O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI BBK: 81.2 A 93 UDK: 809.57.1/8 ASHIRBAYEVA DILOROM RAVSHANOVNA Koreys tilida murakkab gaplar sintagmatikasi 5A120102 Lingvistika Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahbar: f.f.n. Kim O.A. TOSHKENT - 2013
MU N D A R I J A Kirish 3 I bob. Koreys tili tadqiqot ob yekti.. 1. Koreys tilining umumoltoyshunoslikda o rganilishi. 2. Koreys tili sintaksisini o rganilishi va sintagmatika I bob bo yicha xulosa II bob. Gaplarning tuzilishi jihatidan tasnifi 1. Sodda gap sintaksisi. 2. Murakkab gap sintaksisi II bob bo yicha xulosalar III bob. Murakkab gaplarning funksional semantik xususiyatlari 1. Bog lanishga asoslangan gaplarning funksiyasi va semantikasi.. 2. Ergashishga asoslangan gaplarning funksiyasi va semantikasi III bob bo yicha xulosa.. Xulosa Adabiyotlar ro yxati 2
Kirish O zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridan biri xalqning boy intellektual me rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat va san at, iqtisodiyot, fan, texnika va taxnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir. Chunki har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki bilimlarni o rganish va o zlashtirish vazifasi turadi. Zero, ilm bobidagi izlanish insonni ma naviy, axloqiy estetik kamolot sari yetaklaydi. Shuning uchun ham Prezidentimizning Biz mamlakatimizni modernizatsiya qilish, dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kirishni o z oldimizga buyuk maqsad qilib qo ygan ekanmiz, ta lim tarbiya sohasini aslo bo shashtirmasdan, yangi va yuqori bosqichlarga ko tarishni talab etmoqda 1, - degan fikri ta limni tarixiy qadriyatlar va an analarga yangicha yondashuv va texnologiyalarni joriy etish asosida takomillshtirishga undaydi. Mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga asoslanadi. Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayoq respublikamizda fan va ta lim sohasidagi islohotlarga, yetuk kadrlar tayyorlashga katta e tibor qaratildi. Qabul qilingan Ta lim to g risida gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 2 buning yorqin ifodasidir. Prezidentimizning 2011 yil 21 maydagi Oliy ta lim muassasalarining moddiy texnnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to g risida gi qarorlari ta lim tizimini to liq isloh qilish va malakali mutaxassislar tayyorlashni yo lga 1 Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T.: O zbekiston, 2011. T. 19. 25-26 b. 2 O zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 3
qo yishni nazarda tutadi. 2012 yil 16-17 fevral kunlari Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida o tkazilgan Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti mavzusidagi konferentsiya xalqaro jamiyatni O zbekistonda ta lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada to plangan tajriba bilan keng tanishtirish imkonini berdi 3. Bugungi kunda fan-texnika, iqtisod, xalqaro munosabat va xalqaro madaniyatlarning rivojlanishi dunyodagi ko plab mamlakatlarning tarixi, madaniyati, iqtisodi va siyosatini chuqurroq tushunishga va tahlil qilishga imkon beryapti. Bu borada XX-asrning oxirgi o n yilligida ko plab sohalarda yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan Koreya Respublikasi ham bu borada chetda qolmadi. Koreya bilan turli sohalarda hamkorlik qilayotgan va hamkorlik o rnatish istagidagi davlatlar avvalam bor, ushbu ajoyib mamlakatning tarixi, madaniyati hamda urf-odatlarini o rganish barobarida, Koreya Respublikasining qisqa fursat ichida qo lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarining asosi bilan ham qiziqadilar. Ammo, ko pchilikning koreys tilini bilmasligi, yuqoridagi hoxish-istaklarning amalga oshishida qandaydir ma noda to siq bo lishi mumkin deya ayta olamiz. Aynan shuning uchun ham, xozirgi kunda koreys tilini o rganishga bo lgan ehtiyojning jadal sur atlar bilan oshishi ajablanarli xol emas. Til bu u yoki bu xalqni aniq tasvirlab beruvchi, xalqning ijtimoiy rivojlanish xosilasidir. Koreys tili va koreys yozuvi koreys xalqining faxri, g urur hamda iftixori 3 Karimov I.A. Barkamol avlod mamlakatni rivojlantirishda hal qiluvchi kuch. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti mavzusidagi xalqaro konferensiyasi ochilishida so zlagan nutqi. // Toshkent oqshomi. - Toshkent, 2012. 16-17 fevral. - 32. 4
hisoblanadi. Koreys millatini o z-o zini anglashning kuchli idrok etishiga koreys tili turtki bo lgan bo lsa, Koreys alifbosi Hangil esa tizimliligi bilan dunyoning boshqa alifbolaridan ajrallib turishi bilan bir qatorda, aniq ilmiy hamda falsafiy ildizlarga ega bo lgan yozuv turi hamdir 4. Ko p asrlar davomida mamlakatning turli jabhalari Xitoy ta siri ostida bo lishi, Yaponiyaning harbiy mustamlaka davlatiga aylantirilganligi, 2-Jahon urushidan so ng Koreya sarhadlarida Amerika qo shinlarining saqlanib turishiga qaramasdan, koreys xalqining o ziga xosligini, nafisligini, koreys xalqining milliy urf-odatlari-yu, ichki kechinmalarini o zida saqlab qololgan koreys tili dunyoning qadimiy tillaridan hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Gap tuzilish usullari turli tillarda tirlicha namoyon bo lishi hamda o zining murakkabligi bilan bir biridan ancha farq qiladi. Shu jihatdan hozirda ommalashib borayotgan koreys tili ham bundan mustasno emas. Gap tuzilishida ayniqsa murakkab gaplar alohida o rinni egallaydi. Shu boisdan, unda qo llaniladigan gap bo laklari hamda grammatik qo shimchalardan (asosan sabab ma nosida keluvchi) to g ri tartibda foydalanilayotganini hamma vaqt ham kuzatish mumkin emas. Shunday ekan, mazkur ishimizda koreys tilining agglyutinativ tillar toifasiga kirishi, hamda ushbu tilda sodda va murakkab gaplarning grammatik va semantik nuqtai nazardan to g ri tuzilishini tahlil asosida isbotlash mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Tadqiqot predmeti: koreys tilida murakkab gaplar sintagmatikasi. Tadqiqot ob yekti: adabiy matnlarda qo llaniladigan sodda hamda murakkab gaplar. Tadqiqot metodoligiyasi va metodlari: tadqiqot metodologiyasi asosini 4 Koreya Respublikasi // Sonlar va faktlar. - Seul. 2001. B. 15-16. 5
Prezidentimizning ta limga oid asarlari, ma ruzalari tashkil etadi. Ishni yoritish davomida sinxron va diaxron tamoyillarga asoalanildi hamda analiz, sintez, an anaviy va sistem metodlariga murojaat qilindi. Tadqiqot maqsadi: koreys tilida murakkab gaplar sintagmatikasini o rganish, gap bo laklarning murakkab gaplarda tutgan o rni hamda ularning bog lanishida grammatik qo shimchalarning o rnini belgilash. Tadqiqot vazifasi: yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgilaymiz: - sintagma va sintagmatika terminlarini o rganish va izoh berish; - murakkab gaplarga oid adabiyotlarni (o zbek,koreys,rus,ingliz va h.z. tillarda) o rganish va tahlil etish; - koreys tilidagi sodda va murakkab gaplarni o ziga xos xususiyatlarni ochib berish; - gaplarni bog lovchi konstruksiyalar yordamida birikishini ko rib chiqish; - gaplarni o zaro bog lanishida ohang va pauzaning o rnini yoritib berish. Ilmiy yangiligi: koreys tili hozirgi kunga qadar dunyoning ko plab tilshunoslari tomonidan o rganilgan bo lsada, ularning aksariyati rus, ingliz, koreys va boshqa tillardadir. Koreys tilida murakkab gaplar sintagmatikasi o zbek tilida ilk bora o rganilmoqda. Amaliy ahamiyati: mazkur ishimiz koreys tilini o rganmoqchi bo lganlarga hamda bakalavr yo nalishida ta lim olayotgan talabalarga qo llanma vazifasida xizmat qilishi mumkin. O rganilganlik darajasi: 권재일. 한국어통사론 5, 남기심. 표준국어문법론 6, 고 5 권재일, 한국어통사론. 2004. (Kvon Che Il, Koreys tili sintaksisi ). 6 남기심. 표준국어문법론. 2001. (Nam Gi Shim, Adabiy til nazariy gramatikasi ). 6
영근. 한국의언어연구 7, 서정수. 국어문법 8, 정기철. 문장의기초 9. Magistrlik dissertatsiyasi Kirish, Asosiy qism 3 bob va 6 fasldan, Xulosa va adabiyotlar ro yxatidan iborat. I bobda koreys tili tadqiqot ob yekti sifatida o rganilib, uning aynan oltoy tillar oilasiga mansub ekanligi, boshqa tillarga nisbatan ilmiy jihatdan keyinroq o rganilinganligi, sintagma, sintagmatika, sintagmatik bo linish haqida so z yuritiladi. Shu bilan birgalikda koreys tilida gap tuzilishi haqida ko plab olimlarning turli fikrlari va unga bo lgan munosabat hamda xulosalar haqida so z yuritiladi. II bobda gaplarning sodda va murakkab gaplarga bo linishi, ularning farqli jihatlari, bosh va ikkinchi darajali bo laklarning gapdagi vazifasi va kelish o rni tadqiq qilinib, tegishli xulosalar beriladi. III bobda gaplarning funksional va semantik belgisiga ko ra bo linishi, ergash gap va bog langan gaplarning turlari ularda bog lovchilarning o rni, qo llanilishidagi ayrim o xshash va farqli jihatlari yoritiladi. 7 고영근. 한국의언어연구. 2003. (Ko Yon Gin, Koreys tili tadqiqotlari ). 8 서정수. 국어문법. 1996. (So Jong Su, Ona tili grammatikasi ). 9 정기철. 문장의기초. 2004. (Chon Gi Chhol, Gap asosi ). 7
I BOB. KOREYS TILI TADQIQOT OB YEKTI 1. Koreys tili va uni umumoltoyshunoslikda o rganilishi Til jamiyatda paydo bo lganidan boshlab hamisha ijtimoiy harakterga ega bo lib, kishilarning ijtimoiy mehnat jarayonida yuzaga kelgan o zaro aloqa bog lash, fikr almashishga xizmat qiluvchi vositadir. Shu bilan bir qatorda u ham millatning ma;naviy qiyofasini ham o zligini ifoda etuvchi muhim ramzlardan biri, insoniyat tafakkurining bebaxo ko zgusi hamdir. Har bir tilning dunyoga kelish sabablari, shakllanish hamda taraqqiy etish tarixi bo lgani kabi, koreys tilining ham o ziga xos kelib chiqish tarixi va dialektikasi bor. Koreys tili boshqa tillarga nisbatan ancha keyingi davrlarda o rganila boshlandi. Koreys tilining tarixiy negizlarini o rganishga xususan keyingi omillar sabab bo lgan. Ma lumki, Koreya ko p asrlar davomida Xitoyning mustamlakasi bo lgan. Bu koreys tilining tarixiy negizlarini o rganishga bo lgan birinchi sabab bo lsa, ikkinchi muammo esa, XV asrgacha, ya ni, to qirol Sedjon alifboni ixtiro qilgunga qadar, koreyslarning o z shaxsiy yozuvlari bo lmaganligidadir 10. Koreya Xitoyning 1,5 ming yildan ortiq mustamlakasi bo lgani bois ba zi tadqiqotchilar, xususan Edkins koreys tilini xitoy tilining boshqacha ko rinishi 10 Чжун Сук-Бэ, Ю. В. Ванин, Пак Чон Хе, М. Н. Хан. Лекции по истории Кореи. - М., Экслибриспресс, 1997. 96 с. 8
deya ta kidlagan 11. Ammo bunday fikrlashning o zi xatodir. Koreys tili leksikasini 75% xitoy tilidan kirib kelgan so zlar tashkil qilsada, bu koreys tili o zining mavqeini yo qotgan degani emas. Bu yerda ikki variantni ko rishimizmumkin: 1) koreys tili asosini sof koreys leksikasi tashkil qiladi; 2) koreys tili o zining gap tuzilishi va grammatikasida o ziga xoslikni saqlab qolgan bo lib, unda sof koreys leksikasi va o zlashgan so zlar qo llanilishi mumkin 12. Biron tilning so z tarkibi hali u tilning to liq tarkibini belgilab bermaydi. O zlashgan so zlar mazkur tilda qurilish ashyosi singari namoyon bo ladi. Koreyslar bir etnik guruhga mansub bo lib, bir tilda ya ni, koreys tilida so zlashadilar. Ular mo g ul qabilalarining davomchilari hisoblananib, Koreya yarim oroliga bronza asrining neolit davrida kochib borishgan va shu tariqa o troqlashishgan 13. Koreys tili Koreya Respublikasining davlat tili hisoblanib, Janubiy Koreyada 한국말 [Hangukmal], Shimoliy Koreyada esa 조선말 [Cho sonmal]-deb yuritiladi. Koreya aholisi 49 mln.dan ziyod bo lib, ulardan taxminan 530 ming nafari MDH davlatlarida istiqomat qiladi. Bu ko rsatgich esa chet elda istiqomat qiladigan koreyslarning 7,6% tashkil etadi 14. Xozirgi kundagi zamonaviy makrokomparativistika (tarixiy-qiyosiy taqqoslash metodi) da oltoy tillari oilasi nostratik (V.M.Illich Svitichning aniq asoslangan gipotezasiga binoan,hindyevropa, afroosiyo, ural, dravid hamda 11 J.Edkins 1823 yil 19 dekabrda Angliyada tavallud topgan. 57 yil davomida Xitoyda, shundan 30 yil Pekinda yashagan. U tarjimon va tilshunos sifatida nom qozongan. Uning ilmiy izlanishlari asosan xitoy tili va uning tuzilishi hamda buddizm diniga bag ishlangan. 12 Джарылгасинова Р. Ш. Когурёсцы. (Историко-этнографическое исследование). Автореф. дисс. к. и. н. М., 1962. 13 Джарылгасинова, Р. Ш. Этногенез и этническая история корейцев («Стела Квангэтхо-вана»). М., Наука, 1979. 182 стр. 14 한국어 ( 초급 ) Начальный курс корейского языка. 국체교육학단출판부. 서울. 2001, 3 쪽. 9
oltoy tillarining barchasi bir bo lib, yagona nostratik oilani yuzaga keltiradi deb ta kidlagan.) makrooila tarkibiga kiradi. Buning sababini esa uning tarkibiga kiruvchi ko plab tillar, masalan turkiy, mo g ul, tungus-manchjur va h.z. lar misolida ko rishimiz mumkin. Ammo, bu oilaga koreys tilining ham kirishni alohida ta lidlab o tish lozim. Koreys tili qadimgi tillardan hisoblanib, lingvistik va etnografik tadqiqotlar natijasida mazkur til ural oltoy tillari guruhiga mansub ekanligi ma lum bo ldi. Oltoy va ural tillarining o ziga xos yaqinliklari haqidagi taxmin (ural oltoy tillari guruhi haqidagi gipoteza XVIII asrdan beri mavjud ) nostratik nazariya asosida yuzaga keldi. Koreys tilining kelib chiqishi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu tilning yapon tili bilan birgalikda oltoy tillari oilasi bilan o zaro aloqalari haqidagi g oya ilgari surila boshlangan. Koreys hamda g arb olimlarining sermashaqqat mahnatlari koreys tili va oltoy tillarining o zaro aloqadorlik g oyalariga ulkan hissa qo shdi. Koreys tili va oltoy tillarining aglyutinativ xususiyatga ega ekanligi esa mazkur g oyaning mazmun mohiyatini yanada chuqurlashishiga zamin yaratdi desak mubolag a bo lmaydi. Koreys va yapon tillarining umumiy kelib chiqishi haqidagi nazariya g arbda XIX-XX asrda yuzaga kelib, uning asoschisi N.Ya.Bichurin va P.Kafarov shu haqda to xtalib o tishgan 15. Koreys va yapon tillarining tadqiq etilishi jarayonida mazkur tillarning leksika, grammatikasida umumiy jihatlar ko p ekanligi ma lum bo ldi. Koreys tili tarixini o rganuvchi taniqli koreys tadqiqotchisi Li Gi Mun har ikki tildagi o zaro o xshash 200dan ziyod so z va 15 dan ortiq qo shimchalar borligini 15 Чжун Сук-Бэ, Ю. В. Ванин, Пак Чон Хе, М. Н. Хан. Лекции по истории Кореи. М., Экслибриспресс, 1997. 96 стр. 10
isbotlab berdi 16. Ilmiy oltoyshunoslikning yuzaga kelishida N.N.Poppe, B.Ya.Vladimirtsov, Ye.D.Polivanov, S.A.Starostina, M.Svodesh kabi olimlarning qo shgan xissalari katta ahamiyatga ega. Tilshunoslik tarixida ilk bor oltoy tillari terminini finn olimi Kastren qo llagan 17. U ko p yillar mobaynida Sharq mamlakatlarida sayohatda bo lib, tadqiqotchilik bilan mashg ul bo lgan. Kastren oltoy tillari oilasiga nafaqat tungus, manchjur, mo g ul, turkiy tillarni balki ural tillariga mansub tillarni ham kiritgan. Trofimenko O.A.ning yozishiga qaraganda: ilgari (XIX- asrning 30-yillari) oltoy tillariga ural tillari nomi berilgan barcha tillar kiritilgan. oltoy termini esa mazkur tillarning ilk shakllangan makoniga ko ra qo llanilgan 18. V.M.Illich Svitichning aniq asoslangan gipotezasiga binoan, hindyevropa, afroosiyo, ural, dravid hamda oltoy tillarining barchasi bir bo lib, yagona nostratik makrooilani yuzaga keltiradi 19 deb ta kidlagan. Kastrendan so ng ko plab olimlar uraloltoy tillari oilasi terminini keng qo llay boshladi. Ammo yanada chuqur olib borilgan tadqiqotlar natijasida finn olimi G.Y.Ramstedt ural va oltoy tillarini ikkiga bo lib, ularni alohida til guruhlari ekanligini isbotlab berdi 20. Va bugungi kunga kelib esa, oltoy tillari oilasini tungus-manchjur, turk, mo g ul va h.z. tillar tashkil etadi deb hisoblash qabul qilingan. Ammo, koreys tilining oltoy tillari oilasi bilan bog liqlik taraflari haqida so z yuritilganda, bu o z navbatida finn olimi G.Y.Ramstedt nomi bila bog liq ekanligini bilamiz. O tgan asrning 20-yillarida yapon tilining oltoy oilasi bilan 16 Канаева И.А.Лекция 2. Доисторический период корейского языка. 2.1 Систематический обзор корейского языка. Генеалогия и родственные связи корейского языка. -С.1-2. 17 O'sha ma ruza, 6 bet. 18 О.А.Трофименко О.А. Позиция корейского языка в классификации отдельных групп алтайских языков. // ВЯ. 1992, 3. С.78-83. 19 Agar mazkur oilaning qardoshlik shajarasiga nazar tashlansa, oltoy tillari sharqiy nostratik shoxdan ajralib chiqgan. Koreys tili esa yapon, tungus-manchjur tillari kabi nostratik dialekt (sheva)ga mansubdir. 20 www.mail.ru http//rodstvennye_svyazi_koreyskogo_s_altayskim &4653 11
bog liqlik masalasi ko tarilganda, ilk bor koreys tili ham mazkur masalaga jalb etilgan. Nisbatan keyinroq, ya ni 30-yillar oxiriga kelib esa G.Y.Ramstedtning koreys tilining oltoy tillari oilasiga mansub ekanligi haqidagi mashhur maqolasi matbuot yuzini ko rdi 21. U 1919-1939 yillar mobaynida Yaponiyada o zining tadqiqot ishlarini olib borgan. U yerda koreyalik talabalar bilan muloqotda bo lib, koreys tiliga mehr qo ygan va uni o rgana boshlagan. Koreys tilini o rganishda yuqori natijalarni qo lga kiritgan. Uning tadqiqotlari natijasida Koreys tilini etimologiyasini o rganish (1949) nomli kitobi chop etilib, ulkan muvaffaqiyat qozonadi. Mazkur kitobda asosan koreys tili va oltoy tillarining leksikasini qiyoslash orqali erishgan natijalari o rin egallagan. Uning o limidan so ng chop etilgan Oltoy tillari asoslari (I, II, III qismlar: 1952, 1957, 1966) kitobida lingvistik taqqoslash metodi orqali u koreys tili va oltoy tillaridagi fonemlarning o zaro mutanosibligini, grammatik morfemlarni taqqoslash usuli bilan esa koreys tilini oltoy tillari oilasiga mansub ekanligini isbotlab bergan. Ramstedtdan so ng amerikalik tilshunos olim N.N.Poppe koreys tilining tuzilishida oltoy tillarining asoslari bor ekanligi g oyasini tom ma noda me ros qilib olgan desak mubolag a bo lmaydi. U o zining Oltoy lingvistikasiga kirish nomli kitobida Ramstedtning fikrlariga to liq qo shiladi hamda koreys tilini boshqa tillarga nisbatan tungus tillariga yaqinroq ekanligini va shu bilan birga oltoy tillari asosiga ega ekanligi fikrini aniq bayon qilgan. Aynan shu kitobida u o zining bir qancha fikrlarini namoyon qilib, unda oltoy tillariga nisbatan koreys tilining egallashi mumkin bo lgan 3 taxminiy variantni keltirgan: 21 O sha manba, 4-b. 12
1) koreys tili tungus-manchjur, turk, mo g ul yoki boshqa oltoy tillari bilan o zaro aloqadorligi mavjud; 2) qadimgi koreys tili ham yagona oltoy tillari oilasi tizimi yuzaga kelmasdanoq shakllangan; 3) koreys tili o ziga qadimgi oltoy asoslarini singdirgan 22. Koreyada ham koreys tilining oltoy tillari bilan muvofiqligini o rganish muhim masalalardan hisoblangan. Ushbu jarayon Koreya Yaponiyaning mustamlakachaligidan ozod bo lganidan keyin (15 avgust, 1945 yil), aniqrog i XX asrning 60 yillaridan boshlangan. Mashhur koreys tilshunoslaridan biri Li Gi Mun o zining Koreys tilining rivojlanish tarixidan nomli kitobida koreys tili qadimgi Koreya hududlarida istiqomat qilgan qabilalar tili Puyo va Xan tillarini o zida mujassamlashtirganini alohida ta kidlab o tgan. Qadimgi koreys tilini tom ma noda ikkiga ajratish mumkin: shimoliy puyo hamda janubiy xan. Birinchi guruh tilida Manchjuriya, Shimoliy Koreya hududlarida istiqomat qilgan qabilalar so zlashgan bo lsa, xan tilida Janubiy Koreyada istiqomat qilgan qabilalar so zlashgan. Ular keyinchalik uch xonlik davlati, ya ni, Chinxan, Maxan, Pyonxan davlatlariga asos solishgan 23. Rossiyada esa 1897-yilda Koreya bilan diplomatik aloqalar o rnatilgandan so ng, xususan Sankt Peterburgda koreys tilini o rganish bo yicha katta maktab faoliyat ko rsatishni boshlagan. Mazkur tilshunoslik maktabi namoyondalaridan biri B.Ya.Vladimortsov o z faoliyati davomida shunday ma lumotlar to plaganki, unda turk, mo g ul, tungus manchjur va koreys tillarining kelib chiqishi, o zaro aloqadorligi haqida bayon qilingan va bu 22 Алпатов В. М. Лингвистическое наследие Н. Поппе // ВЯ. 1992, 3. С.119-125. 23 Джарылгасинова Р. Ш. Когурёсцы. (Историко-этнографическое исследование). Автореф. дисс. к. и. н. М., 1962. 13
ko plab baxs-munozaralarga sabab bo lgan. 1927-yilga kelib esa, Ye.D.Polivanovninig Koreys va oltoy tillarining o zaro aloqadorligiga doir nomli maqolasi chop etilgan. Unda koreys tili va oltoy tillarining umumiy xarakteristikasi, xususan yuqorida keltirilgan til guruhlarining ham tipologik qirralari va shu bilan birgalikda koreys tili va oltoy tillarining o zaro mutanosibliklari haqida so z borgan. U mazkur maqolasida koreys tilini tungus-manchjur, mo g ul, turkiy-tatar tillari bilan o zaro yaqinlik aloqalarini ochib bergan. Polivanov keltirgan leksik materiallar nisbatan kam bo lsada, ammo faktlarning ilmiy tadqiq etilishi natijasida koreys tilining oltoy tillari oilasida egallashi kerak bo lgan munosib o rinni belgilab bergan. Xususan, koreys tili leksikasining asosida morfema tarkiblarining qisqarish etaplarini ko rsatib berdi 24. Bu hol esa, hozirgi zamon mo g ul tillari evolyutsiyasida ham namoyon bo lmoqda. Ye.D.Polivanovning o zi esa 20-yillarning oxiridan boshlab kuchli ideologik bosim qurboniga aylanadi. 1937-yilga kelib, u repressiyaga uchraydi. Bundan ko rinib turibdiki, koreys oltoy tillarining tarixiy qiyosiy tadqiqoti borasida so z ham bo lishi mumkin emasdi. Shu o rinda yana bir rus olimi A.A.Xolodovichning koreys tilininig rivojiga qo shgan ulkan xissasi haqida to xtalsak. U koreys tilining tuzulishini, ya ni fonetika, grammatika hamda leksikasini shu darajada o rganganki, uning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari keyinchalik oltoyshunos olimlarni eng zarur materiallar bazasi bilan ta minladi desak bo ladi. Bu haqda uning «Материалы по грамматике корейского языка XV века» 25 nomli kitobida ko plab ma lumot olishimiz mumkin. Mazkur kitobda u koreys tilining XV asrdagi 24 Алпатов В. М. Лингвистическое наследие Н. Поппе // ВЯ. 1992, 3. С.119-125. 25 Холодович А.А. Материалы по грамматике корейского языка XV века. М., 1986. С.8-20. 14
holatini qadimgi solnomalardan o rganib, bugungi kunga kelib qanchalik sayqallanib, rivoj topgani to g risida ham bir qator dalillarga duch kelamiz. U o zining safdoshlari Ye.D.Polivanov va G.Y.Ramstedtlardan farqli o laroq koreys tilining oltoy tillari bilan qardoshlik aloqalari haqida tadqiqot ishlari olib bormagan. G.Y.Ramstedtning 1939 yilda chop etilgan Koreys tili grammatikasi nomli kitobini A.A.Xolodovich rus tiliga tarjima qilgan va u 1951 yili nashrdan chiqib, keng ommaga havola etilgan. A.A.Xolodovich tomonidan tuzilgan ilk lug at hozirgi kungacha tilshunoslarning asosiy quroli bo lib kelmoqda. «Очерк грамматики корейского языка» kitobi koreys tilining morfologiyasi, fonetikasi hamda sintaktikasisini o rganishda muhim qo llanma bo lib xizmat qilmoqda. Endi g arb oltoyshunosligiga nazar tashlaydigan bo lsak, u u 40-50 yillarga kelib G.Y.Ramstedt va N.N.Poppelarning xizmati bilan ancha yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan edi. G.Y.Ramstedt va N.N.Poppe tomonidan amalga oshirilgan ishlardan biri bu turk-mo g ul hamda koreys tillaridagi fonetik mutanosibliklarni isbotlab berganliklaridadir. Har bir narsaning qarama-qarshi tarafi bo lgani kabi oltoyshunoslarning ham qarshi tarafdorlari bo lib, ular antioltoyshunoslar deb nomlangan. Bu esa o z navbatida G.Derfer va uning bir necha izdoshlari bilan nomi bilan bog liq. G.Derfer, A.Vovin, S.Georg, Yu.Yanxunen kabi bir qator tadqiqotchilar oltoy tillarining o zaro aloqadorligini asossiz deb hisoblaydilar 26. Bunday xulosaga kelishlariga sabab esa, oltoy tillaridagi so zlarning o zaro qiyoslanishidir. Turkiy, mo g ul, koreys va h.z. xalqlarning uzoq davrdan beri qardosh yashab kelishi, o zaro muloqot va munosabatda bo lishi, tabiiyki, biron tildan boshqasiga yangidan yangi so zlarning kirib kelishiga zamin yaratgan. Bu esa o z navbatida 26 Bu tillarni faqatgina umumiy maydon va tipologik mavqe bog lab turadi xolos, deya ta kidlashgan. 15
o zlashgan so zlarning yuzaga kelishiga sabab bo lgan. Demakki, mazkur xalqlar o zaro muloqot jarayonida qardosh xalqlarning leksikasiga duch kelishgan. Antioltoychilarning fikricha, til guruhlarining o zaro mutanosibliklari masalalari ko rib chiqilayotganda, an anaviy komparativistika me yorlaridan chetlashgan holda, ya ni tilni asosiy, yadroviy va pereferik leksikalarga bo linishini shart deb bilganlar. Bu jarayon tabiiyki oltoyshunoslarning tadqiqot ishlariga anchagina qiyinchiliklar tug dirgan. Oltoy tillarini o rganishda so zdagi muvofiq fonemalarning fonologik tarkibini o rganishdek aspekt e tibordan chetda qolgan. Tadqiqotlar natijasida to plangan ko plab ma lumotlar avval takidlab o tilmagan dalillarni, ya ni so zning fonetik muvofiqligini, shuningdek arxaizmalarga qarab oltoy tillarining klassifikatsiyasini tuzishdek imkoniyatni yaratib berdi. Unga ko ra mo g ul, manchjur, turkiy, koreys, yapon tillarining fonologik tuzilishidagi o ziga xosliklar, arxaik so zlarning qo llanilishi bugungi kunga kelib, shu so zdagi mavjud unli va undoshlarning qay tarzda saqlanib qolinganligi yoki bo lmasa o zgarishga uchraganligini ko rish mumkin. Zamonaviy oltoy tillarining fonologik sistemasida bir qator umumiy mutanosibliklarni ko rishimiz mumkin. Oltoy tillarida fonologik urg u deyarli uchramaydi. Ammo, koreys va yapon tillarida bu so zlarning musiqiy ohangda aytilishi shu tillarning o ziga xos jixatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda unli tovushlarning uzun qisqaligi hamda ohangning baland pasatligi ham bu tilning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Oltoy tillarining morfologiyasiga agglyutinatsiya, ya ni so z o zagiga qo shimchalarning qo shilishi xarakterlidir. Shu o rinda bir qator tipologik farqlar ham bor ekanligini ta kidlab o tish joiz. Agar, g arbiy turkiy tillar 16
agglyutinatsiyaning klassik na munasi bo lib, fuziyaga ega bo lmasada (ya ni, morfemlarning qo shilish usuli), mo g ul, manchjur, turkiy, koreys, yapon tillarda esa buning aksini ko rishimiz mumkin. Mazkur tillarda fuzik holatlar bilan birgalikda morfonologik, morfologik holarlarni uchratishimiz mumkin. O zbek tili Koreys tili Bormoq boryapman Ko rmoq ko ryapman 가다 갑니다 [kada- kamnida] 보다 봅니다 [po da-po mnida] Yuqoridagi misollarda agglyutinatsiyaning yaqqol namoyon bo lishini ko rishimiz mumkin. 2. Koreys tili sintaksisining o rganilishi va sintagmatika Sintagma intonatsiya (ohang) va ma no jihatdan yaxlit bo lgan bir yoki bir necha so zlardan iborat sintaktik birlik 27. Sintagma gap ichida bir-birining ketidan kelib bir nafas bilan aytiladigan so zlar guruhidir. Shuningdek, sintagma bir so zdan ham hosil bo lishi mumkin, u ritmik urg uga ega bo ladi, gap tarkibidagi sintagmalar bir- biridan pauzalar bilan ajraladi. Sintagma nutq bilan, gapirish jarayoni bilan bog liq bo ladi. U muayyan ritmik urg u va pauza yordamida amalga oshiriladi. Sintagma birgina so zdan ham tuzilishimumkin. Shuningdek, so z+ko makchi kabi birikmalar ham sintagma hisoblanishi mumkin. Nutqdagi har qanday sintaktik hodisa ham sintagmatik kategoriyaga taalluqli bo ladi. 27 Ruscha-o zbekcha lug at. O zbekiston Fanlar Akademiyasi. A.Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti.:t- 1984. 17
Sintagma nutq jarayoni bilan bog liq bo lgan sintaktik birlik bo lganligi uchun sintagmani tashkil qilgan komponentlar yonma-yon turmog i shart. Nutqning asosiy (Sherba 1963), og zaki nutqning dastlabki birligi (Nikolayeva 1977) hamda eshitilayotgan nutqda kommunikativ va ma no farqlash vazifalarida keluvchi minimal birlik(vinogradov 1977) hamdir. Sintagmatika til sistemasi birliklarini nutq faoliyatida muayyan tartibda, ketma ketlikdajoylashishi, o zaro mantiqiy munosabatga kirishishidir sintagmatika til birliklarini nutq jarayonida o zaro bog langan holda qo llanishini tekshiradi 28. Nutqda delimitatsiya uchun keng foydalaniladigan urg uli va urg usiz, uzun va qisqa bo g inlarni talaffuz qilish vositalaridan biri sintagmatik bo linishdir, deya ta kidlaydi f.f.n. Ben Yon Suk Koreys tilida ohang sintagmatikasi nomli disseratsiyasida va unga quyidagicha ta rif beradi: Sintagmatik bo linish har bir sintagmatik birlikning potensial korrelyati (mazmuni boshqa tushuncha bilan munosabatdagina ochiladigan tushuncha) bo lib, bu so zlovchi tomonidan u yoki bu og zaki matnni so zlayotganda amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi mumkin. Sintagmatik bo linish lingvistik bo linishlarning muhim bo linishlaridan biri sifatida hali hamon tadqiqiotchilarning qiziqishlariga sabab bo lib kelmoqda. Shu bilan birgalikda uning mexanizmi, ajratish birligi sintagmalar to liq o rganilmagan va baxs munozarali mavzulardan biridir. Sintagmatik bo linishlar nazariy va amaliy jihatdan o rganiladi. Nazariy nuqtai nazardan, sintagmatik bo linish shartlari tadqiq qilinib, unda sintagmaning o rni, uning so z birikmalarida o xshash va farqli tarafli o rganilib, sintagmaning tarkibiy qismlari o rganiladi. Sintagmalarning birligini yaratishda 28 Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. T. 2010. b 241-243. 18
nutq ohangi vositasining roli tahlil qilinadi va h.z. Turli tillarda sintagmatik bo linishga oid ko plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Amaliy nuqtai nazardan esa, turli tillarni o rgatish jarayonida tarjima nazariyasi sohasida sintaktik bo linishlarni taqqoslab, ularning tahliliy natijalarini qo llash imkoniyatlari ko rib chiqiladi. Jumlalarning sintagmatik bo linishi ob yektiv qonuniyatlarga asoslangan va umume tirof etilgan fakt hisoblanadi. Ya ni, har bir tilning o z xususiyatlaridan kelib chiqib, mazkur tildagi jumlalar ma lum qonun-qoidalarga muvofiq sintagmalarga ajratiladi. Koreys va o zbek tillarini solishtirma tahlili qilaniyotganda quyidagi vazifalar bajarilishi kerak: 1) taqqoslanayotgan tillarning grammatik xususiyatlaridan kelib chiqib, sintagmatik bo linishlarning aniq qonuniyatlarini ishlab chiqish; 2) strukturaviy sintagmalarni o ziga xos prosodik xususiyatlarini aniqlash; 3) ikkala tilda ham jumlalarning tugallanganligi yoki tugallanmaganligini hamda so roq ma nosida keluvchi ohang sintagmalarining o xshash va farqli taraflarini aniqlash. Sintagmatika nafaqat sintaktik jihatdan gaplarni o zaro bog lashda, balki morfologik jihatdan ham bog lanishda o ziga xos o ringa egadir. Buni esa Ribakov Mixail Anatolyevichning Ot Strukturasida sintagmatik munosabatlar mavzusida yoqlagan nomzodlik dissertatsiyasida ko rishimiz mumkin. Morfemlarning birikish usuli orasidagi bog liqlik morfologik sintagmatika va tilning grammatik tuzilishining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bu esa B.A.Serebrennikov tomonidan quyidagicha ta`kidlab o tilgandi: Agar bir tilda morfemlarning turli usullari bilan birika olishi, ushbu usullarning mustaqil rivojlana olishi bilan ifodalansa, bunday usullarning 19
mavjudligi mazkur tilning strukturasiga bog`liqdir. Matndagi leksik tarkib va ular sintagmatikasini yana bir nomzodlik dissertatsiyasida, ya ni, A.E.Suprun o zining Leksik sintagmatika va matnning leksik tuzilishi doirasida yaqindan tanishishimiz mumkin. Unda xususan, matnning leksik strukturasi tushunchasi uning paradigmatik va sintagmatik nuqtai nazaridan o rganilishini ochib bergan. O zaro bog liq matn deganda ma no jihatdan tugallangan jumla hisoblanadi. Ilk bora sintagmatik tadqiqot ishlari 80-yillarda O.S.Axmanova tomonidan olib borilgan bo lib, mazkur ish Ilmiy matnda nutqiy ketma ketlikning sintagmatik kondensatsiyasi deb nomlanadi. Faqatgina 90-yillarga kelibgina sintagmatik tadqiqotlar bilan shug ullanish keng tarqalib, bu borada ko plab dissertatsiya ishlari yoqlanadi. Masalan, N.D.Burvikova Monologik matn qonuniyatlari (1981 y.), S.G. Ter-Minasova Funksional uslublar sintagmatikasi (1980 y.) va h. z.lar. Sintagmatikaga nutq va fikrlash jarayonida yagona ma noviy bir butunlik kasb etuvchi fonetik birlik deya V.Sherba shunday ta rif beradi. Sintagma deganda, til birliklari: morfema, so z, so z birikmalari, jumlalarning ketma-ketlikda kelishlari tushuniladi. Gap mazmunining grammatik jihatdan to g ri ketma-ketlikda berilishi, murakkab gapdan tashqari sodda gapning o zida ham mujassam bo lishi mumkin. Shundan kelib chiqgan holda, sintagmatik tahlil gapda ichki mutanosiblikni ham taqozo etadi. Masalaning qiyin tarafi - fikrni bayon etish semantikasi bilan matndagi semantik munosabatlarni bir-biridan ajrata olishda. (agar bu zarur bo lsa). Ilmiy tilning sintagmatik xususiyatlari ham tadqiq etilib, bunda so z birikmalari, jumla, matn ko rib chiqiladi hamda ularning sintaktik munosabatlari 20
o rganiladi. Sintagmatik munosabat til birliklari o rtasida ketma-ketlilik va bir vaqtda sodir bo layotgan harakat munosabatlaridir. Bu ma lum bir til birliklarining boshqa til birliklari bilan ma lum bir kontekstda munosabatga kirishishidir, ya ni, qo shnichilik qilishi. Sintagmatik munosabat jumla yoki matnda birliklarning bog lanish qonuniyatidir. Masalan, Ahmedova aspirantlar forumida falsafiy harakterdagi savol berdi. Mazkur jumlani bo laklarga ajratgan holda, aspirant forum, Ahmedova berdi, falsafa xarakter deya ayta olmaymiz. Chunki har bir so z o zining birikuvdagi mutanosiblik birligiga egadir, ya ni leksik va grammatik xususiyatlari aks etilishi kerak. Ma lum bir til birliklari ega bo lgan barcha forma va ma nolardan faqatgina o zimizga tegishlisini olib, foydalanamiz. Koreys tili grammatikasini ilk bora G.Y.Ramstedt o rgangan bo lib, keyinchalik uning kitobini rus tiliga A.A.Xolodovich tomonidan tarjima qilinganligini yuqorida aytib o tgandik. U o zining «Очерк грамматики корейского языка» nomli kitobida koreys tilida gap tuzilish, uning agglyutinativ til bo lgani bois Ega,Aniqlovchi,Kesim dan tarkib topganligini yoritib bergan. Bunday toifaga kiruvchi tillarda kesim doimo gap oxirida kelib, grammatik vositalar, zamonni bildiruvchi zamon qo shimchalari ham aynan kesimga qo shiladi. Xususan, I Ik Sop o zining Koreys tili grammatikasi ( 이익섭, 한국어문법. 서울대학교 ) kitobida koreys tilida gap tuzilishining asosi 주어 목적어 서술어 [ chuo mokchogo sosulo ] ya ni, ega aniqlovchi kesimdan iborat deb ta kidlaydi. Jumla avvalida ega kelib, jumla oxirida kesim keladi va ular 21
ikkisining o rtasida esa aniqlovchi joy oladi 29. Dunyoda ko plab tillar mavjud bo lib, ularning gap tuzilish tartibi ular qaysi til oilasiga mansub ekanligiga qarab, SVO,VSO yoki SOV kabi turlarga bo linadi 30. Ya ni, S (subject, ega 주어 ), O (object, aniqlovchi 목적어 ) va V (verb, kesim 서술어 ). Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda, I Ik Sop koreys tilini SOV tarkibli tillar oilasiga mansub ekanligini va gaplar aynan shu ketma-ketlikda tuzilishini ko rsatib o tgan. Jumlalar orasida eng sodda jumla ega va kesimdan iborat bo lgan jumladir 31. I Ik Sopning koreys tili (grammatika, sintaksis) ga bag ishlangan ko plab ilmiy adabiyotlar muallifi hisoblanib, u koreys tilshunosligining rivojlanishiga o zining samarali mehnatlari bilan katta hissa qo shgan, tilshunos olimdir. Xusussan, 국어문법론강의 32 (Koreys tili nazariy grammatikasidan ma ruzalar) kitobida koreys tilida gap tuzilishi, uning tarkibi, murakkab gaplarning turlarini aniq ravshan va asosiysi sodda tilda tushuntirib bergan. I Ik Sop kabi koreys tilshunoslarining yorqin namoyondalaridan biri Nam Gi Shim ( 남기심 ) dir. U o zining sermashaqqat mehnatlari bilan koreys tilini fonetikasidan tortib sintaksisigacha mukammal o rgangan va bu bilan u o z ona tiliga qanchalik mehr qo yganini, uni ardoqlashini o z ilmiy asarlarida namoyon eta olgan. Ayniqsa, sintaksisga bag ishlangan 국어문법의탐구 [Kugo munpobe thamgu] (Ona tili grammatikasi tadqiqoti,), 표준국어문법론 [Phyojun kugo 29 이익섭. 한국어문법. 서울대학교출판부. 2004. 1쪽. (I Ik Sop., Koreys tili grammatikasi). 30 O sha manba, 2 bet. 31 O sha manba, 339 bet. 32 이익섭. 국어문법론강의. 공저학연사. 1999년. (I Ik Sop, Koreys tili nazariy grammatikasidan ma ruzalar. 1999). 22
munpopron] (Adabiy til nazariy grammatikasi) hamda 현대국어통사론 [Hyonde kugo thongsaron] (Zamonaviy koreys tili sintaksisi) kitoblari ayniqsa diqqatga sazovordir. 국어문법의탐구 [Kugo munpobe thamgu] (Ona tili grammatikasi tadqiqoti,) nomli kitobi uning sintaksisga oid kitoblarining debochasidir. Mazkur kitobda grammatikaga oid barcha unsurlar atroflicha tushuntirilib, koreys tili sintaksisi to laqonli yoritilgan. Ayniqsa, koreys tilining oltoy tillari bilan o zaro aloqasini va agglyutinativ til ekanligi 33 hamda uning xususiyatlarini namoyon qilgan. 현대국어통사론 [Hyonde kugo thongsaron] (Zamonaviy koreys tili sintaksisi) kitobida sintaksisga doir fikrlarini keltirib, gapning shakllanishi va gap tarkibini mukammal darajada ilmiy asoslab bergan. Unda xususan, gap shakllanishida nimalarga alohida ahamiyat berish kerakligini, gapning yaxlit bir butunlik kasb etishida so zlarning o rni 34 va grammatik kategoriyalardan foydalanish tartibini asoslab bergan. 표준국어문법론 [Phyojun kugo munpopron] (Adabiy til nazariy grammatikasi) kitobida esa, ayniqsa, gap ichida gap ya ni 문장속의문장 35 [Munjang soge munjang] nomli bo limida gap bo laklarini batafsil yoritib bergan. Shuningdek uning 당신은우리말을새롭고바르게쓰고있습니까? ( 셈터. 1995) [Tangshinin urimaril seropko parige ssigo issimnikka?] (Siz bizni tilimizni o rganayotib to g ri yozyapsizmi?) deb nomlangan kitobi ham sintaksisga oid kitoblaridan biri sanaladi. 33 남기심. 국어문법의탐구. 태학사. 1996. 9 쪽. (Nam Gi Shim, Ona tili grammatikasi tadqiqoti). 34 남기심. 현대국어통사론. 태학사. 2001. 230 쪽. (Nam Gi Shim, Zamonaviy koreys tili sintaksisi). 35 남기심. 표준국어문법론. 탑출판사. 2001. 375 쪽. (Nam Gi Shim, Adabiy til nazariy grammatikasi). 23
Koreys tilida gap tarkibini mukammal o rgangan olimlardan yana biri 정기철 [Chong Gi Chhol] dir. Uning sintaksisga oid kitobi 문장의기초 [Munjange kichho], ya ni, Gap asosi deb nomlanadi. Umuman, gap deganda nima tushuniladi? Gap o zi nima? To g ri tuzilgan gap asosini nimalar tashkil etadi va uning qanday shartlari bor? degan savollarga batafsil javoblarni yoritgan. Xususan, unda shunday keltirilgan jumlani ko rishimiz mumkin: 좋은문장이어떤문장인지몇마디말로단언하기는매운어려운일이다. 문장은단 순히쓰기의결과물이아니라글쓴이와읽는이의상호교류적과정이요결과물이기때 문이다. 따라서글쓴이의사상배경, 글쓸당시의상황과읽는이의글읽는동기와목적, 세계관등많은조건들이고려되어야한다. 그리고글쓴이의개성 ( 문체 ) 이다다르기때 문에그점도고려하여야좋은글의기준을세울수있다 36. To gri tuzilgan gap qanday gap ekanligini bir ikki og iz so z bilan ifodalab bo lmaydi. Bir jumlaning shunchaki yozilishi uning tog ri tuzilgan gap ekanligidan dalolat bermaydi. Uning yozilishi, o qilishi va gapning maqsadi hisobga olinishi kerak. Shu bilan birgalikda gapning tuzilishi jihatidan biri ikkinchisidan farq qilinishi ham hisobga olinsa, to g ri jumla tuzilishi mumkin. Koreys tilini tadqiq qilgan yana bir tilshunos olim 서정수 [So Djong Su] dir. So Djong Suning ilmiy asari 국어문법 [Kugo munpop] (ona tili grammatikasi) deb nomlanib, u juda katta hajmdagi ilmiy asardir. Koreys tilini, umuman olganda koreys tilining fonetikasi, orfografiya, orfoepiya, morfologiya, sintaksisini tom ma noda o ta mukammal darajada yoritib bera olgan ilmiy asar desak, aslo mubolag a bo lmaydi. Mazkur kitob shunchalik mukammal, aniq va 36 정기철. 문장의기초. 서울. 도서출판열락. 2004. (Chong Gi Chhol, Gap asosi). 24
ravshan yozilganki, unda hoh til o rganuvchi hoh tadqiqotchi bo lsin, o zini qiziqtirgan barcha savollarga osongina javob topishi mumkin. So Djong Su gapga quyidagicha ta rif beradi: 문장이무엇인지를말하기도결코쉽지않다 37. 문장이란것은완전한생각을나타 내는한무리의낱말이다 38. Gap nima ekanligini aytish unchalik oson emas. Gap tugallangan fikrning bir jumlada ifodalanishidir deya izohlagan. Yuqorida nomi keltirilgan tilshunoslardan tashqari, quyida nomi keltiriladigan tilshunoslar ham koreys tilida murakkab gaplar haqida o z izlanishlarini o zlarining kitoblarida batafsil yoritib berishgan. Ular xususan quyidagilar: 권재일 39. 국어의복합문구성연구. (Kvon Che Il, Ona tilida murakkab gaplar tadqiqoti), 집문당. 1985, 이주행 40. 한국어문법연구. 중앙대출판부. 2000. (I Ju Heng, Koreys tili grammatikasi), 이주행 41. 한국어문법의이해. 도서출판. 2004. (I Ju Heng, Koreys tili grammatikasini tushunish), 민현식 42. 국어문법연구. 역락출 판사. 1999. (Min Hyon Shik, Ona tili grammatikasi tadqiqoti), 정동완 43. 국어복합 문위의미연구. 서광학술자료사. 1993. (Jong Tong Van, Onatili murakkab 37 서정수. 국어문법. 서울. 한양대학교출판원. 1996. 16 쪽. (So Djong Su, Ona tili grammatikasi). 38 O sha manba, 17-b. 39 권재일. 국어의복합문구성연구. (Kvon Che Il, Ona tilida murakkab gaplar tadqiqoti). 40 이주행. 한국어문법연구. 중앙대출판부. 2000. (I Ju Heng, Koreys tili grammatikasi). 41 이주행. 한국어문법의이해. 도서출판. 2004. (I Ju Heng, Koreys tili grammatikasini tushunish). 42 민현식. 국어문법연구. 역락출판사. 1999. (Min Hyon Shik, Ona tili grammatikasi tadqiqoti). 43 정동완. 국어복합문위의미연구. 서광학술자료사. 1993. (Jong Tong Van, Onatili murakkab gaplarning ma noviy tadqiqoti). 25
gaplarning ma noviy tadqiqoti), 윤석민 44. 현대국어의문장종결법연구. 집문당. 2000, (Yun Sok Min, Zamonaviy koreys tilida gaplarning bog lanishi), 오준규 45. Aspects of Korean Syntax. 서울. 1971. (O Jun Gyu, Koreys tili sintaksisi aspekti), 박 갑수 46. 우리말, 바로써야한다. 집문당. 1995. (Pak Kap Su, Bizning tilimiz, to g ri yozish kerak), 송석중 47. 한국어문법의새조명. 지식사업사. 1993. (Song Sok Jung, Koreys tili grammatikasining yangi talqini), 한효석 48. 이렇께해야바로쓴다. 한겨 레신문사.1995. (Xan Hyo Sok, Bunday yozilsagina to g ri bo ladi), 황경식 49. 재미있는논리와논술이야기. 열림원. 1993. (Xvang Kyong Shik, Qiziqarli mantiq va bayon). Kim N.D. K voprosu izucheniya sintaksisa I sintaksicheskix yedinic // v mire Koreyevedeniya. 2008., 168-180 Kim N.D. K voprosu ob osobennostyax strukturi slojnogo pred-ya v kor.yaz.e // Izvestiya koreyevedeniya v Centralnoy Azii. Almaty. Vipusk 7 (15) 2008. str 191-208 Kim N.D. grammaticheskaya I funksionalno-semanticheskaya priroda glavnix chlenov predlojeniya v kor-m yazike.: Avtorefer.diss kand.filol.n., T., 44 윤석민. 현대국어의문장종결법연구. 집문당. 2000. (Yun Sok Min, Zamonaviy koreys tilida gaplarning bog lanishi). 45 오준규. Aspects of Korean Syntax. 서울. 1971. (O Jun Gyu, Koreys tili sintaksisi aspekti). 46 박갑수. 우리말, 바로써야한다. 집문당. 1995. (Pak Kap Su, Bizning tilimiz, to g ri yozish kerak). 47 송석중. 한국어문법의새조명. 지식사업사. 1993. (Song Sok Jung, Koreys tili grammatikasining yangi talqini). 48 한효석. 이렇께해야바로쓴다. 한겨레신문사. 1995. (Xan Hyo Sok, Bunday yozilsagina to g ri bo ladi). 49 황경식. 재미있는논리와논술이야기. 열림원. 1993. (Xvang Kyong Shik, Qiziqarli mantiq va bayon). 26
2006 Basko N.S., Djong Li Xoya. Sravnitelny analiz virajeniya prichinnosledstvennix otnosheniy v russkom I koreyskom yazikax. Seulskiy universitet. Respublika Koreya. 2008 Rudnitskaya Ye.L. SPORNIYE VOPROSI KOREYSKOY GRAMMATIKI I teoreticheskiye problemy I metody ix resheniya. vostochnaya literatura RAN., M., 2010. Rudnitskaya Ye.L. Sintaksicheskiy I semanticheskiy analiz predlojeniy s opusheniyem g;agolov rechi ( -kona cit govorit ) v koreyskom yazike.// voprosy yazikoznaniya N2., 2002., c.90-102. Rudnitskaya Ye.L. Problema podlejashego v koreyskom // Rossiyskoye koreyevedeniya. N4/ Koncevich L.R.(red). M., 2004, c 293-310 Rudnitskaya Ye.L. Osobennosti sintaksicheskoy I informacionnoy struktury (aktualnogo chleneniya) v predlojeniyax so stativnymi predikatami psixologicheskogo sostoyaniya v koreyskom.// Voprosy yazikoznaniya. N4. 2005. c 39-56 Martin S.E. A reference grammar of Korean. A grammar an history of the Korean. Cambridge. 1992. Kang M.Y. Topics in Korean syntax: phrase structure, variable binding and movement. Ph D Diss. MIT. 1988. Kim J.B. A constaint based and head driven analysis of multiple nominative constructions in Korean. Ms.Soul. 2000. Kim M.J. Event structure and the internally headed relative clause construction in Korean and Japanese. Ph D Diss. Univ. of Massachussets. 2004. Yang B.S. Morphosyntactic phenomena of Korean in the role and reference grammar. Ph D Diss. SUNY at Buffalo. 1994. 27
I BOB bo yicha xulosalar: 1. Koreya ko p asrlar davomida Xitoyning mustamlakasi bo lib, o zining shaxsiy alifbosiga ega bo lmagan. 2. U ilmiy jihatdan nisbatan keyinroq o rganila boshlandi va tadqiqotlar natijasida uning oltoy tillari oilasiga mansub ekanligi aniqlandi. 3. Koreys tili oltoy tillari oilasiga mansub ekanligi shuni ko rsatadiki, unda gaplarning tuzilishi sintagmatik jihatdan turkiy tillarga yaqin turadi. 4. Koreys tilidagi ega ikkinchi darajali bo lak kesim strukturasi uni turkiy tillar bilan aynan bir xil ekanligini ko rsatadi. 5. Koreys tilining rivojlanishiga nafaqat koreys olimlari, balki rus olimlarining ham qo shgan xissasi beqiyosdir. Xususan, Polivanov Ye.D., Xolodovich A.A.larning mazkur tilning rivojlanishida tutgan o rnini alohida ta kidlab o tish lozim. 6. Ilk bora sintagmatik tadqiqot ishlari 80-yillarda O.S.Axmanova tomonidan olib borilgan bo lib, mazkur ish Ilmiy matnda nutqiy ketma ketlikning sintagmatik kondensatsiyasi deb nomlanadi. 7. Faqatgina 90-yillarga kelibgina sintagmatik tadqiqotlar bilan shug ullanish keng tarqalib, bu borada ko plab dissertatsiya ishlari yoqlandi. 28
II BOB. Gapning sodda va murakkab gaplarga bo linish xususiyatlari 1. Sodda gap sintaksisi Gap ma lum fikrni ifodalab, nutqning bir qismini tashkil etadi. Til, nutq orqali kishilar o z fikrlari, maqsadlari, his-hayajonlarini ifodalaydilar. Shuning uchun ham til amaliy hayotiy ong hisoblanadi. Til kishilar o rtasida o zaro munosabatni yuzaga keltiruvchi qurol vazifasini o taydi, u kishilar orasidagi eng muhim aloqa vositasi bo lib xizmat qiladi. Fikr turlicha ifodalanadi: fikr sodda yoki murakkab gaplar orqali, darak, so roq gaplar orqali, to liq yoki to liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Gapning asosiy belgilari, uning so z yoki so z birikmalaridan farqi nimada? Gapning asosiy belgilari unda nisbiy fikr tugalligi va predikativlikning mavjud bo lishi, grammatik jihatdan ma lum qonun va qoidalar asosida shakllanishi, o ziga xos ohangga ega bo lishi shartdir. Gapning bu xususiyati ko pchilik tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda namoyon bo lishi va ularning ahamiyati, o rni turlichadir. Har bir gapda ma lum fikr, maqsad yoki his-hayajon ifodalanadi. Aks holda gap emas, so z birikmasi bo lib qoladi. (Qiyoslang: 수미가왔어요. Sumi keldi. 수미의책 Sumining kitobi.) 50. Ma lum maqsad yoki his hayajon sodda yoki 50 정기철. 문장의기초. 서울. 도서출판열락. 2004. 19 쪽. (Chon Gi Chhol, Gap asosi). 29
murakkab gap shaklida ifodalanishi mumkin. Gapning o ziga xos belgilaridan yana biri unda maxsus ohang (intonatsiya)ning bo lishidir. Har bir gap ohang jihatdan shakllangan bo ladi. Gapning boshlanishi va tugallanishi uning ohangidan sezilib turadi. Gap oxirida ohang ham tugallanadi. Ko pchilik tillarga xos bo lgan ushbu xususiyatni o zbek tilida ham uchratish mumkin. Chon Gi Chhol ( 정기철 ) unga quyidagicha ta rif berad:i 좋은문장의요건. 좋은문장이란일반적으로적확한어휘로글쓰는이의동기와목적에맞도록표현 전달된글을말한다. 점더구체적으로말한다면좋은문장의성립역시 무엇을 썼느 냐, 어떻게 썼느냐의문제라고할수있다. 즉, 좋은문장은 무엇을 ( 내용 ) 과 어떻 게 ( 표현방식 ) 를모두갖추고있어야한다 51. To gri tuzilgan jumlaning ahamiyatli tarafi. To g ri tuzilgan jumla, avvalam bor, aniq tanlangan so zlarning sabab va maqsadiga to g ri keladigan ifodalarni o zida yaqqol namoyish etishiga aytiladi. Ilmiyroq qilib aytadigan bo lsak, to g ri tuzilgan jumlaning asosida nimani? qanday? yozish muammosi yotadi. Ya ni, to g ri tuzilgan jumlaning asosida nimani? (mazmun) va qanday? (ifoda usuli) degan savollarni ifodalovchi mazmun yotishi kerak. So nggi paytlarda ko plab o quv fanlarining rivojlanishi, xususan, oliy ta lim muassasasida lingvistik yo nalishlarga bo lgan qiziqishning kun sayin oshib borishi, til va madaniyatning o zaro ta sirida namoyon bo lyapti. Ma lum bo lganidek, nutq jarayonida jumlalar o zaro turli munosabatlarga 51 정기철. 문장의기초. 서울. 도서출판열락. 2004. 23 쪽. (Chon Gi Chhol, Gap asosi). 30
kirishishi mumkin. Koreys tilidagi murakkab gaplar kommunikativ birlik sifatida faqatgina tugallangan ohang bilan xarakterlanmasdan, balki jumlaning tugallanganligini bildiruvchi xis-hayajon qo shimchalar bilan ham ifodalalanadi. So zlar grammatik vositalar yordamida o zaro birikib, ibora yoki jumla xosil qilar ekan, tabiiyki, ular o zaro ma lum munosabatga kirishishadi. Bunday munosabatlar tilda juda ham ko plab uchraydi va har bir munosabatning o ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. Gapdagi munosabatlar kamida ikkita unsurdan tashkil topadi, aks holda hech qanday munosabat yuzaga kelmagan bo lardi. Gapdagi grammatik munosabatga kirishgan bo laklar gap bo laklari bo lib, ular birdan ortiq so zdan tashkil topgan gaplarni tadbiq qiladi. Yolg iz bir so zdan iborat bo lgan gaplarda ( 네 [ne] (ha), 아니오 [anio] (yo q)) 52 gapning bo laklari haqida so zlash mumkin emas. Chunki gapning bo laklari gap tarkibidagi so zlarning ma lum qonun qoidalar asosida o zaro bog lanishidan hosil bo lgan sintaktik butunlikning qismlaridir. Ma lumki, gapdagi so zlar bir birlari bilan teng yoki tobe aloqaga kirishishlari mumkin. Gapni bo laklarga ajratishda so zlarning tobe aloqaga kirishishi asosiy mezon sanaladi. Demak, gapning bo laklari tobe aloqadagi turli xil so z bog lanmalari asosida gapda tug iladigan va gapning tarkibiy unsuri o rtasidagi munosabatlarni ifoda etadigan sintaktik kategoriyadir. Gap bo laklarining quroli - so zlardir. So zlar gap tarkibida bir birlari bilan o zaro sintaktik aloqaga kirishgandagina nutqda gapning u yoki bu bo lagi vazifasida kela oladi. 52 한효석. 이렇께해야바로쓴다. 한겨레신문사. 1995. 23 쪽. (Xan Hyo Sok, Bunday yozilsagina to g ri bo ladi). 31
Gap bo laklarini turini belgilashda uning qanday so z turkumi bilan ifodalangani va grammatik shakliga e tibor beriladi. Shu bilan bir qatorda sintaktik aloqaga kirishuvchi unsurlarning semantik xususiyatlari ham inobatga olinishi lozim. Koreys tilida ham boshqa tillar singari gap bo laklari, gap qurilishidagi vazifalariga ko ra, ikki turga bo linadi: bosh bo laklar va ikkinchi darajali bo laklar. Bosh bo laklar, ya ni, ega ( 주어-[chuo] ) va kesim ( 서술어-[sosuro] ) gapni tashkil etishda muhim ro l o ynab, gapni tashkil etuvchi asosiy yadro hisoblanadi. Gapda bosh bo laklardan tashqari boshqa bo laklar ham qatnashishi mumkin. Lekin ular gapni tashkil etishda, gapni hosil qilishda asosiy ro l o ynamaydi. Shuning uchun ham ular gapning ikkinchi darajali bo laklari deb yuritiladi. Ikkinchi darajali bo laklar bosh bo laklarni ma nosini aniqlashtirish, fikrni to ldirish uchun xizmat qiladi. Ular o z vazifalariga ko ra, uch xil bo ladi: aniqlovchi ( 관형어 [kyujongo] ), to ldiruvchi ( 목적어 [po o] ), hol ( 상황어 [sang hvanngo] ). Har bir ikkinchi darajali bo lakning o z leksik semantik va grammatik xususiyatlari bor. (bu haqda keyinroq so z yuritamiz.) Bosh bo laklar bilan ikkinchi darajali bo laklarning o zaro munosabatida bosh bo laklar hokim, ikkinchi darajali bo laklar esa ularga tobe. Bosh bo laklarning o zaro munosabatida ega hokim, kesim esa unga tobe. Demak, ega mutloq hokim: u o z tarkibidagi ikkinchi darajali bo laklarga ham, kesimga ham hokim. Kesim esa faqat o z tarkibidagi ikkinchi darajali bo laklarga hokim. Bosh bo laklar ikkinchi darajali bo laklarning ishtirokisiz, ayrim, mustaqil gapni tashkil eta oladi. Bunday gaplar sodda gapning yig iq turini tashkil qiladi, 32