga yo'llanma olasiz. Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar aniq fanlar yo'nalishidagi akademik-litseylarga yoki axborot texnologiyalari yo'nalishi mavjud kasb-hunar kollejlariga borish tavfsiya etiladi. Chunki hozirda har bir tumanda kasbhunar kollejlarida kompyuter va axborot texnologiyalariga yo'naltirilgan guruhlar mavjud. Siz agar kollej yoki litsey o'quvchisi bo'lsangiz kompyuterda ko'proq amaliy mashg'ulotlar (dasturlar) bilan ishlang: Word, Excel, Photoshop, Pascal, Delphi, Html haqida bilib oling va ular bilan ko'proq shug'ullaning. Agarda qandaydir natijalarga erishayotgan bo'lsangiz 2-3 kurslarda qo'shimcha malaka olish uchun xususiy o'quv markazlariga borish xam tavfsiya etiladi. U yerda hozirda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha boshlang'ich bilimlarni egallay olasiz: 1. Offis dasturlari (Word, Excel, PowerPoint, Internet va ) 2. Kompyuter grafikasi (Photoshop, CorelDraw, 3D-Max, AutoCad) 3. Daturlash tillari (Delphi, C#, HTML/PHP) Agarda shaxar yoki tumanda bu kabi kurslar mavjud bo'lmasa ayni shu dasturlarga oid qo'shimcha adabiyotlar, internet materiallari, videodarsliklar qidirib toping. Bu davrda siz internetda mustaqil ishlay olishingiz, undan kerakli mavzularni qidirib topish va o'zlashitirish malakasiga ega bo'lishingiz kerak. Google bilan qalin do'st bo'lib oling. Bu sohada kompyuterda qancha ko'p amaliy o'rgansangiz shuncha foyda. Yana alohida takidlaydiganimiz bu albatta chet tili: ingliz va rus tillari. Shu ikki chet tilini muntazam o'rganish ham talab qilinadi, chunki sohadagi barcha yangilik va adabiyotlar ingliz va rus tillarida. Kamida soha atamalarini va texnik jumlalarni tushunib borishingiz kerak, qolgani o'qish va ish jarayonida bo'laveradi. Oliygohda

219 o'qimoqchi bo'lganlar matematika va fizika kurslarini ham yaxshi natija bilan o'zlashtirishlari kerak. Kelishib olaylik agar matematika va fizikaga tobingiz bo'lmasa kollej davrida kamida siz Photoshop yoki AutoCad yoki 3d-Max kabi amaliy dasturlarda mustaqil ishlay olishingiz kerak. Oliy Ta'lim Qiziqishlaringiz va intilishlaringiz haqiqiy bo'lsa va qandaydir natijalarga erishayotgan bo'lsangiz, keyingisi esa albatta oliygoh. Kollejni tamomlab ishlovchilar esa quyidagi sahifa orqali sohaga endi kirib kelayotgan dasturchilar haqida ajoib maqola bilan tanishib chiqishlari mumkin. Oliygohda davom etaman deydigan bitiruvchilarga quyidagi oliy o'quv yurtlari tavfsiya etiladi. Birinchi navbatdatoshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti yoki uning Qarshi, Samarqand, Nukus, Urganch, Farg'ona filiallari. Bu universitet va uning filiallari so'nggi yillarda zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bilan jihozlangan yurtimizdagi yetakchi universitet hisoblanadi. Ta'lim jarayoni ham 2013 yildan boshlab jahon standardlari asosida tashkil etildi. Axborot texnologiyalari bo'yicha nafaqat O'zbekiston, balki O'rta Osiyodagi yetakchi universitet hisoblanadi va yurtimizdagi axborot va telekommunikatsiya sohasiga ilg'or mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Batafsil oliygohning internet web-sahifasi orqali tanishing. Universitetga kirish imtixonlari quyidagi fanlardan test sinovlari asosida olinadi: 1. Matematika 2. Fizika 3. Ona tili va Adabiyot 4. Ingliz tili 4 yillik bakalavr bosqichida soha bo'yicha keraklicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz, buning uchun shart-sharoitlar yetarli, faqat hammasi o'zingizga bog'liq. Iqtidorli talabalar uchun chet el oliy o'quv yurtlarida ta'lim olish bo'yicha grantlar juda ko'p, yoki magistratura bosqichi. Boshqa oliygohlar haqida ma'lumotlar keltirib o'tmadim, sababi oddiy. Fudbol o'ynash uchun fudbol stadionga borasiz, suzish maydonchasi yoki tennis kortiga emas. Real ishlab chiqarish. Hozirda yurtimizda har bir yuqori davlat idorasida Axborot Texnologiyalari bo'limi mavjud. Bundan tashqari ushbu sohada mahsulot (dasturlar va xizmatlar) yetishtiruvchi davlat va xususiy firmalar yildan-yilga ko'payib bormoqda. Chet el kompaniyalarining yurtimizdagi dasturchi-muhandislar bilan aloqalari rivojlanib bormoqdaki hozirda masofadan turib ishlash imkoniyatlari ham mavjud. Hozirda real ishlab chiqarishda quyidagi mahsulot va xizmatlar taqdim etilmoqda:

220 1. Axborot tizimlari 2. Boshqaruv tizimlari 3. Mobil qurilmalar uchun dasturlar 4. Web-dasturlar, internet-saytlar 5. Dasturlash va AT bo'yicha ta'lim va malaka oshirish kurslari 6. Kompyuter ilovalari va ma'lumotlar bazasi 7. Kopmyuter tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish...va boshqalar. Bu hozirgi holat, siz oliygohni bitirib chiqquncha bo'lgan 6-8 yil orasida bularning safi 4-5 barobar ko'payishi aniq. Demak, kelajakda ish va ishga joylashish bo'yicha xavotir olmasangiz ham bo'ladi. Xozircha faqatgina astoidil o'qish va izlanish talab etiladi. Chet davlatlarda qanday? Bu haqda qisqacha. Dunyo bo'yicha dasturchilarga talab yuqori, ish sharoiti va oylik maoshi bo'yicha dasturchi-muhandislar reytingi yuqori o'rinlarda turadi. Yevropa va AQSHda hozirgi kunda dasturchilar yiliga eng minimal $20000-$30000, malakali va tajribali dasturchi muhandislarga $60000-$ atrofida oylik maoshi taklif etilmoqda. Bu albatta, aniq statistika emas, kuzatuvlarim hulosasi. Masalan dasturiy mahsulotlar va dasturchilar yetqazish bo'yicha dunyoda eng oldingi davlatlardan biri Hindistonda deyarli barcha maktab o'quvchilari axborot texnologiyalari nimayu, dasturchi bo'lish uchun nima qilish kerak, hammasi bilishadi, ota-onalar farzandlarini kelajakda albatta dasturchi-muhandis bo'lib yetishishlarini orzu qilishadi. Yoshlar shu sohani egallash uchun astoidil o'qib izlanishadi. Bizda bankir, iqtisodchi, xarbiy bo'lishni qanchalik xohlashsa, ularda dasturchi-muhandis bo'lishga shunchalik qiziqishadi. Bu yerda IBM, Oracle, InfoSys, Symantech kabi dunyoga mashxur kompaniyalarning yirik IT parklari mavjudki har yili yetishib chiqayotgan minglab mutaxasisslarni o'ziga jalb eta oladi. Jamiyatda axborot texnologiyalari ahamiyati, uning qanchalar iqtisodiy kuchga ega ekanligini, hozirda aqliy mehnat orqali farovon va barqaror hayot kechirish mumkinligini o'z hayotiy tajribasida sinab ko'rgan bu jamiyat o'z taraqqiyotida yuksak bilim va malaka birlamchi iqtisodiy resurs ekanligini isbotlab kelmoqda. Yurtimizda ham soha rivojlanishda davom etmoqda, bunda albatta uning kelajagi bugungi Siz aziz yoshlarga bog'liq. P.S. Bloggerlarimiz va o'quvchilarimizdan ayni shu mavzu bo'yicha qo'shimcha taklifmulohazalar kutib qolaman, maqsad, ushbu mavzuni yanada kengroq va to'liqroq yortigan holda O'zNetda, davriy nashrlarda kengroq yoritish bizni vazifamiz. Ushbu mavzuni maktab va kollej o'quvchilari, ota-onalar orasida kengroq yoritishda yaqindan yordam berasiz degan umiddamiz.

221 103. Шахзод Раҳмонов. Umid bilan yashang Dunyoga keldik, yashayapmiz va bir kun bu dunyoni tark etamiz. Ammo ushbu dunyoda nima uchun yashayotganimizni bilmaymiz gohida. Nega tug'ildik, ayting, nega? Yashamoqdan maqsadimiz ne? O'y-xayollarimiz bisyor ammo ularga javob yo'q. Yashaymiz nimanidir umid qilib, nima uchundir intilib va ana shu intiqlik, umid bizga yashash uchun kuch beradi. Lekin har doim ham mana shu ishonch bilan yashay olmaymiz, gohi g'am-g'ussaga botgancha o'tiramiz. Biroq g'am-g'ussaning foydasi yo'q. Shu damda o'zingizga savol bering. Men hozir afsuslanganim bilan bo'lgan ish orqaga qaytadimi? Javob esa hamisha bitta: "YO'Q". Shunday ekan endi uni UNUTISH lozim, faqat UNUTISH. Shunda siz hayotga boshqacha nazar bilan qaray boshlaysiz, shunda siz go'zalliklarni ko'ra olasiz. Yana hayot siz uchun o'z ajoyibotlarini ko'z-ko'z qila boshlaydi, yana ajoyibotlar olami sizni o'z bag'riga chorlaydi. Yana siz Baxtli bo'la olasiz. UMID bilan YASHANG va shu UMID ila BAXTIYOR bo'lasiz!!!!

222 104. Шерзод Ғайбуллаев. Men Jinniman! Nihoyat, 15 minutlar nari-beri asabbuzarlikdan so'ng, blogim ochildi. Bu yerda shu ham problema. Endi nimadir yozish kerak. Kecha birinchilar haqida yozudim. Bugun shuni davom ettirsammikan yoki ikkinchilar haqida yozsammikan? :) Raqamlardan boshqa mavzu qurib qolibdimi deydigan odam yo'q. Nima ham derdim hamma topganini yozadi. Bugun 2014 yilning 8-yanvari. Hayron qolmang. Shunchaki kalendarga qaradim. Nimadir boshlamoqchi bo'lsam, yoki shunday boshlay olmasam, shunaqa qilaman. Raqamlarga qarayman. Bugun esa yangi yil kelganiga bir hafta bo'libdi. Aniqrog'i 8 kun. Mavzu topilmay turgan bir paytda balkim shu ham mavzu bo'lar? Ehtimol shundan ham biror nima chiqar? Demak bugun ham yana raqamlar haqida...:) Shu yergacha erinmay o'qiganlarga raxmat. Bu yog'iga ham sabr tilayman. Meni yozishga undagan narsa 2014 va 8. Ko'pchilik biladi Xitoyda 4 yomon 8 yaxshi raqam deb qaraladi. O'rni kelganda aytib qo'yay Ozod akaning aytishiga qaraganda Xitoyliklar bizdan ham battaroq irimchi xalq. Nega endi 4 yomon? 8 yaxshi? Buni ham o'ziga yarasha tarixchasi, tasnifi bor. 4 raqami xitoychada 四 ieroglifi bilan yoziladi. O'qilishi esa Si 4-to'nda o'qiladi. Lekin xitoychada 死 Ieroglifi ham bor. Uni o'qilishi ham Si faqat u 3-to'nda o'qiladi va aytilishi bir biriga rosa o'xshab ketadi. Lekin 死 Ieroglifini tarjimasi o'lim degani. O'lim.!...Aynan shuning uchun ham bu raqamni yomon ko'radi xitoyliklar. P/s: raqamda nima gunoh? Aytgancha Sport musobaqalarida va zakovat festevalida ham 4-raqamni yomon ko'rishadi. 4-o'rinni olgandan ko'ra oxirgi o'rinni olgan yaxshiroq degan gap bor. Ha ishoning 4- o'rin juda alamli bo'ladi. Buni bir marta boshimdan o'tkazganman 2012-yil! Endi 8 haqida. Bu ham xitoycha mantiqqa asoslanadi. Nima emush 8 baxt keltirarkan. Nega shunaqa? Yana ierogliflarga qaytamiz. 8 xitoychada 八 o'qilishi ba 1-to'nda. Lekin Xitoyning har hil joylarida shevalar har hil. Ko'plari adabiy tilda gapirmasa bir birini umuman tushunmaydi. Xitoyliklarni aytishiga qaraganda "ba-ba-ba" deyilsa "fa-fa-fa" deb eshtilarmush. (Lekin men hech unaqa eshitmadim) O'sha fa-fa-fa esa xitoychadagi Facai" 发财 Ieroglifiidagi "Fa" 发 ga o'xshab aytilarkan. 发财 "Facai"ni tarjimasi esa boylik, boy bo'lmoq degani. Huddi shu mantiqdan kelib chiqib ular 518 raqamini ham yoqtiradi. Bu raqamni o'qilishi xitoychada 我要发 (wo yao fa) ga o'xshab ketadi 我要发 tarjimasi esa "Menga boylik kerak"degani. Mana xitoycha mantiq qayerda? :) Hamma boy bo'lishni hoxlaydi. Boylik hammaga ham kerak.shuning uchun ham Xitoyda hamma 8 raqamiga tikadi. Hamma omadni 8 bilan bog'laydi. Pekin Olimpiadasini ochilishini 2008 yil 8 oy 8- kuni 8 dan 8 minut 8 sekundigacha to'g'irlab ochilganligini hamma biladi. Yana o'sha Ozod akani aytishiga qaraganda bu an'ana Xitoyning g'arbiy hududlarida paydo bo'lgan bo'lib "Facai" degan o'simlik bo'lgan, va undan taom tayorlashgan. Xitoylarni boyagi mantig'idan kelib chiqib odamlar o'rtasida butun Xitoy bo'ylab shu taomni yeyish avj olib ketgan. Shu sababli hatto boyagi "Facai" degan o'simlik yo'qolib ketish darajasiga kelib qolgan ekan! Shunaqa jinni bu xitoyliklar! :)

223 Joyi kelganda aytay men irim-sirimlarga ishonmayman. Lekin shu raqamlar bilan bog'liq bo'lsa, o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi. Chetlab o'ta olmayman :) Chunki menda bor :) Bu raqam bilan bog'liq ko'p tasodiflar uchraydi. E'tibor qilganlarimni yozaman. Birinchi telefon no'mer olganimni eslayman O'shanda yillar raqam tanlashda shu raqamni tanlaganman. Chunki o'sha paytda litseyda 38-guruhda o'qirdim. Bu menga yoqardi. 11 esa tug'ulgan kunim edi. Keyin e'tibor qilganman tug'ulgan Jizzax viloyatidagi Dashtobod shahrini xalqaro kodi ham 38 ekan. Hatto o'sha paytda dadamni mashinalarini raqami ham 338 edi. Keyin qanday tel no'mer olgan bo'lsam hammasida shu bor. Bu men uchun "kurutoy" raqamga aylangan :) Birinchi marotaba Toshkentga kelib kvartira almashtirganimda (Chorsuga ko'chgandim bilan birga turganmiz) o'zim borib ko'rmaganman. Lekin kechasi ko'chib borayotib uy raqamini qarasam 38-ekan. :) Xullas sanayversam bular anchagina. Yaqinda Xitoyga o'qishga kelganimda yotoqxonaning 11- qavatidan xona oldim. Hammasi yaxshikuya faqat xonamning raqami 1139 da. Manashu yomon :) O'shandan buyon kvartirada turaman :) Aytgancha 3+8=11 bo'ladi :) Darvoqe menga Xitoylarni boya aytganim, so'zlarni raqamlar bilan ifodalashi juda yoqadi. Bunaqa misollar tiqilib yotibdi. Lekin baribir ham eng zo'ri bu sevgini raqamlari! :) Sevgini ular oddiygina deb qo'ya qoladi. Zo'ra? Tarjimasi undan ham zo'r! Yuqoridagiga o'xshab maydalashib o'tirmasdan aytib qo'ya qolaman. Mantiq o'sha o'sha. Hamma gap talafuzda! ni aytilishiga ko'ra " 一生一世我爱你 Tarjimasi: "Mening hayotimda U hayot, o'lmagan. Men seni sevaman" degani. Yoki boshqacharoq aytsak: "Bir tug'ulish, bir dunyo va bir sevgi" deb tushunish mumkin P/s: tarjimada g'alistlik bo'lsa Ozod aka meni kechirgusi albatta! :) Shuncha gapni nega va nima uchun yozganimni o zim ham tushunmay o tirib, ko zim beihtiyor o tirgan kompyuterim raqamiga tushdi. 99-raqam. Ko rdimu o zimni kulgudan to xtata olmadim. Mazza qilib kuldim :) Chunki bu yerda talabalar o rtasida eng mashhur hazl: 你是 99 吗?( Ni shi 99 ma?) Meni Mangoliyalik do stim juda ko p ishlatardi ;) 99 raqamini jinni degan ma nosi ham bor ekan. 你是 99 吗?(Ni shi jiu jiu ma?)tarjimasi: Sen jinnimisan? Men endi tushundim. 我是 99!MEN JINNIMAN! :)

224 105. Шермуҳаммад Абдуғофуров. Navbat Hilola opa bugun vaqtli turdi. Homilador qizi Lobarni shahardagi kasalxonaga olib bormoqchi edi. Lobar, tezroq kiyin, ertaroq bormasak, kasalxonada navbat ko payib ketadi deb qizini shoshtirgan bo ldi. Ona-bola kasalxonaga kirib kelishganida soat 10 dan oshgan edi. Kasalxona koridori navbat kutib o tirgan ayollar bilan to la edi. Hilola opaning hayolidan, bu ketishda peshingacha ham navbat kelmaydi, degan gap o tdi. Qiziga Sen o tirib tur deb kasalxona hovlisiga chiqdi. Sumkasidan telefonini chiqarib tanishi Jahongirga qo ng iroq qildi. - Jahongir, kasalxonaga kelgandik, juda navbat ko p ekan, haligi tanish doktoringizga telefon qilib tayinlab qo ying, bizni navbatsiz chaqirib olsin. - Opa, axir necha marta yordam beraman? O tgan gal ham shunday qilgan edingiz. Bilasiz, bunaqa ishlarni yomon ko raman. Axir, navbat kutib soatlab o tirganlar bor. Ularga nisbatan hurmatsizlik-ku bu! Hilola opa yalinavergach, Jahongir bu so nggi marta ekanligini ta kidlab, rozi bo lishga majbur bo ldi. Tanish doktorga telefon qilib Hilola opaning familiyasini berdi. Ichida doctor uning iltimosini rad etishidan umidvor edi. Oradan besh daqiqa o tar-o tmas kasalxona koridorida Hilola opaning familiyasi yangradi va u qizini yetaklab doktor qabuliga kirib ketdi. Odamlarning norozi nigorlariga javoban: Qo lingdan kelsa, sen ham shunday qil deganday ko zlarini suzib qo ydi. Keyingi hafta Hilola opa ish bilan bankga kirdi. Qarasa, yana navbat. Odatdagidek Jahongirga telefon qildi. Lekin, ming urinsa ham u bilan bog lana olmadi. Nailoj navbat kutib o tirdi. Bir soat deganda navbat kelib, endi kirishga shaylangan edi ichkaridagi odam kimningdir familiyasini aytib chaqirdi. Familiyasini eshitgan odam eshik tomon kela boshladi. Hilola opa yig i aralash: Axir, men bir soatdan beri navbatda turibman dedi. Haligi odam esa eshikni yopar ekan, unga bir qarab qo ydi. Notanish odamning nigohlaridan opaga tanish bir gapni o qish mumkin edi: Qolingdan kelsa, sen ham shunday qil!.

225 106. Шоҳжаҳон Нумонжонов. Toshkent Davla Yurdik Universiteti Amir Temur Sayilgohi Uyerga borib sayr qilmagan odam bo`lmasa kerak, albatta. Amir Temur Sayilgohining g`arb tomoniga ajoyib chiroy bag`ishlovchi, Temuriylar davlati tarixi muzeyi yaqinida joylashgan 3 qavatli Toshkent Davlat Yuridik Universiteti (Muqaddam Instituti 2013 yil 28 iyun dan boshlab Universitet asos: PQ-1990 sonli Prezident qarori) binosi. Ma`lumotlarga qaraganda bu bino XIX asrning 70-yillarida (Tahminiy yillarda) Arxitektor Yanchevskiy loyihasi bo'yicha qurilgan. E`tiborli tomoni arxitektor Yanchevskiy qurgan binolar boshidanoq ikki qavatli bo'lgan. Bu bino Toshkentdagi BIRINCHI yevropalashgan Ayollar va Erkaklar Gimnaziyasi uchun qurilgan. Gimnaziya tarkibida XX asr boshlarida Toshkent Universiteti tashkillashtirilgan. Keyinchalik XX asr boshlarida Gimnaziya o`rnida O'rta Osiyo universiteti joylashgan. 30- yillarda unga uchinchi qavat qo'shiladi va bino Toshkent avtomobil yo'llari institutiga beriladi. Keyinchalik bino Toshkent Davlat yuridik institutining binosiga aylantiriladi. Hozirda bu bino Toshkent Davlat Yuridik Universitetining binosi. Hamda unga Universitet maqomi berilishi munosabati bilan Toshkent Davlat Yuridik Universitetining rasmiy binolari qatoriga muqaddam Markaziy Ofitserlar Saroyi (О.Д.О. yoki Ц.Д.О.) ham berilgan. Hozir binolar qayta ta`mirdan chiqmoqda. Qiziqarli Faktlar: 1900 yil gimnaziyani yirik davlat namoyondasi, siyosatchi Aleksandr Kerenskiy ( ) namunali tamomlaydi, e`tabor qilinga u 1917 yilgi Vaqtinchalik Hukumat boshlig`i bo`lgan yil esa hammamizga ma`lum va mashhur TEleko`rsatuv ham aynan sh makonda yaratilgan ha ha o`sha siz va biz bilgan TEleko`rsatuv! Toshkent Universiteti tinglovchisi Boris Grabovskiy o`sha davrda ajoyib kashfiyotni kashf qiladi va unga patent oladi. O`sha kashfiyot TELEFOTOM deb nomlanadi yilga qadar ushbu binodan O`zbekiston Republikasining tahminiy 60% huquqshunoslari bitirib chiqishgan.

226 107. Шоҳруҳ-Мирзо Раҳмонов. O rganishni o rganish 21-asrda o rganish muammo bo lmaydi, balki o rganishni bilmaslik muammo bo ladi. Alvin Toffler Bir kuni treyning o tayotgan paytimda O rganishni o rganish kerak degan gapimga, o tirgan professor norozilik bildirdi O rganishni ham o rgansa bo ladimi?, bu mantiqsiz gap deya e tiroz qildi. Haqiqatdan ham biz o rganishni bilamizmi? O rganishni o rganishnichi?. O rganish deyilganda xohlagan sohani olishingiz mumkin oliygohlarning kirish imtixonlariga tayyorgarlik ko`rish, chet tillarini o rganish, rasm chizish-u darslarda mavzuni o zlashtirish, sportchilarning o z ustida ishlab xatolarini bartaraf etishidan tortib to butun bir tashkilotni boshqarishgacha bo`lgan barcha sohalarni o z ichiga oladi. Qiziqarlisi shuki, ko`plab o z sohasida yetakchi o zini aqlli deb bilgan insonlar o rganishni bilmasligi hayotda uchrab turadi. Bunga sabab nimada degan savolga, Kris Agirisning fikricha(garvard Biznes Maktabi Professori), avvalo ko p insonlar o rganish nima ekanligini noto g ri tushunadi va o rganishni o z ish stoliga qanday olib kelishni bilmaydi. Shu oqibatida bir qancha xatoga yo l qo yamiz. Xususan, ko pchilik o rganishni shunchaki muammoni yechish deb tor fikr yuritadi. To g ri, muammolarni yechish muhim, lekin haqiqiy o rganish o rganuvchining o zini ichki tomondan o rganib, o z-o zini tahlil qilib, tanqidiy ravishda xatoga tortuvchi odatlarini to g irlab, qayerda va qanday qilib xato qilinayotganini tushunib, keyin shu xatoni bartaraf etishni o z ichiga oladi. Shuningdek, Kris Agirisning o ylashicha, o rganish ikki xil darajad bo ladi: birinchi va ikkinchi darajali. Birinchi darajali o`rganish bu xato yordamida o`rganish va ushbu xatoni qaytarmaslikka aytiladi. Misol uchun siz blogger sifatida maqola yozdingiz va uni ko`pchilik yoqtirmadi, aytaylik shrift noto`g`ri tanlangan, siz o`sha xatoni topdingiz va keying safar ushbu xatoni takrorlamadingiz. Ikkinchi darajali o`rganish esa Nega bunday bo`ldi?, Bunga nima sabab?, Qanday qilib buni takrorlamasa bo`ladi? degan savollar orqali fikrlashingizdagi kamchiliklarni bartaraf etishni o`z ichiga oladi. Hayotda professional shaxslarning ko pchiligi birinchi darajali o rganishni maktabdan buyon o rganib bo lishgan, lekin tanganing ikkinchi tomoniga o tmaydi. Ular bajarayotgan ishida juda muvaffaqqiyatliki, kamdan-kam holatda muvaffaqqiyatsizlikka uchrashadi. Agar to siqlar chiqib qolsa, to g ri xulosa chiqara olmaydi va oqibatda qachonki muammo duch kelsa, ular o zlarini himoya qilishga o tadi, tanqidlarni tinglamaydi, aybni boshqa inson yoki vaziyatga to nkaydi. Haqiqiy o rganuvchi shaxs aybni o zidan va fikrlashlaridan topishga urunib, uni yo q qilish yo llarini qidiradi.

227 O rganish bosqichlari 1960 yillarda bir guruh olimlar biz qanday qilib yangi qobilyatni o rganishimizni tadqiq qildilar. Unga ko ra, biz o rganish mobaynida 3 bosqichdan o tamiz. Keling shu 3 bosqinchi mashina haydash misolida ko rib chiqsak. Birinchi, siz fikrlaydigan bosqichdasiz, mashina haydashni o rganasiz, qo l uzatmalarida shug ullanasiz va yo l qoidalarini o rganasiz. Ikkinchi bog lovchi bosqichda, endi siz har xolda kerakli darajada o rganib bo ldingiz, kamroq xatolar qilasiz, mashina haydaganda musiqa bilan hayday olasiz yoki bir qo lda bemalol ko chada kezasiz, bunda mashinani boshqarishdagi jarayonga kamroq konsentratsiya qilasiz. Uchinchi bosqich esa bu avtopilot bo lib, mashina haydashdan allaqachon usta bo ldingiz, qaramasdan va fikrlamasdan tezlikda uzatmalarni boshqarasiz. Oxirgi bosqichda siz boshqarish ustidan fikrlashingizni yo qotasiz, boshqarish odatlarga odatlanib qolasiz va shu odatlar tufayli ongli ravishda fikrlashdan chiqib ketasiz. Bir tomondan bu unumli, siz endi har doimgi takrorlanadigan ishlarga kamroq vaqt sarflab, sizga yanada muhimroq bo lgan yumushlarga e tibor qaratasiz. Lekin aynan shu bosqichda siz o rganishdan to xtaysiz, hech qanday rivojlanish yo q, doimiy turg unlik, o zingizni qulay zonadan chiqqingiz kelmaydi va o z ustizda ishlashni xoxlamaysiz. Shu bosqichni olimlar OK platformasi deb ataydi, bu xuddi o tib bo lmas devor bo lib, agarda siz uzoq muddat shug ullanish mobaynida mashina haydashda Shumaxer (majoziy ma noda) bo lmagan bo lsangiz, bilingki siz OK platformasidasiz. Shu nuqta havaskor va professional odamlarni ajratadigan devor hisoblanadi, professional inson albatta OK turg unligidan o tib yanada rivojlanadi. Turg unlik devoridan sakrash Florida Davlat Universitetining psixologiya professori Andres Erikson ekspertlarning ekspertlarini butun hayoti davomida o rgandi, ularning o rganish qobilyatlari va qanday qilib istisnoiy muvaffaqiyatga erishganlari ustida tadqiqotlar qildi. Bitta asosiy g oyasi shuki, istisnoiy muvaffaqiyatga erishish tug ma emas aksincha hayotdan o rganilgan - ASlarning ASlari OK platformasini aqlan yenganlardir. Labaratoriyada olib borgan tadiqoqtlarda turli sohaning ASlarini o rganib chiqildi : musiqa daholari, figurali uchish masterlari, shaxmat groysmesterlari, basketbol o yinchilarining xotirasi, professional aktyorlar va hokazo. Natijada deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlarda bir xil ishlash usuli va fikrlash tizimini topildi. Shu munosabtdan A.Erikson OK turg unligini yengishga 3 maslahat beradi: 1) Sanoq emas, Sanoqli Sifat muhim!! Havaskor pianino chaluvchi bilan proffessionallarini farqi shunda ekanki, havaskor ko p mashq qiladi, proffessional esa ko proq SIFATLI mashq qiladi. Ko r-ko rona ko p o z ustida ishlash emas, qanday ishlash ustunroq. Bunda hamma narsada shaxmat, basketbol, futbol-u va gitarada o ynashni o rganishda ham

228 maqsad va aql bilan shug ullanishingiz, maqsadli mashqlar qilish darkor. Ayniqsa, sport ustalari oldiga maqsadlar qo yib, o zining qulay zonasidan(osongina shug ullanayotgan mashqidan) yuqoriroq marrani bir xaftada egallayman deb o ziga bosim beradi. Ko pincha biz o zimizning qulay zonamizdan, qolipdan tashqariga chiqishni xohlamaymiz biroq aynan shu chiqish rivojlanishning yo li ekanligini anglash kerak. 2) Xatolar.. xatolar.. va yana xatolar!! Rivojlanishdagi tur gunlikni yengish yo llardan yana biri bu xatolarning sonini keskin ko paytirish xisoblanadi. Negaki, eng daho pianino chaluvchilarni o rganilganda shu narsa ayon bo ldiki, ular qaysi notada ko p xato qilishsa, o sha nota ustida ko proq xato qilib, yaxshilanmagunigacha ishlar ekan. Yoki kompyuter klaviaturasiga qaramasdan yozishni o rganmoqchi bo lsangiz, ko plab xatolar qilishni davom etib, o sha xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish, darhaqiqat, klaviaturadagi yozish tezligingizni oshiradi. Ammo, odatda, maktablarimizda bizni xato qilmaslikka o rgatiladi va xato qilinsa past bahoga loyiq ko riladi. Natijada biz xato qilishdan qo rqib qolamiz. Xato qilishdan qo rqmaslik lozim. Zero, Eynshteyn takidlaganidek siz xato qilmagan bo lsangiz, demak o rganishga ham urinmagansiz. Xatolarni tahlil qilib o rganish va ularni takrorlamaslik, xohlagan sohaning muvaffaqiyat garovi. 3) To g rilovchi tanqid chin ko maklashish demak. Sizdan qobilyati ustunroq odamning ko maklashishi mavzu yuzasidan qanchalik rivojlanayotganingizni ko rsatadi va o rganishga qiziqishingizni oshiradi. Ko mak olsangiz, undan tashqari, xatoyingiz ustida ishlaysiz, xatolarni birma-bir yo qotib, ularning sonini kamaytirasiz. Tanqidiy ko mak qilinganda ham juda ehtiyot bo lish darkor. Ayrim insonlar tanqidni yomon qabul qiladi va to g ri tushunmasligi mumkin. Asosiysi, tanqid shunchaki kamchiliklarni aytish emas, ularni bartaraf qilish usuli bilan aytilinsa katta yordam bo ladi, axir gulzorga qaychi bilan emas, balki tokqaychi bilan kirish lozim. To g rilovchi tavsiyani ustoz yoki sohaning darg alaridan tinglash ayni muddao bo ladi, ularning tajribasi bebaho bo lib chiqadi. Misol tariqasida, futbolda Krishtianu Ronaldoni shu darajaga chiqishida ustozlari Ser Aleks Fergyusson va Rene Melestyanning to g rilovchi tavsiyalari katta ro l o ynaganligini futbol muxlislari yaxshi biladi. Qisqasi, biz o rganish haqida noto g ri tushunchaga egamiz hamda OK platformasiga kelganimizda, bu devordan o tish yo llarini bilmaymiz yoki buni qanday bilishni ham bilmaymiz. Muhimi shu maqoladan o rganishni qanday jarayon ekanligini tushunib, keyingi safar xohlagan sohangizda oqsaganizda xatoyimdan o rgandimmi yoki o rganishni o rgandimmi deb savol bering. Maqolamni boshidagi professorni savoliga esa HA o rganishni o rgansa bo ladi deb javob qaytaraman!!

229 108. Шукуржон Исломов. Таппи тайёрлаш технологияси (Ҳангома) Жамиятнинг барқарор ривожланиши муқобил энергия манбаларига эҳтиёжнинг ортишини вужудга келтиради. Муқобил энергия манбаларини излаб топиш зарурияти замона олимларининг патагига тушган қурт бўлмоқда. Омилкор халқимиз эса минг йиллар илгари муқобил ёнувчини кашф этиб бўлган ва хўжаликда уни мунтазам қўллаб келмоқда Ассалому алайкум. Бугунги сонимизда ТТТ таппи тайёрлаш технологияси ҳақида маълумот берамиз. Таппи бу ҳозирда халқ орасида кенг тарқалган ёнувчан маҳсулот бўлиб, асосан, мол ва қўй дефекацияси натижасида ҳосил бўлган массадан қўл меҳнати билан тайёрланади. Ўзи жуда яхши нарса, қишда жоннинг роҳати.., ҳа, майли чалғимайлик, аввало таппи ясаш учун ўзингизда чорва бўлиши лозим. Айрим ҳолларда баъзилар яқин қўшнилариникидан хомашё олиб чиқиб тайёрлашади, лекин бу унчалик мақсадга мувофиқ эмасдир, сабаби, бу кетишда у ҳам қачондир хомашёни бермай қўйиши хавфи бор. Буни ўзингиз биласиз, биз эса фақат тапписи учунмол боқаётганлар борлигини ҳам биламиз. Гўнгнинг таснифини қиламиз. Қўйнинг гўнги қўтонда қат-қат бўлиб тахланади, жуда бебарака, уни палахсапалахса қилиб кўчириб олиб қуритиб ёқаверасиз, аммо унга турли бадиий кўриниш бера олмайсиз синиб кетади. Молнинг гўнги эса, эҳ, бу қандай яхши нарса! Мол фақатгина қуруқ нарсалар билан озиқланса, гўнги қаттиқ ва мерч бўлади. Сал қуриб қолган бўлса, сув аралаштириб ийлаш мумкин. Пластилин ҳолига келтирилиб таппи ясаш тавсия этилади. Агар мол фақат кўк ўт ё атала истеъмол қилса, унинг гўнги таппи учун жуда мувофиқдир. У ҳолвайтар даражасида суюқ бўлади, табиийки қуюқлаштириш учун кузда сотиб олган кўмирингизнинг хокасини ёки арра тўпонини (опилка) аралаштирасиз. Агар иккови ҳам бўлмаса, 3-4 кун кутсангиз, таркибидаги сув компонентлари ҳаво ва ерга сингиб қуюқлашиб қолади.

230 Таппи учун энг олий сифатли гўнг бу спирт заводининг аталасини (барда) ичган мол гўнгидир. Спирт сўзининг ўзи сизга мазмунни англатган бўлса, таркибига тўхталиб ўтирмадик. Айрим иш қуроллари бўлиши лозим. Қурилиш ашёлари сотувчисидан резина қўлқопни сўрайсиз. - Уч ярим минг (1.75$), намни ўтказмайди,- дейди сотувчи. Пулни тўлаётиб, аста, таппи қилиш учун, деб қўясиз. - Биламан, ака, ҳамма таппи қилиш учун олади. Сизни таппи қилмасангиз керак, деб ўйлаб бошидаёқ айтмагандим, дейди сотувчи. Таппи ясаш учун уйга олға! Ҳарҳолда, кетмон ва катта курак уйингизда топилишига ишончимиз комилроқ. Қишда 2 тоннадан арзон нархда кўмир олиш ҳуқуқингиз бор. Югуриб-елиб, турнақатор, метангазқатор навбатларда ҳормай-толмай сотиб олган бўлсангиз бу катта бойликдир. Чунки ўша кўмирнинг ярми тош бўлса ҳам, қолган ярми қип-қизил хока, яъни кўмир кукуни ҳисобланади. Баъзида орасидан бир-иккита ёнадиганлари ҳам чиқиб қолади. Каравотнинг симтўридан ўтказилган кўмир кукуни таппи билан жуда гаплашади. Кўмир аралаштирилган таппи қишда ўрик ўтин билан беллашади. Кўмир қўшилган таппи қишда олтиндан қиммат! Таппининг хилма хил турлари мавжуддир. Катта пиёладай ғумбак кўринишида ясаш кенг тарқалган. Бунинг афзаллиги ясаш осон, гувала сингари юмалатасиз тайёр. Оғзи тор печкаларга мос келади. Аста-секин ёниб иссиқликни узоқроқ сақлаб туради. Агар тандирга ёқмоқчи бўлсангиз, унда елпиштовоқдек катта таппи ясашни маслаҳат берамиз. Чунки у патир сингари юпқа ва алангаланувчан бўлади. Офтобда тез ва яхши қурийди. Таппининг яна бир кенг тарқалган тури тарелкадай ҳажмда, зуваласимон, ялпоқ кўринишда бўлади. Бу хил таппи ҳам печкада яхши ёнади ва 2-3 соатгача иссиқни сақлайди.

231 Агар гўнг ҳаддан ташқари ифлос бўлса (тавба, тозаси ҳам бўларканми ), яъни хашаклар ва чўплар аралашган бўлса, унда узунчоқ, ўтинсимон қилиб ясаш мақбулдир. Бунда чўпаклар бир даста ҳолида таппининг ичида унинг скелети ни ташкил қилиб, синиб кетишдан сақлайди. Бадиий безак учун тайёр маҳсулотнинг юзига кулган, тиржайган, ғамгин смайликларни тушириш тавсия қилинади. Таппи асосан очиқ ҳавода қуритилади. Духовка ва «ASEL» печларида қуритиш тавсия этилмайди. Таппи арра тўпони (опилка) ёки шоли қипиғи тўшалган, қуёш ва шамолга ўнг бўлган жойда қуритилиши мақсадга мувофиқдир. Эсда тутиш лозимки, тўшамасиз ерда қуритилган таппига тупроқ ёпишиб қолиши хавфи бор. Шунинг учун баъзи таъби нозиклар озодаликни сақлаш учун (яна бир тавба, ифлос ахлат озода бўлганини биринчи эшитишим) целлофаннинг устида қуритишади. Лекин бунда таппи секин қурийди. Тез-тез ағдариб шамоллатиб туриш керак, акс ҳолда пўпанак босиб кўкариб кетади. Таппи ёнганда, баъзилари ўзидан ёқимсиз ҳид чиқаради. Шуниси қизиқки, баъзи тажрибали таппишунос мутахассисларнинг фикрича, умуман ҳид чиқармайди. Агар қўлқопсиз ҳолда таппи ясасангиз (шунақалар ҳам бор) унда иш пайтида сигарет чекиш ва нос каппалаш, бошда жойлашган бирор аъзони қашлаш, бурун ва тишни кавлаш, овқатланиш қатъиян ман этилади. Гўнг димоқни ёргудай сассиқ бўлади, лекин қуриганда ҳиди қолмайди. Ёш оилалар таппи ясаб бўлгач, Palmolive, Dove, Duru, Fax, Camay, Savay совунлари билан қўлни ювиб, салфетка билан артишлари лозим, ўрта яшарлар ўзлари билишади. Келгуси учрашувларимизда электрни иқтисод қилиш учун монтаж ва счетчикни ўзгартириш бўйича маслаҳатлар берамиз. Барчага хонадони қишда ҳамиша иссиқ бўлишини тилаб таппишунослик бўйича умидли тадқиқотчи, нефтгаз қидириш бўйича мутахассис

232 беради 109. Шухрат Дилов. Ўзни англаш зарарли одатлардан халос бўлишга ёрдам Алкоголь ичимликларининг ва тамаки маҳсулотларининг зарари ҳақида том том адабиётлар ёзилган, диссертациялар ёқланган, кўрсатувлар намойиш этилган. Лекин, шунга қарамасдан одамлардаги зарарли одатларни ташлаш оммавий тарзда кечмаяпти. Чунки, ичкиликка ружу қўйганлар ва чекувчилар психологиянинг механик қоидаларини ҳурмат қилишмайди. Агар одам пичоқ билан билмай кесиб қўйган қўли 1 ой мобайнида ҳам тузалмаса, дориларнинг қимматлиги муҳим бўлмай қолади. Қандайин бўлмасин даволаниш ҳаракатига тушиб қолади. Чунки, кесилган яра жой кўз ўнгида намоён бўлиб турибди. Афсуски, ичувчи ва чекувчилар то чириган ўпкасини ёки жигарини қўлларига ушлаб кўрмагунларича зарарли одатлардан қутула олишлари жуда қийин. Бунда улар ҳақиқий материалистларга айланишади. Агар одам учун икки пиёла ароқни ичиб, устидан бир дона сигарета чекиб, бироздан сўнг, жигари ёки ўпкасини қўлига олиб кўриш имкони бўлганида, балки ичувчи ва чекувчилар сони камайган бўлармиди. Лекин, буни ҳеч ҳам иложиси йўқ. Фақат рентгенчиларни ва жаррохларни ҳисобга олмаганда, яъни, вазият оқибатлари мушкул аҳволга келганда ёки охирги манзилга етганда амалга ошириш мумкин. Хўш, нега одам чекиб, ўз рухиятига зарарли одатни сингдиради? Агар чекувчиларни кузатган бўлсангиз, улар ҳар вақт асабийлашишганида чекиш билан ўзларини овунтиришади. Ҳақиқатда эса улар ўз организмларини захарлашаётган бўлишади. Психологик нуқтаи назардан ҳинд донишманди Ошо чекишни болаликка, беғамликка, маъсулиятсизликка қайтиш деб, тушунтирган. Чунки сигарета она кўкрагини тимсоллаштиради. Чекиш катта бўлиш маъсулиятидан қочишга ва қийинчиликларни унутишга вақтинчалик имкон беради. Бу ҳолат алкоголь ичимликларига ҳам тўғри келади. Инсон танасидаги барча бузилишлар унинг миясида пайдо булади. Яъни, бирор бир касаллик одам миясида пайдо бўлмай туриб, организмида пайдо бўлмайди. Масалан, чекувчи сигаретани ҳар гал "тортаётганида" у онг ости даражасида "Менга саломатлик (ўпка, қон томирлари, бронхлар ва б.) керак эмас" -деб, жавоб сигналларини бутун организмига узатиб туради. Биринчи мияда қарор ҳосил бўлади, сўнг, аъзолар иш фаолиятига таъсири келиб чикади. Бошқача қилиб айтганда, аввал мия бузилади кейин ўпка чирийди.

233 Жигар циррози бошланаётган ичувчи одам тиббиёт олимлари билан китоб орқали ёки юзма-юз сухбатлашиб, ичмасликка қатъий қарор қабул қилдими, демак унинг тузалишига қуйидаги психотренинг ёрдамчи терапиялардан бири бўлиб хизмат қилиши мумкин. Психотренингни бошлашдан аввал одам тузалаётган киши образига табассум ва хотиржамлик билан кириши лозим. Машқ шошилинчда бажарилмасагина, кутилаётган натижа ҳосил бўлади. Ўзига қулай шароитда ўтирган ва кўзлар юмилган ҳолда, жигаридан кечирим сўраши керак. Масалан, бу сўзлар қуйидагича ифодаланади: - "Жигарим, кечир мени. Мен сенга жуда кўп азоблар бердим. Лекин сен ҳар доим менга ёрдам бериб келаяпсан. Мен буни тушундим. Энди сени асрайман, ҳар доим, ҳар вақт соғлом бўлишга интиламан. Мен сени яхши кўраман, жигарим". Сўнг, жигар фаолиятидаги ўзгаришлар: ҳужайраларининг янгиланиши, қон айланиши ва ғуборларнинг аста-секинлик билан йўқолишини кўз олдига тасаввур қилиш керак. Бошида кунига икки маҳалдан 10 дақиқа мобайнида шуғуллансангиз етарли. Танамиздаги барча аъзолар жигар каби ажойиб бўлиб, ўз характерига эга. Яъни кечиримли бўлиш, уларни бирлаштириб туради. Юқоридаги машқни бошқа тана аъзоларига ҳам тадбиқ қилса бўлади. Соғ бўлинг. Саломат бўлинг!

234 110. Шуҳратбек Искандаров. Baklashka Lampochka-Bepul Yorug lik Manbai Uzbloggerlar chempionati haqida eshitgach, men ham biron nima qoralashga qaror qildim. Kuni bilan har qancha urinmay, biron-bir maqolani tugallay olmadim. Barchasi ko zimga beo xshov tuyulaverdi. Kechqurun chiroqni o chirib, uxlagani yotdim deguncha, hayolimga yaxshi bir mavzu kelib turibdi-da. Hullas, ozgina bo lsa ham amaliy nafi tegib qolar degan niyatda, svet yoxud chiroq borasida braziliyalik bir mexanikning oddiy, lekin juda muhim ixtirosi hamda uni bizning sharoitda tayyorlash texnologiyasi haqida so z yuritmoqchiman. Braziliyalik mexanik Alfredo Mozer 2002 yilda oddiy 2 litrlik baklashkaga suv to ldirib, rangi o zgarmasligi uchun idshisning ichiga ikki tomchi oxor solib qo yadi. Natijada, uylarni bemalol yorita oladigan bepul lampochkani kashf etadi. Tasodif bilan yuzaga kelgan ushbu kashfiyot hozirda dunyoning turli burchaklarida elektr energiyasi yetib bormagan hamda muhtoj oilalar uylarini bepul yoritib kelmoqda. Masalan, hozrida 40% aholisi kuniga 2 AQSH dollaridan kam daromad olib yashaydigan Filippinda ushbu g oya asosida yoritilayotgan kam daromadli xonadonlar soni 25 mingdan ortiq bo lib, ushbu ko rsatgich 1 milliontaga yetishi kutilmoqda. Kun davomida ushbu lampochkalar kamida 55 voltga ga teng quyosh yorug ligini xonaga yetkazib beradi. Uni tayyorlash uchun esa 5-10 minut vaqt va ozgina homashyo sarflanib, 1 AQSH dollari atrofida sarf-harajat ketar ekan.

I боб

I боб ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ШАРҚШУНОСЛИК ИНСТИТУТИ ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАР ИҚТИСОДИЁТИ ВА МАМЛАКАТШУНОСЛИК ФАКУЛЬТЕТИ УЗОҚ ШАРҚ МИНТАҚАСИ ИҚТИСОДИЁТИ ВА МАМЛАКАТШУНОСЛИК

More information

<4D F736F F D20D1E8E6EE20E6E0EDF0E8E4E020F4E8F2EEEDE8ECE8FF205FD8E0ECE0F5ECF3E4EEE020CDE0F0E3E8E7E05F>

<4D F736F F D20D1E8E6EE20E6E0EDF0E8E4E020F4E8F2EEEDE8ECE8FF205FD8E0ECE0F5ECF3E4EEE020CDE0F0E3E8E7E05F> 1 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ШАРҚШУНОСЛИК ИНСТИТУТИ ШАРҚ ФИЛОЛОГИЯСИ ВА ФАЛСАФА ФАКУЛЬТЕТИ ХОРИЖИЙ ШАРҚ МАМЛАКАТЛАРИ АДАБИЁТИ КАФЕДРАСИ Қўлёзма ҳуқуқида

More information

<4D F736F F D20CAEEF0E5E9F120F2E8EBE820F1EEECE0F2E8EA20F4F0E0E7E5EEEBEEE3E8E7ECEBE0F0E8>

<4D F736F F D20CAEEF0E5E9F120F2E8EBE820F1EEECE0F2E8EA20F4F0E0E7E5EEEBEEE3E8E7ECEBE0F0E8> ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ШАРҚШУНОСЛИК ИНСТИТУТИ Қўлёзма ҳуқуқида УДК: 809,57 : 809,237 ББК: 81,2 (5 кор) Ф-20 ФАЙЗИЕВ ФАРҲОД РАХМАТУЛЛОЕВИЧ Корейс тили

More information

MUNDARIJA Kirish bob. Koreys tilida ot so z turkumining tutgan o rni Koreys tilidagi ot so z turkumining o ziga xosliklari Korey

MUNDARIJA Kirish bob. Koreys tilida ot so z turkumining tutgan o rni Koreys tilidagi ot so z turkumining o ziga xosliklari Korey O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI KOREYS FILOLOGIYASI KAFEDRASI BITIRUV MALAKAVIY ISHI

More information

<31345FBFECC1EEBAA3C5B0BDBAC5BABEEE2E786C7378>

<31345FBFECC1EEBAA3C5B0BDBAC5BABEEE2E786C7378> 1) 서울 1 열두띠동물까꿍놀이 최숙희 보림 다문화도서관모두 2 외국인노동자문화가이드북 문화관광부 문화관광부 2007 다문화도서관모두 2) 경기 1 Aphorisms Navoiy, Alisher Sharq 892.8 ㄴ27ㅇ 과천정보과학도서관 2 books for mind.1 Sharif, Boboxon Muxammad Vektor-press 691.1 ㅅ196ㅂ

More information

I 154

I 154 152 I 154 1 154 ! 155 @ 156 ! 157 C F G B D E A A E D F B 158 @ 159 # 160 (the characteristic octave) 161 $ ppppppppppppppppppppppppppppppppp 1. 2. 3. 162 II 164 1 164 ! 165 166 167 Ut que-ant la - xis

More information

Print

Print > > > 제1장 정치 의회 1. 민주주의 가. 민주주의 지수 나. 세계은행의 거버넌스 지수 다. 정치적 불안정 지수 2. 의회 가. 의회제도와 의석 수 나. 여성의원 비율 다. 입법통계 현황 라. 의회의 예산 규모 마. 의원보수 및 보좌진 수당 3. 선거 정당 가. 투표율 나. 선거제도 다. 정당과 정치자금 4. 정치문화 가. 신뢰지수 나. 정부에 대한 신뢰

More information

감사의 글 짐 스텐츨 발간사 함세웅 서문 무언가를 해야만 했다 제1장 우리의 마음도 여러분들과 함께 울고 있습니다 제2장 고립에서 연대로 제3장 한국이 나에게 내 조국과 신앙에 대해 가르쳐 준 것 제4장 아직도 남아 있는 마음의 상처 제5장 그들이 농장에서 우리에게 결코 가르쳐 주지 않았던 것들 제6장 모든 경계를 넘어, 하나의 공동체 제7장 방관자로 남는

More information

Safe and Humanized Bir t h

Safe and Humanized Bir t h Safe and Humanized Bir t h 4 5 6 7 8 9 1 0 1 1 1 2 1 3 1 4 1 5 1 6 1 7 1 8 1 9 2 0 2 1 2 2 2 3 2 4 2 5 2 6 2 7 2 8 2 9 3 0 3 1 3 2 3 3 3 4 3 5 3 6 3 7 3 8 3 9 4 0 4 1 4 2 4 3 4 4 4 5 4 6 4 7 4 8 4 9

More information

À½¾ÇÁöµµ¼�¥³-14~261S

À½¾ÇÁöµµ¼�¥³-14~261S Harmony 1 2 3 4 244 IV. Harmony Harmony IV.Harmony Harmony IV. IV. Harmony 245 245 01 246 IV. Harmony 247 p.234 1. 2. 3. 1 234 IV. Harmony 248 IV. Harmony p.235 1 2 3 4 5 6 7 8 235 249 p.236 WhenI findmy-self

More information

<4D6963726F736F667420576F7264202D20332ECAEEF0E5E9F1EAE8E920FFE7FBEA2D31>

<4D6963726F736F667420576F7264202D20332ECAEEF0E5E9F1EAE8E920FFE7FBEA2D31> МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Ташкентский Государственный Восточный лицей при ТашГИВ Ким О., Дмитриев Д., Шакирова Н. Корейский язык -1 Учебное пособие

More information

(72) 발명자 김창욱 경기 용인시 기흥구 공세로 150-20, (공세동) 박준석 경기 용인시 기흥구 공세로 150-20, (공세동) - 2 -

(72) 발명자 김창욱 경기 용인시 기흥구 공세로 150-20, (공세동) 박준석 경기 용인시 기흥구 공세로 150-20, (공세동) - 2 - (19) 대한민국특허청(KR) (12) 공개특허공보(A) (11) 공개번호 10-2014-0034606 (43) 공개일자 2014년03월20일 (51) 국제특허분류(Int. Cl.) H01M 4/525 (2010.01) H01M 4/505 (2010.01) H01M 4/48 (2010.01) H01M 4/131 (2010.01) (21) 출원번호 10-2012-0101151

More information

FTA 활용 종합 가이드북 cha Pte r04 원 楓 기준,:산지증명 Im 飇 10 chapte 硼 FTA 爵 x녠저 匡 모델01 FrA 상대국관세을인하를활용한수출확대 첫번째 모델은 우리가 F fa 를 체결하는 가장 중요한 이유인 상대국의 관세을 인하를수출확대기회로활

FTA 활용 종합 가이드북 cha Pte r04 원 楓 기준,:산지증명 Im 飇 10 chapte 硼 FTA 爵 x녠저 匡 모델01 FrA 상대국관세을인하를활용한수출확대 첫번째 모델은 우리가 F fa 를 체결하는 가장 중요한 이유인 상대국의 관세을 인하를수출확대기회로활 2 O CaSB FrA 비즈니스 모델예시 여기에서소개하는FfA 비즈니스모델은,(D F ra 특헤관세헤택을최대화하는 방안.2 특혜관세 혜택을 누리기 위한 원산지 기준 충족 방안.3 국내외 기업 간 투자/협력 확대 방안을 상호 연계하여 만듈었다.이 장어I제시된 사례는 기업에서 실제로 비즈니스를 하고있는 경우를 활용했으나.경우에 따라 기업들이 참조할 수 있는 가상적인

More information

<C7CFB4C3B0F8BFF828C0FCC7CFC1F6B8F8C7D1C6EDC1F6292D31302E3128C3D6C1BE292D31302E31342E687770>

<C7CFB4C3B0F8BFF828C0FCC7CFC1F6B8F8C7D1C6EDC1F6292D31302E3128C3D6C1BE292D31302E31342E687770> 하늘편지 첫번째 모음집 전하지 못한 마지막 하늘공원에서 널 보낸다 그곳에선 늘 행복하길 바란다 사랑한다 - 하늘나무 중에서 - 울산시설공단 차례 발간사 _ 02 1 사랑하는 아버지, 어머니 _ 05 2 영원한 배필 당신 _ 59 3 나의 붕어빵 아들, 딸아! _ 71 4 그리운 할아버지, 할머니 _ 85 5 내 짝꿍 형, 누나, 오빠, 동생아! _ 131

More information

제1장 마을유래 605 촌, 천방, 큰동네, 건너각단과 같은 자연부락을 합하여 마을명을 북송리(北松里)라 하 였다. 2006년에 천연기념물 468호로 지정되었다. 큰마을 마을에 있던 이득강 군수와 지홍관 군수의 선정비는 1990년대 중반 영일민속박물 관으로 옮겼다. 건

제1장 마을유래 605 촌, 천방, 큰동네, 건너각단과 같은 자연부락을 합하여 마을명을 북송리(北松里)라 하 였다. 2006년에 천연기념물 468호로 지정되었다. 큰마을 마을에 있던 이득강 군수와 지홍관 군수의 선정비는 1990년대 중반 영일민속박물 관으로 옮겼다. 건 604 제10편 마을유래와 설화 제2절 북구지역 1. 흥해읍(興海邑) 1) 매산리(梅山里) 1914년 기산(箕山), 용산(龍山), 매곡(梅谷), 백련(白蓮)을 합하여 매산(梅山)이라 하였다. 심곡골(深谷) 골이 깊어 불린 마을명으로 옛날부터 산송이가 유명하다. 돌림산 중턱에 삼동계(參 東契)를 조직하여 산남의진(山南義陳)의 의병 활동을 도왔던 조성목(趙性穆)

More information

北 韓 및 共 産 圈 接 觸 交 流 를 通 한 政 治 心 理 의 展 關 方 向 國 土 統 - 綜 이 報 告 書 는 國 土 統 一 院 73 年 度 下 半 類 學 術 f 役 에 關 한 畢. 終 報 告 書 로 理 出 합니다 l 9 7 3 년 il원 긴 硏 究 機 關 京 鄕 諒 間 社 安 保 統 - 硏 究 委 員 會 硏 漆 養 員 責 任 者 : 료 國 植 委 員

More information

내지

내지 하는 법을 만드는 데 마약류원료물질이란 불법마약류의 제조에 사용 식약청 관계자는 마약류 원료물질의 국가간 이 는 반대의견을 냈다. 되는 물질로, UN은 1988년 12월 비엔나 회의에서 동을 관련 정부당국이 정확하게 파악해야 불법 마 이재천 사무총장 마약 및 향정신성물질 불법거래 방지에 관한 협약 약류를차단할수있다는취지로도입된제도 라며 (마약퇴치운동본부) 을

More information

百 눼신 시 " 가.인도의 대표적 섬유,패션 제품 l) 카펫 면과 비단으로 만든 카펫은 수세기 동안 인기있는 수출 품옥이었다.무굴시대의 디 자인 감각으로 완성된 플러시 비단카펫은 오늘날까지 관광객에게 많은 사랑을 받는 제품이다.인도산 수직 매듭 양탄자 두리(Dur ie

百 눼신 시  가.인도의 대표적 섬유,패션 제품 l) 카펫 면과 비단으로 만든 카펫은 수세기 동안 인기있는 수출 품옥이었다.무굴시대의 디 자인 감각으로 완성된 플러시 비단카펫은 오늘날까지 관광객에게 많은 사랑을 받는 제품이다.인도산 수직 매듭 양탄자 두리(Dur ie 무 닉늬 넘유 때선 시징 工 다 뱃,ㅣ서 4. 인도 패션 산 업 인도의 국내의류 시장 수요는 2006년도 미$160억으로 다옴 3년내에 미$400억 규 모로 크게 중가할 것으로 추정하고 있으며 국내시장의 주요공급업재들도 에상되는 수요 중가에 맞추어 현실적으로 부닥치고 있는 문체점인 낮은 품질과 비효율적인 노 동인력,기술 및 생산시설 부족에 대한 강한 개선의지틀

More information

歯5)논단2.PDF

歯5)논단2.PDF 1) 2) 1. :. NGO..,..,,,...,.. OECD, 15 15 1997 4.. 1997 3 15. 1999 8,..,..,. ( 1), ( : ). ha nc lk@pspd.org 2), ( : ). biocdst@orgio.net ). 1980. 1998,. 2 (biosafety protocol), LMO. DNA...,,,., ( )..,..

More information

<30352DB5BFBEC6BDC3BEC6323228C0B1BCD2C8F1292E687770>

<30352DB5BFBEC6BDC3BEC6323228C0B1BCD2C8F1292E687770> 동아시아불교문화 제22집 동아시아불교문화학회, 2015 화엄자모와 21세기 불교음악 윤 소 희(부산대) 국문초록 하나의 음에 우주 일제의 이치가 담겨있는 화엄자모는 수많은 음들이 하나의 원리를 동시에 지니고 있어 일즉다즉일 화엄사상을 반영하고 있 다. 화엄자모의 연원을 보면, 고대인도의 주술적 만트라가 불교적으로 수용되어 초기 대승불교 시기의 반야경 과 화엄경

More information

346 ]= 9.,? [] 11.,? - mod. - mod. [] mod. 13.,, mod ,.. 15.? [ ] ( )

346 ]= 9.,? [] 11.,? - mod. - mod. [] mod. 13.,, mod ,.. 15.? [ ] ( ) 24 345 24 1.!? 2.,. 3.. 4.,? 5... 6.. 7.? 8.,, authoritative st. - [] dry cleaning mod. mod. - - mod. white shirts [ 346 ]= 9.,? - 10.. [] 11.,? - mod. - mod. [] - 12.. - mod. 13.,,. - - - - mod. - 14.,..

More information

???춍??숏

???춍??숏 Suseong gu Council Daegu Metropolitan City www.suseongcouncil.daegu.kr Contents SUSEONG GU COUNCIL DAEGU METROPOLITAN CITY 10 www.suseongcouncil.daegu.kr 11 SUSEONG GU COUNCIL DAEGU METROPOLITAN CITY

More information

<33C6E4C0CCC1F620C1A63139C8A320B8F1C2F72E687770>

<33C6E4C0CCC1F620C1A63139C8A320B8F1C2F72E687770> 종친회 순례 ④ 忠節과 禮의 名門 : 김녕김씨(金寧金氏) 高興 貫祖墓 奉安으로 金寧史를 새로 쓰다 金寧金氏中央宗親會 篇 金鍾彬 중앙종친회장 VS 김녕김씨중앙종친회가 지난 2013년 4월 6일 전남 고흥(高興)에 새로이 조성한 김녕김씨(金寧金氏) 관조(貫祖) 김녕군(金寧君) 시호(諡號) 문열공(文烈公) 휘(諱) 시흥(時興)님의 묘역을 봉안(奉安)함으로써 김녕종사(金寧宗史)에

More information

경북 친환경우수농산물 생산 및 유통체계 개선방안

경북 친환경우수농산물 생산 및 유통체계 개선방안 요약 제 장 서론 제 절 연구의 필요성 및 목적 제 절 연구의 범위 및 방법 제 절 연구의 구성 제 장 친환경우수농산물의 의미와 추진 정책 제 절 친환경농업의 정의 제 절 친환경농업 국내외 현황 제 절 친환경농업 관련 정책 제 장 친환경우수농산물의 생산 및 유통 현황 제 절 생산현황 제 절 유통현황 제 절 친환경농산물 유통구조의 문제점 제 장 친환경 농산물

More information

05.PDF

05.PDF ODD JOHN / ....?,. ( ), ( ).. < > 4 12 19 24 31 36 42 49 57 70 76 80 87 92 99 108 115 128 130 4. ",?", ' '. ".",. ".?.".., 6.,...,. 5 4.,...,. 1,..,. ",!".,.. ' ".,. "..",. ' '. 6 7.,.. 4,,.,.. 4...,.,.,.

More information

ATC201603312040311_c3e3039d-a6cd-4998-8fe3-0d43a75bac6d.xlsx

ATC201603312040311_c3e3039d-a6cd-4998-8fe3-0d43a75bac6d.xlsx 중증장애인생산품 생산시설 지정현황(2016. 1. 8.) 지정시설수 : 434개소 지정번호 시설명 소재지 전화번호 2008-001 성남시장애인복합사업장 경기 성남시 중원구 둔촌대로 484 (상대원동, 씨콕스타워 201,202,210,211,215호) 생산품목 (세부 직접생산품목은 지정서 뒷장 참고 요망. 현재 공고된 품목은 대분류로 세부 직접생산 가능 한 품목은

More information

한국언론진흥재단 지정주제 연구보고서 2011-15 해외동포 언론의 국내뉴스 보도 연구 책임 연구 한동섭(한양대학교 미디어커뮤니케이션학과 교수) 공동 연구 김형일(극동대학교 언론홍보학과 교수) 연구 보조 최진호(한양대학교 미디어커뮤니케이션학과 석사과정) 발행인 이성준 편

한국언론진흥재단 지정주제 연구보고서 2011-15 해외동포 언론의 국내뉴스 보도 연구 책임 연구 한동섭(한양대학교 미디어커뮤니케이션학과 교수) 공동 연구 김형일(극동대학교 언론홍보학과 교수) 연구 보조 최진호(한양대학교 미디어커뮤니케이션학과 석사과정) 발행인 이성준 편 해외동포 언론의 국내뉴스 보도 연구 한동섭 김형일 한국언론진흥재단 지정주제 연구보고서 2011-15 해외동포 언론의 국내뉴스 보도 연구 책임 연구 한동섭(한양대학교 미디어커뮤니케이션학과 교수) 공동 연구 김형일(극동대학교 언론홍보학과 교수) 연구 보조 최진호(한양대학교 미디어커뮤니케이션학과 석사과정) 발행인 이성준 편집인 선상신 발행일 2011년 9월 30일

More information

긍정의 힘.PDF

긍정의 힘.PDF Yo ur Be s t Life Now., 7.,. Copyright 2005 by BookCosmos. All Rights Reserved. Summarized with the Permission from the Publisher. ( ).,. Your Best Life Now / 2005 5 / 320 / 12,000 Joe l Ostee n (the Smiling

More information

<B0ADC8ADC7D0C6C428C3D6C1BE292E687770>

<B0ADC8ADC7D0C6C428C3D6C1BE292E687770> 인천학연구총서 강화학파 연구 문헌 해제 김수중조남호천병돈 공편 머리말 진리 를 우리말로 참 이라고 한다. 그리고 그 반대를 거짓 이라고 한다. 그런데 여러 가지 을 찾아보아도 아직까지 거짓 에 대한 어원만 밝혀져 있다. 거짓 의 어원은 거죽 이며 이는 지 금 우리가 사용하는 가죽 과 뿌리가 같다고 한다. 즉 그것은 겉에 드 러난 부분, 곧

More information

KO R E A NSO C I E T YO F CI V I L EN G I N E E R S C o n t e n t s C o n t e n t s 4 KOREAN SOCIETYOF CIVIL ENGINEERS 1023() 1024() 1025() 5 6 KOREAN SOCIETYOF CIVIL ENGINEERS 7 8 KOREAN SOCIETYOF CIVIL

More information

란티스 페스티벌 후기

란티스 페스티벌 후기 란티스 페스티벌 후기 Kai 소개글 저 4월 5일 일요일날 란티스 페스티벌 서울 다녀왔어요~~!!! 잘 봐주시고, 모르는 단어 글속에 하나 있으니, 체크부탁드리고요. 감상 후기를 보고 궁금하신 점 물어봐주세요^^ 목차 1 4 란티스 페스티벌(4 (4월 5일) 2015.06.11 21:57 란티스 페스티벌 후기에요~! 잘 읽어 주셨으면 좋겠네요.ㅎ 4월 5일에

More information

¿ì¸®Áö07¿ù

¿ì¸®Áö07¿ù NO.105 2014. 07 분당우리 는 분당우리교회에서 월간으로 발행하는 소식지입니다. 발행인 이찬수 목사 편집인 김성진 목사 분당우리교회 우리지부 발행일 매월 첫째 주일 디자인 분당우리교회 디자인팀 하나님을 찬양하는 삶 진정한 평안이 있는 삶 호흡이 있는 자마다 여호와를 찬양할지어다 (시편 150편 6절) 올해로 10년째 분당우리교회 찬양대를 섬기고 있는

More information

말하라 이에 전북민언련은 지역의 시민사회단 체 및 언론 단체들과 함께 6 4지방선 214 정기총회 말하라 거보도감시연대회의 를 구성하고 활동 214 Spring 선수로 뛰는 심판에게 RED 카드를! 에 들어갔습니다. 또 언론의 불공정 보도 와 불법, 탈법 사례를 감시하

말하라 이에 전북민언련은 지역의 시민사회단 체 및 언론 단체들과 함께 6 4지방선 214 정기총회 말하라 거보도감시연대회의 를 구성하고 활동 214 Spring 선수로 뛰는 심판에게 RED 카드를! 에 들어갔습니다. 또 언론의 불공정 보도 와 불법, 탈법 사례를 감시하 214, 봄호 Spring 언론개혁 시민의 힘으로! 전북민주언론시민연합 1999년 12월 16일 창립 Tel 63. 285. 8572 www.malhara.or.kr 214년 3월 25일 발행 인사말 선수로 뛰는 심판에게 RED 카드를! 2 그대는 뉴규? 웃자, 놀자, 선물받자 16 활동보고 전북민언련의 소소한 이야기 3 분과활동 백두산 산악회는 오늘도 오른다

More information

<4368616E6736652033C0E520C8ADC7D0BEE7B7D02E687770>

<4368616E6736652033C0E520C8ADC7D0BEE7B7D02E687770> 제3장 화학양론 3.1 원자질량 (Atomic Mass) 원자질량: 실제로 매우 작아 상대질량으로 표시 Atomic mass is the mass of an atom in atomic mass units (amu). 기준 원자=탄소-12, 탄소-12 원자 1개 질량 = 12.00000 amu 로 정의 amu : 원자질량 단위 ( atomic mass units)

More information

DV690-N_KOR_110216.indd

DV690-N_KOR_110216.indd P/NO : MFL63266772 3 1 4 1 5 7 1 2 3 4 5 6 7 6 1 7 7 r t y u i - - - -, 7 1, 8 1 1 3 6 8 10 11 13? 12 14 15 16 17 18 a 1 b B c d e f c/v g C/V h M i Z j z k l 2 4 5 7 9 m w/s/a/d n b o p x q [ ] } r?

More information

表紙(化学)

表紙(化学) 수험 번호 성 명 2013년 일본 공과대학 학부 유학생 파견 선발 시험 화 학 (90분 100점) 주 의 1 시험시작의 지시가 있을 때까지 열지 마시오. 2 해답은 해답용지의 지정된 난 안에 알아보기 쉽게 기입하시오. 3 해답에 한글이 포함되면 채점되지 않습니다. 필요한 경우, 아래의 값을 사용하시오. 원자량 H 1.0, C 12, N 14, O 16, Cu

More information

A 001~A 036

A 001~A 036 4 3 2 0 8 91 0 1 2 3 4 5 6 08 09 00 01 02 03 04 18 19 10 29 20 22 23 39 30 31 32 33 48 49 40 41 59 50 69 1 2 3 4 1 2 3 4 1 4 7 10 13 1 2 3 4 5 6 rev. C C r C a f h f h L h h nrpm f h f n L C 3 P L

More information

2015년도 정기총회 자료집 강릉의제21실천협의회 2015년 정기총회 일시 : 2015년 1월 20일(화) 오전 11시 장소 : 라카이샌드파인리조트 한송홀 210-703 강원도 강릉시 강릉대로33 강릉시청 9층 강릉의제21 사무국 전화 : 033-648-3390/640-5741~2 팩스 : 033-648-1227 카페 : http://cafe.daum.net/6483390

More information

01.하나금융_일반현황

01.하나금융_일반현황 일반현황 인사말 4 연혁 추이 6 경영계획 및 전략 16 조직 및 영업점/임직원 현황 18 자회사 등 20 자본금 21 대주주/주식소유 상황 23 배당 24 경영실적 개요 26 부문별 수지상황 29 재무상황 개황 38 자금조달 및 운용 39 유가증권 투자 및 평가손익 48 외화자산 및 부채 51 대손상각 및 충당금 53 무수익 및 고정 이하 여신 55 주석거래

More information

붙임

붙임 보 도 자 료 10.14(수) 11:00부터 보도 가능 작성부서 금융위원회 자본시장과, 금융감독원 금융투자감독국, 금융투자협회 증권지원부 책 임 자 금융위원회 이형주 과장 금융감독원 조국환 국장 금융투자협회 오무영 본부장 담 당 자 김성준 사무관 (02-2156-9876) 박종길 팀장 (02-3145-7600) 이동원 부장 (02-2003-9100) 배 포

More information

READY-TO-WEAR 이진윤 최지형 신재희 디자이 들~ Fashionbiz 2010.5 2010.5 Fashionbiz READY-TO-WEAR Fashionbiz 2010.5 2010.5 Fashionbiz READY-TO-WEAR Interview 9 Fashionbiz 2010.5 2010.5 Fashionbiz READY-TO-WEAR Fashionbiz

More information

단위: 환경정책 형산강살리기 수중정화활동 지원 10,000,000원*90%<절감> 형산강살리기 환경정화 및 감시활동 5,000,000원*90%<절감> 9,000 4,500 04 민간행사보조 9,000 10,000 1,000 자연보호기념식 및 백일장(사생,서예)대회 10

단위: 환경정책 형산강살리기 수중정화활동 지원 10,000,000원*90%<절감> 형산강살리기 환경정화 및 감시활동 5,000,000원*90%<절감> 9,000 4,500 04 민간행사보조 9,000 10,000 1,000 자연보호기념식 및 백일장(사생,서예)대회 10 2013년도 본예산 일반회계 환경위생과 ~ 환경위생과 세 출 예 산 사 업 명 세 서 부서: 환경위생과 단위: 환경정책 환경위생과 8,231,353 3,622,660 4,608,693 국 2,472,543 기 144,000 도 976,102 시 4,638,708 자연환경보호(환경보호/환경보호일반) 5,910,247 1,462,545 4,447,702 국 1,817,800

More information

02 06 07 01 03 08 04 05 09 01 02 03 04 05 06 07 08 09 64 2014 10 2014 10 65

02 06 07 01 03 08 04 05 09 01 02 03 04 05 06 07 08 09 64 2014 10 2014 10 65 pcial attl Rd Trip attl Unitd tats f Amrica 62 2014 10 2014 10 63 02 06 07 01 03 08 04 05 09 01 02 03 04 05 06 07 08 09 64 2014 10 2014 10 65 01 02 07 03 04 08 01 02 03 04 05 06 07 08 09 05 06 09 66 2014

More information

전단완성.indd

전단완성.indd 세종문화회관이 선사하는 아름다운 서울숲의 별밤무대 2010.7.3 8.28 20:00 서울숲 야외무대 숲속 가족음악회 7월 매주 요일 릴레이 페스티벌 8월 1일~8월 15일까지 매일 흥겨운 우리가락 8월 21일, 8월 28일 www.sejongfestival.net 7월 숲속 가족음악회 03일 10일 17일 24일 31일 클래식 무용 뮤지컬 옛가요 퓨전타악

More information

Microsoft Word - Report_합본__도시광산.doc

Microsoft Word - Report_합본__도시광산.doc EUGENE Small-Cap 212년 스몰캡 Idea (13) 211. 11.1 Urban Mining 광부가 됩시다 자원의 무기화 지난 9월, 우리 정부(지식경제부)는 도시광산 활성화 포럼 을 개최. 도시광산은 폐가 전제품, 산업폐기물에 축적된 금속자원을 회수, 재활용할 광물을 얻는 것 희토류 생산의 96%를 차지하는 중국은 올해 11월부터 희토류 세율을

More information

Alloy Group Material Al 1000,,, Cu Mg 2000 ( 2219 ) Rivet, Mn 3000 Al,,, Si 4000 Mg 5000 Mg Si 6000, Zn 7000, Mg Table 2 Al (%

Alloy Group Material Al 1000,,, Cu Mg 2000 ( 2219 ) Rivet, Mn 3000 Al,,, Si 4000 Mg 5000 Mg Si 6000, Zn 7000, Mg Table 2 Al (% http://wwwtechnonetcokr (Aluminum & Aluminum BasedAlloy) : LG 1 Aluminum Table 1, 2 1000 7000 4 Al 990% Al 1XXX AlCu 2XXX AlMn 3XXX AlSi 4XXX AlMg 5XXX AlMgSi 6XXX AlZn(Mg, Cu) 7XXX 8XXX ( ) 9XXX Fig 1

More information

±Û·Î¹ú°úÁ¤11

±Û·Î¹ú°úÁ¤11 CEO VALUE CREATION 주요행사 스케치 최근 수료기수 추천사 ❶ 월레조찬회 - 권위있는 CEO와 전문가, 정책 최고 책임자로 부터 경제 현안에 대해 현장감 있는 강의를 제공하는 국내 최고 권위의 조찬 포럼 (매월200여명 참석) G-AMP51기 김영화 (주)영화의료기산업 대표이사 ❷ 제주수련회 - 품격있는 합숙교육을 통해 수강생 상호간 친분을

More information

이수진.PDF

이수진.PDF A S tudy on Elem entary S chool Children 's S ex u al Know ledg ea ttiude and A ctu al S t ate of S ex Educ ation 200 12 A S tudy on Elem entary S chool Children 's S ex u al Know ledg ea ttiude and A

More information

<496F5428BBE7B9B0B1E2B9DD20C0CEC5CDB3DD2920B1E2B9DD20C7EFBDBAC4C9BEEE20BCADBAF1BDBA2E687770>

<496F5428BBE7B9B0B1E2B9DD20C0CEC5CDB3DD2920B1E2B9DD20C7EFBDBAC4C9BEEE20BCADBAF1BDBA2E687770> 1 2015년 BioINpro 13호 IoT(사물기반 인터넷) 기반 헬스케어 서비스 - 일상 생활습관 건강관리 중심으로- 김지인(경북대학교 박사과정), 강형우(경북대학교 박사과정), 천승만(경북대학교 산학협력단 선임연구원), 고석주(경북대학교 컴퓨터학부 교수), 박종태 (경북대학교 전자공학부 교수) 1. 개요 가. 기술의 정의 최근 다양한 웨어러블 디바이스의

More information

한류동향보고서 8호(진짜 최종, 6월 1일).indd

한류동향보고서 8호(진짜 최종, 6월 1일).indd 한류 ry Korean Wave Story 2012. 6호 2012 2012. 4. 5. 9. 24. CONTENTS_ 04 아시아 07 미주 12 유럽 17 기타 20 2 조사 지역 : 총 18개국 - 아시아(한국, 중국, 대만, 일본, 카자흐스탄, 우즈베키스탄) - 미주(미국, 캐나다, 멕시코, 아르헨티나, 콜롬비아) - 유럽(프랑스, 영국, 폴란드, 독일)

More information

2 24조 몸집 불린 삼성전자 원톱 현대차는 한전에 2위 내줘 시총 30위 종목 판도 변화 올해 상반기 유가증권시장에선 시가총액 상위종 목 기업들의 순위 변동이 활발했 부동의 시가총 액 1위 기업인 삼성전자는 대장주 자리를 수성했 현대차는 2위에서 3위로 순위가 떨어졌

2 24조 몸집 불린 삼성전자 원톱 현대차는 한전에 2위 내줘 시총 30위 종목 판도 변화 올해 상반기 유가증권시장에선 시가총액 상위종 목 기업들의 순위 변동이 활발했 부동의 시가총 액 1위 기업인 삼성전자는 대장주 자리를 수성했 현대차는 2위에서 3위로 순위가 떨어졌 대표전화 : 02)799-2600 / 구독 : 02)799-2684 / ISSN 2383-6652 네이버 라인 美 日 동시상장 대박 뉴욕 데뷔 첫날 27% 폭등 도쿄선 매수주문 매도의 5배 美 투자은행 제프리스, 상장당일 종목 이례적 매수 의견 네이버의 일본 자회사인 라인이 미 국 뉴욕과 일본 도쿄 증시에 성공적으 관련기사 3면 로 데뷔했 라인은 14일(현지시간)

More information

명세서 기술분야 본 발명은 2차 전지로부터 유가( 有 價 ) 금속을 회수하는 방법에 관한 것이며, 상세하게는, 폐( 廢 )리튬 이온 전지 및 리튬 이온 전지의 제조 불량품에 함유되는 코발트를 회수하는 리튬 이온 전지내의 코발트 회수 방법 및 코발트 회수 시스템에 관한

명세서 기술분야 본 발명은 2차 전지로부터 유가( 有 價 ) 금속을 회수하는 방법에 관한 것이며, 상세하게는, 폐( 廢 )리튬 이온 전지 및 리튬 이온 전지의 제조 불량품에 함유되는 코발트를 회수하는 리튬 이온 전지내의 코발트 회수 방법 및 코발트 회수 시스템에 관한 (19)대한민국특허청(KR) (12) 공개특허공보(A) (51) Int. Cl. 7 H01M 10/54 B09B 3/00 (11) 공개번호 (43) 공개일자 10-2005-0088093 2005년09월01일 (21) 출원번호 10-2005-7009897 (22) 출원일자 2005년06월01일 번역문 제출일자 2005년06월01일 (86) 국제출원번호 PCT/JP2003/016733

More information

1 원자와 분자, 그리고 이온 3 불꽃 반응, 분광계 원소는 다소 왜곡해서 원자라고 이해하자. 원소는 저마다의 특성이 있다. 그래서 불꽃에 넣으면 고유의 색을 띤다. 예를 들어 불꽃 속에서 나트륨은 노란색, 구리는 청록색을 띤다. 이를 불꽃 반응이라고 한다. 또한 각

1 원자와 분자, 그리고 이온 3 불꽃 반응, 분광계 원소는 다소 왜곡해서 원자라고 이해하자. 원소는 저마다의 특성이 있다. 그래서 불꽃에 넣으면 고유의 색을 띤다. 예를 들어 불꽃 속에서 나트륨은 노란색, 구리는 청록색을 띤다. 이를 불꽃 반응이라고 한다. 또한 각 1 원자와 분자, 그리고 이온 1 원자, 이온, 분자 원자는 원자핵과 그 핵 주위를 원 궤도에 따라 움직이는 전자로 구성돼 있다. 원자핵은 양성자와 중성자로 구성돼 있는데, 양성자의 개수는 원자의 종류에 따라 달라진다. 전자는 전기적으로 음성(-)을 띠는 반면, 원 자핵은 1(양성자, 중성자)로 인해 양성(+)을 띤다. 이 둘의 힘은 서로 상쇄되어 일반적으로

More information

jaeryomading review.pdf

jaeryomading review.pdf 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 1. S. Kim, H. Y. Jeong, S. K. Kim, S. Y. Choi and K. J. Lee, Nano Lett. 11, 5438 (2011). 2. E. Menard, K. J. Lee, D. Y. Khang, R. G. Nuzzo and J. A. Rogers, Appl. Phys. Lett. 84,

More information

ALPHA I 500M(현대삼호) service manual(kor).hwp

ALPHA I 500M(현대삼호) service manual(kor).hwp ALPHA I 500M VER 2.0 2005. 01 (현대삼호)사용설명서 본 제품을 바르고 안전하게 사용하기 위해서 사용, 점 검, 수리 전에 반드시 본 내용을 읽어서 충분히 이해하 고 사용하십시오. Visit our website at www.hdweld.co.kr www.hyundaiwelding.com 본 사 : 서울시 강남구 삼성동 157-37 (일송빌딩

More information

2011

2011 담 당 임아름 회원사업부 2팀장 한성대 보고일: 2014. 10. 27. 해외철도동향 137호 해외철도동향자료 [입찰] 모로코 탕제~마라케시 철도 노선 확장 프로젝트 [입찰] 브라질 상파울루 메트로 2호선 연장사업 건설감리용역 베트남 호치민 지하철 2호선 공사비용 21억 불로 조정 싱가포르, 48.6억불 규모의 창이공항 차고 확장 공사 추진 인도네시아 자카르타

More information

?

? Contents p.73 p.06 p.49 p.26 p.55 p.28 85 Q. 1,380 Q. 1,744 Q. 3,375 Q. 5,170 Q. 6,000,000 m 2 News Briefing News Briefing News Briefing News Briefing News Briefing News Briefing

More information

특허청구의 범위 청구항 1 알칼리 금속체(alkali 金 屬 體 )와 유황( 硫 黃 )을 이온 결합시킨 다황화수용액( 多 黃 化 水 溶 液 )을 주성분으로 하는 석면의 분해처리제. 청구항 2 알칼리 금속체와 유황을 이온 결합시킨 다황화수용액을 주성분으로 하는 석면의 분

특허청구의 범위 청구항 1 알칼리 금속체(alkali 金 屬 體 )와 유황( 硫 黃 )을 이온 결합시킨 다황화수용액( 多 黃 化 水 溶 液 )을 주성분으로 하는 석면의 분해처리제. 청구항 2 알칼리 금속체와 유황을 이온 결합시킨 다황화수용액을 주성분으로 하는 석면의 분 (51) Int. Cl. (19) 대한민국특허청(KR) (12) 공개특허공보(A) B09B 3/00 (2006.01) A62D 3/32 (2007.01) A62D 101/41 (2009.07) (21) 출원번호 10-2009-7025579 (22) 출원일자 2008년05월01일 심사청구일자 2009년12월07일 (85) 번역문제출일자 2009년12월07일 (86)

More information

봄호 언론 내지 1~89

봄호 언론 내지 1~89 특집논문 인터넷 언론의 인격권 침해 특성과 자율규제 현황 인터넷 언론의 인격권 침해 특성에 관한 연구 : 언론조정 신청 사례를 중심으로 온라인 자율규제 동향의 변화와 인터넷 언론 인터넷 언론의 자유와 인격권 침해 구제를 위한 효과적인 규제시스템 연구 PAC 7 인터넷 언론의 인격권 침해 특성에 관한 연구 : 언론조정 신청 사례를 중심으로 김창숙 언론중재위원회

More information

(72) 발명자 이승원 강원도 고성군 죽왕면 오호리 245-7 정동호 강원도 고성군 죽왕면 오호리 245-7 이호생 강원도 고성군 죽왕면 오호리 245-7 이 발명을 지원한 국가연구개발사업 과제고유번호 PMS235A 부처명 국토해양부 연구사업명 해양자원개발 연구과제명

(72) 발명자 이승원 강원도 고성군 죽왕면 오호리 245-7 정동호 강원도 고성군 죽왕면 오호리 245-7 이호생 강원도 고성군 죽왕면 오호리 245-7 이 발명을 지원한 국가연구개발사업 과제고유번호 PMS235A 부처명 국토해양부 연구사업명 해양자원개발 연구과제명 (19) 대한민국특허청(KR) (12) 등록특허공보(B1) (51) 국제특허분류(Int. Cl.) C02F 1/26 (2006.01) C02F 1/461 (2006.01) C02F 1/66 (2006.01) B01D 21/00 (2006.01) (21) 출원번호 10-2010057345 (22) 출원일자 2012년05월30일 심사청구일자 (56) 선행기술조사문헌

More information

국통 7 3-6 - 47 南 北 韓 數 學 敎 科 書 撚 較 分 析 國 土 統 - 院 차 a l l 터 리 말 l 2 교과서 의 중 별 2 가 학 린및 종록 2 f 학는시 간수 : G 라 교과서의 체제 L 5 (l) 피형적 인 향대 5 州 내부적인 헝 태 f#t # 7 3 교 과 서 의 내유 9 가 수 학 류 터 # f 9 (l) 인역어가 라 른 경우 ~

More information

55호 1면

55호 1면 발행인 전광선 주간 정민환 편집장 장재현 편집위원 곽영주, 박현철, 오 령, 이동현, 이영재, 이정우 이종호, 이홍렬, 정상보, 정연철, 최윤석 취재편집 이정남, 안양수 광고 최강현 전화 3219-6476~9 주소 서울시 양천구 목동 923-5 한국방송회관 15층 제작 여백 2008년 6월 13일(금) 55호 www.tvnews.or.kr 카메라기자의 안전을

More information

633È£

633È£ 제633호 [주간] 2014년 10월 11일(토요일) http://gurotoday.com http://cafe.daum.net/gorotoday 문의 02-830-0905 제240회 구로구의회 정례회 폐회 9건 안건처리 행정사무감사 칼날 지적- 심도 깊은 공개질의도 구로구의회(의장 김명조)에서는 9월 12일부터 10월 2일까지 21일 간의 일정으로 제240회

More information

대우증권인_표지수정

대우증권인_표지수정 Chal len ge * Monthly theme magazine of Daewoo Securities 2010 Vol.94 March T O G E T H E R.. CONTENTS 04 06 10 12 Special Theme. Challenge 16 18 20 22 26 28 30 32 34 36 38 39 Global Top Player Focus

More information

4-2.중도해지이율(201601)_프린트.xlsx

4-2.중도해지이율(201601)_프린트.xlsx LA10357 무배당퍼스트클래스골프보험0704 약관대출이율-2% 2.70% 약관대출이율-2% LA10116 (무)뉴라이프상해 약관대출이율-2% 6.00% 약관대출이율-2% LA10541 (무)마이라이프상해 우대금리 6.00% 우대금리 LA10218 (무)장기종합제일장기주택마련저축보험 약관대출이율-2% 2.70% 약관대출이율-2% LA10224 (무)장기종합제일장기주택마련저축보험

More information

인천 화교의 어제와 오늘 34 정착부흥기 35 정착부흥기: 1884년 ~ 1940년 이 장에서는 인천 차이나타운에 1884년 청국조계지가 설정된 후로 유입 된 인천 화교들의 생활사에 대한 이야기를 시기별로 정리하였다. 조사팀은 시기를 크게 네 시기로 구분하였다. 첫 번

인천 화교의 어제와 오늘 34 정착부흥기 35 정착부흥기: 1884년 ~ 1940년 이 장에서는 인천 차이나타운에 1884년 청국조계지가 설정된 후로 유입 된 인천 화교들의 생활사에 대한 이야기를 시기별로 정리하였다. 조사팀은 시기를 크게 네 시기로 구분하였다. 첫 번 인천 화교의 어제와 오늘 인천 화교의 어제와 오늘 34 정착부흥기 35 정착부흥기: 1884년 ~ 1940년 이 장에서는 인천 차이나타운에 1884년 청국조계지가 설정된 후로 유입 된 인천 화교들의 생활사에 대한 이야기를 시기별로 정리하였다. 조사팀은 시기를 크게 네 시기로 구분하였다. 첫 번째 시기는 1884년부터 1940년 까 지를 구분하여 정착 부흥기

More information

574-10.15(한마음)

574-10.15(한마음) 연세의료원소식 YONSEI UNIVERSITY HEALTH SYSTEM NEWS 안영수 국제협력처장과 제정환 세브란스병원 사무국장이 지난 달 17일부터 5일간 러시아 하바 롭스크와 블라디보스톡에서 열 린 러시아 의료관광 설명회에참 가했 한국관광공사에서 주관한 이번 설명회에는 국내에서 세브란스 병원과 경희대 동서신의학병원 등 의료기관 관계자 20여명이참 석했으며,

More information

정규식 사용하기

정규식 사용하기 ^\s*$. \d{2}-\d{5}, 2 5 ID. ]*)?>[\s\s]*. \,,, 8., 'n' "n" '\n'. '\\' "\" '\(' "(". ^. RegExp Multiline ^ '\n' '\r'. $. RegExp Multiline $ '\n' '\r'.. * 0., 'zo*' "z", "zoo".

More information

소사벌 25호

소사벌 25호 명택 문뺑l 황?빠 담0배{는 훌활문얘지 혈훨명택문확원 .._ j ~ 납 十 E과 I ~at~ 를.... 색 촌솟 u발강셔 l n키울마 7.! nt셔냐는 7...& I c 닙 ""'C" j 슬 I 7 十 들 을딴셔! 처녁 켠 71 건떡셔 를}고 딩녁 ~ t내수 배 l 효 7 十 ~I운 고_7 서 n품 벌 E 펴 스 j 발겨 l l L. 논뱉파 :it I ""

More information

(유로권) 12월 실물지표 혼조, 4분기 성장률 0.3%로 전분기와 동일 - 지난 12월 역내 생산은 감소폭이 확대된 데 반해, 소비가 소폭 늘어나고, 무역흑자 규모가 수출 둔화로 전달보다 축소. 4분기 역내 성장률은 0.3%로서 전분기와 동일한 수 준을 기록하고, 2

(유로권) 12월 실물지표 혼조, 4분기 성장률 0.3%로 전분기와 동일 - 지난 12월 역내 생산은 감소폭이 확대된 데 반해, 소비가 소폭 늘어나고, 무역흑자 규모가 수출 둔화로 전달보다 축소. 4분기 역내 성장률은 0.3%로서 전분기와 동일한 수 준을 기록하고, 2 1 세계 경제 및 우리나라 경제 동향 최근 국내외 경제동향(3.14) < 해외 경제동향 > (미국) 1월 실물지표 증가, 4분기 성장률 0.7% 1%로 상향 - 지난 1월 생산과 소비가 동반 증가하고, 체감지표들이 오름세를 보이며, 실업률이 4%대까지 떨어지는 등 연초 경제지표들이 아직까지는 비교적 양호. 2015년 4분기 성장률은 재고 감소폭 축소로 0.7%에서

More information

<4D6963726F736F667420576F7264202D20BCD2BAF1C0DAB5E9C0C7205456BDC3C3BBC7E0C5C2B7CE20BECBBEC6BAB8B4C220BDBAB8B6C6AE5456C0C720B9CCB7A1>

<4D6963726F736F667420576F7264202D20BCD2BAF1C0DAB5E9C0C7205456BDC3C3BBC7E0C5C2B7CE20BECBBEC6BAB8B4C220BDBAB8B6C6AE5456C0C720B9CCB7A1> 소비자들의 TV시청 행태로 알아보는 스마트TV의 미래 - 스마트TV, TV의 미래가 될 것인가? - 박정배(JungBae Park) mkdriven@trendmonitor.co.kr - 트렌드모니터 콘텐츠사업부 과장 2010년 IT 업계가 스마트폰 의 한 해였다고 한다면, 2011년 IT 업계의 최대 화젯거리는 아마도 스 마트폰이 촉발한 스마트 열풍을 스마트TV가

More information

공연장

공연장 Vol.38 2011.05 마마지 눈빛극장 미마지아트센터는 눈빛극장, 풀빛극장, 물빛극장, 오아시스극장으로 이루어져있으며 공연, 정보, 연구의 산실로 대학로 공연문화 발전에 이바지 하고 있습니다. 발행인 안호상 서울문화재단 대표이사 편집인 오진이 창의예술센터장 발 행 서울 www.daehangno.or.kr 제 작 이규석 극장운영팀 팀장 박은희 총괄매니저,

More information

데이터베이스-4부0816

데이터베이스-4부0816 04 269 270 2012 Database White Paper 271 272 2012 Database White Paper 273 274 2012 Database White Paper 275 276 2012 Database White Paper 277 278 2012 Database White Paper 279 280 2012 Database White

More information

<BFECBAB4C1D85FBAA3C6AEB3B228313030383330292E687770>

<BFECBAB4C1D85FBAA3C6AEB3B228313030383330292E687770> 해외출장 보고서 I. 출장 개요 출장 건명: 농산물 수출시장 확대 방안 출장 목적: 베트남 시장 삼계탕 및 계육제품 수출 가능성 파악 출장 국가 및 주요 방문기관 - MIN-SAO 현지 삼계탕 수입 바이어 - Big C, K-Mart, Vincom City Tower, Uni-Mart 등 현지 식품매장 - 베트남 농업발전전략연구소(IPSARD) - 롯데리아,

More information

<4D6963726F736F667420576F7264202D20C3D6BDC52049435420C0CCBDB4202D20BAB9BBE7BABB>

<4D6963726F736F667420576F7264202D20C3D6BDC52049435420C0CCBDB4202D20BAB9BBE7BABB> 주간기술동향 2016. 2. 24. 최신 ICT 이슈 인공지능 바둑 프로그램 경쟁, 구글이 페이스북에 리드 * 바둑은 경우의 수가 많아 컴퓨터가 인간을 넘어서기 어려움을 보여주는 사례로 꼽혀 왔 으며, 바로 그런 이유로 인공지능 개발에 매진하는 구글과 페이스북은 바둑 프로그램 개 발 경쟁을 벌여 왔으며, 프로 9 단에 도전장을 낸 구글이 일단 한발 앞서 가는

More information

untitled

untitled KODICOM KSR User s s Manual KSR System Center KODICOM KSR User s s Manual KODICOM KSR User s s Manual KODICOM KSR User s s Manual KODICOM KSR User s s Manual KODICOM KSR Center User s s Manual 8 9 KODICOM

More information

<C8ADB7C220C5E4C3EBC0E52E687770>

<C8ADB7C220C5E4C3EBC0E52E687770> 하동 화력 7 8호기 건설부지 문화재 지표조사 결과보고서 2005. 01. ( 재) 우리문화재연구원 하동 화력 7 8호기 건설부지 문화재지표조사 결과보고서 Ⅰ. 조사개요 1. 조 사 명 : 하동 화력 78 호기 건설부지 문화재지표조사 2. 조사지역 : 경남 하동군 금성면 가덕리 1336답 일원 3. 조사 면적 : 134,204m2 4. 조사 목적 한국남부발전(

More information

부터 수배자의 신분으로 숲 속에 숨어 살게 되는데, 궁술대회에서 자신과 비슷한 처지의 윌 스튜틀리를 만나게 되고 거구의 몸집에 유머를 지닌 리틀 존이 그의 심복으로 합세하 여 조직을 만든다. 그들과 함께 로빈이 여러 정의롭고 때론 유머러스한 모험을 하면서 나쁜 관리들을

부터 수배자의 신분으로 숲 속에 숨어 살게 되는데, 궁술대회에서 자신과 비슷한 처지의 윌 스튜틀리를 만나게 되고 거구의 몸집에 유머를 지닌 리틀 존이 그의 심복으로 합세하 여 조직을 만든다. 그들과 함께 로빈이 여러 정의롭고 때론 유머러스한 모험을 하면서 나쁜 관리들을 한글 번역 Grade 3-8 로빈 후드 p. 4 로빈 후드 Robin Hood은 두건을 쓴 Robert 라는 뜻이다. 영국의 전설적인 영웅으로, 그를 실 존 인물로 믿는 사람들은 그의 본명이 로버트 피츠스(Robert Fitzooth)이며 헌팅턴의 귀족이었다고 한다. 입에서 입으로 구전되던 로빈 후드 는 14세기에 이르러 처음으로 문 학 작품으로 기록되기 시작해서,

More information

<C6EDC1FD2DB1B820C5EBC1F8B4E7BCBCB7C220C3D1BCB120C3E2B8B6C0C720B9DDC7E5B9FDBCBAB0FA20B4EBC3A52E687770>

<C6EDC1FD2DB1B820C5EBC1F8B4E7BCBCB7C220C3D1BCB120C3E2B8B6C0C720B9DDC7E5B9FDBCBAB0FA20B4EBC3A52E687770> 긴급좌담회 자료집 구 통진당세력 총선 출마의 반헌법성과 대책 - 바른사회시민회의, 자유민주연구원 공동 긴급정책토론회 - 일 시 : 2016년 4월 4일(월) 10:00-12:00 장 소 : 프레스센터 19층 국화실 주 최 : 바른사회시민회의, 자유민주연구원 자유민주연구원 바른사회시민회의 구 통진당세력 총선 출마의 반헌법성과 대책 - 바른사회시민회의, 자유민주연구원

More information

봄 이야기 Conte d'printemps 촬영 뤽 빠쥬 음악 베토벤, 슈만 주연 안느 떼이세드르, 위귀에 뀌에스떼, 플로랑스 다렐 90년, 컬러, 1시간 52분 겨울 이야기 Conte d'hiver 촬영 뤽 빠쥬 음악 세바스띠앙 에름 주연 샤를롯뜨 베리, 프레데릭 반

봄 이야기 Conte d'printemps 촬영 뤽 빠쥬 음악 베토벤, 슈만 주연 안느 떼이세드르, 위귀에 뀌에스떼, 플로랑스 다렐 90년, 컬러, 1시간 52분 겨울 이야기 Conte d'hiver 촬영 뤽 빠쥬 음악 세바스띠앙 에름 주연 샤를롯뜨 베리, 프레데릭 반 1990~1999 11 크래쉬 Crash 12 아브라함 계곡 Vale Abraao 감독 데이빗 크로넨버그 촬영 피터 서취스키 음악 하워드 쇼어 주연 제임스 스페이더, 홀리 헌터, 엘리아스 코테아스, 데보라 웅거, 로 잔나 아퀘트 96년, 캐나다 영화 컬러, 1시간 40분 96년 깐느영화 제 심사위원특별상 만드는 영화마다 마지막 극점에 도달해 있다는 것은 무슨

More information

영상5월_펼침면

영상5월_펼침면 KOREA MEDIA RATING BOARD KOREA MEDIA RATING BOARD 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 2006. 4 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52

More information

새정치민주연합 혁신위원회에 대해 사실이 아닌 주장을 쏟아내고, 지도부를 향한 음해와 비난을 일삼으며 방송용으로는 적 절하지 않은 표현들을 남용한 것에 대해 심의를 요청한다는 민원에 대해 방송내용을 확인하고 논의한 결과, 진행자(장성민)와 출연자(김태현 변호사, 이종훈

새정치민주연합 혁신위원회에 대해 사실이 아닌 주장을 쏟아내고, 지도부를 향한 음해와 비난을 일삼으며 방송용으로는 적 절하지 않은 표현들을 남용한 것에 대해 심의를 요청한다는 민원에 대해 방송내용을 확인하고 논의한 결과, 진행자(장성민)와 출연자(김태현 변호사, 이종훈 의결일/ 의결번호/ 심의부문 2015년도 9월 심의의결 현황(종합편성채널 부문) 방송사/프로그램명 방송일시 문제방송내용 관련조항 심의의결 내용 박원순 서울 시장과 정청래 최고위원에 대해 비하하고 인신공격성 내용을 방송한 것에 대해 심의를 요청한다는 민원에 대 해 방송내용을 확인하고 논의한 결과, 삼자대면 코너에서 차기 대권주자로 거론되는 인물 중 박원순 서울시장의

More information

QYQABILIGOUI.hwp

QYQABILIGOUI.hwp 2013학년도 대학수학능력시험 대비 2012 학년도 3월 고3 전국연합학력평가 정답 및 해설 사회탐구 영역 윤리 정답 1 3 2 4 3 4 4 1 5 2 6 2 7 5 8 2 9 4 10 1 11 3 12 2 13 1 14 5 15 1 16 3 17 1 18 5 19 2 20 3 1. [ 출제의도] 인간의 존재론적 특성을 파악 신문 기사에서는 자율적 판단에

More information

2007 학년도 하반기 졸업작품 아무도 모른다 (Nobody Knows) 얄리, 보마빼 (AIi, Bomaye) 외계인간 ( 外 界 人 間 ) 한국예술종합학교 연극원 극작과 예술전문사 2005523003 안 재 승

2007 학년도 하반기 졸업작품 아무도 모른다 (Nobody Knows) 얄리, 보마빼 (AIi, Bomaye) 외계인간 ( 外 界 人 間 ) 한국예술종합학교 연극원 극작과 예술전문사 2005523003 안 재 승 2007 학년도 하반기 졸업작품 아무도 모른다 (Nobody Knows) 알리, 보마예 (Ali, Bomaye) 외계인간 ( 外 界 A 間 ) 원 사 3 승 극 문 연 전 재 E 숨 } 닮 런 예 m 안 합 과 ; 조 O 자 숨 그, 예 시 국 하 2007 학년도 하반기 졸업작품 아무도 모른다 (Nobody Knows) 얄리, 보마빼 (AIi, Bomaye)

More information

01 02 03 01 01 02 03 04 05 06 07 08 09 10 11 12 CO C CO C C CO 04 05 06 RNA DNA 07 A B C C B A 08 TMV TMV TMV TMV 09 02

01 02 03 01 01 02 03 04 05 06 07 08 09 10 11 12 CO C CO C C CO 04 05 06 RNA DNA 07 A B C C B A 08 TMV TMV TMV TMV 09 02 w w w. e b s i. c o. k r 01 02 03 01 01 02 03 04 05 06 07 08 09 10 11 12 CO C CO C C CO 04 05 06 RNA DNA 07 A B C C B A 08 TMV TMV TMV TMV 09 02 10 ADH 11 A CO H O NH B AB 12 2 1 DNA 02 01 02 03 04 05

More information

중 국 6 대 패 션 시 장 조 사 보 고 서 < 2004 년 상 해 10 대 매 장 10대 패 션 제 품 의 브 랜 드 시 장 점 유 뮬 > 제 품 브 랜 드 시 장 점 유 율 제 품 브 랜 드 시 장 점유 율 C O N C H 19 9 9 6 P LA Y B O Y

중 국 6 대 패 션 시 장 조 사 보 고 서 < 2004 년 상 해 10 대 매 장 10대 패 션 제 품 의 브 랜 드 시 장 점 유 뮬 > 제 품 브 랜 드 시 장 점 유 율 제 품 브 랜 드 시 장 점유 율 C O N C H 19 9 9 6 P LA Y B O Y 한국섬유 산업연합 회(KO F ㄲ) 도 표 로 보 면 매 년 1월 은 판 매 성 수 기 로 30592. 43 만 元 의 신 기륵 을 달성하 였 다.중국 전통 영절인 춘절이 여전히 사 람들의 구 매욕 을 자극하였 고, 판 매 업 체 가 갖 가 지 묘 안을 짜 내었 다. 2월 의 판 매 액 은 1월 의 추 세 를 잇 지 못하고 대폭 하락하였다.3,4,5월은 그다지

More information

마가오는 사건관 이해하기 위해서 다시 옛날로 돌아가 첫째 둘째 천사의 기벌을 받는 것이 중요한 일 이라고 생각하십니까? 위에 말한 문장이 그런 내용이 아니기 혜운에 내가 알지 뭇합 니마. 그러냐 위의 문장이 돗하는 것은 역사적으로, 연대적으로 또는 다른 방법으로 알아야

마가오는 사건관 이해하기 위해서 다시 옛날로 돌아가 첫째 둘째 천사의 기벌을 받는 것이 중요한 일 이라고 생각하십니까? 위에 말한 문장이 그런 내용이 아니기 혜운에 내가 알지 뭇합 니마. 그러냐 위의 문장이 돗하는 것은 역사적으로, 연대적으로 또는 다른 방법으로 알아야 쩔. : 세천사의 기별 : i (Three Angel's Message ) 우 리 가 오능 이 시 간에 처음으로 읽 어보고자 하는 말씀은 초기문집 264 페이지에 있 는 말씀 입 니 마. 나는 세 단계로 되어 있는 첫째, 둘째, 세째천사의 기멸을 보았다. 나와 할께한 천사가 말하였다. 이 기별들의 일점 일획이라도 더하거나 빼는 자에계 는 화가 있을 것이다.

More information

Microsoft Word - 20160713144046363_1

Microsoft Word - 20160713144046363_1 Sector Report 2016.07.14 인터넷 포켓몬GO, 증강현실(AR)의 화려한 부활 인터넷 (OVERWEIGHT) What s new? 포켓몬GO는 AR(증강현실, Augmented Reality)기술이 구 현된 게임이고, VR(가상현실, Virtual Reality) 게임과는 조 금 다른 이야기 AR/VR 관련 기술, 하드웨어, 소프트웨어는 계속

More information

<33352D313820BCDBC7F6C8A32E687770>

<33352D313820BCDBC7F6C8A32E687770> 중국 지역의 한국학 현황 * 송현호 ** 국문요약 중국 내 한국학 관련 학과와 연구소의 개설은 한중수교와 한류의 영향으로 최근 들어 기하 급수적으로 늘어나고 있다. 중국 내 대학에 한국 관련 학과는 외형적 성장을 이루었을 뿐 아 니라 내적인 변화와 성장 또한 만만치 않다. 한국과의 교류가 직접적으로 확대되면서 북한 중 심의 제한적인 한국학이 남한 중심으로 이동하면서

More information

환경정책.hwp

환경정책.hwp ,,. 1 1 OA. 5. ( ), ( ).. ( IS O ),.,,,, 5., 4 0 %.,. 2,.. 2 0 0 5 18 0.. 1 2 0 0 5 9 0 4 3 %, 6 %.,,,, 5., 3., 9. 6 2 0 0 5 3. 9 8 6 0, 2 0 0 0 5 0 1 8 0. 4 0 5. ( 1 9 9 8. 1 1. 13, KOT RA, ) E U, 3 E

More information

03이경미(237~248)ok

03이경미(237~248)ok The recent (2001-2010) changes on temperature and precipitation related to normals (1971-2000) in Korea* Kyoungmi Lee** Hee-Jeong Baek*** ChunHo Cho**** Won-Tae Kwon*****. 61 (1971~2000) 10 (2001~2010).

More information

야쿠르트2010 3월 - 최종

야쿠르트2010 3월 - 최종 2010. 03www.yakult.co.kr 10 04 07 08 Theme Special_ Action 10 12 15 14 15 16 18 20 18 22 24 26 28 30 31 22 10+11 Theme Advice Action 12+13 Theme Story Action 14+15 Theme Reply Action Theme Letter Action

More information